FERMER XO'JALIKLARIDA SABZAVOT MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Azamat Isroyilovich Ismoyilov
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Assistent sam.azamat.86@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola fermer xo'jaliklarida sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda mavjud muammolar va yechimlarini tadqiq etadi. Bundan tashqari sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishda omillar ta'sirini o'rganadi hamda ishlab chiqarishni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so'zlar: hamkorlik, samaradorlik, innovatsiya, eksport
ABSTRACT
This article explores the problems and solutions in the production of vegetable products on farms. In addition, the influence of factors in the production of vegetable products will be studied and proposals for improving production will be developed.
Kirish
Jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuv jarayonlari jadal rivojlanib borayotgan bir vaqtda qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishi muhim omillardan biriga aylanib bormoqda. Ushbu yo'nalishda bugungi kunda agrar sektor salohiyatining salmoqli qismini tashkil etuvchi sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirish va sifat darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, xalqaro diyetologlarning tavsiyasiga ko'ra, inson iste'mol qiladigan oziq-ovqatning kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur.1
Dunyodagi global iqlim o'zgarishi, ijtimoiy-demografik holat va unga mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshib borishi natijasida "bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi uchun tavsiya yetilgan kundalik 400 gramm o'rniga juda kam miqdorda bor-yo'g'i 150-200 gramm meva va sabzavot iste'mol qilinmoqda"2.
1 O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 6 iyundagi "O'zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi// O'zbekiston ovozi, 2014. №69-70 (31.817), 2014.
2 O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 6 iyundagi "O'zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi// O'zbekiston ovozi, 2014. №69-70 (31.817), 2014.
October 5-6
112
Shuni hisobga olgan holda dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida qishloq xo'lik mahsulotlarini sotishdan tushgan pul tushumi mamlakat yalpi ichki maxsulotining 2-3 foiz qismini egallasada, ushbu davlatlarda qishloq xo'jaligini rivojlantirishga bo'lgan etibor yuqori darajada tashkil qilingan. Bu borada bizning mamlakatimizda ham juda ko'plab ishlar amalga oshirildi, xususan O'zbekiston Respublikasining «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi, «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi (1998) qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezedentining 2018 yil 26-apreldagi "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3680-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezedentining 2018 yil 29-maydagi "Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko'rsatish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirla to'g'risida"gi PQ-3751-son qarori, O'zbekeston Respo'blikasi prezedentining 2022 yil 27-apreldagi "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-225-son qarori, O'zbekeston Respo'blikasi prezedentining 2022 yil 1-martdagi " Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-144-son qarori, O'zbekeston Respo'blikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 24-noyabrdagi 709-son "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarorlari bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida prezedentimiz Sh.Mirziyoyev qishloq xo'jaligini rivojlantirish maqsadida strategik vazifalar belgilab berdilar. "...ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg'or agrotexnologiyalar joriy etish va hosildorlikni oshirish meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko'paytirish"3. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda Samarqand viloyati fermer xo'jaliklarini alternativ faoliatlar va xizmatlar asosida diversifikatsiya va modernizatsiya qilish4 qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish va qo'shimcha daromad manbaini oshirish muhim hisoblanadi va bu borada ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur. Shu boisdan ham, mazkur maqolada sabzavot mahsuotlarini ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish masalalari Samarqand viloyati misolida tahlil qilib chiqilgan
O'zbekiston Respublikasi prezedentining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi "Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo yetamiz" //T:. O'zbekiston 2016.
4 Elbek Togaymurodov (2022). Agritourism and fermers diversification in Samarkand region. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 28-34.
® ©
October 5-6
©
o1
113
Metodologiya
Ushbu maqolani yoritishda O'zbekiston Respublikasi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar, olimlarning adabiyotlari, ilmiy tadqiqot ishlari hamda Samarqand viloyati qishloq xo'jaligiga doir statistik ma'lumotlardan foydalanildi.
Natijalar va ularning tahlili
Mamlakatimizdagi islohatlardan kelib chiqqan holda Samarqand viloyatida ham sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Viloyatda sabzavot ishlab chiqarish uchun sarflangan yer maydonlarini tahlil qilganimizda 2017 viloyat bo'yicha 189,7 ming gektar yer sarflangan 2020 yilda bu ko'rsatkich 222,8 ming gektarni tashkil qilib, bu 2020 yilda 2017 yilga nisbatan gektar sabzavot yekin maydonining oshganligini ko'rsatadi. Bu o'zgarish fermer xo'jaliklari maydonlarining 2017 yilga nisbatan 2020 yilga 33,1 ming gektar ko'paygan. Hosildorlik 2020 yilda 2017 yilga nisbatan 7,1 foizga kamaygan (1-rasm).
24057,1
■ Jamiga nisbatan sabzavot ekin maydonining ulushu ga
■ Sabzavotchilik mahsulotlari ishlab chiqarish
■ Sabzavotchilikda hosildorlik ko'rsatkichi
1-rasm. Samarqand viloyatida sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan yer maydonlarining xo'jaliklar bo'yicha ko 'rsatkichlari (ga). Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar tahlili natijalariga ko'ra shuni aytishimiz mumkinki Samarqand viloyatiga sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish ma'lum darajada 2017 yilga nisbatan 2020 yilda o'sishga erishilgan. Biroq ushbu o'sish ekin maydonini ko'payishi hisobiga hosildorlik esa 2020 yilda 2017 yilga nisbatan 7,1
October 5-6
114
foizga pasaygan. Garchi sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish oshgan bo'lsa ham yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turubdiki ekin maydonlaridan intinsiv foydalanilmagan.
Femer xo'jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligiga erishishlari uchun yangi innovatsion ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanishlari lozim bo'ladi. Bu esa nazariy jihatdan ko'p mablag' talab qilishi mumkin.
Shuning uchun ham "tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy etiborimiz markazida bo'lishi lozim"5.
Undan tashqari meva sabzavot mahsulotlariga bo'lgan istemol talabini qondirish muammosi mahsulotni ishlab chiqarish bilan hal bo'lib qolmaydi. Sabzavot mahsulotlarini miyordan oshig'ini to'g'ridan to'g'ri istemol qilish imkoni yo'q bo'lgan qisimlarini qayta ishlash korxonalari orqali aholiga yetkazib berish zarur.
2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida prezedentimiz Sh.Mirziyoyev ushbu masalaga to'xtalib o'tdilar "...meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 20 foizga ham yetmaydi." [3]
Demakki qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish hamda sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va sifatini oshirish uchun qilinishi kerak bo'lgan birqancha ishlarimiz ustuvor vazifa sifatida turibti.
Samarqand viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini tahlil etish jarayoni salbiy ta'sir etuvchi va rag'batlantiruvchi omillarga bo'lib o'rganildi (2-rasm).
Xulosalar
Hozirgi kunda qishloq xojaligini rivojlantirish jumladan sabzavotchilikda mahsulot miqdori va sifatini intensiv shakilda oshirib borishda bir qancha muammolar mavjud chunki:
S Sabzavot ishlab chiqarish sohasida nazariy va amaliy metodologik asoslarni ishlab chiqishda sustkashlikka yo'l qo'yilayotganligi;
S Qishloq xo'jalik mahsulotlarining eksport va import qilish yo'llari samarali joriy etilmaganligi;
O'zbekiston Respublikasi prezedentining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanaJ^maros: bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi "Erkin va farovon, demokratik o'zbe] barpo yetamiz"//T:. O'zbekiston 2016.
imiga
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
115
■ Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishinng aniq hissob kitoblar asosida tartibli amalga oshirilmayotganligi;
■ Qishloq xo'jalik olimlari bilan ishlab chiqaruvchilar o'rtasida hamkorlik aloqalarini yetarli darajada tashkil qilinmaganligi.
■ Sabzavotchilikda halqaro va mahalliy tajriba almashinuv hamkorliklarining huquqiy normalarining yetarli emasligi.
Sabzavot ishlab chiqarishda omillar ta'siri
Sabzavot ishlab chiqarishda salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar Sabzavot ishlab chiqarishda rag'batlantiruvchi omillar
— Fermer xo'jaliklari raxbarlarinining yetarlicha bilim va malaka ko'nikmalariga yega emasliklari — Davlat tomonida ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy miyyorlarning yaratilishi
— Qishloq xo'jalik mahsulotlarining narxlari barqaror emasligi — Qishloq xo'jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun imtiyozli kredetlarning berilishi
- Nisbatan sifati pastroq bo'lgan mahsulotlarining sotish bozorlarining — Arzon va sifatli ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish
kamligi
Ichki va halqaro qishloq xo'jalik ishlab chiqarish tajribalari almashinuvini hamkorliklarni samarali yo'lga qo'yilishi
— Fermer xo'jalik raxbarlarining innovatsion ishlab chiqarishga ishonchsizliklari —
Fan va qishloq xo'jalik korxonalari o'rtasida aloqalarning yaxshi yo'lga — Qishloq xo'jalik mahsulotlari xaridining kafolatlanishi
qo'yilmaganligi
2-rasm. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ta'sir etuvchi salbiy va rag'batlantiruvchi omillar. Manba: Muallif ishlanmasi.
Sabzavotchilikda ishlab chiqarish samaradorligiga erishish hamda yangi ilg'or ishlab chiqarish ko'rinishlarini yaratish bugungi kunning dolzarb muammolaridan bo'lib hisoblanadi. Bu
October 5-6
116
muammolarning hal etilishi esa qishloqlarda ish o'rinlarini yaratishga, istemolchilarni sifatli sabzavot mahsulotlari bilan ta'minlashga muhim omil bo'lib xizmat qilaoladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 6 iyundagi "O'zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi// O'zbekiston ovozi, 2014. №69-70 (31.817), 2014.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezedentining, Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning yeng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" // T:. O'zbekiston 2017.
3. O'zbekiston Respublikasi prezedentining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi "Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo yetamiz" //T:. O'zbekiston 2016.
4. Elbek Togaymurodov (2022). Agritourism and fermers diversification in Samarkand region. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1),
5. Azamat Ismoyilov "Fermer xo'jaliklarida sabzavot maxsulotlari ishlab chiqarishni takomillashtirish yo'llari" //T:, Iqtisodiyot va ta'lim / 2019 №2
6. Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotlari.
28-34.
October 5-6