Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IJTIMOIY HIMOYA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI'

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IJTIMOIY HIMOYA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy himoya / ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar / ijtimoiy himoya reysteri / yoshlar daftari / ayollar daftari / Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari / Konstitutsiya / Mehnat kodeksi. / Social protection / person in need of social protection / register of social pratection / register of youth / register of women / decree of the Presedent and Cabiner of Ministers / Constitution

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shohida Abdurahmonova

Ushbu maqola ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini taminlash har qanday davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarining huquqlari va ularni himoya qilish bo'yicha davlat tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarni ushbu maqolada ko'rishimiz mumkun. So'ngi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning erkin, farovan hamda yaxshi yashashi uchun sharoit yaratilayotganligi haqida. Bundan tashqari dunyo miqyosida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga nisbatan ko'rsatilayotganligi, ularning huquqlari himoya qilishning ijtimoiy va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirisha alohida e'tibor qaratilganligi ushbu maqolada yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the rights of persons in need of social protection, law adopted by the state in their protection decisions and additional proposals. Ensuring the righys of persons in need of social policy of any state. Legal documents adopted by the state of the rights of persons in need of social protection and their protection are considered in this article .In addition, it is highlighted in this article that people in need of social protection are shown on a global scale, special attention is paid to strengthening the social and legal mechanisms for the protection of their rights.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IJTIMOIY HIMOYA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IJTIMOIY HIMOYA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI

Shohida Abdurahmonova

Toshkent Davlat Transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti falsafa fanlari doktori (Phd)

M.S. Isakova

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqola ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini taminlash har qanday davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarining huquqlari va ularni himoya qilish bo'yicha davlat tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarni ushbu maqolada ko'rishimiz mumkun. So'ngi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning erkin, farovan hamda yaxshi yashashi uchun sharoit yaratilayotganligi haqida. Bundan tashqari dunyo miqyosida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga nisbatan ko'rsatilayotganligi, ularning huquqlari himoya qilishning ijtimoiy va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirisha alohida e'tibor qaratilganligi ushbu maqolada yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy himoya, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, ijtimoiy himoya reysteri, yoshlar daftari, ayollar daftari, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Konstitutsiya, Mehnat kodeksi.

ABSTRACT

This article analyzes the rights of persons in need of social protection, law adopted by the state in their protection decisions and additional proposals. Ensuring the righys of persons in need of social policy of any state. Legal documents adopted by the state of the rights of persons in need of social protection and their protection are considered in this article .In addition, it is highlighted in this article that people in need of social protection are shown on a global scale, special attention is paid to strengthening the social and legal mechanisms for the protection of their rights.

Key words: Social protection, person in need of social protection, register of social pratection, register of youth, register of women, decree of the Presedent and Cabiner of Ministers, Constitution.

Har bir demokratik davlatning asosiy vazifalaridam biri ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqlari va erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishdir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bu jamiyatning zaif qatlamlari bo'lib, ularga

28

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^TheCOn

davlat va jamiyat tomonidan qo'shimcha yordam va qo'llab quvvatlash zarur. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qator qonuniy hujjatlar orqali ushbu guruhlarning huquqlari himoya qilinadi. Har qanday davlat ijtimoiy siyosatning muhum qismi bu ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini ta'minlashdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonun hujjatlari fuqarolarning huquqlarini, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar turli guruhlarga mansub bo'lishi mumkun, ular quyidagilar:

-Nogironligi bo'lgam shaxslar; -Kam ta'minlangan oilalar; -Yetim va qarovsiz qolgan bolalar; -Keksa yoshdagi fuqarolar; -Ishsizlikka duch kelgan shaxslar;r -Ijtimoy zaif toifadagi ayolalar va bolalar;

Ushbu guruhlar uchun davlat tomonidan maxsus ijtimoiy yordam dasturlari ishlab chiqilgan va ularning huquqlari Konstuitutsiyamiz bilan himoya qilinadi. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qator qonun hujjatlar bilan ularga adolatli hayot kechirish, talim olish va teng imkoniyatlardan foydalanish huquqlari kafolatlangan, davlat tomonidan amalga oshiriladigan himoya choralariga bag'ishlangan qonunlar, qarorlar va kodekslarda batafsil ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Ushbu shaxslar uchun maxsus qonunlar va davlat dasturlari ishlab chiqarilgan bo'lib, ular fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning barcha fuqaralarini teng huquqlari va adolatli ijtimoiy himoyani ta'minlaydi. Konstitutsiyada quyidagi moddalar ijtimoiy himoya sohasiga tegishli:

39-modda: " Har bir fuqaro davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy ta'minotdan foydalanish huquqiga ega".

45-modda: " Ayollar, bolalar va nogironlar davlat himoyasidadir".

47-modda: " Davalt fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi".

Konstitutsiyadagi ushbu moddalariga ko'ra, har bir fuqaro ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo'lib, davlat ularga muhum sohalarda imkoniyatlar yaratib beradi. Bundan tashqari ushbu shaxslarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlari bo'yicha qonunlar va kodekslar ham mavjud bo'lib bir nechtasini siz ko'rib chiqamiz:

29

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

l.Nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyatda teng imkoniyatlarga ega bo'lishini ta'minlaydi, qonunga ko'ra nogironlar ta'lim olish, mehnat qilish sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish kabi huquqlarga ega, qonun nogironlarni davlat tomonidan imtiyozli uy-joy bilan ta'minlash, transportdan foydalanish uchun yengiliklar berish kabi qator huquqiy choralar ko'zda tutadi.

2.Mehnat kodeksi ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga, nogironlar, homilador ayollar va bolali onalarg maxsus himoya choralari ko'rishni nazarda tutadi. Ular uchun qisqartirilgan ish vaqti, qo'shimcha ta'til va mehnat huquqlarini himoya qilish kabi imtiyozlar taqdim etiladi.

3.Pensiya yoshiga yetgan nogironligi sababli mehnatga layoqatsiz shaxslar davlat tomonidan belgilangan pensiyasini olish huquqiga ega. Pensiyalar davlat tomidan kafolatlanadi.

4.Ishsiz fuqarolarni davlat tomonidan ish topishga ko'maklashish xizmatlari bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi aholing bandligi to'g'risidagi qonunda kam ta'minlangan oilalar uchun davlat tomonidan maxsus ish o'rinlari yaratishni rag'batlantiradi.

Bundan tashqari 2020-yil "Kam ta'minlangam oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha dastur ushbu dastur davalt tomonidan kam ta'minlangan oilalarni moddiy qo'llab quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar taqdim etish kabi chora tadbirlarni ko'zda tutadi.

Ushbu dasturdam so'ng 2021-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab quvvatlash to'g'risida"gi qarori ishga tushurildi. Ushbu qaror doirasidagi nogironlar uchun ijtimoiy yordamni yaxshilash, infratuzulmani moslashtirish sog'liqni saqlash xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.

Ushbu qarordan so'ng 2022-yil Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar Muamolarini o'rganish va Hal qilish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi qaror chiqdi. Ushbu qarorda yoshlar va boshqa ijtimoiy zaif guruhlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan. Bu orqali "Yoshlar daftari dasturini joriy etish, yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqilgan.

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini ta'minlashga oid asosiy qonun hujjatidir.

2. Nogironlar Huquqlari To'g'risidagi Qonun, Ushbu qonun nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyatda to'laqonli ishtirok etishlarini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

3. Aholi Bandligini Ta'minlash To'g'risidagi Qonun, Ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarni bandlik bilan ta'minlash bo'yicha qonuniy asosdir.

30

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

4. Mehnat Kodeksi, Bu kodeks mehnat huquqlarini tartibga soluvchi asosiy qonun bo'lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan maxsus bo'limlarga ega.

5. Davlat Pensiya Ta'minoti To'g'risidagi Qonun: Keksa yoshdagi va nogironligi sababli mehnatga yaroqsiz shaxslar uchun davlat pensiyalarini belgilashda muhim qonuniy hujjat hisoblanadi.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi qarori, ushbu qaror nogironlarning huquqlarini yanada kengroq ta'minlash uchun davlat tomonidan qabul qilingan qarordir.

7. Kam Ta'minlangan Oilalarni Ijtimoiy Himoya Qilish Bo'yicha Dastur, Kam ta'minlangan oilalar va ijtimoiy zaif guruhlar uchun davlat tomonidan beriladigan yordam va imtiyozlarni nazarda tutuvchi dastur.

8. Kozlowski, B. "Social Protection in Developing Countries." Oxford University Press. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimlarini tahlil qiluvchi ilmiy manba.

9. United Nations. "Convention on the Rights of Persons with Disabilities," . Nogironlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro hujjat.

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy sohadagi islohotlari va qarorlari to'plami, rasmiy nashrlar, Ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan eng yangi qonunlar va qarorlar to'plami.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlari dunyoning ko'pgina mamlakatlarida himoya qilinadi. Mamlakatlar, jumladan, Belgiya, Braziliya, Xitoy va Gruziya ijtimoiy himoya tizimini avtomatlashtirish bo'yicha yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Masalan, Belgiyada ijtimoiy himoya tizimi ma'lumotlar bazasiga asoslangan bo'lib, bu tizim orqali ijtimoiy yordam olish jarayonlari soddalashtirilgan va ma'muriy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam bergan. Fuqarolik huquqlari masalasi: O'zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolik huquqlari kafolatlangan bo'lsada, AQSH va Rossiyada bu huquqlar kengroq shaklda himoya qilinadi. AQSHning Bill of Rights bo'limi asosiy erkinliklarni alohida belgilangan, Rossiya Federatsiyasida esa inson huquqlari alohida e'tibor qaratilgan bo'lim bilan himoyalangan. Ta'lim va kasb-hunar o'rgatish borasida: ishsiz fuqarolar, xususan, yoshlar va nogironlarga kasb-hunar o'rgatish bo'yicha maxsus dasturlarni kengaytirish lozim. Bu ular uchun mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi.

Ijtimoiy himoyani yanada yaxshilash uchun quyidagi takliflarni ilgari surishimiz mumkin:

l.Sog'liqni saqlash xizmatlarini yangilash: Nogironlar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun maxsus tibbiy xizmatlar va reabilitatsiya markazlarini kengaytirish

31

2024-yil, 7-dekabr

lozim. Bu jarayonda xususiy sektor bilan hamkorlik qilish davlatning yukini yengilashtiradi va sifatni oshiradi.

2.Raqamli xizmatlar rivojlantirilishi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida raqamli platformalarni rivojlantirish zarur. Masalan, nafaqa, pensiya va yordam mablag'larini olishda onlayn tizimlarni joriy qilish.

3.Ijtimoiy Himoya Dasturlarini Yanada Kengaytirish: Ijtimoiy zaif guruhlarni qo'llab-quvvatlash uchun ta'lim, sog'liqni saqlash va bandlik dasturlarini yanada kengaytirishga kerak. Masalan, nogironlar va yoshlar uchun maxsus kasb-hunar o'rgatish markazlari tashkil qilish orqali ularning mehnat bozorida o'z o'rnini topishiga yordam berish.

4. Aholining xabardorligini oshirish: Fuqarolarni o'z huquqlari haqida xabardor qilish uchun ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanish kerak.

5. Ta'lim va kasb hunar o'rgatish

Ishsiz fuqarolar, xususan, yoshlar va nogironlarga kasb-hunar o'rgatish bo'yicha maxsus dasturlarni kengaytirish lozim. Bu ular uchun mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi.

6. Huquqiy maslahat xizmatlarini kengaytirish: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul huquqiy maslahat xizmatlari va advakatlik yordamlarini tashkil qilish orqali ularning huquqiy savodxonligini oshirish kerak.

Shu tariqa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va hukumat qarorlari ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlashda muhum huquqiy asos yaratmoqda. Davlatning doimiy islohatlari bu huquqlarni amalda to'liq ta'minlashga yordam beradi.

O'zbekiston Respublikasi davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun va qarorlarni ishlab chiqqan. Nogironlar, kam ta'minlanganlar, yetimlar, keksa yoshdagilar va boshqa ijtimoiy zaif guruhlar uchun imtiyozlar va qo'llab-quvvatlovchi dasturlar mavjud. Ushbu qonunlar davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy yordamni ta'minlash.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992-yil.

2. Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Qonun, 2008-yil.

3. Aholi bandligini ta'minlash to'g'risidagi Qonun, 1998-yil (qayta tahrirda).

4. Mehnat kodeksi, 2020-yil.

5. Davlat Pensiya ta'minoti to'g'risidagi Qonun.

32

2024-yil, 7-dekabr

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi qarori, 2021-yil.

7. Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha davlat dasturi, 2020-

yil.

8. Kozlowski, B. "Social Protection in Developing Countries." Oxford University Press, 2018.

9. United Nations. "Convention on the Rights of Persons with Disabilities," 2006.

10.Kozlowski, B. "Social Protection in Developing Countries." Oxford University Press, 2018.

33

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.