Научная статья на тему 'MEHNAT QILISH HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI'

MEHNAT QILISH HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Komstitutsiyaviy kafolatlar / mehnat huquqi / ijtimoiy himoya / kasbiy erkinlik / teng imkoniyatlar

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Akbar Muhammedov

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida mehnat qilish huquqlari va ijtimoiy himoyani ta’minlash bo‘yicha belgilangan kafolatlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada fuqarolarning mehnat qilish huquqi va kasbiy erkinliklari, shuningdek, davlatning fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish majburiyati yoritiladi. Xususan, mehnat huquqlari bo‘yicha gender tenglikni ta’minlash va oilaviy majburiyatlarga ega xodimlarning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston tomonidan Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli konvensiyasi — erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi xalqaro majburiyatning ratifikatsiyasi mamlakatda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola milliy huquqiy amaliyot va xalqaro huquqiy tajribaning integratsiyasini tahlil qilish orqali fuqarolarning mehnat huquqlari himoyasining dolzarb masalalarini yoritishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEHNAT QILISH HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI»

MEHNAT QILISH HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY

KAFOLATLARI

Akbar Muhammedov

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Inagamova Mafura

Muxtarxanova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida mehnat qilish huquqlari va ijtimoiy himoyani ta'minlash bo'yicha belgilangan kafolatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada fuqarolarning mehnat qilish huquqi va kasbiy erkinliklari, shuningdek, davlatning fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish majburiyati yoritiladi. Xususan, mehnat huquqlari bo'yicha gender tenglikni ta'minlash va oilaviy majburiyatlarga ega xodimlarning huquqlarini himoya qilish masalalariga e'tibor qaratiladi. O'zbekiston tomonidan Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli konvensiyasi — erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar to'g'risidagi xalqaro majburiyatning ratifikatsiyasi mamlakatda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida ko'rib chiqiladi. Ushbu maqola milliy huquqiy amaliyot va xalqaro huquqiy tajribaning integratsiyasini tahlil qilish orqali fuqarolarning mehnat huquqlari himoyasining dolzarb masalalarini yoritishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Komstitutsiyaviy kafolatlar, mehnat huquqi, ijtimoiy himoya, kasbiy erkinlik, teng imkoniyatlar

l.Dolzarbligi. Jamiyatda fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy himoyasi va teng imkoniyatlardan foydalanishlari har bir demokratik davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida mehnat huquqlari va gender tenglik borasidagi kafolatlarning mustahkamlanishi fuqarolarning hayot sifatini oshirish va ijtimoiy adolatni ta'minlashga qaratilgan muhim qadamdir. Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli konvensiyasining ratifikatsiyasi orqali mamlakatda erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishga intilish gender tenglikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarning yangi bosqichini ochib beradi. Ushbu mavzuni o'rganish O'zbekistonda mehnat huquqlari himoyasini yanada takomillashtirish, milliy huquqiy amaliyotni xalqaro standartlarga moslashtirish va fuqarolar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

187

2024-yil, 7-dekabr

2.Tadqiqot natijalari: Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan demokratik davlatlarning asosiy tamoyillaridan biri sifatida mehnat va bandlik sohasida teng imkoniyatlar hamda teng munosabat tamoyilini milliy darajada amalga oshirish zarurligi qat'iy ta'kidlanmoqda. O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida ham ana shu asosiy demokratik tamoyillarni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning mehnat qilish, ijtimoiy himoyaga ega bo'lish va teng huquqlardan foydalanish huquqlari aniq kafolatlangan.1

Mamlakatimiz aholisi esa jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasidagi tezkor o'zgarishlarni o'z hayotida chuqur his etmoqda. Bu o'zgarishlar inson huquq va erkinliklariga hurmat, qonun ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, so'z erkinligi, din va e'tiqod erkinligi, jamoatchilik nazorati, gender tenglik, xususiy mulk daxlsizligi va iqtisodiy faoliyat erkinligi kabi fundamental demokratik tushunchalarni amalda joriy qilish orqali hayotimizga yanada kengroq kirib bormoqda.

Konstitutsiyaviy islohotlar tufayli, bu qadriyatlar nafaqat rasmiy hujjatlarda, balki real hayotda ham aks etib, aholiga yangi imkoniyatlar va huquqiy himoyani ta'minlab bermoqda. Shu tariqa, O'zbekiston jamiyatida demokratik tamoyillar, xususan, fuqarolarning huquq va erkinliklari amalda mustahkamlanib, yangi demokratik qadriyatlar shakllanib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida mehnat qilish huquqi bo'yicha bir qator muhim o'zgarishlar kiritildi. Oldingi, ya'ni 37-moddada, har bir shaxsning mehnat qilish, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan qonuniy himoya olish huquqi belgilangan edi. Ushbu modda shaxslarning majburiy mehnatga jalb qilinishiga qarshi himoyani ta'minlashni ham o'z ichiga olgan edi, ya'ni sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash yoki qonunda ko'rsatilgan maxsus holatlar bundan mustasno qilib ko'rsatilgan.

Yangi Konstitutsiyaning 42-moddasida esa ushbu huquqlar yanada kengaytirilib, chuqurlashtirilgan. Yangi tahrirda shaxslarning mehnat huquqlari haqida batafsilroq ma'lumot berilib, munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash kabi qo'shimcha huquqlar kiritilgan.2 Shuningdek, shaxslar o'z

1 Inagamova M.M Xalqaro mehnat tashkilotining ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to'g'risidagi 156-sonli // konvensiyasini O'zbekiston respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilishining ayrim jihatlari / Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali Toshkent 2024 yil 93-95b

2 Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.

2024-yil, 7-dekabr

188

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz, mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan adolatli haq olish huquqiga ega ekanliklari alohida belgilangan. Bu holatlar insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati asosida ishlab chiqilgan.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ayollar mehnat huquqlarini himoya qilishga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishdan bosh tortish, ularni ishdan bo'shatish yoki ish haqini kamaytirish qat'iyan taqiqlangan. Bu me'yor ayollarni mehnat bozoridagi kamsitishlardan himoya qilish va gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan muhim qadamdir.

Bugungi kunda erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar hamda teng imkoniyatlarni ta'minlash, barcha sohalarda gender tengligiga erishish va mehnat bozorida ayollarni kamsitishlarga barham berish nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, 2022-2023 yillarda global miqyosda ayollar bandligi 4,2 foizga qisqargan, bu esa jami 54 million ish o'rnining yo'qolishiga olib kelgan. Ayniqsa, pandemiyadan keyingi davrda ayollar orasidagi ishsizlik ko'rsatkichlari sezilarli darajada oshgan: 2020 yilda ishlaydigan ayollar soni 2019 yildagiga nisbatan 13 million nafarga kamaygan.

O'zbekistonda ayollar soni 18,2 milliondan oshib, ular orasidagi ishsizlik darajasi 13,4 foizni tashkil etmoqda. Ayollar orasida yuqori ishsizlik va past iqtisodiy faollik ko'rsatkichlari bir tomondan yuqori tug'ilish ko'rsatkichlari va ayollarning uy ishlariga ko'p vaqt ajratishi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan jamiyatdagi an'anaviy qarashlar va mentalitet bilan ham uzviy bog'liqdir. Masalan, 2023 yilda mamlakatda 961 ming nafar chaqaloq tug'ilgan bo'lsa, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 274,5 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu holat, ayollarning vaqtincha bo'lsa-da mehnat bozoridan chiqib ketishi va iqtisodiy nofaol maqomiga ega bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shu bilan birga, O'zbekistonda ayollar vaqtining 22 foizini uy yumushlari va bola parvarishiga sarflayotgani ularning iqtisodiy faolligini cheklab qo'yadi.3

Shu sababli, Konstitutsiyada ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, kamsitishlarga barham berish va gender tenglikka erishishni qo'llab-quvvatlovchi kafolatlar dolzarb ahamiyatga ega. Bunday huquqiy kafolatlar ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishga, mehnat bozorida ular uchun teng imkoniyatlar yaratishga va

3 Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami / O'zbekiston

Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.

2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

189

mamlakatda gender tenglikka erishishga yordam beradi. Bu o'zgarishlar gender tenglikni ta'minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish yo'lida qo'yilgan qadamdir.

Shu tariqa, yangi Konstitutsiyadagi 42-modda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirib, ularga munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash, kamsitishlardan himoya qilish va adolatli haq to'lashni kafolatlash bilan birga, gender tenglikni ham ta'minlaydi. Bu Konstitutsiyaviy yangiliklar fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini yanada kengroq himoya qilishga xizmat qiladi.

Konstitutsiyamizning 43-moddasiga muvofiq, O'zbekistonda davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag'allikni qisqartirish choralari qatorida mahallalar kesimida ijtimoiy himoyaga muhtojlar ro'yxati ("Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Mehr daftari") orqali mahallalarda ish yuritish yo'lga qo'yilgan.

Fuqarolarimizning chet elda mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish borasida ham ularni kasbiy tayyorlash va ishga joylashtirishning xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi yaratildi. O'zbekistonda 30 dan ortiq davlatlardagi 475 dan ortiq ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzilib, mehnat migrantlariga ishga joylashtirish, o'qitish, sug'urta, kredit, mikroqarz kabi 10 ga yaqin xizmatlar ko'rsatilmoqda. Bunday normalar Italiya, Chexiya, Finlyandiya, Polsha, Xitoy kabi davlatlar konstitutsiyalarida ham nazarda tutilgan.

Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu yangi norma ish bilan ta'minlanmagan fuqarolarni, ayniqsa, ishsiz ayollar sonini keskin kamaytirishga, fuqarolarni kambag'allik holatiga tushib qolishining oldini olishga yoki kambag'allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo'yicha davlat tomonidan tegishli choralarini ko'rilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.

Yana muhim norma bu Konstitutsiyamizning 47-moddasida mustahkamlangan. Binobarin, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini qo'llab-quvvatlash, ularning hayotda o'z o'rnini topishlariga ko'mak ko'rsatish ijtimoiy davlatning muhim funksiyalaridan biridir. Ayniqsa, muhtoj insonlarni vatan ichra vatani bo'lgan uy-joy bilan ta'minlash Yangi O'zbekiston insonparvar siyosatining yorqin ifodasidir.4

4. Xulosa.

Yuqoridagi qonuniy o'zgarishlar va yangi normalar O'zbekistonning ijtimoiy yo'naltirilgan davlat sifatida rivojlanayotganidan dalolat beradi. Konstitutsiyaga kiritilgan yangi modda va tuzatishlar ishsizlikni kamaytirish, kambag'allik darajasini

4 Inagamova M.M Ayollar mehnati muhofazasi xalqaro va milliy tajriba // O'zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish instituti axborotnomasi 2024 41-45 b.

2024-yil, 7-dekabr

190

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransfioiBeniveiBBBy^^^^^^^^^^^^e^eCons

pasaytirish, fuqarolar, xususan, ayollar va yoshlar uchun ijtimoiy himoya va bandlikni ta'minlashga qaratilgan. Bu o'zgarishlar xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy adolatni ta'minlash va har bir fuqaroga munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Konstitutsiyadagi ijtimoiy davlat tamoyili aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo'llab-quvvatlash va ularga munosib sharoitlar yaratish vazifasini davlat zimmasiga yuklaydi. Bu borada qabul qilingan chora-tadbirlar, xususan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" kabi ro'yxatlar orqali aniq ehtiyojmand aholi qatlamlari manzilli qo'llab-quvvatlanmoqda.

Yangi O'zbekistonning insonparvar siyosati fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, chet elda ishlayotgan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilishda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Shu orqali mamlakatda ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanib, har bir fuqaro o'z huquq va imkoniyatlarini to'liq amalga oshirish uchun qulay sharoitlarga ega bo'lishi ta'minlanmoqda.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

191

2024-yil, 7-dekabr

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023

9. Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta'lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. — T., 2012. — 276 b.

10. Ayollar mehnati muhofazasi xalqaro va milliy tajriba by Mafura Inagamova O'zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish instituti axborotnomasi № 3/2024 4145

11. "Xalqaro mehnat tashkilotining ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to'g'risidagi 156-sonli konvensiyasini O'zbekiston respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilishining ayrim jihatlari" by Inagamova M. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali Toshkent 2024 93-95b

12. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

13. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

14. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

15. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент

192

2024-yil, 7-dekabr

хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

16. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

193

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.