Научная статья на тему 'BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI'

BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
4061
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bayramlarni tashkil etish ketma–ketligi / tashkil etish texnikasi / tashkil etish nazariyoti.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ruslan Asliddinovich G‘aybullayev, Davron Yo‘ldoshevich Ro‘ziyev

Ushbu maqolada bayramlarni tashkil etishda e'tibor beradigan ilmiy jihatlari va nazariyoti to'g'risida so'z boradi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI»

BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI

Ruslan Asliddinovich G'aybullayev

Buxoro Davlat universiteti talabasi

Davron Yo'ldoshevich Ro'ziyev

Ilmiy rahbar Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Annotatsiya

Ushbu maqolada bayramlarni tashkil etishda e'tibor beradigan ilmiy jihatlari va nazariyoti to'g'risida so'z boradi .

Kalit so'zlar: Bayramlarni tashkil etish ketma-ketligi ,tashkil etish texnikasi, tashkil etish nazariyoti.

KIRISH

Avvalo har bir bayramni tashkil etishdan oldin malum bir g'oya tanlanadi.O'sha g'oya asosida ssenariy tuzilish boshlanadi .Ssenariy asosidagi ishlarni amalga oshirishda va ijodiy yo'nalishlarni belgilashda ishtirok etuvchi badiiy jamoalar muhim o'rin tutadi.Ssenariydagi har bir blokning tuzilmasiga qarab jamoalarning dasturlari o'rganiladi va tavsiya qilinadi .Ssenariyda g'oyalar asosida mavzular tuziladi va ular orasidagi bog'liqlik senariy oxirigacha davom etadi . Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi. Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bo'lib, bunda jiddiy ketma ketlik asosida harakat elementlari bo'lmish mavzu va g'oya, bir bo'lakdan ikkinchisiga o'tish, bloklar, bezaklar, matnlar to'liq ko'rsatiladi. Tadbirlar bir kunda o'tib ketsa ham uni "san'at" darajasiga kelgunicha ularning ancha ter to'kib mehnat qilishlariga to'gri keladi. Bitta bayramni tayyorlaguncha oylab vaqt ketadi. Tadbirning ssenariysini yaratish, ijodiy jamoaiarni yig'ish, boshlovchilar bilan ishlash, sahna ko'rinishlarini tayyorlash, ansambllarni jalb qilish, sahnani bezash, repitisiyalami o'tkazish va boshqa tashkiliy ishlar tadbir tashkilotchisini bir zumga ham bo'sh qo'ymaydi.

Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga ko'p tomonlama emotsional ta'sir qilishi bilan birga tomoshabinlami bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar o'rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bo'lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bo'lishni talab qilmaydi. Shuning uchu n

ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysida doimo qaramaqarshilikning bo'lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navro'z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bo'lmasligi mumkin. Bayramlar xalqning xursandchiligi, shodu xurramligini o'zida aks ettiruvchi tadbirlar turiga kiradi.

ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Har bir xalqning tarixiy taraqqiyot davomida shakllanib kelgan o'z bayramlari bo'ladi. Ularni o'tkazish va tashkil qilish usullari yildan-yilga o'zgarib, yangilanib, zamonaviylashib boraveradi. Bayramlar o'tkazilishi jihatidan sintetik shaklga ega bo'lib, uni tayyorlashda tarixiy shaxslar, xalq qahramonlarining timsollari ishtirokidagi sahna ko'rinishlar, teatrlashtirilgan lavhalar, fan, madaniyat, san'at arboblari bilan uchrashuvlar, konsert dasturlari, spektakllar, dorboz va qiziqchilarning chiqishlari, sport o'yin va musobaqalari, turli amaliy, tasviriy san'at asarlari, shuningdek, bolalar texnik to'garaklari ishtirokchilari tomonidan yasalgan texnik vositalarining ko'rgazmalari kabi ko'plab shakl va usullarini birlashtiradi. Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyatchog'lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg'ularini o'zida qamrab oigan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir,

Bayramlar o'z-o'zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-odat, an'analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g'oya uyg'unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada o'tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini ko'tarish va boshqa ijobiy xislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, o'z mehnatidan zavq olishiga, mehnat unumdodigiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga o'zgartirishiga olib keladi. Bayramlarni tashkil etishning asosiy maqsadi ham shunga qaratilgan. Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini toidirib borishlari va eng asosiysi bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning hamjihatligi ayniqsa muhimdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har qanday bayramni to'g'ri tashkil etish rejissyorning nuqtayi nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik qobiliyatining darajasiga bogiiq.

Bayram yoki tomoshani tashkil etishda bitta tashkilotchining o„zi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bayram tashkilotchisming asosiy vazifasi shundan iboratki, u o„z atrofiga fikri teran, dunyoqarashi keng, o„z sohasini yaxshi biladigan, o„z ishiga mas'uliyat bilan qaraydigan, Tashkilotchi (rejissyorning) fikri, g'oyasi, oliy maqsadi, nuqtayi nazarini bir qarashda ilg'ab oladigan, tushunadigan ijodkorlar ansamblini yig'ib olishi kerak.Faoliyati davomida bayram tashkilotchisi ko'p muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.Shu sababdan bayram tashkiliy ishlarini taqsimlab olishi kerak. Yangi yildan tortib, Vatan himoyacliilari kuni, Hazrat Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Amir Temur, Zulfiyaxonim, Muhammad Yusuf (va h.k)larning tavallud kunlari, Xotin-qizlar, Navro'z bayramlari, Kulgu kechalari, Xotira va qadrlash, Bolalar kuni, Xalqaro SPIDga qarshi kurash kuni, Mustaqillik, Ustoz va murabbiylar, Konstitusiya, Til bayramlari, Talabalar kuni va boshqalami tashkil etish va o'tkazishda madaniyat va san'at sohasi xodimiariga katta bilmi, tajriba va mahorat maktabi kerak bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki har bir bayram xalq hayotida ,jamiyat hayotida muhim o'rin egallovchi vositadir.Shu sababdan har bir bayramni, har bir urf-odat marosimimizni asrab avaylab keying avlodga yetkazish har birimizning vazifamizdir.

REFERENCES

1. "O'zbekiston madaniyati" / Usmon Qoraboyev, G'ayrat Soatov, Toshkent

2011

2. "Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari" A.Haydarov.

3. www.teatr.uz

4. Ziyo.net

5. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.