'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
IJODIY ISHLAB CHIQARISHDA MADANIY TADBIR, IJODIY KECHALARNING MAQSADLARINI SHAKLLANTIRISH
G.Bekniyazova
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotaciya: Ommaviy bayram va tomoshalar scenariysi tomoshabinga
emocional tasir qilishning keng imkoniyatlariga ega. Muallif tomoshabinlarda mana shu tarixiy dalillarga,voqealarga bo’lgan munosabatiga tayanadi. Ommaviy bayram va tomoshalar scenariy muallifi, o’z scenariysiga dramaturgik asarlardan parchalar olishi yoki aniq qahramonlar to’qnashuvini ifodalovchi dramaturgik harakterdagi parchalarni o’ziyozishi mumkin.
Kalit so’zlar: bayram, tomosha, scenariy, tomoshabin, muallif, ommaviy bayram.
КУЛЬТУРНОЕ СОБЫТИЕ В ТВОРЧЕСКОМ ПРОИЗВОДСТВЕ, ФОРМИРОВАНИЕ ЦЕЛЕЙ ТВОРЧЕСКИХ НОЧЕЙ
G.Bekniyazova
Нукусский филиал государственного института искусств и культуры
Узбекистана
Аннотация. Сценарий массового праздника и зрелища имеет широкие возможности для эмоционального воздействия на публику. Автор полагается на реакцию публики на эти исторические факты и события. Сценарист может спланировать массовые праздники и представления, которые могут взять отрывки из драматических произведений в свой сценарий или написать отрывки драматического характера, которые изображают определенное столкновение персонажей.
Ключевые слова: праздник, шоу, сценарий, аудитория, автор,
государственный праздник.
CULTURAL EVENT IN CREATIVE PRODUCTION, FORMATION OF PURPOSES OF CREATIVE NIGHTS
G.Bekniyazova
Nukus branch of the State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan
510
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Abstract: The scenario of a mass celebration and spectacle has ample opportunities to have an emotional impact on the audience. The author relies on the audience's reaction to these historical facts and events. Mass celebrations and performances can be scripted by the screenwriter, who can take excerpts from dramatic works to his screenplay, or write excerpts of a dramatic nature that depict a specific clash of characters.
Keywords: holiday, show, script, audience, author, public holiday.
Ommaviy bayram va tomoshalar scenariy muallifi, o’z scenariysiga dramaturgik asarlardan parchalar olishi yoki aniq qahramonlar to’qnashuvini ifodalovchi dramaturgik harakterdagi parchalarni o’zi yozishi mumkin. Bundan tashqari uning scenariysiga san’atning boshqa turlaridan -musiqa, qo’shiq, xoreografiya, sport-plastik chiqishlar, kino va video lavhalar namoyish etish, poeziya va x.k.lar kiritilish mumkin. Albatta scenariyda qancha ko’p badiiy vositalar qo’llanilsa, shunchalik qiyin bo’ladi. Lekin, g’oyaviy-badiiy jihatdan yaxlit bo’lgan asarni yaratish oson bo’ladi. Shuning uchun scenariy dramaturgiyasi, uni kompozicion xal etilishi katta ahamiyatga egadir. Ommaviy bayram va tomoshalar scenariysi tomoshabinga ko’p qirrali ematsional ta’sir qilishdek imkoniyatga ega ekanligi, hamma vaqt ham tomoshabinni aniq qahramonlar orasidagi u yoki bu konfliktdagi kechinmalarni boshdan kechirishga unchalik jalb qilinmaydilar. [1]. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar scenariysi asosida konfliktning bo’lishi shart emas. Ba’zi scenariy mavzularida konflikt umuman talab qilinmaydi.
Madaniy tadbirlarning maqsad va vazifalariga ko’ra bir qancha mavzularga asoslangan holda bo’lib o’rganish mumkin: Masalan:
-Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish masalalariga qaratilgan “Hurlik timsolisan, ona Vatanim!”, “Mustaqillik -oliy ne’mat!”, “Vatan yagona, Vatan muqaddas!”, “Ma’naviyatimiz va uning asoslari”, “Buyuk tariximizni o’rganish - kelajagimizning asosi”, “Til millatning qalbi”, “Yurtimiz ravnaqi - salohiyatli yoshlar qo’lida”, “Urf-odat va an’analarimiz ma’naviyatimiz ko’zgusi”, “Millatlar do’stligi - yurt boyligi”, “Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo’lamiz”, “Milliy an’ana va urf-odatlar”, “Ma’naviy tarbiya va milliy musiqa” kabi mavzularda tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar. -Yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug’ qadamjolariga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar “Millatlararo
511
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
birodarlik - azaliy odat”, “YAgona oila farzandlarimiz” “Shu aziz vatan barchamizniki”, “Do’st bilan obod uying”, “Biz yagona oilamiz!”, “O’zbekiston -umumiy uyimiz!” mavzularida do’stlik bayramlari, respublikamiz, shaharlarimizning tarixiy qadamjolari, muqaddas yurtimizning, millatimizning shonu shavkati bo’lgan maydonlarimizga ekskursiyalar tashkil etish; [2. B.45]
-Insonlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga, jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan madaniy tadbirlar “Bosh qomusimizni o’rganamiz” turkum tadbirlaridan “Konstitutsiya va o’zbek milliy davlatchiligi an’analari”, “O’zbekiston - suveren demokratik Respublika”, “Davlat -bu xalq hokimiyati”, “Davlat hududi mustaqillik nishonasi”, “Til - davlat belgisi”, “O’zbekistonning davlat ramzlari”, “Xalq hokimiyatchiligining asosiy shakllari”, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Ijtimoiy adolat va qonunchilik”, “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi”, “Konstitutsiya - huquqning asosiy manbai” kabi mavzularni qamrab olishi mumkin.
-Sportga muxabbat, sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi “Biz sog’lom avlodlarmiz”, “Asrimiz pahlavonlari”, “Sog’lom hayot - sog’lom kelajak”, “Hamisha sog’lom bo’l bolajon”, “Avlodlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” kabi mavzularda o’tkazilayotgan sport va san’at bayramlari, “Chekish zararli illat”, “Voyaga etmaganlar sog’lom turmush tarzi uchun” kabi mavzulardagi aktsiyalar, shuningdek, yosh sportchilar ishtirokida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport tomoshalari,, sport ustalari, murabbiylar, fan va san’at namoyondalari, tibbiyot va huquq-tartibot xodimlari bilan uchrashuvlar o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. [3. B. 112]
-Respublika miqyosida o’tkazilib kelinayotgan “Ekologiya va xalq salomatligi”, ekofestival, “Inson va tabiat”, “Tabiat va jamiyat”, “Toza muhit - sog’lom avlod garovi” kabi tadbirlar yoshlar va voyaga etmaganlar ishtirokida tashkil qilinib, ular e’tiborini hozirgi kundagi ekologiya muammolariga tortishga, ona tabiatni asrab-avaylashga qaratilmoqda. “Tabiat manzaralari musavvirlar ijodida”, “Gullar olami”, “Tabiat - ijodkor”, “O’zbekiston tabiati”, “Qushlar bizning do’stimiz”, “Antiqa o’simliklar dunyosi” kabi mavzularda ko’rgazmalar, “Bog’ning yashil tabiati”, “Bog’ning jonli burchagi” mavzularida bog’ hududi bo’ylab sayllar tashkil etish.
Har birscenariy dramaturgiyaning umumiy talablariga javob bera olishi har bir epizodning dramaturgik jihatdan tugallanganligi, obrazli kartinaning, tomoshabinga beriladigan emotsional ta’sirini boshidan oxirigacha o’sib borishi uning badiiylik darajasini belgilaydi .
Shunday bo’lishiga qaramay tomoshalar scenariysi, teatr pesasi yoki badiiy film scenariysidan farqli boshqacha uslubda quriladi. Undagi publitsistik masalada, odatda, ahamiyatli, ijtimoiy hodisalarni aniq qahramonlarning shaxsi konfliktlari orqali emas, balki ijtimoiy konfliktning ahamiyati epik printsipda namoyon bo’ladi. [4. B.78]
512
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Ommaviy bayram va tomoshalar scenariysi tomoshabinga emotsional tasir qilishning keng imkoniyatlariga ega.Muallif tomoshabinlarda mana shu tarixiy dalillarga,voqealarga bo’lgan munosabatiga tayanadi.
Ommaviy bayram va tomoshalar scenariy muallifi, o’z scenariysiga dramaturgik asarlardan parchalar olishi yoki aniq qahramonlar to’qnashuvini ifodalovchi dramaturgik harakterdagi parchalarni o’zi yozishi mumkin. Bundan tashqari uning scenariysiga san’atning boshqa turlaridan -musiqa, qo’shiq, xoreografiya, sport-plastik chiqishlar, kino va video lavhalar namoyish etish, poeziya va x.k.lar kiritilish mumkin. Albatta scenariyda qancha ko’p badiiy vositalar qo’llanilsa, shunchalik qiyin bo’ladi. Lekin, g’oyaviy-badiiy jihatdan yaxlit bo’lgan asarni yaratish oson bo’ladi. Shuning uchun scenariy dramaturgiyasi, uni kompozicion xal etilishi katta ahamiyatga egadir. Ommaviy bayram va tomoshalar scenariysi tomoshabinga ko’p qirrali ematsional ta’sir qilishdek imkoniyatga ega ekanligi, hamma vaqt ham tomoshabinni aniq qahramonlar orasidagi u yoki bu konfliktdagi kechinmalarni boshdan kechirishga unchalik jalb qilinmaydilar. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar scenariysi asosida konfliktning bo’lishi shart emas. Ba’zi scenariy mavzularida konflikt umuman talab qilinmaydi.
Agar scenariydagi u yoki bu epizodda qandaydir ta’sirli ijtimoiy konflikt davrni tasvirlayotgan bo’lsa, demak butun scenariy uni tasvirlashga qurilgan bo’ladi. Ommaviy bayram va tomoshalarda tomoshabinga kuchli emotsional ta’sir ko’rsatish uchun birgina uslubdan foydalanish shart emas.
Bayram shart-sharoitiga keladigan bo’lsak, u konflikt shart-sharoitining teskarisidir. Xatto - «ko’z yoshlar bilan kutib olingan» g’alaba bayrami, dushmanga qarshi kurash g’oyasi bilan sug’orilgan bo’lishiga qaramay- o’z mazmuni bo’yicha harbiy qarama-qarshilikning tugashiga bag’ishlangan bayramdir.
Shu vaqtgacha teatr dramaturgiyasi nazariyasi va amaliyotiga amal qilib kelgani uchun, har bir ommaviy bayram va tomoshada konflikt bo’lishi kerak degan talabga rioya qilingan. [5.B.75-77]
Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining yoshligi, san’atning mustaqil bir ko’rinishi sifatida endi odimlanayotganligi sababli, ming yillar davomida shakllanib kelayotgan dramaturgiyaning nazariyasiga tayangan.
Ommaviy bayramlarning o’ziga xos scenariy yo’nalishi deganda, stsenarist va rejissyorlarning g’oyasiga javob beruvchi obrazliylik va tomoshabinlik bo’lishi lozim.
Ommaviy bayram, xalq sayllarida ekspozitsiya funktsiyasini qatnashchilarning kostyumlashtirilgan teatrlashtirilgan yurishlari bajarishi mumkin. Ekspozitsiya, tugun vazifasini esa, she’riy to’ldirishlar, pesalardan ko’rinishlar, filmlardan parchalar qo’shiqlar bajaradi.
513
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Teatrlashtirish usuli - alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonunlari asosida, drammaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda mo’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g’oyaviy emotsional vositalar hamda og’zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi. Va yagona syujet tizimini vujudga keltiradi.
Teatrlashtirish usuli alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, drammaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda o’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g’oyaviy emotsional vositalar hamda og’zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi va yagona syujet liniyasini vujudga keltiradi.
Teatrlashtirish usulida quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1. Teatrlashtirilgan tadbirlarda, eng avvalo, yagona g’oyaviy-badiiy syujet va kompozicion tuzilish bo’lishi kerak. U kompozicion tuzilish-muqaddima, asosiy voqea, tugun voqealar rivoji, kulminatsiya va final kabi qismlardan iborat bo’lishi kerak.
2. Teatrlashtirilgan tadbirda foydalanadigan vositalar alohida ajralib qolmasdan syujetga singib ketishi, uning rivojlanishiga yordam berish lozim. SHuning uchun unda syujet mazmuniga qarab kerakli ta’sirli vositalar mantiqan tanlanadi.
3. Teatrlashtirilgan tadbirlarga real qaxramon obrazli yoki badiiy asarlardan olingan obrazlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Teatrlashtirilgan shakllarda omma oddiy tomoshabin emas. Balki tadbir qatnashchisiga ketishi kerak. [6.B.45]
Shuni ta’kidlash kerakki, ilmostratsiyalashtirish usulini ham, teatrlashtirish usulini ham shoxlagan shaklga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Har bir usulning o’zi talab qiladigan tadbirlari bor. Masalan, ilmostratsiyalashtirish uslini ommaviy bayramlarga qo’llash yaxshi natija bermaydi, lektsiya yoki suxbatni teatrlashtirishning xojati bo’lmasa kerak. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, ilmostratsiyalashtirish usulidan tashkil tashkil qilishi oson, har kuni foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Teatrlashtirish usulini buyuk sanalarga va bayramlarga bag’ishlangan tadbirlarda qo’llash lozim.
Rejalashtirish - boshqaruvning tashqi muhitning vaziyatlari va omillarini tahlil qilish, maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini bashoratlash, muvofiqlashtirish, baholash, tizimning bo’lg’uvsi holati, unga etishish yo’llari, usullari va vositalarini belgilab beruvchi rejalarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan vazifalaridan biridir. Kompaniyalar darajasida rejalashtirish strategik va biznes-rejalar shaklida amalga oshiriladi. Umummilliy darajada u indikativ yo’naltiruvchi harakterga ega. Rejalashtirishda iqtisodiy-matematik, muvozanatli usullar va ham ekspert baholaridan foydalaniladi.
514
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Sinergetik samara - bu shundan iboratki, tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyati va imkoniyatlari uning alohida elementlarining salohiyatlari va imkoniyatlaridan oshib ketadi, bu narsa ulami o’zaro qo’llab-quvvatlanishlari va to’ldirilishlari bilan asoslangan.
Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullari- bu xodimlarning salo- matligi va jamoadagi yaxshi ma’naviy -ruhiy holatni saqlash, qonunlar va me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish sharoitida qo’yilgan maqsadga erishish bo’yicha jamoa (xodim)dagi ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarishga qaratilgan usuldir.
Sociogramma - sociometriya ma’lumotlarini grafik tasvirlash usuli. Boshqaruv uchun guruhning sotsiogrammasini bilish majburiydir, chunki rahbar guruhli vazifalarni hal qilishi uchun birinchi uchta guruhlarning obro’sidan foydalanishi va keyingi guruhlarga bu xodimlarning psixologik statusini oshirish va uni rivojlanganligi darajasini oshirish maqsadida ta’sir ko’rsatishi kerak. [7.]
Tashkiliy madaniyat - bu tashkilotning ichida va uning chegarasidan tashqaridagi munosabatlar asosidagi tashkilotning kattaroq qismi tomonidan qo’llaniladigan falsafa, qadriyatli mo’ljallar, hulqning me’yorlari, qoidalar va muhitdir.
Tashkilot - odamlarning ma’lum maqsadlari: boshqaruv vazi- falariga erishishni ko’zda tutuvchi tizimlashtirilgan, ongli birlashmasi.
Tashkilot(korxona)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi -tashkilotning maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan xizmat sohalari va boshqaruv darajalarining mantiqiy nisbati.
Tashkilotning missiyasi - tashkilotni mavjud bo’lishining ma’nosini ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiq, unda ushbu tashkilotning boshqalardan farqi namoyon bo’ladi.
Tashkilotchilik qobiliyati - bu odamga tashkiliy faoliyat usullarini egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshishiga imkon beruvchi shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari. [8.B.77] Harizma - yakka shaxsning xususiyatlariga asoslangan, unga payg’ambar, dohiy yoki islohotchi vazifasini amalga oshirishga imkon beruvchi, uning oldida ta’zim qilish va uning imkoniyatlariga so’zsiz ishonishni keltirib chiqaruvchi mutloq iste’dod, alohida sifatlar berilganligi. Harizma - hukmronlikni tashkil qilishning alohida turi.
Xodimlar - ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat vositalaridan foydalanish bilan mehnat predmetini qayta ishlash bilan band bo’lgan barcha xodimlar.Xodimlarni boshqarish - insoniy tashkil qiluvchilarga xodimlar imkoniyatlari va tashkilot maqsadlari, strategiyasi, rivojlanishi sharoitlarini muvofiqlikka keltirishga yo’naltirilgan maksadga qaratilgan ta’sir.
Xodimlarni tanlab olish -bo’sh lavozimlarga nomzodlarni baholash. O’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: dastlabki suhbatlashish, anketa ma’lumotlarini tahlil
515
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
qilish; nomzod haqida ma’lumotlarni to’plash; tekshiruvchi sinovlar, test o’tkazish, tibbiy ko’rikdan o’tkazish; asosiy suhbat; ekspertlar xulosasini tayyorlash.
Yumshoq tizimlar - bu tizimlarda insoniy omil gorizontal tuzilmalaming o’zining juftli deb ataluvchi resurslarni olib yuruvchi munosabatlari uzliksiz o’zgarib turuvchi kompoziciyalari asosida vaqtincha o’zini o’zi tashkil qiluvchi orqali namoyon bo’ladi. [9.]
Yakka hukmronlik - boshqaruvni tashkil qilish shakli bo’lib, unda muassasa yoki tashkilot (uning tarkibiy bo’linmasi) boshqaruv idorasining boshida o’zining huquqiy doirasida yuridik majburiy qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega bitta shaxs turadi. Yakkahukmronlik qarorlarni operativ qabul qilish imkoniyatini yaratadi, ushbu idora, tashkilot, muassasadagi ishlarning umumiy holatiga shaxsiy javobgarlikni oshiradi.
O’zini o’zi boshqarish - bu tashkilotning qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amaldagi qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish imkoniyati.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Qoraboev U. “Madaniy tadbirlar” T.: “Toshkent kartografiya fabrikasi” 2003.
2. Ahmedov F. “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari”. T.: “Aloqachi”. 2008.
3. Mamatqosimov J. “Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati”. T.: “Fan va texnologiya”. 2009.
4. Sayfullaev B. Tomosha san’ati tarixi va nazariyasi. - T.: Fan va texnologiya, 2014.
5. Qoraboev U. “O’zbek xalqi bayramlari”. T.: “SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2002.
6. Sayfullaev B., Rustamov V.K. Prodyuserlik mahorati asoslari. Toshkent, Fan va texnologiy. Toshkent, 2014.
7. Jarkov A.D. Texnologiya kulturno-dosugovoy deyatelnosti. - M., 2003.
8. Mirpo’latov X. “Ommaviy bayramlar rejissurasi” T. TDMI. 2006 y.
9. Dushamov J. «Ommaviy tadbirlar rejissurasi» T. G’.G’ulom 2002 y.
516
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ