Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA “KREDIT-MODUL TIZIMI”'

OLIY TA’LIMDA “KREDIT-MODUL TIZIMI” Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
728
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kredit-modul’ tizimi / masofaviy ta’lim / oliy ta’lim. / Credit-modul system distance learning / higher education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xaydarova, Iroda Nizomiddinovna

Ushbu maqolada “Kredit-modul’ tizimi”, uning yurtimizda joriy etilishi va bunda kuzatilayotgan muammolar sharxi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям , автор научной работы — Xaydarova, Iroda Nizomiddinovna

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“CREDIT-MODULE SYSTEM” IN HIGHER EDUCATION

This article provides information on the "Credit-modul system", its implementation in our country and a description of the observed problems.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA “KREDIT-MODUL TIZIMI”»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

OLIY TA'LIMDA "KREDIT-MODUL TIZIMI"

Xaydarova Iroda Nizomiddinovna

o'qituvchi, O'zDJTU. iymonasad@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Kredit-modul' tizimi", uning yurtimizda joriy etilishi va bunda kuzatilayotgan muammolar sharxi keltirilgan.

Kalit so 'zlar: kredit-modul ' tizimi, masofaviy ta 'lim, oliy ta 'lim.

AHHOTA^H

В данной статье представлена информация о «Кредитно-модульной системе», ее внедрении в нашей стране и описание наблюдаемых проблем.

Ключевые слова: Кредитно-модульной система, дистанционное обучение, высшее образование.

ABSTRACT

This article provides information on the "Credit-modul system", its implementation in our country and a description of the observed problems.

Keywords: Credit-modul system distance learning, higher education.

KIRISH

So'ngi yillar ichida insoniyat olamida turli o'zgarishlar, yutuqlar, kamchiliklar va xavflar ortib bormoqda. Buni har bir jabxada ko'rish, kuzatish, anglash mumkin. Pandimiya sababli, yuzaga kelgan va davom etayotgan voqe'a-hodisalarni kuzatar ekanmiz, uning nafaqat inson salomatligiga, hatto uning ta'lim olishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmoqda. Bu faqat salbiy tusga emas, shu bilan bir qatorda ijobiy natijalarga ham egaligi bilan insoniyatni quvontiradi. Misol, yurtimizda masofaviy ta'limning shakllanib, rivojlanib borishiga zamin yaratdi. Ammo, yangiliklarning ilk davri kamchiliklarsiz bo'lmasligi tajribalardan ma'lum.

Masofaviy ta'limning qulayliklari keng bo'lib, unda o'qituvchi va o'quvchi erkin faoliyati olib borish imkoniyatlariga (vaqt va masofa nuqtai nazaridan) ega. Biroq masofaviy ta'limda asosiy "tarkibiy qism" internet hisoblanadi. Yurtimizda mavjud internet bilan bog'liq muammo va kamchiliklar, ushbu ta'lim tizimi rivojidagi katta to'siqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bilim va ilmning shakllanishi bevosita ta'lim tizimiga bog'liq. Ta'lim tizimini samaradorligi o'qituvchi salohiyatini oshirish, talabaning bilim va ko'nikmalarini

Scientific Journal Impact Factor

O

rivojlantirish, o'quv adabiyotlari mazmuni va maqsadlarini to'g'ri belgilash, mustaqil ta'limni shakllantirish bilan o'zaro bog'liq. Ana shu bog'liklikni o'zida aks etg an, yana bir ta'lim tizimi bu - "Kredit-modul' tizimi".

Kredit-modul' tizimi, bu - har bir o'quv moduli (Modul - bu alohida individual o'quv fani.) tarkibini tuzishga asoslangan modulning o'quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o'quv dasturini o'zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi (3).

Bu ta'lim tizimining asosiy jihatlaridan biri bu, talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash, ularning o'z ustida ishlash qobiliyatini shakllantirish hisoblansa, ikkinchidan ularning egallagan bilim va ko'nikmalarini reyting asosida baholab borish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko'ra mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha OTMlar kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi (1).

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

— o'quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

— bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;

— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

—talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

— ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirish;

— ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo'yilgan talabdan kelib chiqib o'zgartirish mumkinligi (4).

Xo'sh, bu turdagi ta'lim tizimi qay tarzda tashkil etiladi? - degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Kredit-modul' tizimi oliy ta'limda o'tiladigan har bir fan endilikda undagi o'qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o'rtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o'quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to'plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.

ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o'quv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o'qishi davomida har semestrda 30 kredit to'plab borishi kerak bo'ladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi

Scientific Journal Impact Factor

O

hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qo'lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to'plashi talab etiladi (5).

Belgilangan ballni to'play olmagan talabalar an'anaviy ta'lim tizimidan farqli o'laroq, ta'lim 4 (bakalavr), 2 (magistratura) yil ichida emas, balki uzoq yillar davomida o'qishiga to'g'ri keladi.

Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo'lgan ma'lum miqdordagi o'qish yuklamasini va talaba buning natijasida muayyan o'qish natijalariga erishganligini bildiradi. Ya'ni, ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System / Yevropa kredit o'tkazish va to'plash tizimi) kredit-modul tizimi tarkibi ikki zaruriy elementdan iborat: a) o'qish yuklamalari va b) o'qish natijalari. Talaba shu elementlarni bajargandagina o'sha fan bo'yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo'lga kiritishi mumkin (2).

Kredit-modul o'qitish tizimi o'quv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil topadi:

• auditoriya mashg'ulotlari - ma'ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv (klinik) amaliyoti;

• auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar - ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta'lim oluvchilarning ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va boshqalar (3).

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bejizga so'zni masofaviy ta'lim va undagi muammolar to'g'risida to'xtalmadik. "Kredit-modul tizimi" bu - qisqacha qilib aytganda masofaviy ta'limning rivojlangan shakli deya ayta olamiz. Biroq, yurtimizdagi internet va uning tezligi bilan bog'liq muammolarni inobatga olsak, bu ta'lim tizimi ko'zlangan natijani ko'rsata olmaydi.

O'zbekiston va boshqa davlatlardagi internet ta'riflarini solishtirganda, bizni yurtda bir muncha qimmat ekanligini ko'rsatadi. "Xalq so'zi" onlayn gazetasining bergan ma'lumotlariga tayanib, quyidagi ma'lumotni keltirib o'tsak. Unga ko'ra, keltirilgan 62 davlatdan 55 tasida eng ko'p taklif qilinadigan tezlik bu 100 Mbit/s.ga teng ekan. Internetga ulanishning bunday sur'ati bir nechta qurilmada bir vaqtning o'zida saytlarni erkin ko'rib chiqish va striming servislaridan 4 K(UHD), ya'ni eng yaxshi sifatda foydalanish imkonini beradi.

Polsha (eng kam ta'rif 150 Mbit/s.), Ruminiya (eng kam ta'rif 150 Mbit/s.), Fransiya (eng kam ta'rif 200 Mbit/s.), Singapur (eng kam ta'rif 500 Mbit/s.) kabi bir qator davlatlardagi yirik internet-provayderlari bunday internet tezligiga past

Scientific Journal Impact Factor

ko'rsatgich deya qaraydi va mijozlarga bundanda sifatli xizmat turlarini taklif etishadi (6).

AOKAda bo'lib o'tgan brifingda AKT vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov quyidagi ma'lumotlarni keltirgan. Unga ko'ra, Senatning o'n uchinchi yalpi majlisida Adliya vaziri 1 Gigabayt mobil internet Hindistonda — 950 so'm, Isroilda — 1,2 ming so'm, Qirg'izistonda — 2,2 ming so'm, Italiyada — 4,5 ming so'm, Ukrainada — 4,9 ming so'm, Qozog'istonda — 5 ming so'm, O'zbekistonda esa — 16 ming so'mni tashkil etishi va mamlakatimizda internet qamrovi 51 foiz ekanligini ta'kidlab o'tgan (7).

Bundan ma'lum bo'ladi-ki, yurtimizda internet qamrovining kamligi, internet tezligi talab darajasida emasligi va unga belgilangan narxning yuqoriligi joriy qilinayotgan ta'lim tizimining eng og'riqli va muammoli tomoni hisoblanadi.

Bunday sifat bilan talabalar belgilangan topshiriqlarni o'z vaqtida to'liq yuklab olishi, uning ustida ishlashi, kerakli ma'lumotlarni izlashi va belgilangan vaqtgacha uni joylashida sezilarli darajada qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oliy ta'limda ushbu tizimni rivojlantirishda keltirilgan muammolarni bartaraf etish asosiy vazifalar qatoriga kiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", 1-ilovasi, 9- bandi.

2. O'rinov V. O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim Muassasalarida ECTS KreditModul Tizimi: Asosiy Tushunchalar va Qoidalar. 2020.

3. https://www.xabar.uz/talim/kredit-modul-oqitish-tizimi-haqida. 22:40/18.03.2021

4. https://xs.uz/uzkr/post/kredit-modul-tizimiga-otish-nima-uchun-kerak-maqsad-mohiyat-va-afzallik 23:00/18.03.2021

5. https://kun.uz/news/2020/07/22/oliy-talimda-kredit-modul-kelayotgan-oquv-yilida-talabalarni-nimalar-kutmoqda 22:34/18.03.2021

6. https://xs.uz/uzkr/post/ozbekistonda-internet-boshqa-davlatlarga-nisbatan-qimmatmi 20:03/19.03.2021

7. https://www.terabayt.uz/post/ozbekistonda-internet-nega-qimmat-akt-vazirligi-izoh-berdi 20:25/19.03.2021

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.