Посвящается 600 - летию Самаркандского государственного университета
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ - ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ
Рахматов Махсуд Расулова Майсара Набиевна Самаркандский государственный университет
В статье представлена информация о сути кредитно-модульной системы, направленной на повышение качества образования и проводимой работе на кафедре "общетехнические науки и технологии" СамГУ.
Ключевые слова: кредитно-модульная система, баллонная образовательная система, кредит, модуль, модульная технология, академическая мобильность, бинарная, вебинарная, преимущества кредитно-модульной системы.
TEXNOLOGIK TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMIDAN
FOYDALANISH-DAVR TALABI
Maqolada bugungi kunda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan kredit-modul tizimining mohiyati va SamDUning "Umumtexnika fanlari va texnologiyalar" kafedrasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: kredit-modul tizimi, Baloniya ta'lim tizimi, kredit, modul, modulli texnologiya, akademik mobillik, binar, vebinar, kredit-modul tizimining afzalliklari.
USING A CREDIT-MODULE SYSTEM TO IMPROVE THE QUALITY OF TECHNOLOGICAL
EDUCATION IS A TIME REQUIREMENT
The article provides information about the essence of the credit-module system aimed at improving the quality of education and the work executed at the department of "General Technical Sciences and technologies" of SamSU.
Keywords: credit-module system, balloon education system, credit, module, modular technology, academic mobility, binary, webinar, advantages of credit-module system.
DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10083
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin uning obro'yini xalqaro miqyosda oshirih uchun xalqaro ta'lim standartlarining talablariga javob beruvchi milliy kadrlar va xalqaro andozalar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masalardan biriga aylandi. Ma'lumki, bugungi kunda dunyo hamjamiyatini o'zida qamrab olayotgan zamonaviy integratsiyalashuv jarayonlari ta'lim tizimiga ham ta'sir qilmasdan qolmadi. Milliy kadrlarimizni tayyorlash sifatini oshirish uchun albatta xalqaro ta'lim tizimlariga a'zo bo'lib tizimlarning talablariga mos bo'ladigan shart-sharoitlar yaratishimiz kerak bo'ladi.
Ana shu maqsadda Prezidentimizning 27-fevraldagi "Pedagoglik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorida Oliy o'quv yurtlarida kadrlar tayyorlashni ilg'or xalqaro standartlar asosida tashkil qilish yuzasidan o'quv jarayoniga
bosqichma-bosqich kredit modul tizimini joriy etish asosiy vazifa etib belgilandi. Xuddi shuningdek, ushbu xujjatda 2021-2022-o'quv yilidan boshlab Universitetlar miqyosida kretid modul tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko'ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishining yo'l xaritasi ishlab chiqilgan. Masalan, kelayotgan 2020-2021 o'quv yilining o'zida mamlakatmizda nufuzli 33dan ortiq OTMlar kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko'zda tutilmoqda.
Hozirgi davrda jaxon bo'ylab o'ziga xos yagona ta'lim muhiti shakllanayotgan bo'lib bu turli davlatlardagi universitetlarning ta'lim standartlari, o'quv reja va dasturlari o'zaro uyg'unlashib borayotganligida namoyon bo'lmoqda.
Hozirgi vaqtlarda o'ziga yarasha katta ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro ta'lim tizimlaridan biri Boloniya ta'lim tizimi hisoblanadi.
Bolonya kelishuvi yagona oliy ta'lim maqomini yaratishga qaratilgan bo'lib, Yevropa mamlakatlari o'quv yurtlarini bir-biriga uyg'unlashtirish, umumyevropa mehnat bozori uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash, talabaga esa xalqaro ta'limga to'siqlarsiz kirish imkonini yaratadi.
Bolonya deklaratsiyasi 1999 yilda 29 ta mamlakat vakili tomonidan imzolangan bo'lsa, hozirgi vaqtda 48 ta davlat ushbu jarayon ishtirokchisi hisoblanadi.
Bolonya jarayoniga kirish milliy oliy ta'lim tizimlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki bunda oliy ta'lim to'g'risidagi umumyevropa diplom ilovasi joriy qilinadi. Kreditlarni o'tkazish va jamg'arishning Yevropa tizimi (ECTS - European Credit Transfer and Accumlation System), ya'ni talabalar o'zlashtirgan bilim va malakalarni hisobga olishning umumyevropa tizimiga o'tiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish uchun yagona umumyevropa baholash mezonlari qo'llaniladi va o'qitish sifati yaxshilanadi, ekvivalent ta'lim dasturlari, akademik darajalar joriy qilinadi. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kuchayadi. Endi kredit-modul tizimidagi ayrim tushunchalarga to'xtalib o'tamiz.
Kredit talaba va o'qituvchi o'quv faoliyati hajmining sondagi ifodasi bo'lib, fanga tegishli nazariy, amaliy va mustaqil ta'lim jarayonlarini o'z ichiga oladi. Aksariyat hollarnida, 1 kredit 35-36 akademik soat hajmiga teng hisoblanib, tegishli ravishda fanlar ham o'quv rejasidagi salmog'iga ko'ra turli hajmdagi kreditda ifodalanadi.
Modul - ma'lum bir fan yoki uning bir bo'limi doirasida mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo'lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo'lgan birlikdir.
Kredit-modul o'qitish tizimi o'quv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil topadi: Auditoriya mashg'ulotlari-ma'ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv (klinik) amaliyoti;
Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar-ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta'lim oluvchilarning ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va boshqalar.
Modulli texnologiyalar esa modular bloklaridan tashkil topgan fan dasturining talaba tomonidan mustaqil va tizimli ravishda o'zlashtirib borilishi, ma'lumotlarni qayta ishlash, egallagan bilimlarni baholash imkoniyatini texnologiyalardir.
Modulli o'qitish texnologiyasini qo'llashning yana bir xususiyati shundan iboratki, talaba bir modulni o'zlashtirmasdan ikkinchisiga o'ta olmaydi. Bu esa ta'lim dasturining kafolatli o'zlashtirilishini ta'minlaydi. O'quv modullarini tuzishda ko'p hollarda ish
beruvchilar ham jalb qilinadilar. Ular modulli ta'lim dasturlariga tanlov fanlarini kiritish bo'yicha o'z takliflarini beradi.
Akademik mobillik deganda talaba yoki professor o'qituvchilarning muayyan akademik davrlarda mamlakat ichidagi yoki tashqarisidagi boshqa bir oliy ta'lim muassasasida o'qishi, amaliyot o'tashi yoki tadqiqot olib borishi tushuniladi.
Kredit-modul tizimida binar dars va vebinar dars tushunchalari ham mavjud.
Binar dars deganda muayyan mavzuning ikki o'qituvchi yoki o'qituvchi va bir amaliy soha vakili tomonidan hamkorlikda o'tilishi tushuniladi.
Vebinar esa dars, maslahat, suhbat, taqdimot jarayonlarining internet orqali onlayn ravishda o'tkazilishidir. Uning asosiy xususiyati interfaollik bo'lib real vaqt rejimida o'zaro ma'lumot almashish, uni tahlil qilish va qayta ishlash mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki, ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik о'qish yuklamasi bu fanni о'^п ish uchun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi Ьо'НЬ, unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni о'rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qо'yingki talaba ushbu fanni о'zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi. Ta'limning kredit-modul tizimi bizga quyidagilarni berad^
1. O'qish yuklamasining muvozanatli taqsimoti.
2. Fanlarni tanlash imkoniyati.
3. O'quv dasturlarida fanlarning saralanishi.
4. Bakalavr va magistratura dasturlariga shaffoflik kirishi.
5. O'quv mashg'ulotlarini shaffof tarzda tashkil etish.
6. Kredit-modul tizimining yana bir yaxshi tomoni shundan iboratki, talabalarni o'qitishda jami kreditlarning 40 %i auditoriyada 60 %i mustaqil ravishda olib borilishini xorij tajribasidan ko'rish mumkin va bu talabalarda amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan.
O'zbekistonda ham Bolonya jarayonining ayrim shartlari bajarilgan. Misol uchun, bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli oliy ta'lim tizimiga o'tilgan. Navbatdagi bosqichda kreditlar to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimini qo'llash qoidalari, talabalar, pedagog va ma'muriy xodimlar harakatchanligini amalga oshirish mexanizmlari, milliy hamda tarmoq malaka tizimlari (kvalifikatsiya raqamlari) ishlab chiqilmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Samarqand Davlat Universitetida ham ta'lim sifatini oshirish maqsadida kredit-modulli o'qitish sistemasiga o'tilmoqda. Jumladan, bugungi kunda bizning "Umumtexnika fanlari va texnologiyalari" kafedramizda 17 ta professor-o'qituvchi talabalarga ta'lim bermoqda. O'qituvchilarning 1 nafari texnika fanlari doktori professor, 7 nafari ilmiy darajali dotsentlar-o'qituvchilarni tashkil etadi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan masofaviy o'qitish jarayoni kafedra fanlarini o'qitishda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda, xususan, moodle ta'lim tizimidan to'liq foydalanilmoqda. Talabalar uchun fanlar bo'yicha elektron adabiyotlarning kompleksi shakllantirilib ulardan cheklovlarsiz foydalanish uchun imkoniyatlar yaratilgan. Ta'lim sifatini oshirishda kredit-modul tizimida ta'limning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Hozirgi kunda ayniqsa jahonda pandemiya tufayli karantin davrida "Masofaviy ta'lim" va "Onlayn ta'lim" tizimidan keng foydalanishga to'g'ri kelmoqda.
Masofaviy ta'lim talabaning mustaqil ishlashi, ma'ruza va vebinarlarni tomosha qilishi, topshiriqlarni bajarishi va o'qituvchiga uzatishi, o'qituvchi bilan elektron pochta bilan muloqot qilishga asoslangan.
Onlayn ta'lim esa masofaviy ta'limning mantiqiy davomidir. Bunda o'quv mashg'ulotlari jonli efirda olib boriladi, talabalar ta'lim jarayoniga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanadilar. Kafedra fanlarni o'qitishda har ikkala ta'lim turidan foydalanildi. 2019-2020 o'quv yilining ikkinchi yarim davrida 15-martdan keyin karantin tufayli barcha fanlar moodle tizimi yordamida o'qitildi. Bu ta'lim tizimidan foydalanishda yutuqlar bilan
birgalikda ayrim kamchiliklar ham kuzatildi. Masalan, talabalarni to'liq nazorat qilish qiyin bo'ldi, chunki ayrim talabalar moodle tizimiga barcha fanlardan bir marta kirib darsga to'liq kirganini isbotlamoqchi bo'ldi, kimdir login-parol bilan moodle tizimiga kirib, talabani testlarini yechdi, talaba bilan o'qituvchi o'rtasida jonli muloqot uzildi, talabalarni hammasida mustaqil ishlash ko'nikmasi yo'qligi uchun ko'chirmakashlik ko'payib ketdi, barcha viloyatlarning chekka tuman va joylarida internet tizimi yaxshi ishlamadi, masofaviy ta'lim ko'proq o'zbek tilida bo'lgani uchun tojik tilida o'qitiladigan talabalarda ma'lum qiyinchiliklarni tug'dirdi, o'qituvchini kun bo'yi internetga o'tirishi natijasida sog'lig'iga ziyon yetdi (masalan, ko'zi o'g'ridi), internetdan foydalanish talaba uchun ham o'qituvchi uchun ham moddiy qiyinchiliklarga olib keldi va hokazolar. Ammo shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida masofaviy ta'limdan, ayniqsa kreditmodul tizimidan foydalanish davr talabi bo'lib qoldi. Shuning uchun bizning kafedrada birinchi navbatda birinchi kurslarga o'tiladigan barcha fanlar kredit-modul tizimiga o'tkazilishi bo'yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu tizimning afzalligi shundagi talaba bitta moduldan keyin test savollarini yechmasa, ikkinchi mavzuga o'ta olmaydi, bu esa talabani mustaqil o'z ustiga ishlashiga majbur qiladi natijada ta'lim sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Kafedramiz o'qituvchilari kredit-modul tizimiga barcha fanlarni o'tishkazish bo'yicha ma'lum bir ishlarni amalga oshirmoqda. Kafedramizda o'qitiladigan barcha fanlar 2, 3, 4 kurslar uchun modul tizimiga kiritilib masofaviy ta'lim tizimiga o'tildi. Texnologiya ta'limi yo'nalishida o'qitiladigan barcha fanlar amaliy olib borishga mo'ljallanganligi uchun kafedrada talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va nazariy bilimlarini amalda qo'llashlari uchun "Tikuvchilik", "Duradgorlik" va "Mohir qo'llar" to'garaklari samarali faoliyat olib bormoqda.
Nazariy olgan bilimlarini amalda mustahkamlash uchun malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlari viloyatimizdagi nufuzli korxonalarda olib borilmoqda. Masalan, Samarqand viloyat Samarqand tumani "Maroqand-mebel" xususiy korxonasida, Samarqand shahridagi "Zarafshon-Tekstil" MCHJ da, Samarqand shahridagi "Samarqand-Buxoro ipak gilamlari" korxonasida Samarqand shahridagi Koreya bilan hamkorlikdagi "Kasb-hunarga yo'naltirish markazi"da, Samarqand shahridagi " Afrosiyob JEANS" MCHJ korxonasi, hamda Samarqand shahridagi Dakkatexst" MCHJ shaklidagi korxonalarda olib borilmoqda.Bitiruvchi kurs talabalari Samarqand viloyatining tumanlari va Samarqand shahridagi umum o'rta ta'lim maktablarida uzluksiz pedagogik amaliyotlarini o'tkazmoqdalar. Talabalarning nazariy bilimlarni amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlashga yo'naltirilgan o'quv rejalari, o'quv dasturlari, o'quv qo'llanmalar va uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilmoqda. Kafedramiz professor-o'qituvchilari universitetimizning 600 yilligiga bag'ishlab 3 ta o'quv qo'llanma va 2 ta uslubiy qo'llanmalarni Universitetning nashriyotiga nashr qilish uchun topshirgan. Maqsadimiz oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, Samarqand Davlat Universiteti Ulug'bek Akademiyasining vorisi sifatida shu paytgacha bilim o'chog'i bo'lib kelgan va yana Universitetning obro'yini jaxon miqyosida ko'tarish uchun ma'lum bir ishlarni amalga oshirmoqda. Bajarilgan va rejalashtirilayotgan ishlar SamDUning 600 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konfrensiyasi materiallarida o'z aksini topadi.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-sonli qarori.
2. Abdullayeva B. S. " Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari". Ped. fan. dok.... dis. - Toshkent., Uz PFITI. 2006.-164 b.
3. Усова А. В. Межпредметные связи в предподавании основ наук в школе: методические рекомендации. Челябинск. Изд. ЧПТУ «Факел», 2006. 15-18с.
4. A. Xasanov, Sh. O'roqova. Ta'lim tizimida fanlararo integratsiya. Kasb hunar ta'limi. 2019. №2; 39-42 betlar.
5. Jabborova M. Sh. Tikuvchilik texnologiyasi. Darslik.-Toshkent. O'zbekiston. 1994. -414 bet.
6. D. Baxritdinova. Texnologiya fanlari samaradorligini oshirishda integratsiyaning ahamiyati. Kasb hunar ta'limi. 2019. №2; 36-38 betlar.
7. Nabiuline L. M. Scientifik Data Visualization as Integral Part of Student Reseach//Eastem Europen Scientific Journal, 2018, №5 p.233-237.
8. Н. Х. Авлиёкулов. Касбий фанларни модулли у'китиш технологияси. 2004. -280 бет.
9. М. Ж. Турдиева. Таьлим жараёни самарадорлигини ошириш ва фанлар интеграциясини таьминлашда креативликнинг ахамияти. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №4 17-18 бетлар.
10. З. Ш. Тухтаева. Олий таьлимда ихтисослик ва мутахассислик фанлар узвийлиги ва интеграциясини таьминлаш муаммолари. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №4 21-24 бетлар.
11. Г'. Шомирзаев. Таьлим жараёнида умумтаьлим ва касбий фанлар интеграцияси масалалари. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №2; 47-49 бетлар.
12. Афанасьева И. В. Вопросы интеграции науки и образования//Таьлим технологиялари. - Тошкент, 2007. - №4. - С. 24-25.
13. Otabayeva F. T. Ta'limda integratsiya muammosi//Kasb-hunar ta'limi. - Toshkent, 2008. №2. - B. 25.
14. Draupeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promoteinnovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.
15. Innovatsion ta'lim texnologiyalari / Muslimov H. A., Usmonboyeva M. H., - T.: "Sanostandart" nashriyoti, 2015.