Oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash
zaruriyati
G'anisher Ne'matovich Djunaitov Bobir Fattohevich Azimov bobir-azimov@mail.ru Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning me'yoriy-huquqiy asoslari keltirilgan, oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha olib borilayotgan amaliy hatti-harakatlar, shuningdek, olib borilayotgan ishlar natijasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy natijalari ham yoritilgan.
Kalit so'zlar: oilaviy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlikning afzalliklari, oilaviy tadbirkorlikning kuchsiz tomonlari, oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab -quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni takomillashtirish.
Necessity for state support of family business
Ganisher Nematovich Dzhunaitov Bobir Fattohevich Azimov bobir-azimov@mail.ru Bukhara Engineering-Technological Institute
Abstract: This article presents the regulatory and legal basis of state support for family business, the practical actions taken to support family business by the state, as well as the main results of the development of family business as a result of the work being carried out.
Keywords: family business, advantages of family business, weaknesses of family business, state support of family business, improvement of state support of family business.
O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi Qonunida (2012 yil 26 aprel, O'RQ-327-son1) keltirilishicha, oilaviy tadbirkorlik oila a'zolari tomonidan tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyat hisoblanadi. Oilaviy
1https://lex.uz/docs/2004956
WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 888 I
tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkinligi, yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona ekanligi ham ushbu qonun hujjatida keltiriladi.
Oilaviy tadbirkorlikning bir qancha afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritishni lozim topdik:
•Tadbirkorlikning ushbu turi O'zbekistonda uzoq tarixga ega bo'lib, oilaviy an'analarga to'la mos keladi;
•buning natijasida yillar davomida to'plangan kasbiy mahorat, kapital va hayotiy tajriba sirlari avloddan-avlodga o'tadi;
•oilaviy tadbirkorlik, o'zining qator xususiyatlariga ko'ra, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi ortishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, yangi ish o'rinlarini tez tashkil etishga qodir;
•bu soha kam kapital sig'imiga ega, oilaviy korxonalarda har bir ish o'rniga kapital sarfi boshqa korxonalardagiga nisbatan ancha kam bo'ladi;
•oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'li bilan davlat yashirin biznesni qisqartirishda foydalanishi mumkin;
•aksariyat hollarda o'z ichki iqtisodiy resurslari hisobiga tashkil etiladi va amalga oshiriladi;
•xo'jalik faoliyatini yuritishda asriy milliy an'ana va qadriyatlarning hisobga olinadi;
•muayyan holat va sharoitdagi bozor kon'yunkturasini hisobga oladi, unga tezlik bilan moslasha oladi;
•ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan ta'minlayoladi; •xo'jalik yuritishning bu sub'ektlaridagi to'liqsiz bo'lmagan ish kuni yoki haftasi, o'rindoshlik, moslashuvchan ish rejimi mehnatga layoqatli aholining turli toifalari uchun maqbul bo'ladi va h.k..
Oilaviy tadbirkorlik faolligini ilmiy jihatdan o'rganish jarayonida ularga xos bo'lgan zaif tomonlar ham aniqlandi:
•oilaviy tadbirkorlikdagi asosiy muammo - bu ma'lum chegaralar bo'lib, undan biznesni rivojlantirishning keyingi bosqichiga chiqish unchalik oson emas. Oborotning, foydaning va ishlovchilar sonining ortishi qachondir korxonani kichik korxona maqomidan va tegishli imtiyozlardan mahrum qiladi;
•oilaviy korxona muayyan faoliyat turlarini faqat maxsus ruxsatnoma bilan amalga oshirishi mumkin;
•oilaviy korxona aksiz to'lanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug'ullana olmaydi;
•oilaviy tadbirkorlik faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallar, yuqori bosimli uskunalar va odamlar va atrof-muhit uchun yuqori xavf tug'diruvchi boshqa jihozlardan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi;
•oilaviy korxonaning ko'p qavatli uyning turar joylarida ishlab chiqarish xarakteridagi faoliyatini amalga oshirishiga yo'l qo'yilmaydi.
Oilaviy biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga, aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag'batlantirishga, aholi bandligini ta'minlash bo'yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular toifasiga "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni, Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyuldagi qarori), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbalarini kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, "Har bir oila - tadbirkor" Davlat dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5041-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2018 yildagi "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi PQ-3777-son qarori, "Har bir oila - tadbirkor" dasturi bo'yicha kreditlar berish tartibi to'g'risida"gi nizom (2018-yil 9-iyun, ro'yxat №3022)2, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli Qarori, 2021 yil 3 dekabrdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi farmonlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarni misol keltirish mumkin.
Masalan, O'zbekiston sharoitida oilaviy biznesni yuritishnining afzalliklarini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbalarini kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi -sonli qarorida quyidagi shart-sharoitlar ham yaratib berilgan:
• korxona tomonidan Resurs solig'i va kommunal to'lovlar jismoniy shaxslar uchun stavkalar bo'yicha to'lanadi
2https://finlit.uz/ru/articles/remote-banking/family-business/
• Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar-joy binolarini oilaviy korxona faoliyatida foydalanish uchun noturar joylarga o'tkazish talab etilmaydi,
• Davlat hokimiyati organlari oilaviy korxonaga foydalanilmayotgan noturar joyni ijaraga berish, ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish uchun yer ajratish, oilaviy korxonaning ishlab chiqarish ob'ektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, tadbirkorlik sub'ektlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun maxsus joylar ajratish bo'yicha ko'maklashish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2018 yildagi "Har bir oila -tadbirkor" dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi PQ-3777-son qarori, "Har bir oila -tadbirkor" dasturi bo'yicha kreditlar berish tartibi to'g'risida"gi nizom (2018-yil 9-iyun, ro'yxat №3022) lariga muvofiq 2022 yildan boshlab Maqsadli jamg'armalar va Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari yillik 10 foiz stavkada tijorat banklariga joylashtiriladi va ushbu liniya orqali imtiyozli kreditlar quyidagi toifadagi oilaviy tadbirkorlarga yillik 14 foiz stavkada beriladi:
•Oilaviy tadbirkorlik yoki daromadga yo'naltirilgan mehnat faoliyatini yo'lga qo'yish yoki mavjud faoliyat turini kengaytirishga qaror qilgan jismoniy shaxslar va tadbirkorlar. Bunda kredit 3 yil muddatga beriladi, imtiyozli davr esa 3 oydan 6 oygacha davom etadi.
•Chorvachilik (qoramol, qo'y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yetishtirish) bilan shug'ullanuvchilar. Kredit 3 yilga beriladi, imtiyozli davr 1 yil. Chorvadorlarga kredit berishda xorijdan olib kelingan mini-fermer xo'jaliklarni (1050 bosh nasldor qoramol, qo'y yoki echki) tashkil etish uchun ajratganlarga ustuvorlik beriladi.
•Bog'dorchilik, uzumchilik bilan shug'ullanishga, limon yetishtirishga qaror qilganlar issiqxona, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalari sotib olishga. Kredit 7 yilgacha muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.
• "Hunarmand" uyushmasi a'zolari - ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xomashyo xarid qilishlari, shuningdek, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, usta-shogird maktablari tashkil etishlari, muzey uylari va ustaxonalar qurishlari yoki buning uchun binolar va binolar sotib olishlari uchun. Kredit 3 yilga, agar aylanma mablag'larni to'ldirish kutilsa, u holda 1,5 yilga beriladi.
Dehqon xo'jaliklarining yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun aylanma mablag'larni to'ldirish uchun yetakchi tadbirkorlik subektlari kooperatsiya va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish asosida kredit olishlari mumkin.
Avvalo, "Temir", "Ayollar" va "Yoshlar" daftarlarida ismi-sharifi bor fuqarolar ustivorlik asosida kredit olishlari mumkin.3
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli qarori bilan Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi tashkil etildi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi. Ushbu jamg'arma va uning hududiy jamg'armalarining asosiy vazifalari quyidagilar belgilangan:
•qishloq joylarda doimiy ish o'rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlarni kreditlar bilan qo'llab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
•davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ish o'rinlari tashkil etadigan korxonalarni tashkil etish, bunda jamg'armalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik sotish shartini nazarda tutish;
Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik sub'ektlariga, fermer va dehqon xo'jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub'ektlariga quyidagilar uchun ajratiladi:
•shaxsiy tomorqa va dehqon xo'jaliklarini rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urug'lik, ko'chatlar, chorva, qishloq xo'jaligi inventarlari va uskunalari, sug'orish moslamalari xarid qilish;
•qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xom ashyo-materiallar xarid qilish;
•xizmat ko'rsatishda, ayniqsa, maishiy, ta'mirlash, ta'lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa xizmat ko'rsatish sohalaridagi korxonalar tashkil etish va jihozlash;
•qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o'rtasida kasanachilikni rivojlantirish; •tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xom ashyo, yer, qishloq xo'jaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yo'nalishlar uchun;
Soliqqa tortish nuqtai-nazaridan:
•qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan ko'p bo'lgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta'mirlash kabi xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, umumiy foydalanishdagi hammomlarni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'lum vaqtgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi;
3https://nuz.uz/ekonomika-i-finansy/1218067-kakie-vidy-semejnogo-biznesa-mogut-rasschityvat-na-lgotnye-kredity-ot-gosudarstva.html
•yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollanma xodimga to'lanadigan qat'iy belgilangan soliqni to'lashdan ozod etiladi;
•birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat'iy belgilangan soliq to'lashdan ozod etiladi;
•yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk ko'taruvchi avtomobil transportida yuklarni bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdoridagi stavka bo'yicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qat'iy belgilangan soliq to'laydi.4
2021 yil 3 dekabrda "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident farmonlari imzolandi. Ushbu farmonlar ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahalla fuqarolar yig'inida hokim yordamchilari faoliyati yo'lga qo'yildi. Mahallalarga biriktirilgan ushbu hokim yordamchilari fuqarolar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, biznes loyiha va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash orqali tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mehnat qilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq olib borilgan keng ko'lamli ishlar va sa'y-harakatlar natijasida O'zbekistonda mazkur tadbirkorlik shakli yangi darajadagi taraqqiyotga yuz tutmoqda. O'zbekistonda oilaviy tadbirkorlikning rivojlanish tendensiyalari shuni ko'rsatmoqdaki, oilaviy korxona kabi tadbirkorlik shakli tez rivojlanmoqda. Respublikamizda ular 2022 yil 1 dekabr holatiga ko'ra jami tadbirkorlik subektlarining 11,3 foiz ulushini tashkil etgan va mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari soni 59 mingtadan oshgan. 2022 yil 1 may holatiga ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik sub'ektlari soni 517 501 tani tashkil etib, tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni o'zaro taqqoslanganda uchinchi o'rinni oilaviy korxonalar egallagan, ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxslarning 316 903 tasi mas'uliyati cheklangan jamiyat, 89 148 tasi xususiy korxonalar, 52 495 tasi esa, oilaviy korxonalar hissasiga to'g'ri kelmoqda.
Ularning o'sishi esa so'nggi besh yil kesimida qaralganda quyidagicha aks etdi:
2018 yilda - 15 295 ta
2019 yilda - 26 483 ta
2020 yilda - 41 749 ta
2021 yilda - 51 737 ta
2022 yilda - 59 061 ta5
4 https://www.uza.uz/oz/posts/aholi-bandligini-ta-minlash-borasidagi-ishlarni-takomillasht-16-07-2018
5 https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/32612-oilaviyw-korxonalar-so-nggi-yillarda-qanchaga-o-
zgardi-2
Shu bilan birga aytib o'tib kerakki, besh yil avval, ya'ni 2018 yilda oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari soni 15 mingtani tashkil etgan edi. Ma'lum bo'lishicha, besh yil ichida oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari soni 4,2 barobar oshgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining boshqa bir manbasida keltirilishicha, 2016-2020 yillarda O'zbekistonda oilaviy tadbirkorlikning sof foydasi qariyb 6,0 barobar, korxonalar soni bo'yicha esa 5,2 barobarga oshgan. Iqtisodiy faollik bo'yicha savdo (6,6 barobar), qishloq, o'rmon va baliqchilik (3,9 barobar), sanoat va sog'liqni saqlash (3,0 barobar) jadal rivojlanayotgan tarmoqlar ekan.6
Yuqorida keltirilgan ilmiy o'rganishlar natijasida oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan va albatta, nodavlat sektori tomonidan qo'llab-quvvatlash siyosatini izchil takomillashtirib borish kerak, degan xulosaga keldik. Shunday qilib, oilaviy tadbirkorlikni uzoq muddatli rivojlantirish uchun quyidagi qo'llab-quvvatlash choralaridan foydalanish olib borilayotgan islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga asos bo'ladi, deb o'ylaymiz:
- oilaviy korxonalar negizida shakllanib keyinchalik MCHJ, HJ, fermer xo'jaligi, QQ va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar ko'rinishida rivojlansa, bazaviy imtiyozlarni saqlab qolish;
- o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan oilalar uchun zarur miqdorda mablag'ni davlat va nodavlat moliyaviy institutlaridan past foizli, imtiyozli kreditlar, shuningdek, agar innovatsion faoliyat bo'ladigan bo'lsa - grantlar hisobiga qoplab berish amaliyotini joriy etish;
- tovar va xizmatlar uchun turli darajadagi sifat sertifikatlari bilan bog'liq ichki va tashqi xarajatlarni davlat va nodavlat tuzilmalari mablag'laridan qoplab berish amaliyotini qo'llash;
- obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va boshqa ijtimoiy ahamiyatli xizmatlar ko'rsatishni yaxshilashda oilaviy tadbirkorlikdan foydalanish;
- tarkibida yuqori qo'shilgan qiymat saqlovchi ishlab chiqarishlar va xizmat ko'rsatish bilan band bo'lgan oilaviy tadbirkorlarni alohida soliq va bojxona rejimida qo' llab-quvvatlash:
o Axborot-maslahat xizmatlari; o Dasturiy mahsulotlarni yaratish; o Dizayn, ayniqsa kompyuterli dizayn;
o Kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko'rsatish; o Turizm va gidlik faoliyati; o Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari; o Logistika va etkazib berish xizmatlari; o Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish;
6https ://ifmr.uz/infographics/120
o Muqobil energiyani yaratish jihozlarini ishlab chiqarish va sotish;
o Muqobil energiya manbalaridan foydalanib energiya yaratish va ta'minlash va boshqalar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi Qonuni
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbalarini kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli Qarori
4. Azimov B. F., Rakhimova D. D. THE ROLE OF RESEARCH AND INNOVATIONS IN THE MODERNIZATION OF THE REGIONAL ECONOMY //Conferencea. - 2022. - C. 43-47.
5. Chorievich B. A. Issues of Formation of Entrepreneurial Skills in Graduates of Higher Education //European Multidisciplinary Journal of Modern Science. - 2022. -T. 6. - C. 183-187.
6. Djumanazarovna K. G. The role of the state in the formulation of innovation strategy in industrial enterprises //Academy. - 2020. - №. 4 (55). - C. 36-38.
7. Duckworth-Chambless T., Quinones A., Mathiassen L. A Model to Manage Succession in Family Business //Available at SSRN 4322700. - 2023.
8. Khasanova G. D., Kh Y. Y. Government support for the formation of innovative strategy //European research. - 2020. - №. 5. - C. 63.
9. Nematovna R. N. Features of Socio-Economic Development of Regions in the Digital Economy //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES. - 2021. - T. 2. - №. 4. - C. 179-183.
10. Nematovna R. N. Tourism and Digitalization: Achievements and Challenges for the Future //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE. - 2021. - T. 2. - №. 6. - C. 40-44.
11. Rasulova N. N. MINTAQAVIY BENCHMARKING: XUSUSIYATLARI VA USLUBIYOTI //INTERNATIONAL CONFERENCES. - 2022. - T. 1. - №. 21. - C. 23-28.
12. Rondi E., De Massis A., Kotlar J. Unlocking innovation potential: A typology of family business innovation postures and the critical role of the family system //Journal of family business strategy. - 2019. - T. 10. - №. 4. - C. 100236.
13. Sulaymonov, A. (2020) Flexible Working Practices: Urgency or Future?. Modern Economy, 11, 1342-1350. doi: 10.4236/me.2020.117095.
14. Азимов Б. Ф., Бобоев A. Ч., Абдуллаев Ж. Ж. Определение экспортных драйверов региона путем анализа внешнеторгового оборота бухарской области //ученый xxi века. - 2022. - №. 7 (88). - С. 20-24.
15. Азимов Б. Ф., Рахимова Д. Д. ЭКОНОМИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ И ЕЕ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ //Редакционная коллегия. -2022. - С. 61.
16. Азимов Б. Ф., Рахимова Д. Д., Солиев Д. Н. НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ ИННОВАЦИОННОГО ПОДХОДА К РАЗВИТИЮ ПРОМЫШЛЕННОСТИ И СОКРАЩЕНИЮ БЕДНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ //Universum: экономика и юриспруденция. - 2022. - №. 5 (92). - С. 14-17.
17. Азимов Бобир Фаттох,евич Узбек миллий урф-одатлари инвестицион ва инновацион трансформациялашга мух,тожми? // Экономика и финансы (Узбекистан). 2019. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbek-milliy-urf-odatlari-investitsion-va-innovatsion-transformatsiyalashga-mu-tozhmi (дата обращения: 20.01.2023).
18. Азимов, Б. Ф. Формирование и совершенствование стратегии поддержки инновационной деятельности в регионах Республики Узбекистан / Б. Ф. Азимов.
— Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 12 (407). — С. 63-65. — URL: https://moluch.ru/archive/407/89611/ (дата обращения: 20.01.2023).
19. Бобоев, А. Ч. Эволюция теоретических взглядов о предпринимательской деятельности / А. Ч. Бобоев, Ш. А. Рахматов // Фундаментальные и прикладные исследования в современном мире. - 2016. - № 13-2. - С. 94-98. - EDN VQGRYF.
20. Хасанова Г. Д. Государственная поддержка формирования инновационной стратегии //Достижения науки и образования. - 2020. - №. 8 (62).
- С. 27-29.