Научная статья на тему 'MAHALLALARDA KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASHDAGI OʼRNI'

MAHALLALARDA KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASHDAGI OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
451
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasanachilik / korxona / aholi bandligi / kasanachi. / home-based work / enterprise / employment / home-based work.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dildora Yusupova

Ushbu maqolada kasanachilik mazmuni-moxiyatiga ilmiy yondoshilib uni turlari va shakllari atroflicha talqin qilingan. Shuningdek, kasanachilikni tashkiliy xuquqiy asoslari, asosiy tamoyillari, uni mahallalarda tashkil etish va rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Unda xozirda Oʼzbekistonda kasanachilikni rivojlantirishga amalga oshirilayotgan ishlar: davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash mexanizmi, berilgan imtiyozlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqida toʼxtalib oʼtilgan. Shuningdek, maqolada ish bilan band boʼlmagan axolini kasanachilik yordamida ishlab chikarishga jalb etish masalalari yoritilib muallif tomonidan bir nechta takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF KASANACHI DEVELOPMENT IN EMPLOYMENT IN LOCALS

This article provides a scientific approach to the essence of home-based work and its types and forms. Also, the organizational and legal framework of home-based work, the basic principles, its organization and development in the community are widely covered. It spoke about the current work on the development of home-based work in Uzbekistan: the mechanism of state support, the benefits provided and the conditions created. The article also addresses the issue of involving the unemployed in home-based production and makes a number of suggestions.

Текст научной работы на тему «MAHALLALARDA KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASHDAGI OʼRNI»

MAHALLALARDA KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASHDAGI O'RNI

Ushbu maqolada kasanachilik mazmuni-moxiyatiga ilmiy yondoshilib uni turlari va shakllari atroflicha talqin qilingan. Shuningdek, kasanachilikni tashkiliy xuquqiy asoslari, asosiy tamoyillari, uni mahallalarda tashkil etish va rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Unda xozirda O'zbekistonda kasanachilikni rivojlantirishga amalga oshirilayotgan ishlar: davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmi, berilgan imtiyozlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqida to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, maqolada ish bilan band bo'lmagan axolini kasanachilik yordamida ishlab chikarishga jalb etish masalalari yoritilib muallif tomonidan bir nechta takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: kasanachilik, korxona, aholi bandligi, kasanachi.

THE ROLE OF KASANACHI DEVELOPMENT IN EMPLOYMENT IN

LOCALS

This article provides a scientific approach to the essence of home-based work and its types and forms. Also, the organizational and legal framework of home-based work, the basic principles, its organization and development in the community are widely covered. It spoke about the current work on the development of home-based work in Uzbekistan: the mechanism of state support, the benefits provided and the conditions created. The article also addresses the issue of involving the unemployed in home-based production and makes a number of suggestions.

Keywords: home-based work, enterprise, employment, home-based work.

Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach barcha sohalarda keng qamrovli ijobiy ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiy islohotlarning tez sur'atlar bilan o'zgarishi avvalo, eski mustabid tuzimni qoldiqlari va asoratlariga barham berish zaruriyatini keltirib chiqardi. Respublika bozor munasabatlariga o'tishida "O'zbek modeli" ni Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan eng qulay va munosib taraqqiyot yo'li ekanligi amalda o'z isbotini topmoqda. Mamlakatimizda mulkchilik shakllarini o'zgarishi, mulkka egalik hissini shakllantirish, tizimga xizmat ko'rsatadigan bozor

Dildora Yusupova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

infratuzilmasini barpo etish yuzasidan ulkan ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Bularning bari Respublikamiz aholisining turmush farovonligini oshirish, ishsizlik muammosini hal etish, qolaversa, ichki va tashqi bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta'minlashga qaratilgan siyosatdir. Bugungi kunda aholini samarali bandligini ta'minlash, yalpi ichki mahsulot hajmini ko'paytirish, shuningdek, oila byudjeti daromadini oshirish muammosini hal etishda kasanachilikni o'rni va ahamiyati yildan-yilga ortib borayotganligi bu sohaga davlat tomonidan alohida e'tiborni qaratilayotganligidan dalolat beradi. Mamlakatimizda kasanachilik aholini, birinchi navbatda ishsizlarni, ayniqsa ko'p bolali oilalarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobilyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqish faoliyatiga jalb etish uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

ASOSIY QISM

Hozirga qadar iqtisodiy adabiyotlarda kasanachilik va uning mazmuni, uni yuritishning o'ziga xos xususiyatlarini asoslab berishga xarakat qilingan bir qancha qarashlar shakllangan. Ba'zi adabiyotlarda kasanachilikga "uy ishi" tushunchasi bilan ta'rif berilgan. Jumladan, "Kasanachilik - nadomnaya rabota deb atalib biror kishining ijtimoiy, iqtisodiy, va ma'naviy ehtiyojni qondirish hamda ma'lum darajada daromad (foyda) olish uchun sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish" [Slovart biznes terminov,1996] [1]. Korxona xodimi(ishchisi)ning korxonada emas balki uzining uyida yoki ustaxonasida ish bajarishi ta'riflangan. [Boltshoy ekonomicheskiy slovart,2010] [2]

Boshqa xorij adabiyotlarda esa "uy ishi" tushunchasi ilgari surilib, uning ishlab chiqarish faoliyati tushunchasi bilan birgalikda mustaqil tarzda yashovchi bir kishidan yoki qarindoshchilik munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan yoki bog'liq bo'lmagan bir necha kishilarning sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish. [Cambridge english dictionary.2011]

Demak, umumlashtirib xulosa qiladigan bo'lsak kasanachilik - bu yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishdir. Bunday ta'rif va tushuncha bugungi kunda xalqimiz tadbirkorligini oshib borishida muhim rol o'ynamoqda.[5]

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvardagi Kasanachilik to'g'-risidagi nizomga ko'ra, kasanachilik bu tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs -kasanachining yashash joyida yoki unga yoxud uning oila a'zolariga tegishli bo'lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalariga ko'ra tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish bo'yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishdir.[4] Mamlakatimiz iqtisodiyotida kasanachilikni rivojlantirish orqali aholining faol qismini

[3].

ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish, ularni ish bilan ta'minlash va aholini turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Chunki, kasanachilik - korxonaning buyurtmasini bajarish uchun, mehnat shartnomasi asosida va tegishli haq evaziga, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan mehnat faoliyatidir.

Kasanachilik faoliyati odatda korxonaning ishlab chiqarish maydonlaridan va ofis binolaridan tashqarida, ya'ni xodimning uyida joylashgan, statsionar ish joyi talab qilinadigan ish faoliyatidir.

Bugungi kunda aholini samarali bandligini ta'minlash, yalpi ichki mahsulot hajmini ko'paytirish, shuningdek, oila byudjeti daromadini oshirish muammosini hal etishda kasanachilikni o'rni beqiyosdir. Mamlakatimizda va viloyatimizda kasanachilik fuqaro-larni, birinchi navbatda xotin-qizlarni, ayniqsa ko'p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmokda.

Yirik sanoat korxonalarida boshqa tarmoqlardagi yirik korxonalar va kichik sanoat korxonalari bilan kasanachilik o'rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish-ning asosiy maqsadi aholining ish bilan band bo'lmagan qismini bandligini ta'minlash orqali ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va mamlakatimiz iqti-sodiyotini yanada barqarorlashtirishdir

Aholini ish bilan ta'minlashnnng ijtimoiy jihatlari aholi bandligini ta'minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim iqtisodiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik sohalarini qo'llab-kuvvatlash va rivojlantirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmokda. Mamlakatimizdagi qonunchilikka asosan kasanachilikning turli turlari va shakllari mavjuddir.

Yirik va kichik sanoat korxonalari bilan kooope-ratsiyaga asoslangan kasanachilikning asosiy xarakte-ristikalari bo'lib hisoblanadi:

- korxonaning buyurtmasini bajarish uchun, mehnat shartnomasi asosida va tegishli haq evaziga, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan mehnat faoliyati;

- korxonaning ishlab chikarish maydonlaridan va ofis binolaridan tashqarida, odatda, xodimning uyida joylashgan, statsionar ish joyi talab qilinadigan ish:

- hisobot davri davomida ishni bir maromda va munta-zam ravishda uyda bajarilishi.

Yurtimizda va chet elda kasanachilikni quyidagi turlari va shakllaridan foydalaniladi:

- qo'l mehnati yoki uni yengillatish imkonini beruvchi oddiy vosita va asbob-uskunalarni qo'llash orqali yoki qo'llamasdan amalga oshiriladigan qo'l mehnati. Bunday qo'l mehnatining misollari: paxta, jun yoki sun'iy tolali kalavalardan mahsulot to'qish, kashta tikish, kichik hajmdagi mahsulotlarni saralash va qadoqlash, qog'oz mahsulotlar (konvert, papka va boshqa karton va qog'oz mahsulotlar)ni yelimlash, shaxsiy buyurtma asosida yagona nusxada tikuv kiyimlar (mahsulotlar) ni bichish va tikish, matolarni bo'yash va shu kabi qo'lda bajariladigan boshqa ishlar;

- qiyin (murakab) bo'lmagan texnologik uskunalar va asbob-uskunalarni qo'llagan holda bajariladigan, ishlab chiqarish topshirig'ini bajarishini ta'minlaydigan, mexanizatsiyalashgan mehnat. Misollar: tikuv va to'quv mashinalarni qo'llagan holda bajariladigan tikish va to'qish ishlari (ommabop kiyimlar, maxsus himoya kiyim-lari, ishchi qo'lqoplar, ko'rpa-yostiq jildlari, paxta terish uchun etak va qoplar, to'qiladigan mahsulotlar - ro'mollar, bosh kiyimlar), metalldan esdalik-suvenir mahsulotlarni ishlab chiqish (zargarlik mahsulotlari, esdalik pichoqlar va h.k.), plastmassa buyum-mahsulot-larni yig'ish, yog'och va kartondan qadoqlash idishlari (qoplar, yashiklar) ni ishlab chiqish, elektrotexnik va elektron mahsulotlarni yigish (kavshalar, ulash), kondi-ter mahsulotlarni pishirish, mebel va uning butlovchi mahsulotlarni (furnitura va h.k.lar) ni ishlab chiqish yoki poyafzal uchun kerak bo'ladigan yarim mahsulotlarni tayyorlash, charm-galantereya mahsulotlari va ularga tegishli detallarni ishlab chiqish, meva-poliz mahsu-lotlarni konservalash, xom g'isht ishlab chiqarish, inkubatorlar yordamida jo'ja ochirish, ko'paytirish va shunga o'xshash ishlar;

- kasanachi tomonidan o'zining uyida telekommuni-katsiya aloqa kanallari vositalari (telefon, internet) ni qo'llagan holda masofadagi (distantsionno) ofis ishlari. Bu turdagi ishga kuyidagilar misol bo'ladi: har xil katalog va annotatsiyalar (tushuntirishlar) ni tayyorlash, EHM uchun dasturlarni ishlab chiqish, telefon orqali ma'lumotlarni berish, peydjing aloqasi, aholidagi tushayotgan so'rovlarni qayta ishlash (tartibga keltirish), aholiga masofada ta'lim berish xizmatini ko'rsatish, ayrim turdagi buxgalteriya ishlari, tarjimalar va boshqa shunga o'xshash ishlar;

- korxonaga uyda bajariladigan xizmat ko'rsatish ishlari. Misollar: yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotla-rini ishlab chiqarish, korxonalarning oshxonasi uchun non va konditer mahsulotlarni pishirish, maxsus himoya kiyimlarini yuvish va ta'mirlash, korxonalarning ehtiyoji uchun, korxonaga tegishli bo'lgan, yirik shohli qoramollarni boqish va yetishtirish.

Agar, jismoniy shaxslar tomonidan korxonaning buyurtmasi asosida bajariladigan ish bir martalik yoki qisqa muddatli xarakterga ega bo'lsa, bunday ishni yirik sanoat korxonasi bilan kooperatsiya asosidagi ish deb hisoblanmaydi. Bunday ishlarga misollar: ipak qurtini boqish, bir yillik va ko'p yillik sabzavot ekinlarini yetishtirish kabilardir.

Milliy va jahon tajribasida yirik sanoat korxo-nalari bilan kooperatsiyaga asoslangan kasanachilikni tashkil etishni quyidagi mexanizmlari qo'llanadi:

Korxonalarning turli xil iste'mol mollari ishlab chiqaruvchi va aholiga xizmatlar ko'rsatuvchi fuqarolar bilan kooperatsiya aloqalarini o'rnatish.

Bunda, korxona - xududda yashovchi, mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli malaka va sharoitlari mavjud fuqarolar bilan aholi tomonidan talabga ega bo'lgan turli iste'mol mollarini ishlab chiqish bo'yicha shartnomalar tuzadi.

Bunday holatida, korxona quyidagi asosiy majbu-riyatlarni o'z zimmasiga oladi:

- kasanachining buyurtmasi asosida uni kerakli xom-ashyo va materialar bilan yetarli mikdorda va turda (assortiment) ta'minlash;

- kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni oldindan kelishilgan hajmda olib ketish va sotilishini kafolatlash;

- kasanachiga mehnat shartnomasiga muvofik ish haqi to'lash.

Kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilib sotilgan mahsulot hajmi xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish sifatida - korxonada ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotning umumiy hajmiga qo'shiladi. [6]

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy muhofazalashni bir vaqtning o'zida amal qiladigan va bir-birini to'ldiruvchi quyidagi to'rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta'minoti, davlat ijtimoiy sug'urtasi, jamoa ijtimoiy sug'urtasi va shaxsiy sug'urta.

Ma'lumki jamoa sug'urtasi yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug'urta badallari to'lov manbalari bo'lib xizmat qiladi.Shaxsiy sug'urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi. U ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug'urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.

Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, to'rtinchi, ya'ni shaxsiy sug'urtaniki esa, mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamning muxtojlik darajasiga qarab, fuqaro to'lagan soliqlar va sug'urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko'zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa, muhtojlik dara-jasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to'lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko'rsa-tiladi. Mutanosiblik tamoyili to'langan sug'urta badal-lariga mutanosib miqdorda yordam ko'rsatishni ko'zda tutadi.

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimda g'arbda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning amerikacha, yevropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo'lib, ular doirasida yana o'ziga xos ko'rinishlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda o'ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir.

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqgisodiy islohotlarning o'ziga mos yo'li tanlandi. O'tish davri jarayonlari Prezident I.A. Karimov olg'a surgan beshta asosiy tamoyillaridan biri: "Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni ifoda etadi"

Ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy-iqtisodiy muno-sabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o'rtasidagi muxtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko'maklashish, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vosi-talar bilan ta'minlash bilan birga mehnat resurslarin ish bilan ta'minlash maqsadida mehnat birjalarini tashkil etilishi, tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi-larga imtiyozli kreditlar ajratish, zarur hollarda bepul o'qish va malakalarini oshirish imkoniyatlarini mavjud-ligi, kasanachilik asosida mehnat qilish sharoitini mujassamlashganligi kabilardan iborat.

Ijtimoiy muhofazaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo'yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy muhofazasiga sarflanadi. Ijtimoiy muhofaza fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to'pla-nish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg'armalardir.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari jadal sur'atlar kechayotgan bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman aholining samarali ijtimoiy muhofaza qilishni, xususan, korxonalar negizida kasanachilikni tashkil etish va ularni faoliyatini rivojlantirish ularni muhofaza qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o'zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomon-larida ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha ko'proq kuch-g'ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, inflyatsiyadan, kasanachilik orqali aholini ish bilan bandligining va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlarin ijobiy tomonga o'zgarishini ta'minlaydi.

Aholi o'rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijti-moiy siyosat deb yuritiladi.

Vakolatli va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari o'zlariga qarashli hududda aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga binoan, ijtimoiy-iqtisodiy yordam tad-birlariga aniqlik kirita boradi. Ularning asosiy masalalaridan biri - ijtimoiy ishlab chiqarish ko'makchi tuzilmalarini rivojlantirishdan, ya'ni gaz, suv quvur-larini, elektr va telefon tarmoklarini o'tkazishdan iborat. Faqat shunday sharoitdagina kasanachilikda ish o'rinlarini vujudga keltirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, binobarin, ijtimoiy muammolar keng majmuini hal etish naqsadida eng chekka qishloqlarga zarur sarmoyani jalb etish mumkin.

Hokimiyat va o'z - o'zini boshqarish organlari aholining nochor toifalari uchun umumdavlat yordami dasturlari amalga oshirili-shini ta'minlab, mintaqa imkoniyatlarini hisobga olgan holda shu qatlamlarga madad berish yuzasidan qo'shimcha choralar ko'rish huquqini olgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanchilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chikarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragbatlantirish chora-tadbirlari to'grisida" 2006 yil 5 yanvardagi PF-3706 -son Far-moniga va Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvar-dagi 4-sonli Qarori va 2007 yil 6 apreldagi 616-sonli "Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholi-ni ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida" gi Prezident Qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va "Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida" gi Qonun asosida yirik sanoat korxonalari boshqa tarmoqlardagi yirik korxonalar va kichik sanoat korxonalarida kasanachilik bo'yicha ish joylarini yaratishni asosiy chora-tadbirlari va mexanizmlarini yoritib beradi. [7]

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi 616-sonli Qarorining 2-bandidagi imtiyozlar iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi yirik korxonalar, birinchi navbatda transport, aloqa, qurilish va qurilish industriyasi, shuningdek, kichik sanoat korxonalari va mahsuslashgan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qo'llaniladi.

Kasanachilarga berilgan mulkning hisobot davridagi qoldiq qiymati "Yuridik shaxslar mol mulkidan byud-jetga ajratma va tulovlar to'lash tartibi bo'yicha yo'riq-noma" ga muvofiq aniqlanadi.

Korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasi kasana-chilarga tekin foydalanish uchun berilgan mulkning qoldiq qiymati miqdoriga kamaytiriladi.

Berilgan imtiyozlarni qo'llanishi ustidan nazorat kasanachilar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun beriladigan imtiyozlardan foydalanishni qonu-niyligini nazorat qilishni soliq organlari va band-likka ko'maklashish markazlari bu borada o'rnatilgan tartib asosida, amalga oshirishadi.

Kasanachiga tekin foydalanish uchun korxona tomonidan berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventar-larni ozod qilinadigan mulk solig'ining summasini (miqdorini) tasdiqlash uchun korxona soliq organiga kasanachiga berilgan asbob uskunalar, jihozlar va inventarlarning ruyxatini hamda ularning-berilgan yil holatiga qoldiq qiymati, berilgan sanasi, kasanachining famliyasi, ismi-sharifi, yashash manzili, uskuna (jihoz, inventar) ning tabel nomeri, uskuna (jihoz, inventar) berilganligi haqidagi yuk varaqasi (nakladnoy) nomeri qo'rsatilgan ma'lumotnoma taqdim etadi.

Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o'rtasida kooperatsiya alokalarining mustaxkamlanishi oilada muxim muammoni xal etish, ish bilan band bo'lmagan axoli

sonini keskin kiskartirish va uning faol kismini ishlab chikarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini xisoblash. ularga pensiya va ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafakalar tayinlash xukuqi ta'minlanadi.

Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xom-ashyo va materiallarni yetkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fukarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga past rentabelli va ko'p mehnat sarfi talab kilinadigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chikarishni o'zlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, o'z navbatida. yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ish bilan band bo'lmagan axolini ishlab chikarishga jalb etish, oila byudjeti daromadlarini ko'paytirish, uy mehnatidan foydalangan xolda butlovchi kismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chika-rish va ba'zi bir xizmatlar ko'rsatishni tashkil etish orkali yirik sanoat korxonalarining ishlab chikarish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kasanachilikni davlat tamonidan tartibga solish ma'muriy usullarning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- ular davlat hokimiyatining qudrati va salohiyatiga tayanadi;

- ularni amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha moddiy rag'batlantiruvchi choralar yaratishni shart qilib qo'ymaydi;

- ta'qiqlash, ruxsat berish va majburlash tadbir-larini (kvotalash, litsenziya berish, me'yoriy normalarni belgilash va h. k.) o'z ichiga oladi.

Kasanachilikning ishida, qoidaga ko'ra ish haqi to'lanadi. Haq to'lash amalda bajarilgan ishlarning sifati bo'yicha belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarilgani uchun amalga oshiriladi.

Kasanachilikda ish haqi, mehnat normalari va mehnat majburiyatlari belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bo'lishi mumkin emas va biron bir eng yuqori miqdor bilan cheklanmaydi.

Kasanachilar ish haqi miqdori ish beruvchining o'z ishlab chiqarishida band bo'lgan hodimlar mehnatiga haq to'lash sharoitlari singari bo'lishi kerak. Kasanachilik to'g'risidagi Nizomda "Korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ega bo'lgan kasanachilar ish bilan band aholi toifasiga kiritiladi va ularga mehnat daftarchasi beriladi" - deb ko'rsatib o'tilganidek, ba'zi ish beruvchi korxona tashkilot rahbarlari kasanachilar bilan hech qanday mehnat shartnomasi tuzilmayotganligi holatlari albatta achinarli holdir.

Kasanachilik faoliyatining to'g'ri yo'lga qo'yilishi, uning samarali amal qilishi uchun mazkur faoliyat iqtisodiy tabiatidan kelib chiquvchi asosiy tamoyilla-rini belgilab olish muhim hisoblanadi (1-rasm).

Kasanachilik faoliyatidagi vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati, ya'ni, ishchining uyda o'zi istagan vaqtida ishlashi mumkinligi; korxonaga borish-kelish uchun ketadigan vaqt va xarajatni tejashi; uydagi qo'shimcha ishchi kuchi

imkoniyatlaridan foydalana olishi; ayni paytda uy-ro'zg'or ishlarini nazorat qilib turishi kabi jihatlar mehnatni tashkil etishning mazkur shakliga nisbatan qiziqishni kuchaytiradi.

1-pacM. Kasanachilik faoliyatining asosiy tamoyillari.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida kasanachilik bo'yicha yetarli imkoniyatlar mavjud bo'lsada, ayrim korxona rahbarlari tomonidan bu masalaga e'tiborsizlik bilan qarab kelinmoqda.

Bugungi kunda mamalakatimizning, avvalo, iqtiso-diyotimizning isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini difersifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan har tomonlama asosli va chuqur o'ylangan siyosat bizning inqirozidan va boshqa tahdidlar salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to'siq aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasi yaratildi.

XULOSA

Hozirgi kunda bozor munosabatlariga o'tish kasanachilar barqaror moliyaviy bazasini yaratish, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning iqtisodiy vositalarini joriy qilishni talab qiladi, natijada moliyaviy boshqaruv sohasida mavjud bo'lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish zarur bo'ladi. Bu o'zgarishlar korxona moliyaviy resurs-lari miqdori, foydalanish tartibi va yo'nalishlarini belgilab beruvchi yuqoridan ko'rsatma berish va markazlashgan ko'rsatkichlar o'rnatishni bartaraf qiladi, yuqori tashkilot korxona mablag'ini tortib olish va qayta taqsimlash yo'li bilan tasarruf qilish imkoniyatlari cheklandi va korxonalar o'z moliyaviy resurslaridan foydalanish huquqlari kengaydi.

Kasanachilik faoliyatidagi foydani taqsimlashning maqbul nisbatlari va shakllari masalasida hal qiluvchi tavisiyalar iqtisodchi olimlar tomonidan berilishi kerak. O'ylaymanki, huquqiy jihatdan hal etilishi lozim vazifa korxona iqtisodiy mexanizmi amal qilishini xuquqiy vositalar bilan ta'minlash, xo'jalik tizimi-ning turli bo'g'inlarining moliyaviy boshqarish bo'yicha vakolatlarini belgilash va ularning bu soxadagi huquqlarini ta'minlashdan iboratdir.

Kasanachilik faoliyatini tashkil etilishi va boshqaruvining jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida aks etadi. Boshqaruv vazifalari deganda boshqarish bo'yicha ma'lum masalalarni xal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Korxonada boshqaruv vazifalari, avvalo, boshqariluvchi ob'ektning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagichadir:

- iqtisodiyot tarmoq tarkibi;

- uning xududiy tarkibi;

- ishlab chiqarishning alohida unsurlari.

Aytish mumkinki, ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini, qurilish, transport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga savdo, moliya, moddiy-texnikaviy ta'minot sohalari, fan, madaniyat, ta'lim sohalarini boshqarish kiradi.

Fikrimizcha, ishlab chiqarishning boshlang'ich ishlab chiqarish bo'g'ini-korxonani boshqarish muhim vazifadir. Boshqaruv vazifalari boshqaruv tashkilotlari, baja-ruvchi va boshqaruv apparati vazifalarini belgilaydi.

Boshqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo'yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajmi boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash va nihoyat boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqaruvning asosiy va aniq vazifalari farqlanadi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritamiz: marketing; biznes-reja; tartibga solish; tashkil etish; rag'batlan-tirish; nazorat va hisob-kitob; undash; rejalashtirish.

Har bir mansab darajadagi rahbarlar iqtisodiy mexanizmni boshqarish yuqoridagi vazifalarni bajarish ularning majburiyatlari hisoblanadi.

Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarida samarali qaror qabul qilish korxona rivojlanishi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni bozorga chiqishini va samarali natijaga erishish olib keladi.

Kasanachilik faoliyatida boshqaruv faoliyatinining samaradorligi ko'pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog'liqdir. Kasanachilik faoliyatidagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq yechimi va boshqa-ruvchiga marketing va huquqiy vazifalar qarorlarni to'g'ri qabul qilish va o'z vaqtida bajarilishiga bog'liq. Barcha muammolarning ochilishi har qanday boshqaruvchi tomonidan hasobga olinadi va bu

narsa uning boshqaruv uslubida hamda butun boshqaruv jarayonida aks etgan deb o'ylaymiz.

Samarali qaror qabul qilish korxonaning barcha moliyaviy xolatlarni rejalashtirishda va mahsulot sifatini yaxshilashdan samarali natijaga erishilsa, korxona iqtisodiy mexanizmini rivojlanishiga sharoit yaratiladi deb xisoblaymiz.

Kasanachilik faoliyatida qaror qabul qilishning 3 ta omili mavjud ulardan birinchisi boshqaruv qarori - shuningdek korxona oldida turgan maqsad va vazifasini amalga oshirishdan iboratdir. Aynan mana shu jarayonda yuzlab; minglab insonlar o'z extiyojlarini qondiradi, mavqega ega bo'ladi, har tomonlama o'sadi va jamiyat rivojlanadi. Buni samarali qaror qabul qilish deganidir.

Keyingi qaror strategik qaror qabul qilish bo'lib, bu korxonaning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan maqsad va missiyalarning shakllanishidir.

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida bu qarorlar kasanachilarning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni silliq o'tishini ta'minlaydi. Strategik qarorlar korxona, xudud, soha darajasida qarorlar, jamiyatdagi yangi manbalar xisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga yordam beradi.

Qaror qabul qilishda albatta kasanachilik faoliya-tini olib borayotgan oila rahbari o'ylab. qo'l ostidagilar bilan muxokama qilib qaror qabul qiladi. Ba'zan esa, shunday qaror qabul qilish kerakki, bu qarorlarni raxbar maxsus tayyorgarliksiz yetarlicha tez qabul qiladi ya'ni bu operativ qarorlardir. Bunday samarali qarorlarga xodimlarni ishga olish va bo'shatish, ularning ish xaqlarini o'zgarishi, korxonani qish mavsumida ham yaxshi ishlash uchun uni tayyorlash xaqidagi xujjatlarni kiritiladi.

Men o'ylaymanki bunday samarali qaror qabul qilishlar korxonani iqtisodiy mexanizmini rivojla-nishiga va samarali natijaga erishishda axamiyatlidir.

Korxonalarda boshqaruv faoliyatidagi barcha xatti-xarakatlar nazorat qilib turiladi. Albatta ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ularning sifati, moliyaviy-iqtisodiy xolatlari, ishchilarni nazorat qilib ularning xar bir xatti-xarakatlarini vaqtida, qonun darajasida nazoratni amalga oshiriladi.

Mening fikrimcha kasanachilar faoliyatining iqtisodiy mexanizmlari nazorat qilish kerak. Ulardan biri moliyaviy jihatdan nazoratni chuqurroq amalga oshirish lozimdir.

Moliyaviy jihatdan nazoratni o'tkazish uchun har bir xo'jalik bo'lim va bo'linmalarning standart shakliga oid faoliyatning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari bo'yicha moliyaviy xisobotlar to'planadi va olinadi. Bunda asosiy e'tibor foyda darajasiga, ishlab chiqarishning xarajatlari va ularning sof sotilgan mahsulotga nisbati, sarmoya kiritishning samaradorligi, xususiy vositalar bilan ta'minlanganligi, moliyaviy holati va boshqa ko'rsatkichlarga qaratiladi.

Kasanachilik faoliyatida eng muxim masalalarini nazorat ifodalasa va ularning bir maromda borishini ta'minlasa, nazorat ustivor tavsifga ega bo'ladi. Agar oliy rahbariyat ma'lum bir ko'rinishdagi faoliyatni ustivor deb hisoblansa, u xolda albatta samarali nazorat o'tkazilishi kerak.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Kasanachilik faoliyatida nazorat qilishda ulardagi muammolarni aniqlashdan iborat emas, ular oldida turgan masalalarni yechish va korxonaning strategik maqsadlariga erishishda vosita bo'lib hisoblanadi. Bu esa, ulardagi tashkil etish va boshqaruvni samarali yo'lga qo'yilganligi va iqtisodiy mexanizmlarini rivojlan-tirishga qaratilganligi va korxona rivojini ko'rishimiz mumkin.

Yuqoridagi tamoyillar orqali kasanachilik faoliyatida iqtisodiy mexanizmini boshqarish samarali tashkil qilinishi mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kasanachilik korxonalari ushbu tamoyillarga asoslanib boshqaruvchi amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki korxonaning iqtisodiy mexanizmini boshqarish bu korxona istiqboli va davlatimiz rivojidir.

Mamlakatimizdagi aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko'rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirishni rag'batlanti-rishga alohida ahamiyat berilmoqda. O'tgan yillar mobaynida yurtimizda jumladan, kichik biznes sohasida, xizmat ko'rsatish va servis sohasida hamda kasanachilik sohasida ko'plab yangi ish o'rinlari yaratildi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, aholini turmush tarzini oshirish, ayniqsa qishloq aholisini yashash tarzi, ish bilan bandligini ta'minlashda kasanachilikning tutgan o'rni va uni taraqqiyotini ko'tarish kabilar muhim o'rin egallagan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini ko'tarish mehnat resurslarining bandligi masalasi bilan bevosita bog'liqdir. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va moderniza-tsiyalash sharoitida kasanachilikning o'ziga hos bo'lgan yutuqlari aynan O'zbekiston sharoiti uchun eng maqbul bo'lgan sohadir. Aynan kasanachilik tufayli yo'qolib ketish arafasida turgan ayrim ko'xna, milliy xunarmandchilik an'analari qayta tiklandi deb aytishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

[1] Slovar biznes terminov,1996

[2] Bolshoy ekonomicheskiy slovar,2010

[3] Cambridge english dictionary.2011

[4] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kasanachilik to'g'-risida"gi nizomi. 2006 yil 11 yanvar.

[5] I.Maxkamov, O.Kozokov, X.Xurramova "Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish" Monografiya.2013

[6] O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida" gi Qonuni. 2012 yil. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 yil.

[7] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" davlat dasturi to'g'risida qarori. O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami. 2011 yil, 6-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.