OZBEKISTONDA MILLIY QADRIYATLAR VA MILLATLARARO
TOTUVLIK
Jalilov Mirsaid Bektosh Qalandarov Ravshan Mahammatova Sharofat o'g'li Bektosh o'g'li Qudrat qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo'llaniladigan tushuncha. Milliy-ma'naviy qadriyatlar - "milliylik" "ma'naviyat" va "qadriyat" tushunchalari kesishgan nuqtada jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o'z ichiga oladi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma'lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta'siri yo'nalishiga e'tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o'ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma'lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o'xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur'atini tezlashtiruvchi omil bo'lishi mumkin.
Kalit so'zlar: qadriyat, millatlararo, elat, baynaminallik, milliy markazlar, demokratiya peinsiplari, tarixiy ildizlar, umuminsoniy.
NATIONAL VALUES AND INTERNATIONAL FRIENDSHIP IN
UZBEKISTAN
Jalilov Mirsaid Bektosh Kalandarov Ravshan Mahammatova Sharofat ugli Bektosh ugli Kudrat kizi
Navoiy State Pedagogical Institute
ABSTRACT
Values are the concepts we use to describe the importance of things and events, the material and spiritual riches of society. National-spiritual values - social phenomena that are concentrated at the intersection of the concepts of "nationality", "spirituality" and "value". For example, some nations focus on the direction of the influence of education, thinking, which has formed a high capacity in a particular field of production during the course of historical development. It has its own national character, attitude to life and social events. There are also some positive differences in behavior in the areas of moral, legal and political culture. Such diversity can be a factor not only in our wealth, but also in the pace of our development.
Keywords: values, interethnic, ethnicity, inter-ethnicity, national centers, principles of democracy, historical roots, universal.
KIRISH
Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo'llaniladigan tushuncha. Milliy-ma'naviy qadriyatlar - "milliylik" "ma'naviyat" va "qadriyat" tushunchalari kesishgan nuqtada jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o'z ichiga oladi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma'lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta'siri yo'nalishiga e'tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o'ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma'lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o'xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur'atini tezlashtiruvchi omil bo'lishi mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O'zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo'lmoqda. Bunday ahillik, do'stlik va hamkorlik o'zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko'p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, umuminsoniy g'oyalarning ustuvor bo'lishini, shaxsiy manfaatlarni to'g'ri anglab olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e'tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xususan, qomusimizning 18 -moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir»1, - degan qoida ana shu bag'rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi: "Ayni chog'da insoniyat tarixida buning aksini, ya'ni ko'p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg'unlikning yo'qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko'rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko'p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan"
Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va shovinizmning halokatli g'oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal qilinmoqda.
Mamlakatimizda statistik ma'lumotlarga ko'ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o'z milliy madaniy urfodatlari, an'analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O'zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko'rsatmoqda. Shu yo'nalishda markazlar tuzish bo'yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda.
Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko'rgazmalari, bir tomondan, ayni millatning O'zbekiston fuqarosi sifatida o'z o'rni borligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O'zbekiston xalqi-O'zbekiston fuqarosi ekanligani namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g'oya atrofida birlashuviga olib boradi.
Ulug' bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy ham «Agar fikrlari va harakatlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bO'lsa, mamlakatni bunday kishilardan tozalash kerak», degan fikrni bejiz aytmagan. Bashariyat tushunchasi rangorang millatlar va elatlar, shuningdek turli din va irqqa mansub insonlarni o'ziga qamrab oladi. Demak har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o'z xalqi, o'z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o'z xalqining tili, ruhiyati, an'analari, qadriyatlari barq urib turadi.
E'tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy histuygulariga daxldor muhym ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo'yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Tarixiy tajriba ko'p millatli davlatning barqarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to'gri belgilab qo'yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog'liqligini ko'rsatadi.
MUHOKAMA
Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o'zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o'rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O'rnatilgan aloqalar ona tilini o'qitish va o'rganishni yo'lga qo'yish, turli qo'llanmalar va adabiyotlarni o'z vaqtida olish, yoshlarni ta'lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba'zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek keng qamrovli madaniyma'rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi.
O'zbekiston hozir va bundan keyin ham o'z mustaqilligini himoya qila olishi uchun ko'p millatli o'zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag'rikevtlikni yanada mustaxdsamlab boradi. Zero, milliy g'oya - barcha o'zbekistonliklarning manfaatlarini ham ifodalovchi g'oyadir.
Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o'ziga xos madaniyatga va ko'p asrlik an'analarga ega. O'zbekiston Respublikasi o'tkazayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo'nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygunlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug'imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o'zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib borayotganligidir deyish mumkin.
NATIJA
Bugun O'zbekiston diniy bag'rikenglik (tolerantlik) va millatlararo murosa borasida faqat MDH davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo'lmoqda.
Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi hislatlarni ko'paytirib, yomonlaridan halos bo'lishga chorlagan, yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma'naviy va diniy jabhalarda kechayotgan murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari bir-birlariga nisbatan hamjihatlik bag'rikenglik va o'zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir.
So'nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo'lgan bag'rikenglikka zid bo'lgaya harakatlarga sabab bo'lmoqda.
Hozirgi zamonda milliy va diniy bag'rikenglik dunyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda diniy ekstremizm, fundamentalizm va aqidaparastlikka qarshi kurashni, butun jahon hamjamiyatining hamKorligini nazarda tutadi. Shu tamoyilga asoslangan O'zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrabavaylash, barcha fuqarolar o'z e'tiqodini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ular o'rtasidagi qadimiy mushtarak an'analarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Diniy bagrikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo'nalishlar va mazhablarning ezgu g'oyalarini qadrlash, birbirlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.
XULOSA
Bu milliy g'oya amal qiladigan ustuvor g'oyalar sifatida milliy bag'rikenglik va dinlararo bag'rikenglikka asoslash turli xalqlar va millatlar o'rtasida o'zaro hamjihatlik totuvlikni ta'minlash orqali erkin va farovon hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan mushtarakdir. Chunki milliy g'oya «aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish - bu zamon talabidir. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur, chunki mafkura bo'lmasa odam, jamiyat, davlat yo'lini yo'qotishi muqarrar».2 Xulosa o'rnida shuni aytish
mumkinki, milliy bagrikenglik -turli milatga mansub kishilarning birbirlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urfodati va an'analarini, milliymadaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha'ni, qadrqimmatini, ornomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o'ziga xos ma'naviy kenglikni (bagrikenglikni) anglatadi. Milliy bagrikenglik bunga zid bo'lgan, milliy manfaatga ziyon yetkazish hisobiga ta'minlanmaydi. U turli millat manfaatlarini uygun ko'rish va ta'minlash asosida mustahkamlanib boradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent O'zbekiston 2018.
2. Islom Karimov. "yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" toshkent Ma'naviyat 2008
3. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. To'shkwnt O'zbekiston 2017