Научная статья на тему 'O’QUVCHI YOSHLAR ORASIDA BO’SH VAQTINI O’TKAZISHDA OILA-MAHALLA HAMKORLIGIDA SHAXMAT O’YINNI OMMAVIYLASHTIRISH'

O’QUVCHI YOSHLAR ORASIDA BO’SH VAQTINI O’TKAZISHDA OILA-MAHALLA HAMKORLIGIDA SHAXMAT O’YINNI OMMAVIYLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
349
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxmat o’yini / maxalla / murabbiylar / milliy qadiriyat / sport / idroki / tafakkuri / xotirasi va mantiqiy fikrlashini / chess / neighborhood / coaches / national values / sports / perception / thinking / memory and logical thinking

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xoliqov Umidjon

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida shaxmat o’yini sportidan samarali foydalanayotgan maxallalardan etishib chiqqan shaxmatchilarning dovrug’i butun olamga mashxur bo’lmoqda. Barcha mahallalarda yoshlar bilan tashkil etilayotgan sport tadbirlarini talab darajasida, deyish qiyin. Bu masalaga agar hududiy nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, ayrim qishloq va shahar joylarda bu masala ancha ijobiy hal qilingan, mahallalarda yoshlarning bo’sh vaqti turli sport mashg’ulotlari va sport tadbirlarida ishtirok etish hisobiga ma’lum darajada izga solingan. Biroq, ayrim maxallalarda yoshlarning bo’sh vaqtini tashkil etish masalasi hali o’zining to’la yechimini topgan emas. Bu esa to’g’ridan-to’g’ri har bir mahallada tashkil etiladigan sport tadbirlari va ularning saviyasiga borib taqaladi. Bugungi kunda mahallalarda jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatadigan mahalla faollari: mahalla raislari, maslahatchilar, murabbiylar, pedagoglar o’zlarining ish uslublarini asosan yoshlar jismoniy tarbiyasini birinchi o’ringa qo’ygan holda tashkil etishlari zarurligini ko’rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROMOTION OF CHESS PLAYING IN FAMILY-NEIGHBORHOOD PARTNERSHIP IN SPENDING TIME

The fame of chess players, who grew up in a community that effectively uses the sport of chess in order to spend their free time meaningfully, is gaining worldwide popularity. It is difficult to say that sports events organized with young people in all neighborhoods are in demand. If we look at this issue from a regional point of view, in some rural and urban areas this issue has been resolved more positively. In some areas, the leisure time of young people is regulated to a certain extent by their participation in various sports and sporting events. However, in some cases, the issue of organizing leisure time for young people has not yet been fully resolved. This is directly related to the level of sporting events organized in each neighborhood. Today, community activists working in the community on a community basis: community leaders, counselors, coaches, and educators, show the need to prioritize their work methods, especially the social education of young people.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHI YOSHLAR ORASIDA BO’SH VAQTINI O’TKAZISHDA OILA-MAHALLA HAMKORLIGIDA SHAXMAT O’YINNI OMMAVIYLASHTIRISH»

www.scientificprogress.uz

O'QUVCHI YOSHLAR ORASIDA BO'SH VAQTINI O'TKAZISHDA OILA-MAHALLA HAMKORLIGIDA SHAXMAT O'YINNI OMMAVIYLASHTIRISH

Xoliqov Umidjon

Guliston davlat unversiteti «Pedagogika va psixologiya» kafedra doktaranti

ANNOTATSIYA

Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida shaxmat o'yini sportidan samarali foydalanayotgan maxallalardan etishib chiqqan shaxmatchilarning dovrug'i butun olamga mashxur bo'lmoqda. Barcha mahallalarda yoshlar bilan tashkil etilayotgan sport tadbirlarini talab darajasida, deyish qiyin. Bu masalaga agar hududiy nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, ayrim qishloq va shahar joylarda bu masala ancha ijobiy hal qilingan, mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqti turli sport mashg'ulotlari va sport tadbirlarida ishtirok etish hisobiga ma'lum darajada izga solingan. Biroq, ayrim maxallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini tashkil etish masalasi hali o'zining to'la yechimini topgan emas. Bu esa to'g'ridan-to'g'ri har bir mahallada tashkil etiladigan sport tadbirlari va ularning saviyasiga borib taqaladi. Bugungi kunda mahallalarda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatadigan mahalla faollari: mahalla raislari, maslahatchilar, murabbiylar, pedagoglar o'zlarining ish uslublarini asosan yoshlar jismoniy tarbiyasini birinchi o'ringa qo'ygan holda tashkil etishlari zarurligini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: shaxmat o'yini, maxalla, murabbiylar, milliy qadiriyat, sport, idroki, tafakkuri, xotirasi va mantiqiy fikrlashini

PROMOTION OF CHESS PLAYING IN FAMILY-NEIGHBORHOOD PARTNERSHIP IN SPENDING TIME

Kholikov Umidjon

Gulistan State University, Department of Pedagogy and Psychology

ABSTRACT

The fame of chess players, who grew up in a community that effectively uses the sport of chess in order to spend their free time meaningfully, is gaining worldwide popularity. It is difficult to say that sports events organized with young people in all neighborhoods are in demand. If we look at this issue from a regional point of view, in some rural and urban areas this issue has been resolved more positively. In some areas, the leisure time of young people is regulated to a certain extent by their participation in various sports and sporting events. However, in some cases, the issue of organizing

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

www.scientificprogress.uz

leisure time for young people has not yet been fully resolved. This is directly related to the level of sporting events organized in each neighborhood.

Today, community activists working in the community on a community basis: community leaders, counselors, coaches, and educators, show the need to prioritize their work methods, especially the social education of young people.

Keywords: chess, neighborhood, coaches, national values, sports, perception, thinking, memory and logical thinking

KIRISH

O'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, farzandlarni ma'naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an'analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma'suliyatli vazifalardan sanaladi.

Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarini ifodalaydi. Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy qiyofasini ko'radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma'naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta'lim-tarbiya muassasalarining o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo'mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g'oyasini barcha yoshlarimiz ma'naviy boyligiga aylanishiga, ularning dunyoqarashiga singdirishda ko'maklashish, mazmun-mohiyatini har tomonlama tushuntirishdan iborat.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardir. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo'ladi.

Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. O'z-o'zini boshqarish organlariga kiradigan mahallaning ushbu hududda yashovchi aholi turmushi, uning sog'lom hayot kechirishi, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi hukumatimizning doimiy diqqat markazida turganligi ijobiy holdir. Binobarin, ushbu ijtimoiy tuzilmaning barcha ijobiy xususiyatlaridan foydalanib, yoshlarda shaxmat o'yini sportiga nisbatan qiziqishni oshirish muhim vazifa xisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bizga o'tmishdan ma'lumki, ota-bobolarimiz shaxmat sportidan xayotiy extiyoj sifatida foydalanishgan. Xalqimiz ichida epchillik, aqliy, ijodiy va irodaviy fazilatlarini o'zlarida mujassam etgan kishilar ko'p bo'lganligi buyuk allomalarimiz asarlarida o'z

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

aksini topgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, o'zbek xalqi shaxmat o'yinini insonni jismoniy tarbiyalash vositasi deb qarashgan. Xalq o'zida kuchlilikni, chidamlilikni, iroda va botirlikni mehnatkash xalqning axloqiy sofligini mujassamlashtirgan shaxmatchiga hurmat bilan munosabatda bo'lgan. Oilaviy bayramlarda, ishdan bo'sh vaqtlarda, shaxmat musobaqalari o'tkazilgan. Bu musobaqalar ayniqsa Navro'z bayrami kunlari keng avj olgan. Unda turli shahar va qishloqlardan kelgan shaxmat chilar ishtirok etishgan.

Buyuk allomalarimiz, yozuvchi va olimlarimizdan Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501) asarlarida kuchli shaxmatchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba'zi usullarning ta'rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko'rinib turibdiki, o'zbeklarda usullar tizimi etarlicha rivojlangan shaxmat o'yini sporti mavjud bo'lgan.

Shaxmatning inson tafakkuri rivojidagi o'rni haqida ko'pgina ilmiy-tadqiqot ishlarida (M.Muhiddinov, R.Evqaev, A.Toshxo'jaev) yoritib berilgan. Shuningdek, buyuk tarixiy shaxslar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va b.) ham o'z faoliyatida shaxmat (shatranj) o'yinlaridan foydalanganliklari haqida tarixiy manbalarda ko'plab misollar keltirilgan.

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida joylashgan mahallalarda shaxmat o'yini sportiga tayangan holda yoshlarning bo'sh vaqtini qamrab olish borasida ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida shaxmat o'yini sportidan samarali foydalanayotgan maxallalardan etishib chiqqan shaxmatchilarning dovrug'i butun olamga mashxur bo'lmoqda.

Shunga qaramasdan, barcha mahallalarda yoshlar bilan tashkil etilayotgan sport tadbirlarini talab darajasida, deyish qiyin. Bu masalaga agar hududiy nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, ayrim qishloq va shahar joylarda bu masala ancha ijobiy hal qilingan, mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqti turli sport mashg'ulotlari va sport tadbirlarida ishtirok etish hisobiga ma'lum darajada izga solingan. Biroq, ayrim maxallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini tashkil etish masalasi hali o'zining to'la echimini topgan emas. Bu esa to'g'ridan-to'g'ri har bir mahallada tashkil etiladigan sport tadbirlari va ularning saviyasiga borib taqaladi. Bugungi kunda mahallalarda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatadigan mahalla faollari:mahalla raislari, maslahatchilar, murabbiylar, pedagoglar o'zlarining ish uslublarini asosan yoshlar jismoniy tarbiyasini birinchi o'ringa qo'ygan holda tashkil etishlari zarurligini ko'rsatadi.

MUHOKAMA

Mahallada yoshlarni shaxmat o'yini sportiga qiziqtirishda va bu orqali shaxmat sportini ommaviylashtirishda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.

1. Har bir ota- ona shaxmat o'yini milliy qadiriyat ekanligini his qilgan holda bolalarni ushbu sport turiga qiziqtirishni oiladan boshlashlari zarur.

2. Mahalla faollari va sport yo'riqchilari yoshlarda shaxmatga nisbatan ruhiy va jismoniy holatning mutanosibligi bilishi lozim.

3. Mahalla yoshlari o'zlarining mavjud imkoniyatlari orqali shaxmat o'yini mashg'ulot-ini amalga oshirishda yuqori faollik holatini vujudga keltirishga odatlanishlari zarur.

4. Mahalla faollari yoshlarda ruhiy va jismoniy barqarorlik, chidamlilik kabi sifatlarni vujudga kelti-rish, ularning sog'lom yig'it-qizlar bo'lishiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko'rish lozim.

Barchamizga ayonki tarbiya oiladan boshlanadi. Tarbiya ongni, xulq-atvorni, shaxsni har tomonlama rivojlantirishni biror maqsadga qarab shakllantirishga qaratilgan jarayondan iborat bo'ladi. Chunki oilada beriladigan bu tarbiya jarayonida faqat bilimlar o'zlashtirilib, malaka va ko'nikmalar hosil qilinmaydi, o'zbek kishisining axloqiy e'tiqodi, his-tuyg'usi, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari, xarakter xususiyatlari tarkib toptiriladi.

Shaxmat o'yini sporti milliy qadiriyat ekanligini avvalom bor oilada xis qilib uni mahallalarda ommaviylashtirish bilan umum insoniy qadriyatga aylantirishga barchamiz masul ekanligimizni va ushbu orqali o'zbek yoshlarni dunyoga tanitish imkoniyatlari mavjudligini nazarda tutganda, ushbu masalaga yanada jiddiy qarash zarurligini ko'rsatadi.

Jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy taraqqiyotdagi roli oshib borgani sayin, mahallada yoshlarni shaxmat o'yini sportiga yo'naltirish zaruriyati ortib boradi. Yuqorida bayon etilgan fkirlar asosida mahallada shaxmat o'yini sportini ommaviylashtirishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin

1.Mahallada shaxmat sportiga qiziqish darajasini aniqlash

2. Mahalla va ota-ona hamkorligi

3. Mahalladan chiqqan kuchli sportchilar faoliyatini targ'ib qilish

4. Mahalla bilan hamkorlida ish olib boradigan murabiy va yo'riqchilar faoliyatni jonlantirish

Eng asosiysi ota-onalar, yoshlarni jismonan sog'lom bo'lishi, ma'naviy yuksalishida shaxmat o'yini bilan shug'ullanishning ahamiyatga katta ekanligini tushunishlari va xis qilishlari zarur.

NATIJALAR

Shuningdek yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda yoshlarda shaxmat o'yini sporti to'g'risida ongli munosabatini tarkib toptirish va bu orqali mahallalarda shaxmat o'yini sportini ommaviylashtirish mumkinligini xisobga olib quyidagilarni taklif etamiz.

1. Mahalla yoshlarida ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shaxmat o'yiniga nisbatan tasavvurlarni shakllantirish;

2. Ota-onalar o'rtasida milliy qadriyatimiz, milliy iftixorimiz bo'lgan shaxmat o'yiniga nisbatan ijobiy ta'savurni shakllantirish;

3. Oila va maktabgacha ta'lim maskanlaridan boshlab shaxmat o'yiniga qiziqishni tarbiyalash;

4. Mamlakatimizdan etishib chiqqan Jahon va Osiyo chempionlari faoliyatini keng targ'ib etish, ularni ibrat qilib ko'rsatish;

5. Yoshlarni mahalliy sport ustalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish;

6. Aynan shaxmat o'yini sporti orqali mahalla va oila hamkorligini shakillantirish. Agar yuqoridagilarni nazarda tutgan holda maxalla hamkorligida yoshlari

o'rtasida shaxmat o'yinini ommaviylashtirish yo'lga qo'yilsa:

1) Shaxmat o'yiniga nisbatan ijobiy tasavvurlar kengayadi;

2) Yoshlarni jismonan baquvvat, sog'lom etib tarbiyalash imkoni oshadi;

3) Ularning bo'sh vaqti ko'ngilli tashkil etiladi;

4) Yoshlar orasida sport bilan shug'ullanuvchilar soni ko'payadi;

5) Yoshlar orasida tartib buzish holatlari kamayadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yoshida shaxmat o'yinlaridan foydalanish orqali ularning idroki, tafakkuri, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o'stiradi va rivojlantiradi.

Shaxmat o'ynash orqali bolalar fikrini o'stirish g'oyasi bizning bir fikr. Professor V.Alimasov yozganidek: "Sergak fikrlargina kishilarni sergak yashashga o'rgatadi" Shaxmat o'yini fikrlashga undovchi, chorlovchi o'yin, san'at, sportdir. Bu universal o'yinni o'rganish, u bilan shug'ullanish va uni bolalarga o'rgatish barchamizni faqat mustaqil fikrlashga va mustaqil fikr orqali sergak yashashga o'rgatadi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Prezidentining 2017—2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar 2017 yil.

2. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus

3. Pedagogika. J. Xasanboyeva, X. To'raqulov, I. Alqarov, N. Usmonov «Noshir» Toshkent-2011. [185 bet.]

4. Nosir Muhammad "Shaxmat mo'jizasi" T 2014-y 5-9 bet

5. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O'zbekiston, 1976. 66- bet.

6. Xaylayev, Mamatqul " SHaxmat alifbosi". Uslubiy qo'llanma "Tafakkur", 2015.12 b.

7. Muhiddinov M. O'n to'qqiz chempion. -T.: Yulduzcha, 1998 . 43 bet.

8. Muhiddinov M. "Sharq-shaxmat vatani", T.: O'zbekiston 13 bet.

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidentining 2017—2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar 2017 yil.

2. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus

3. Pedagogika. J. Xasanboyeva, X. To'raqulov, I. Alqarov, N. Usmonov «Noshir» Toshkent-2011. [185 bet.]

4. Nosir Muhammad "Shaxmat mo'jizasi" T 2014-y 5-9 bet

5. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O'zbekiston, 1976. 66- bet.

6. Xaylayev, Mamatqul " SHaxmat alifbosi". Uslubiy qo'llanma "Tafakkur", 2015.12 b.

7. Muhiddinov M. O'n to'qqiz chempion. -T.: Yulduzcha, 1998 . 43 bet.

8. Muhiddinov M. "Sharq-shaxmat vatani", T.: O'zbekiston 13 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.