Научная статья на тему 'OILADA OTA-ONALARNING FARZANDLAR UCHUN NAMUNA JIXATLARI VA O’ZIGA XOS PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

OILADA OTA-ONALARNING FARZANDLAR UCHUN NAMUNA JIXATLARI VA O’ZIGA XOS PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2416
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Barqaror va mustahkam oilani / oila hayotning abadiyligini / oila jamiyatning asosiy boʻgʻini / oila va ta‟lim muassasalari / stable and strong family / the family is the eternity of life / the family is the main link of society / the family and educational institutions

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Azamat Ruzvonovich Raxmonov, Oqila Baxromovna Sultonova

Bugungi kunda oiladek ta‟sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarni qadriyatlarga nisbatan e‟tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy axloqiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Ushbu o‟ziga hos jixatlarni hisobga olgan xolda maqolada fikr yuritishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

One of the pressing issues today is the formation of children's respect for values through an impactful social institution as a family, through which a positive moral relationship with the family is formed. We tried to give an opinion in the article on the case when we took into account these peculiar qualities

Текст научной работы на тему «OILADA OTA-ONALARNING FARZANDLAR UCHUN NAMUNA JIXATLARI VA O’ZIGA XOS PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01075

OILADA OTA-ONALARNING FARZANDLAR UCHUN NAMUNA

JIXATLARI VA O'ZIGA XOS PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

a.raxmonovacspi. uz

Oqila Baxromovna Sultonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

o.sultonova@cspi.uz

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda oiladek ta'sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarni qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy axloqiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Ushbu o'ziga hos jixatlarni hisobga olgan xolda maqolada fikr yuritishga harakat qildik...

Kalit so'zlar: Barqaror va mustahkam oilani, oila hayotning abadiyligini, oila jamiyatning asosiy bo'g'ini, oila va ta'lim muassasalari.

ABSTRACT

One of the pressing issues today is the formation of children's respect for values through an impactful social institution as a family, through which a positive moral relationship with the family is formed. We tried to give an opinion in the article on the case when we took into account these peculiar qualities...

Keywords: stable and strong family, the family is the eternity of life, the family is the main link of society, the family and educational institutions.

KIRISH

O'zbek xalqi azaldan o'zining oilaparvarligi va bolajonligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Bu esa albatta farzandga mehr qo'yish, ularning qornini to'q va ustuni but qilish o'z yo'li bilan, lekin bolalarimizni go'daklik chog'idan boshlab yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida tarbiyalab, voyaga yetkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Shu o'rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning

"Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanini tan olishimiz darkor".

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01075

Birinchi Prezidentimizning ushbu fikrlarida oilaning eng avvalo, e'tiqod va sog'lom dunyoqarash tarbiyasidagi benazir roli ta'kidlangan. Shu sababli oila hamda mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bog'liq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq an'analari, oilaviy o'zaro munosabatlar hamda milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni o'rganish vazifasi turibdi. Bu esa ularning ijtimoiy psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish bilan qo'lga kiritilgan natijalarni amaliyotga tadbiq etishga bog'liq. Chunki, barqaror va mustahkam oilani shakllantirish uchun, unda oilaparvarlik an'analarini kuchaytirish, milliy urf-odatlarni zamon talablari asosida qayta o'rganib chiqib eng nodirlariga nisbatan yoshlarimizda ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning ta'sirchan vositalarini ishlab chiqish lozim.

Bugungi kunda oiladek ta'sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy axloqiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardandir. Shu muqaddas dargohda ma'naviy-axloqiy munosabatlarni vujudga keltirish va u orqali shaxsni sog'lom e'tiqodli, yangicha fikrlaydigan komil inson qilib tarbiyalash bugungi islohotlar davrida davlat ahamiyatiga molik masaladir.

O'zbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko'ra, Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanib, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada bo'lish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam ta'minlangan Oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari to'g'risida"gi 1994 yil 22 avgustda farmon chiqarilib, yordamga muhtoj Oilalarga moddiy va ma'naviy yordam berishning ko'lami kengaytirildi. Oilani jamiyatda ravnaq topishidagi o'rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kuchaytirish hamda izchil ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasida 1998 yilni "Oila yili" deb e'lon qilingan edi. Shunga asosan, Oila manfaatlarini ta'minlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar to'g'risida davlat dasturi ishlab chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiy amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasining "Oila kodeksi" qabul qilingan.

"Oila kodeksi"ning e'lon qilinishi, O'zbekiston qonunchiligi uchun yangilik bo'lgan nikox shartnomasi, qarindosh-birodarlik va bolalarning nasl-nasabni belgilash, alimentlar to'lash to'g'risida kelishish, bolalarning oiladagi huquqlari va

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24411/2181-1385-2G21-G1G75

ota-onalarini moddiy ta'minlash to'g'risidagi majburiyatlar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi muhim qoidalar oila tarbiyasida axloqiy madaniyatni qonunlashtirish, huquqiy asoslarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1998-yil 2-fevralda Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi huzurida "Oila" ilmiy amaliy markazining tashkil etilishi oilaga taluqli axloqiy munosabatlarni yo'lga qo'yish ya'ni milliy an'analarni, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish, oila a'zolarining huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida katta qadam qo'yildi.

Darhaqiqat, bola tarbiyasi o'ta nozik jarayon. Avvalo, tarbiyachining o'zi aniq bir maqsadni mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Demokratik va insonparvarlik g'oyalari ham, milliy qadryatlarimiz ustunligi asosida huquqiy tafakkur, ma'naviy ozuqalantirishda milliy istiqlol g'oyalari, mehnatga nisbatan muhabbat uyg'otish, barcha-barchasi aynan tarbiyada muvofiqlashadi. Vaholanki, shunday ekan oila tarbiyachisi hisoblanmish ota-onalar, bolalar bog'chalarida tarbiyachilar ham, mahalla fuqorolik jamiyati ham, maktab o'qituvchilari va voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash inspektsiyalarining mas'ul xodimlari ham tarbiyada mas'uliyatli bo'lishlari lozim. Aks holda, oilalarda arzimagan muammo ortida katta darz ketishga sababchi bo'lish va undagi hayotga bo'lgan ishonchni yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Albatta, shaxs ongi va mafkurasining shakllanishida ijtimoiylashuvning asosiy maskanlari, ya'ni maktab, mahalla hamda keng jamoatchilik harakatlari darajada rol o'ynaydi. Ammo, shunga qaramasdan bolaning ijtimoiy yo'nalishi asosini oilaviy munosabatlar belgilaydi. Shu o'rinda Buyuk alloma va

mutafakkir vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino, fanning deyarli barcha sohalarida ijod qilib dovruq taratgan siymolardandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qadimgi yunon faylasufi Aflotunning "Tarbiya davlat tomonidan tashkil etilmog'i lozim", degan fikrlarini inkor etib, o'zining "Donishnoma" asarida, bola tarbiyasi uchun avvalo ota-ona mas'uliyatini ta'kidlaydi. Shu bilan birga alloma ota va onaning ilmli, fozil va dunyoqarashlari keng bo'lishliklarini alohida uqtirib, farzand tarbiyasidan mas'uliyatliroq ish yo'qligini ochib beradi. Oilada farzand tarbiyasiga asosiy mas'ul ko'pincha ona hisoblanishi sir emas. "Ilk tarbiya hamma narsadan ham muhim bo'lib, u shubhasiz ayollar zimmasidadur", degan edi, bu haqida buyuk rus olimi Jan Jak Russo. Onaning dunyoqarashi kengligi, ma'naviy-ma'rifiy boyligi, huquqiy savodxonligi, mafkuraviy tarbiyalanganligi, diniy ilmdan boxabarligi, tabiiy va ijtimoiy fanlarni bilish darajasi, xullas aqliy salohiyati

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24411/2181-1385-2G21-G1G75

qanchalik yuqori bo'lsa, farzandining ham kelajak imkoniyatlari shunchalik yuqori bo'ladi.

Oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar.

Ma'lumki, har qanday bolada qaysi bir jihat bo'yicha qobilyat berilgan bo'ladi. Boladagi qobiliyatni, ya'ni iqtidorini o'z vaqtida anglab, uni yuzaga chiqarish va to'g'ri yo'nalish berish ham avvalo onalarga bog'liq. Chunki ulargina bola bilan ko'proq muloqotda bo'ladilar. Xat savodni chiqarishda ham dastavval ona mas'ul, qolaversa yosh bola ko'proq onaga ishonadi. Oqila ayol oila muhitini sog'lomlashtirish, tarbiya ishlariga ko'proq mas'ulligi bilan birga ota va farzandlar o'rtasida muloqotchi sifatida ham muhim rol o'ynaydi. Farzandlariga oilaning ustuni bo'lgan otani qanchalar kerakligini, ko'ziga tik boqmasligini, ota bilan oralarida doimo masofa saqlashlari lozimligini va shunga o'xshash bir qator hurmatga oid gaplarni uqtiradi. Otaga esa bolalarda bo'lgan zaruriyatlar haqida bildirib turadi. Darhaqiqat, bizning qadriyatlarimizda otaga beriladigan nisbat juda yuqori. "Ota rozi-xudo rozi" yoxud "Otang yotgan uyning tomiga ham chiqma" kabi purma'no naqllar bejizga aytilmagan.Uzoqni ko'ra bilgan ayol, o'z farzandlarini oldida turmush o'rtog'ining hurmatini doimo ibratli tarzda bir maromda saqlaydi. Bu esa o'z o'rnida, an'analarimizga ko'ra tarbiya jarayonining o'ta muhim jihatlaridan biri sanaladi. Qadimgi Rim faylasufi Epiktet shunday deydi: Otaning qatiqqo'lligi ajoyib dori: achchig'idan ko'ra shirini ko'p. Albatta, otaning oilada printsipialligi va yetarlicha qattiqqo'lligi, bolani intizomga o'rgatadi. Intizomga o'rgangan yosh bola, mehnatdan qochmaydi, o'ziga topshirilgan vazifalarni vaqtida ado etadi. Har bir ishga mas'uliyat bilan yondashadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, oilaviy an'analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali yoshlarda ma'naviy-axloqiy munosabatlarni shakllantirish va dunyoqarashga aloqador tushunchalarni singdirishni ta'minlovchi ijtimoiy psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o'ta dolzarb va muhim vazifadir. Yoshlar dunyo, uning sir-sinoatlari qatorida oila va nikoh, oilaga va insoniy munosabatlarga oid qadriyatlarning ma'no-mohiyatini bilish, nafaqat bilish, balki e'tiqod tariqasida qalbiga singdirishga ehtiyoj sezadi. Lekin ayni shu taraqqiyot davrida uning ongini chalg'ituvchi ziddiyatlar va noto'g'ri stereotipli ustanovkalar ham shakllanib qolishi, zararli odat va ko'nikmalar shakllanib qolishi mumkin. Shu o'rinda oilaviy muhitning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01075

sog'lomligi, undagi azaliy qadriyatlaming milliy va umuminsoniy ma'naviyat tamoyillariga mosligi har bir o'g'il va qizda sog'lom dunyoqarash va oilaparvarlik sifatlarining kamol topishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. Zero, yo shlarda, ayniqsa, o'spirin yoshdagi bolalarda yot g'oyalarga nisbatan, ijtimoiy xulq normalariga zid yo'nalishlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni eng ilg'or g'oyalarni to'g'ri idrok qilishlarida, oilaning jamiyatda tutgan muqaddas roli va uning Vatan, ona yurt tushunchalarida tarbiyalash mohiyatan pedagogik vazifadir.

XULOSA

Shuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bo'lishlari zarur va ahamiyatlidir. Oila va ta'lim muassasalari o'rtasida tashkil etilgan hamkorlikning bosh g'oyasi ham ota-onalar uchun pedagogik yordam ko'rsatish desak ayni maqsadga muvofiq hisoblanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz -T.: "O'zbekiston", 2017, 329-bet.[1]

2. Karimov I.A. Oila farovonligi - millat farovonligi. - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining besh yilligiga bag'ishlangan tantanali majlisdagi tabrik so'zi, 1997 yil 5 dekabr.- Karimov I. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yo'lida: T.6 - T.: "O'zbekiston", 1998 - 400 b.[2]

3. Хайдаров Мамат, Рахмонов Азамат Изучение школьников в целях профоринтации профессиентальный отбор(подбор) учащихся "Педагогика ва психологияда инновациялар" Тошкент -2020й.

4. A.R.Raxmonov "Boshlang'ich ta'lim jarayoniga innovatsiyon yondashuv" Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari "O'qituvchi innovatsiyon faoliyatining asosiy xususiyatlari" 66b

5.A.R.Raxmonov "Zamonoviy o'quv mashg'uloti va ta'limning o'ziga xos imkoniyatlari" O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali 2020 yil 51b

6. Raxmonov, A. R. (2021). MAKTAB O"QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG"USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 1549-1556.

7. Rakhmonov Azamat Ruzvonovich PEDAGOGICAL PROBLEMS OF FORMATION OF national pride in students Page No.: 501-504 Proceedings of International Multidisciplinary Scientific Remote Online Conference on Innovative Solutions and Advanced Experiments

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.