Research BIB / Index Copernicus
OILA VA XOTIN-QIZLAR SIYOSATINI RIVOJLANTIRISHDA JAMOATCHILIK KENGASHLARINING ROLI
Saodat Boymirzayeva,
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi Axborot siyosati masalalari bo'yicha rais
maslahatchisi, filol.f.d., professor
Dilrabo Baxronova,
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filol.f.d. https://orcid.org/my-orcid?orcid=0000-0002-2012-7426
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada oila va xotin-qizlar siyosatini rivojlantirishda jamoatchilik kengashlarining roli, ular amalga oshirayotgan chora-tadbirlar, xalqaro tajribalar, jumladan, AQSh va Turkiya mamlakatlariningyondashuvlari tahlil qilingan. Statistik ma 'lumot va misollar orqali kengashlarning oila, ta 'lim, mehnat bozori va gender masalalariga oid vazifalari tahlil qilinib, tavsiyalar keltirilgan. Maqola jamiyatda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy fikrlarni o 'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: oila, xotin-qizlar, jamoatchilik kengashlari, "Ayol ma'rifati", AQSh, Turkiya
THE ROLE OF PUBLIC COUNCILS IN THE DEVELOPMENT OF FAMILY AND WOMEN'S POLICY
Saodat Boymirzayeva
Advisor to the Chair on Information Policy Issues, Committee on Family and Women,
Doctor of Philology, Professor Dilrabo Bakhronova Doctor of Philology, Professor, Uzbekistan State World Languages University
This article examines the role of public councils in developing family and women's policies, focusing on their measures and international experiences, particularly those of the USA and Turkiye. By analyzing statistical data and examples, the article highlights the councils' tasks in areas such as family, education, labor markets, and gender issues. Recommendations are provided to strengthen women's rights and opportunities in society, offering practical insights for social development.
Kew words: family, women, community councils, "Women's Enlightenment", USA, Turkiye
https://orcid.org/my-orcid?orcid=0000-0002-2012-7426
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
KIRISH
Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini, uning barqarorligi va farovonligi mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Keyingi yillarda xotin-qizlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida qaralmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar qo'mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-208-sonli farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi qarori bu yo'nalishdagi muhim qadamlardan bo'ldi. Shu asosda, O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasining bo'ysunuvi to'g'ridan to'g'ri Vazirlar Mahkamasiga o'tkazildi. Ushbu qonun hujjatlari asosida O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va burchlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi qayd etilgani bilan ham ulkan ahamiyatga ega. Xususan, Farmonda qator masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida erkaklar va xotin-qizlar teng huquqliligini ta'minlash bo'yicha davlat organlari va tashkilotlari hamda jamiyatda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari belgilab berilishi 1 xotin-qizlarga bo'lgan e'tiborning oshib borayotganining amaliy isbotidir. Jumladan, yoshlar bilan bo'lib o'tgan muloqot jarayonida Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra ko'payganini aytib, "men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o'qitsak, butun oilani o'qitgan bo'lamiz. Oila bilimli, ma'rifatli bo'lsa, butun jamiyat bilimli, ma'rifatli bo'ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz", - ta'kidladi2.
Shu nuqtayi nazardan, xotin-qizlar siyosatini takomillashtirishda jamoatchilik kengashlarining ham o'z o'rni va mas'uliyatlari oshib, alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzurida tashkil etilgan "Ayol ma'rifati" jamoatchilik kengashining faoliyati tahlil qilinib, AQSh va Turkiya tajribalari asosida xalqaro yondashuvlar ham o'rganiladi.
Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari va ularning o'rni O'zbekistonda "Ayol ma'rifati" jamoatchilik kengashi oila va xotin-qizlar qo'mitasining doimiy faoliyat yurituvchi organi sifatida ishlaydi. Ular oila mustahkamligini ta'minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar qo'mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-208-sonli Farmoni https://lex.uz/uz/docs/-6704824
2 Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. 14.02.2025. https://president.uz/uz/lists/view/7872
Research BIB / Index Copernicus
bo'yicha muhim dasturlarni amalga oshiradi. Xususan, ushbu kengash quyidagilarni amalga oshirib borishni nazarda tutadi:
1) Ayollar ma'rifatini oshirish va gender tengligini ta'minlashga qaratilgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqish;
2) Oila qadriyatlarini targ'ibot qilish, milliy tarbiya usullarini zamonaviy yondashuvlar bilan uyg'unlashtirish;
3) Ayollarni ta'lim va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish orqali ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash.
"Ayol ma'rifati" jamoatchilik kengashi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida faoliyat yuritadi va o'z qarorlarini tavsiyanoma sifatida jamoatchilikka taqdim etadi.
Dunyo hamjamiyatida ham bunday kengashlar doimiy ravishda o'z faoliyatini olib boradi, ular bir-biridan ish uslubi, vazifa, maqsad va hk nuqtai nazardan farq qilishlari mumkin. Jumladan, jahonning qator davlatlari qatorida AQSh va Turkiyada ham xotin-qizlar masalasiga alohida yondashadigan qo'mita va tashkilotlar mavjud. Masalan, AQSh tajribasida quyida nomlari keltirilgan turli davlat va nodavlat tashkilotlar bu mamlakatdagi gender tengligini ta'minlash va xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga birdek yondashadi:
Milliy xotin-qizlar tashkiloti (NOW - National Organization for Women) 1966-yilda tashkil topgan bo'lib, u AQShdagi eng yirik xotin-qizlar tashkilotlardan biridir. U xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tengligini ta'minlashga qaratilgan turli kampaniyalar va dasturlarni amalga oshiradi. NOW reproduktiv huquqlar, gender tengligi, zo'ravonlikka qarshi kurash va boshqa masalalarda olib borgan faoliyatlari bilan tanilgan, jumladan, uning web-sahifasida "NOWning asosiy maqsadi - feminizm g'oyalarini ilgari surish, jamiyatda ijobiy o'zgarishlarga yetakchilik qilish, kamsitishni yo'qotish va ayollar hamda qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotdagi teng huquqlarini ta'minlash va himoya qilish uchun faol harakat qilishdir", deb yozilgan3.
Milliy xotin-qizlar huquqlari markazi (National Women's Law Center - NWLC) 1972-yilda tuzilgan bo'lib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan huquqiy tadqiqotlar va advokatlik faoliyatini olib boradi. U ta'lim, ish joyida tenglik, reproduktiv huquqlar va sog'liqni saqlash kabi sohalarda siyosatni shakllantirishda va sud jarayonlarida ishtirok etadi. Jumladan, uning web-sahifasida quyidagi yozuv qayd etilgan: "Bizning yetakchiligimizda gender adolati qadriyatlarini markazga qo'yuvchi qonunlar,
3 https://now.org/about/
Research BIB / Index Copernicus
siyosatlar va ijtimoiy madaniyat uchun kelajak tasavvurini va yechimlarini ilgari surilmoqda" 4.
Amerika ayollari assotsiatsiyasi universiteti (American Association of University Women - AAUW) 1881-yilda tashkil etilgan. U ta'lim va teng imkoniyatlar orqali xotin-qizlarning hayotini yaxshilash borasida ishlar olib borishga intiladi. Shuningdek, bu tashkilot stipendiyalar, tadqiqotlar va advokatlik orqali xotin-qizlarning ta'lim olishlari va kasbiy rivojlanishlariga ko'maklashishi bilan tanilgan. Assosiyatsiyaning web-sahifasida uning ko'magida so'nggi ikki yil ichida 145 000 nafar xotin-qizlar o'qitilgani, hozirgacha muzokara dasturlari orqali tayyorlangan jami ishtirokchilar soni 176 000 nafardan ortgani hamda uyushmaning kelgusi strategik rejalari qayd etilgan.
Umuman olganda, AQShning xotin-qizlar siyosatini rivojlantirish bo'yicha alohida e'tiborga molik jihati - gender masalalarini davlat byudjeti orqali qo'llab-quvvatlashidir. Misol uchun, 2020-yilda o'tkazilgan statistik tadqiqotga ko'ra, AQShda ayollar mehnat bozorining 47% qismini tashkil etadi, shundan 75% ayollar oilaviy majburiyatlarni ham bir vaqtning o'zida bajaradi. Yuqorida nomlari kelgan tashkilotlar xotin-qizlarning huquqlari, sog'lig'i va imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan turli amalga oshirgan faoliyatlari bilan mamlakatda yaxshi tanilgan. Ularning rasmiy web-saytlari orqali batafsil ma'lumotlarni olish mumkin.
Turkiya tajribasida xotin-qizlarni qo 'llab-quvvatlash va ularning huquqlari masalasida "Ayollar va oila xizmatlari boshqarmasi" (Kadin ve Aile Hizmetleri Dairesi Baçkanligi) muhim rol o'ynaydi. U oila instituti mustahkamligini ta'minlash va ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi. 2021-yilgi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada ayollar mehnat bozorining 34% qismini tashkil etgan, bu ko'rsatkich so'nggi yillarda davlat tomonidan qabul qilingan dasturlar tufayli oshgan. Shuningdek, Turkiyada oiladagi zo'ravonlikka qarshi maxsus sudlar tashkil qilingan bo'lib, ular gender tengligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
O'zbekistonda qabul qilingan "Milliy dastur"da quyidagilar ko'zda tutilgan: "2022 - 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi. Milliy dastur O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida", "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida", "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston
4 https://nwlc.org/about/history/
Research BIB / Index Copernicus
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi qarori, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi qoidalar va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan"5. Milliy dasturda xotin-qizlarning huquqlariga inson huquqlarining ajralmas bo'lagi sifatida qaraladi hamda u "Inson qadri uchun" tamoyilidan kelib chiqqan holda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi T.Narbayeva o'z so'zida hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlari, shu jumladan, siyosiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat ko'rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani, saylovlarda ayollarning o'rni beqiyos ekani, bugungi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotganini ta'kidlaydi6.
Dunyo miqyosida gender masalalariga doir 2021-yilda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish o'rtacha 10-15% ga iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi. Misol tariqasida, Skandinaviya mamlakatlarida gender tengligi qoidalariga qat'iy amal qilinishi sababli, ularning global raqobatbardoshligi yuqori darajada bo'lib kelmoqda.
O'rganilgan tajribadan kelib chiqib quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
1) Jamoatchilik kengashlarining rolini yanada oshirish: ularning qarorlarini tavsiyanoma emas, balki huquqiy kuchga ega bo'lgan me'yoriy hujjatlar darajasiga olib chiqish.
2) Gender masalalariga oid xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: xususan, AQSh va Turkiya tajribalarining ba'zi jihatlarini inobatga olib, nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari o'rtasida aloqalarni mustahkamlash, balki jamoat kengashlarini alohida tarmoqlash, ya'ni huquqiy yo'nalish, ilmiy yo'nalish, ma'naviy-ma'rifiy, iqtisodiy ko'mak kabi yo'nalishlarda kengashlar tuzish.
3) Oila va xotin-qizlar siyosatini targ'ib qilishni kuchaytirish: ommaviy axborot vositalarida ayollarning muvaffaqiyatlarini ko'rsatadigan loyihalarni ko'paytirish.
4) Xotin-qizlar uchun yangi ilmiy va innovatsion imkoniyatlar yaratish va targ'ibotini chekka joylarda ham kuchaytirish.
5 https://lex.uz/docs/-5899498
6 https://yuz.uz/uz/news/ayollarning-ijtimoiy-iqtisodiy-va-siyosiy-huquqiy-faolligini-oshirish-davr-talabi
Research BIB / Index Copernicus
5) Mahalliy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun kengash doirasida yangi loyihalar ishlab chiqish.
6) Jamoatchilik kengashi qarorlarining amaliy ijrosini kuchaytirish maqsadida huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi va jamoatchilik kengashlari oila va xotin-qizlar siyosatini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega, ular jamiyatda milliy va xalqaro tajribalarni uyg'unlashtirgan holda gender tengligini ta'minlashga, xotin-qizlarning obro'-e'tiborini oshirishga katta hissa qo'shadi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish orqali nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy, ma'naviy barqarorlik ham ta'minlanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar qo'mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-208-sonli Farmoni https://lex.uz/uz/docs/-6704824
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-87-sonli Farmoni https://lex.uz/docs/-5899498
3. O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hujjatlari. https://wcu.uz/oz/lists/view/676
4. O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hujjatlari. https://wcu.uz/oz/lists/category/26
5. Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabi. https://yuz.uz/uz/news/ayollarning-iitimoiy-iqtisodiy-va-siyosiy-huquqiy-faolligini-oshirish-davr-talabi
6. Bakhronova, D. K. Gender i tselevye kontseptual'nyegendernye stereotypy [Gender and conceptual target gender stereotypes].
7. https: //nwlc. org/about/history/
8. https://www.ankara.bel.tr/teskilat-semasi/kadin-ve-aile-hizmetleri-dairesi-baskanligi-256
9. https://www.unicef.org/turkiye/en/press-releases/ministry-family-and-social-services-and-unicef-turkey-hold-child-wellbeing-social
10. Ismoil kizi, G. E., Shukurovna, K. F., & Bakhronova, D. (2024). The Constitutive Nature of Gender Mainstreaming Discourse: Uzbekistan Context. SPAST Reports, 1(2). https://doi.org/10.69848/sreports.v1i2.4891
Research BIB / Index Copernicus
11. Jamoldinova, O.R. , & Baxronova, D.K. (2022). Gender: gender tengligi tushunchasi va siyosiy-ijtimoiy munosabatlar. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (7), 477-483.
12. National Organization for Women (NOW), USA, Annual Report, 2020. https: //now.org/about/
13. Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. 14.02.2025. https://president.uz/uz/lists/view/7872