Научная статья на тему 'DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA XOTIN-QIZLAR ISHTIROKINI KENGAYTIRISHNING STRATEGIK VAZIFALARI'

DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA XOTIN-QIZLAR ISHTIROKINI KENGAYTIRISHNING STRATEGIK VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Siyosiy islohotlar / samaradorlik / gender tenglik / xotin-qizlar / siyosiy faollik / strategiya / modernizatsiya / siyosiy boshqaruv / huquq va manfaatlar / hokimiyat tarmoqlari / mentalitet / tizimli o‘zgarishlar. / Political reforms / efficiency / gender equality / women / political activism / strategy / modernization / political governance / rights and interests / branches of government / mentality / systemic changes.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xolmaxamatova, Shaxnoza Baxtiyor Qizi

Maqolada O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning va ularning samaradorligi oshirishga qaratilgan vazifalar qatorida, avvalo, davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish va rivojlantirish, uning muhim tarkibiy qismi hisoblanmiz xotin-qizlarning rolini, mavqeini yuksaltirish masalalari yoritilgan. Asosiy e’tibor mamlakatni modernizatsiya qilish va davlat boshqaruvidagi samaradorlikni oshirish jarayonlari hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari va tarmoqlarida xotin-qizlarning faolligini ta’minlashga qaratilganligi alohida ahamiyatga molik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRATEGIC TASK FOR INCREASING WOMEN'S PARTICIPATION IN PUBLIC ADMINISTRATION

Among the tasks aimed at increasing political reforms and their efficiency in Uzbekistan, the article highlights the issues of improving and developing state and community management, raising the role and status of women, who are considered an important component of it. It is of particular importance that the main focus is on the modernization of the country and the processes of increasing the efficiency of public administration are aimed at ensuring the activity of women at all levels and branches of government.

Текст научной работы на тему «DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA XOTIN-QIZLAR ISHTIROKINI KENGAYTIRISHNING STRATEGIK VAZIFALARI»

Research BIB / Index Copernicus

DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA XOTIN-QIZLAR ISHTIROKINI KENGAYTIRISHNING STRATEGIK VAZIFALARI

Maqolada O'zbekistonda siyosiy islohotlarning va ularning samaradorligi oshirishga qaratilgan vazifalar qatorida, avvalo, davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish va rivojlantirish, uning muhim tarkibiy qismi hisoblanmiz xotin-qizlarning rolini, mavqeini yuksaltirish masalalari yoritilgan. Asosiy e'tibor mamlakatni modernizatsiya qilish va davlat boshqaruvidagi samaradorlikni oshirish jarayonlari hokimiyatning barcha bo'g'inlari va tarmoqlarida xotin-qizlarning faolligini ta 'minlashga qaratilganligi alohida ahamiyatga molik.

Kalit so'zlar. Siyosiy islohotlar, samaradorlik, gender tenglik, xotin-qizlar, siyosiy faollik, strategiya, modernizatsiya, siyosiy boshqaruv, huquq va manfaatlar, hokimiyat tarmoqlari, mentalitet, tizimli o 'zgarishlar.

Among the tasks aimed at increasing political reforms and their efficiency in Uzbekistan, the article highlights the issues of improving and developing state and community management, raising the role and status of women, who are considered an important component of it. It is of particular importance that the main focus is on the modernization of the country and the processes of increasing the efficiency of public administration are aimed at ensuring the activity of women at all levels and branches of government.

Key words. Political reforms, efficiency, gender equality, women, political activism, strategy, modernization, political governance, rights and interests, branches of government, mentality, systemic changes.

Xotin-qizlarga bo'lgan munosabat, ularning jamiyat va davlat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, kamoloti uchun munosib sharoit yaratish, ma'naviy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy faolligini rag'batlantirish, davlat boshqaruvi sohasida, shuningdek, davlat ahamiyatiga molik qarorlarni qabul qilishdagi ishtirokini, mas'uliyatini faollashtirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, iqtidorini namoyon qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish singari masalalar bugun O'zbekiston uchun ham davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Songgi yillarda mamlakatimizda gender tenglik siyosatiga alohida e'tibor qaratilayotganligidan kelib

Xolmaxamatova Shaxnoza Baxtiyor qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

ANNOTATION

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

chiqqan holda aytish lozimki, aynan jamiyatimizning ushbu hilqati huquqlari va va manfaatlarini davlat siyosati darajasida himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan vazifalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tomonidan qabul qilinfan barqaror taraqqiyot dasturida ham alohida belgilangan.

Bugungi Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, jadal demokratik o'zgarishlar, dunyoning qudratli va rivojlangan davlatlari bilan tenglasha olishga qaratilgan faol tashqi va ichki siyosati zamirida ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ro'yobga chiqarish, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, madaniy tarkamolligini ta'minlash, faolligini yuksaltirish bilan bog'liq vazifalar strategik o'ringa ega. Zero Yangi O'zbekistonda xotin-qizlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo'shayotganligi, ularning jamiyat madaniy, ma'naviy, siyosiy hayotining barcha sohalarida faollik ko'rsatayotganligi, davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlari ishlarida faol ishtirok etayotganligi, o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi deymizmi, sog'liqni saqlash, ijtimoiy soha, sanoat rivojida, qishloq xo'jaligi va boshqa turli sohalarda ham beqiyos o'rin egallayotganligi bugun rad qilib bo'lmas haqiqatga aylandi.

E'tirof etmoq joizki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha Barqaror taraqqiyotni dasturining asosiy maqsadlaridan biri ham aynan jahon miqyosida gender tenglikni ta'minlash hisoblanadi [1]. Mamlakatimizda esa bunday hujjatga hamohang hisoblanmish "2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur"ning qabul qilinganligi esa:

- mamlakatda erkaklar va xotin-qizlarning tengligiga erishish;

- xotin-qizlarning huquq va mafaatlarini ta'minlash tizimining samaradorligini oshirish;

- ijtimoiy himoyasi tizimini yanada kuchaytirish;

- sog'ligini mustahkamlash;

- ta'lim olishi, shuningdek, yosh avlod tarbiyasi uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

- ilmiy salohiyatini oshirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish;

- jamiyatdagi rolini mustahkamlash, shuningdek, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish kabi ishlar uchun juda kuchli impuls bo'lganligini alohida e'tirof etmoq lozim.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning mamlakat hayotining turli soha va tarmoqlarida qobiliyatlarini, imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishlariga ko'maklashish, oila institutini mustahkamlash borasida keng

Research BIB / Index Copernicus

ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida PF5325- sonli Farmoni aynan ushbu yo'nalishdagi vazifalardan biri edi[2]. Mazkur Farmon asosida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, ta'lim muassasalarida rahbar ayollarning o'quv jarayonida samaradorligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-son Farmonida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo'llabquvvatlash bo'yicha davlat siyosatining 7 ta ustuvor yo'nalishi, shuningdek, Qo'mitaning asosiy vazifa hamda faoliyat yo'nalishlari belgilab berildi[3]. Shu maqsadda Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va yaqinda qabul qilingan "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ham bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida xotin-qizlarni qo'llabquvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash maqsadida, birinchidan, gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish, ikkinchidan, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, uchinchidan, "Ayollar daftari" bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo'yicha jamoatchilik nazoratini o'rnatish ko'zda tutilgan [4]. Chunki, bunday zalvorli, tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarning ko'lami, aks-sadosi, amaliy qudrati nafaqat mamlakatimiz, balki ko'plab xorijlik nufuzli mutaxassislar, obro'li siyosatchilaru, xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etilmoqda.

Bu borada esa davlat ahamiyatiga molik tarzda amalga oshirilgan va oshirilayotgan siyosiy vazifalarning asosida "Xotin-qizlarimiz uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish - davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan. Jumladan, "O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, avvalo, milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, opa-singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning tasdig'ini birgina misol, ya'ni, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2

Research BIB / Index Copernicus

nafari ayol kishi bo'lishi zarurligi mustahkamlab qo'yilganida yaqqol ko'rish mumkin" - deya ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'z chiqishlaridan birida [5].

Tan olish lozimki, bugun mamlakatimizda xotin-qizlar oldida o'zlarining ma'naviy, ijodiy, intellektual salohiyatini amalga oshirish borasidagi tanlov nihoyatda kengayib bormoqda. Eng muhimi, mamlakat aholisining mentaliteti va madaniy dunyoqarashida o'zgarishlar sodir bo'layotganligi, zamonaviy dunyo xususiyatlarini hisobga olgan holda, an'anaviy jihatdan "xotin-qizlar faqatgina uy bekasi bo'lishi lozim" kabi stereotiplardan voz kechib, bugungi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqei ortayotganligiga, davlat hokimiyati organlaridagi siyosiy faolligi ortayotganligiga ijobiy yondashayotganligidir.

Bugun Yangi O'zbekistonda xotin qizlar nafaqat biznes va tadbirkorlikda o'z salohiyatlarini, qudratini namoyon qilayotganligiga, balki davlat bshqaruvida rahbarlik lavozimlarini egallagan holda, o'z bilim va ko'nikmalari, yondashuvi va mas'uliyati bilan katta yutuqlarni qo'lga kiritayotganligiga guvoh bo'lib turibmiz. Eng qizig'i, "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o'rganish Respublika markazi o'tkazgan telefon so'rovida qatnashgan aholining turli qatlamlari vakillarining 80,2%i tomonidan "xotin-qizlarning mamlakat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi roli ortishi ijobiy baholangan" [6].

Bunday bahoning ham o'ziga xos ob'yektiv va sub'yektiv sabablari bo'lib, ular ichida asosan xotin-qizlarning o'z sohalarining ustasi ekanligi, qaysi kasb yoki tarmoqda ishlashidan qat'iy nazar ularning professionallik darajasi tobora ortib borayotganligi, tashabbuskorligi, bilimli va yuqori intellektual ijodiy salohiyatga egaligidir. Bundan tashqari, bugun davlat hokimiyatining turli bo'g'inlarida rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar o'zlarining erkaklardan aslo kam emasligini, balki, uy bekasi singari katta mas'uliyatli yukni bir yelkasida ko'targan holda, gohida ma'lum bir jihatlari bilan ulardanda ustun, malakali, mas'uliyatli ekanliklarini ko'rsata olmoqdalar. Ayniqsa, rahbar xotin-qizlarning o'z xodimlariga talabchanligi bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy, psixologik, turmush sharoitlaridan doimo xabardorligi, insoniy munosabatlarda o'ta madaniyatligigi, g'amxo'rligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turishi, ularning qarama-qarama qarshi jinsi bo'lgan erkaklar tomonidan ham doimiy e'tirof etib kelinadi.

Shuningdek, sohadagi islohotlarni, o'zgarishlar va modernizatsiya jarayonlarini o'rganishlarimiz natijasida O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tizimli islohotlarning o'ta samarador amalga oshayotganligiga guvoh bo'lamiz va ularni ilmiy asosda statistik isbotlashga harakat qilamiz.

Research BIB / Index Copernicus

O'zbekistonda xotin-qizlarning mamlakat siyosiy hayotidagi rolini oshirish va ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan davlat siyosati albatta o'z natijalarini ko'rsatmoqda. Mamlakatimiz MDH davlatlari ichida birinchilardan bo'lib BMTning —Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yo'q qilish to'g'risidagi konvensiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining — Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi, Mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlar to'g'risidagi konvensiyalariga qo'shilgan va bu holat O'zbekistonning xalqaro maydondagi imidji yuksalishiga ham xizmat qilganligini alohida e'tirof etmoq joiz. Mazkur hujjatlar xotin - qizlar manfaatlarini muhofaza qilish, ularning oila va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning har tomonlama barkamol bo'lishlarini ta'minlash, ruhan va jisman salomatligini muhofaza qilish, ulardagi intilish va tashabbuskorlikni qo'llab-quvvatlash, munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu boradiga davlat siyosatini takomillashtirish va yanada jadalligini ta'minlash maqsadida ushbu siyosiy kursga doir ko'plab huquqiy asoslar yaratilgan va ularning hayotiy ro'yobi ta'minlanmoqda. Ushbu siyosatning mantiqiy yo'nalishi sifatida esa qator Farmonlar va qarorlar qabul qilingan edi va ular haqida soz yuritdik. Mazkur Farmon bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'rifiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyatlarini va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, xotin-qizlarning kelajak bunyodkorlari sifatida barkamol avlodni tarbiyalash bilan bog'liq vazifalarini ham har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi.

Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini yuksaltirishga qaratilgan turli huquqiy hujjatlarni qabul qilishdan asosiy maqsad - avvalo, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bilan bog'liq strategik vazifalarni sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga olib chiqish, ularning oila va jamiyatdagi, davlat boshqaruvidagi o'rni va mavqeini mustahkamlash, ijodiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy salohiyatlarini to'la namoyon etishlari, mamlakat miqyosida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish jarayonlaridagi mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat ekanligini alohida qayd etish lozim. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayevaning ta'kidlashicha, "Xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda e'tibor kuchaytirilayotganligining yana boshqa jihatlari ham bor. Xususan,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ularning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, iqtisodiy faoliyatini keng yo'lga qo'yish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari davlatning muhim maqsadlari qatoridan joy oldi"[7].

Yana bir muhim holat - bu xalqaro hamjamiyat tomonidan O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol inson sifatidagi o'rni va rolini, mavqeini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning nechog'lik oqilona va istiqbolli ekanligi e'tirof etilayotganligidir. Misol uchun, bugun xotin-qizlarning oliy ta'lim muassasalarida o'qishlari uchun kontrakt-shartnoma to'lovlarining banklar tomonidan foizsiz kreditlar bilan ta'minlanayotganligi, ularni qaytarib banklarga to'lashda ham juda katta imtiyozli muddatlarning berilganligi, oliy ta'limda magistratura bosqichida o'qiydigan xotin-qizlarning to'lov-kontrakt mablag'lari butunlay davlat tomonidan qoplanishi va xokazolar nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro ekspertlar tomonidan ham o'ta kuchli ijtimoiy siyosat sifatida alohida e'tirof etilmoqda.

Xulosa tarzida aytadigan bo'lsak, zamonaviy dunyoda insoniyat taraqqiyotining barcha jabhalarida o'zlarining oqilaligi, donoligi bilan nafaqat oila va ijtimoiy hayotda, balki, mamakat iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy hayotida ham o'zlarining uddaburonligi, uzoqni ko'ra bilishi, tafakkuri keng va ishbilarmonligi bilan alohida ajralib turadigan jins vakilalari sifatida xotin-qizlar har jabhada faollik namoyon qilmoqdalar. Qanday sohada ishlamasinlar, qaysi tarmoqda faoliyat ko'rsatmasinlar, doimo atrof-muitni, tabiatni, borliqni go'zallikka to'ldirmoqdalar, sog'lom va barkamol kelajak avlodni tarbiyalamoqdalar, davlat boshqaruvi tizimida ham samarali faoliyat yuritmoqdalar. Zero, "Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o'rni yuksaldi. O'zbek ayoli ismi-sharifi yoniga — O'zbekiston Qahramoni, — Deputat, — Senator, —Vazir, — Vazir o'rinbosari, — Akademik, — Olima, —Tadbirkor, — Direktor atamalari qo'shib aytilishi buning yaqqol misolidir"[8].

ADABIYOTLAR

1. ООН. Цели устойчивого развития. https: //www.un. org/sustainabledevelopment/ru/gender-equality/

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentming 02.02.2018 yildagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-3546742

Research BIB / Index Copernicus

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 "Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-6937332

4. Davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

- muhim vazifa. https://uza.uz/oz/posts/davlat-fuqarolik-xizmatida-xotin-qizlarning-ijtimoiy-siyosiy-faolligini-oshirish-muhim-vazifa_531248

5. Yangi O'zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish - eng muhim vazifamiz bo'lib qoladi. 07.03.2024. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/7076

6. Мнение граждан о роли женщины в современном Узбекистане. https://ijtimoiyfikr.uz/ru/issledovaniya/obschestvo/mnenie-grazhdan-o-roli-zhenschiny-v—sovremennom-uzbekistane.htm

7. T.Narbayeva "Ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya uyg'unligini ta'minlashda xotin-qizlarning o'rni". "Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to'plami. 26 fevral 2019 yil. ^shkent.

- Iqtisod-moliya. 2019 B. 5.

8. Yuqoridagi manba. B. 5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.