DAVLAT XIZMATI SOHASIDA XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYATLARNI TA'MINLASH
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14545002
Namozova Zarina
O'zMU Siyosatshunoslik yo'nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada so'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish,jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash,xotin-qizlarnitazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan ko'ng ko'lamli islohotlar amalga oshirilgani haqida hamda gender strategiyaning maqsadi va vazifalari va davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta 'minlash haqida.
Kalit so'zlar: Gender tenglik,"Ayollar daftari",imtiyozli kredit,gender strategiyasi,harakatlar strategiyasi,xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish,aholi bandligi.
So'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil etildi.O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta'limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida "Ayollar daftari" tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi1. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy
1 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli qarori;
o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi2. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga ijobiy ta'sir ko'rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi. O'zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko'rsatib kelgan.
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo'yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan. Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.
-2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida aytib o'tilganidek,unda
1-bob. Umumiy qoidalar
2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi (bundan buyon matnda — Gender strategiyasi) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan mamlakatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari hamda 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonuniylik, demokratiya, ochiqlik va oshkoralik gender tenglikni ta'minlashning asosiy tamoyillaridir. Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.
Bugungi holat va mavjud muammolar
2 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI 2030-YILGA QADAR O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GENDER TENGLIKKA ERISHISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH HAQIDA
So'nggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida O'zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish masalalari bo'yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 300 nafardan ortiq, shu jumladan vazirlik va idoralarda 45 nafar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasida 39 nafar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 2019-yilda bo'lib o'tgan saylovlarda ro'yxatdan o'tgan 21 435 000 nafar saylovchining qariyb 50 foizi yoki 10 825 641 nafari xotin -qizlardir.Ushbu saylovlarda ko'rsatilgan nomzodlarning 41 foizi xotin-qizlar bo'lib, ularning soni O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan 30 foizlik kvotadan ortdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senati a'zolarining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Gender tenglikni ta'minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat-kengashlari, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
Gender strategiyasining maqsadi va vazifalari:
Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta'minlashdan iborat.Gender strategiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:xotin-qizlarning yer va mulkka nisbatan egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish: jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo'llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o'rni bilan bog'liq salbiy qarashlarni o'zgartirish;
- aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek, munosib ish o'rinlarini yaratish, ayollar
tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning tijorat banklaridan kredit olishga bo'lgan imkoniyatlarini kengaytirish;
- xotin-qizlar va erkaklarni butun umri davomida o'qishga bo'lgan imkoniyatlarini rag'batlantirish, ularning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini yuksaltirish;
- odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish, ularni aniqlash va barham berish bo'yicha samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
-oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a'zolarining mas'ulligini oshirish, erta nikoh, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh, erta tug'ruq hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish;
- gender tenglik tamoyillarini ilgari surishda, xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarini teng amalga oshirishda budjetni rejalashtirish, gender masalalarini budjet jarayonlariga integratsiyalash, gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish;
- gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda O'zbekistonning o'rnini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish milliy maqsadlariga erishishda parlament, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish;
- gender tenglik sohasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos bo'lgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga tanlovlar asosida tayinlash mexanizmlarini joriy qilish orqali xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish; jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda va dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirish;
xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat hamda o'zi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil bo'lish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish; rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan
xotin-qizlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirish;mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengaytirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarda ularning faolligini oshirish; ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida davlat organlari va tashkilotlarida lavozimda ko'tarilish masalalari bo'yicha teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan gender tenglikni ta'minlash mezonlarini ishlab chiqish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan xotin-qizlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirish bo'yicha tizimli tadbirlarni belgilash; normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o'tkazish bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yo'lga qo'yish; davlat organlari va tashkilotlarida tegishli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to'g'risida ma'lumotlar yuritish; kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari hamda tashkilotlarida gender auditlarni o'tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning tartib-tamoyillarini ishlab chiqish kabi ko'pgina tamoyillar kiradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam,O'zbekiston aholisining 60% foizidan ko'prog'i 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardir.Ularning yarmi esa,shubhasiz,ayollar.Yoshlar va ayollarning foydalanilmagan imkoniyatlarini ishga solish nafaqat iqtisodiy o'sishga ,balki huquqlarini ta'minlashga va jamoatchilik hamjihatligini mustahkamlashga yordam beradi.Shundan kelib chiqib aytish mumkinki,gender tenglik masalasiga davlatimiz shunchalik ahamiyat beryabdiki,hattoki,davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan xotin-qizlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirish bo'yicha tizimli tadbirlarni belgilash hamda kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari hamda tashkilotlarida gender auditlarni o'tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash,uning tartib -tamoyillarini belgilash ham sular sirasiga kiradi.