Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
KORRUPSIYA BILAN BOG'LIQ HOLDA SODIR ETILADIGAN ODAM SAVDOSI JINOYATLARINING AYRIM MASALALARI
Yusupov Farrux Narimonovich,
O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo'yicha boshqarma boshlig'i
ANNOTATSIYA
Maqolada korrupsiya bilan bog'liq holda sodir etiladigan odam savdosi jinoyatlarining ayrim masalalari ilmiy-amaliy jihatdan ko 'rib chiqilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yo 'nalishidagi ayrim muammmolar tahlil qilingan va takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik, uyushgan jinoiy guruhlar, korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiyani oldini olish.
АННОТАЦИЯ
В статье введены научные и практические вопросы, связанные с некоторыми вопросами преступлений торговли людьми, совершенным в связи с коррупцией. Есть также некоторые проблемы в области коррупции, а предложения были разработаны.
Ключевые слова: торговля людьми, терроризм, наркомании, организованные преступные группы, коррупция, коррупция, предотвращение коррупции.
ABSTRACT
The article introduces scientific and practical issues related to some issues of human trafficking crimes committed in connection with corruption. There are also some problems in the area of corruption, and proposals have been developed.
Keywords: human trafficking, terrorism, drug addiction, organized criminal groups, corruption, corruption, corruption prevention.
KIRISH
Terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi hamda taraqqiyotning kushandasi bo'lgan korrupsiya illati insoniyat uchun jiddiy xavf-xatar va tahdidlar solishda davom etmoqda.
Respublikamizda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, 2008 yil 17 aprel kuni O'zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi, 2020 yil 17 avgust kuni "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston
Scientific Journal Impact Factor
O
Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida, 2008 yil 7 iyul kuni O'zbekiston Respublikasining "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi (Nyu-York 2003 yil 31 oktabr) ga qo'shilishi to'g'risida" gi va 2017 yil 3 yanvar kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunlarini qabul qilinishi yurtimizda korrupsiya bilan bog'liq holda sodir etilgan odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Odam savdosi - odamni olish-sotish yoxud undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish va boshqa shu kabi noqonuniy harakatlarni qamrab oluvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.
"Korrupsiya" termini lotincha "corruptio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, uning etimologik ma'nosi "buzish, sotib olish"dir. Ushbu ikki so'z korrupsiyaning tushunchasini belgilab beradi.
Shuningdek, Qadimgi Rimning XII jadval Qonunlarida "corrumpere" atamasi "pul evaziga sudda o'z ko'rsatmasini almashtirmoq" va "sudyani sotib olmoq" mazmunida ishlatila boshlangan: "Nahotki sen, qonunning sud muhokamasi jarayonida mazkur ish bo'yicha pul mukofotini olganligi fosh etilgan sud'ya yoki vositachi uchun o'lim jazosini nazarda tutuvchi qarorini shafqatsiz deb hisoblaysan?"
Korrupsiyani tushunishda Nikkolo Makiavellining ishlari muhim ahamiyatga ega. U korrupsiyani kasallikka, masalan sil kasalligiga taqqoslaydi. Boshlanishida uni aniqlash qiyin, biroq davolash oson. Agar u o'tkazib yuborilsa, uni aniqlash oson, biroq davolash murakkab bo'ladi.
Uyushgan jinoiy guruhlar sayyohlik, chet elda o'qish va ishlash bilan shug'ullanuvchi xususiy firma va boshqa "niqoblar" ostida xotin-qizlarni shahvoniy xizmat ko'rsatish, erkaklarni esa majburiy mehnat uchun sotib yuborish evaziga katta miqdorda moddiy daromad oladilar.
Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, shahvoniy yoki boshqa g'arazli maqsadlarda yollangan yosh qizlar va ayollarning asosiy qismi "jonli tovar" sifatida ekspluatatsiya qilish uchun asosan Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Gresiya va Germaniya davlatlarga yuborilgan. Fuqarolarimiz horijiy davlatlarga tranzit davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Turkiya, Armaniston va Ozarbayjon Respublikalari orqali olib chiqib ketilmoqda. Fohishabozlikka yollanayotganlar kam ta'minlangan oilalarga mansub, turmushi
Scientific Journal Impact Factor
O
buzilgan, yengil tabiatli yosh ayollar ichidan tanlanadi. Keyinchalik ularning roziligi olinib, chet elga chiqish "vizasi" rasmiylashtirilganidan so'ng, birinchi bosqich ishtirokchilari yollanganlarni bevosita chet elga olib boradigan shaxslarga "sotadilar"
Ikkinchi bosqich ishtirokchilari ayollarni bevosita chet elga olib borish uchun yo'l harajatini o'z zimmalariga olib, belgilangan davlatlarga olib boradilar.
Odam savdosi jinoyatlari ayrim hollarda uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan korrupsiya bilan bog'liq holda sodir etilishini kuzatish mumkin. Ayniqsa, odam savdosi bilan shug'ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar jabrlanuvchilarni kelishilgan joyga yetkazish uchun chet elga chiqishga ruxsat olish bo'yicha pasport-viza bilan bog'liq masalalarda, chegaradan o'tkazishda chegara maskanlari va boshqa postlarda xizmat olib borayotgan xodimlarni pora evaziga og'dirish holatlarida kuzatiladi.
Bunga uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlardan jabrlangan shaxslarning fuqarolik pasportlari olib qo'yilgan holatlarda jabrlanuvchi o'z yurtiga qaytish maqsadida muayyan pul mablag'i evaziga aylanma yo'l orqali noqonuniy tarzda manzilga yetkazish bilan shug'ullanuvchi shaxslarga yoki chegara maskanlarida xizmat olib borayotgan shaxslarga pora evaziga chegaradan chiqishga yoki kirishga harakat qilish uchun murojaat qilishlari amaliyotda kuzatilishini misol qilish mumkin.
Bundan tashqari ba'zi hollarda jabrlanuvchilarning bergan ko'rsatmalaridan uyushgan jinoiy guruhlar jabrlanuvchilarni belgilangan davlatda kutib oluvchi va bevosita ekspluatatsiya qiluvchi shaxslar ham o'z navbatida shu davlatda bo'lish, chegaradan o'tib-qaytish, yashash va mehnat qilish qonunlariga amal qilinishini nazorat qiluvchi huquqni muxofaza qiluvchi organlarning xodimlariga pora taklif qilib kelishishga harakat qilishlarini ko'rish mumkin.
Shuni alohida qayd etish lozimki, respublikamizda ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va profilaktik chora-tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatlarining sodir etilishi soni so'nggi yillarda kamayganini kuzatish mumkin.
Odam savdosiga qarshi kurashishda, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va fosh etish bo'yicha respublikamizdagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish samarali natijalar berishi mumkin.
Shu bilan birga odam savdosiga qarshi kurashishda, O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrdagi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunining 14-moddasida keltirilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o'z vaqtida va samarali o'tkazish ham muhim ahamiyatga ega.
Scientific Journal Impact Factor
о
XULOSA VA TAKLIFLAR
Korrupsiya bilan bog'liq holda sodir etiladigan odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi:
birinchidan, odam savdosi bilan shug'ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar jabrlanuvchilarni kelishilgan joyga yetkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtiruvchi davlat organlari, chegarasi maskanlari va boshqa postlarda xizmat olib boradigan kadrlarni to'g'ri tanlash va ularni faoliyatini nazorat qilish hamda hujjatlarni rasmiylashtirishda inson omilini kamaytirishga alohida e'tibor qaratish;
ikkinchidan, uyushgan jinoiy guruhlar va ular o'rtasida manfaatlar birlashgan davlatlardagi jinoiy guruhlarni odam savdosini sodir etishlarini aniqlash va oldini olishda korrupsiya, tranzit chiqish va migratsiya munosabatlarini nazorat qiluvchi barcha davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o'rtasida hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish va o'zaro hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish;
uchinchidan, chegarasi maskanlari va boshqa postlarda xizmat olib borayotgan xodimlarni faoliyatini doimiy nazoratga olish va xodimlar o'rtasida korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish bo'yicha targ'ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarur.
Xulosa qilib aytganda, odam savdosi va korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlariga qarshi kurashda xalqaro va milliy huquqiy normalar talablariga katiy rioya qilgan holda amalga oshirish huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning, jumladan ichki ishlar organlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
REFERENCES
1. Якубов А. С., Кабулов Р. Новое в уголовном законодательстве. -Т., 1995. -С.11-12; Цодиров Р. Х. Диний экстримизм ва терроризм билан богли; жиноятларни тергов килишнинг айрим хусусиятлари. -Т., 2000. -47-б.; Рустамбоев М.Х., Цодиров А. Уюшган гурухга жазо // Хдёт ва конун. -1996. -№3. -78-79-б; ИсмоиловН.Т. Коррупция - тараккиёт кушандаси // Postda. -2015 yil 4 iyul, №27(4128). -8-б.
2. Исмаилов И. Уюшган ва коррупцион жиноятчиликнинг олдини олиш чоралари // Жиноятчиликнинг олдини олишдаги долзарб муаммолар. -Т., 2003.
3. Исмаилов И. Уюшган ва коррупцион жиноятчиликнинг олдини олиш чоралари // Жиноятчиликнинг олдини олишдаги долзарб муаммолар. -Т., 2003.
26-28-б.
26-28-б.