Научная статья на тему 'GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHNING DOLZARB MASALALARI'

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5787
364
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
giyohvandlik vositalari / psixotrop moddalar / xalqaro hamjamiyat / noqonuniy aylanma / salbiy oqibatlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Boburjon Mominjon Ogli Raimjonov

Bugungi kunda jamiyatimizda, O‘zbekiston Respublikasi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat oldidagi o‘z majburiyatlarini to‘laqonli bajarishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mazkur maqolada giyohvandlik, uning salbiy oqibatlari, giyohvandlik balosiga qarshi kurashishda yurtimizda ishlab chiqilgan mustahkam huquqiy asoslar atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHNING DOLZARB MASALALARI»

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHNING DOLZARB MASALALARI

Boburjon Mo'minjon o'g'li Raimjonov

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda jamiyatimizda, O'zbekiston Respublikasi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo'yicha xalqaro hamjamiyat oldidagi o'z majburiyatlarini to'laqonli bajarishiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Mazkur maqolada giyohvandlik, uning salbiy oqibatlari, giyohvandlik balosiga qarshi kurashishda yurtimizda ishlab chiqilgan mustahkam huquqiy asoslar atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, xalqaro hamjamiyat, noqonuniy aylanma, salbiy oqibatlar.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi 1995- yil fevral oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961-yildagi "Narkotik moddalar to'g'risida"gi Yagona Konvensiyasi, 1971-yildagi "Psixotrop moddalar to'g'risida" gi hamda 1988-yildagi ""Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash to'g'risida"gi Konvensiyalariga a'zo bo'lgan.

1999-yilda O'zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida»gi Qonuni qabul qilingan bo'lib, mazkur qonunga muvofiq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga zid ravishda muomalada bo'lishning har qanday ko'rinishlariga qarshi jinoiy javobgarlik belgilangan. Mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosi va iste'moliga qarshi keskin choralar ko'rilayotgan bo'lsa-da, bugun giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi eng xatarli va dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Giyohfurushlar yangi usul va nayranglarni qo'llab, zahri qotilni sotish harakatlarini davom ettirishmoqda. Ular manfur maqsadlarini amalga oshirish yo'lida hali dunyoqarashi shakllanmagan, o'zgalar ta'siriga tushib qolishga moyil yoshlar umriga zomin bo'lishmoqda.

O'zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda bojxona organlari tomonidan ham transmilliy narkoguruhlarning qonunga zid faoliyatini aniqlash va chek qo'yish, kontrabanda kanallarini yopish, giyohvand o'simliklar maydonlarini yo'q qilish va giyohvandlik illati yoyilishining oldini olish bo'yicha maxsus kompleks operatsiyalar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

O'ylamay bosilgan qadam ko'p hollarda afsus-nadomatga sabab bo'ladi. Nega deganda, tavakkalchilik hamisha ham muvaffaqiyatga yetaklayvermaydi. Aholi orasida muntazam olib borilayotgan profilaktik targ'ibot va tushuntirish ishlariga qaramasdan,

hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlar soni kamaymayapti. Afsuski, tavakkalchilikni xush ko'radigan ayrim nopok kimsalar o'z g'araz maqsadlarini amalga oshirish uchun har qanday razillikdan tap tortmaydi.

Giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zero, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog'liq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqori. Narkotik va psixotrop moddalarni iste'mol qilishning ortishi birinchi o'rinda og'ir kasalliklar va jinoyatlar sodir etilishining ko'payishiga olib keladi.

Giyohvandlik - jinoyatchilik bilan bog'liq hodisa. Birinchidan, narkotiklarni qo'lga kiritish yoki ularning oldini olish uchun pul topish maqsadida og'ir oqibatli qasddan jinoyatlar sodir etiladi. Ikkinchidan, narkotik moddalarni qabul qilish ta'siri ostida tez-tez jinoyatlar sodir etiladi.

Giyohvandlik bilan jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzarlik harakatlarining sodir etilishida namoyon bo'ladi.

Bugungi globallashuv jarayonida turli fan-texnika, iqtisod sohalarida keskin o'zgarishlar ro'y bermoqda va bu o'zgarishlar insonlarning zamon talablariga mos ravishda bilim va ko'nikmalarini shakillantirishlariga, o'z ustilarida yanada ko'proq ishlashlariga undamoqda. Kimdir savdo sohasida, kimdir IT sohasida, kimdir fan-texnika sohasida va yana kimlardir davlat xizmatlarida turli yo'nalishlarda o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Barchamizga malumki qayerda rivojlanish bolsa, o'sha yerda jinoyatchilik ham rivojlanib boradi. Jinoyatlarni kim yoki kimlar sodir qiladi degan savolga esa, biz yuqorida takidlab o'tgan sohalarda faoliyat yuritmaydigan, o'z ustida ishlamaydigan yoki bo'lmasam moddiy jihatdan yetarli darajada taminlangan oilalarning farzandlari yoxud moddiy jihatdan qiynalgan oilalar tomonidan turli darajadagi jinoyatlar sodir qilinmoqda bazi jinoyatlar oilaviy tarzda sodir qilinayotgani esa juda achinarli holat. Bugungi kunda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan bir davrda giyohvandlik vositalari savdosi ham avjiga chiqib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan har bir jamiyatimiz azolariga halol rizq bilan mehnat qilish uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berishga harakat qilinayotgan bir davrda, turli narkosindikatlar hamda narkobozorlar o'rtasida yaqin aloqalar ornatilib narkobiznes transmilliy xususiyat kasb etib bormoqda.

Bugungi kunda turli xalqaro tashkilotlarning bergan malumotlariga ko'ra yer yuzi aholisining deyarli 500 mlndan ortiq qismi giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarni iste'mol qilib kelmoqda.1 Ozbekistonda esa 5 mingga yaqin fuqaro giyohvandlikka qaram kishilar hisobida turadi. Giyohvandlikka qaram kishilar hisobida turgan fuqarolarning 31 foizini 20-40 yoshdagilar tashkil etadi. Bundan

1 https://uwed.uz/en/news/fulltext/1669

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

tashqari, ularning 1,8 foizida OIV infeksiyasi aniqlangan. . Barchamizga malumki giyohvandlik insoniyatni jismoniy va ruhiy jihatdan tubanlikka eltuvchi, aql-idrokdan mahrum etib, bu dunyoda ham u dunyoda ham insonning xorligiga yetaklovchi ofatdir. Giyohvand moddalar insonni ayni kuch-quvvatga to'lgan davrida alkogolga nisbatan 46 barobar tezroq halokatga uchratadi. Bazi olimlarning e'trof etishiga qaraganda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari savdosi avj olgan mamlakatlarda ushbu jirkanch illatga ruju qo'yish quyidagi asoratlarni keltirib chiqarmoqda:

1. Iqtisodiy asoratlar: katta pul sarflanishi, daromadlarning yo'qolishi, ishni yo'qotish, qarzga botish, talonchilik va tilanchilik;

2. Ma 'naviy asoratlar: oilalarning buzilishi, befarqlik, tushkunlik, norozilik, xudbinlik,mahdudlik;

3. Jinoiy asoratlar: o'g'rilik, bosqinchilik, odam o'ldirish, urush va terror;

4. Tibbiy asoratlari:

- odamning ongi xiralashadi, his-tuyg'ulari keskin ravishda o'zgaradi, fikrlari chalkashib ketadi;

- ko'ziga har xil qo'rqinchli narsalar ko'rinadi, qattiq qo'rqadi;

- jinsiy mayl yo'qoladi va mijoz keskin susayadi;

- giyohvand moddalarni in'ektsiya yo'li orqali qabul qilinishi oqibatida OITS bilan

"5

kasallanish darajasi ortadi .

Yuqoridagi dunyoviy asoratlardan tashqari musulmon kishining giyohvandlik vositalarini iste'mol qilishi muqaddas islom dinimizda ham qattiq qoralanadi. Xususan xadisi sharifda keltirilishicha "Payg'ambar (s.a.v.) har qanday mast qiluvchi, badanni bo'shashtiruvchi va susaytiruvchi narsalarni iste'mol qilishdan qaytardilar" deyilgan (Ahmad va Abu Dovud rivoyati). Mazkur hadisi sharif har qanday turdagi giyohvandlik harom ekaniga dalolat qiladi.

Statistik malumotlarga qaraganda bahor va kuz oylarida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g'ayriqonuniy iste'mol qiluvchi shaxslarda kasallik asoratlari kuchaydi va bu davrda mazkur moddalar savdosi avjiga chiqadi. Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasiga oid jinoyat ishlari tahlili shuni ko'rsatadiki, mazkur turdagi jinoiy qilmishlarning 60 foizi aynan fevral-aprel, 25 foizi sentyabr-noyabr, 15 foizi esa, boshqa davrlarda sodir etiladi.

Hozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1987-yil 7-dekabrdagi qaroriga asosan, 26-iyun «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» deb e'lon qilingan va mazkur tashkilot tomonidan "Narkotik moddalar to'g'risida"gi, "Psixotrop moddalar" hamda "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qurash to'g'risida"gi konventsiyalar qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasida ham xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan

2 https://daryo.uz/2021/10/14/ozbekistonda-qancha-odam-giYohvandlikka-qaram-kishilar-hisobida-turishi-malum-boldi/

3 https://islom.ziyouz.com/maqola/xorlikka-eltuvchi-qora-aial

normalarini tan olgan holda 1999-yil 19-avgust kuni O'zbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida" Qonuni qabul qilingan4. Mazkur qonunga asosan yurtimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirlib kelinmoqda. Joriy yilning dastlabki 6 oyida respublikamiz hududida 368 kg giyohvandlik vositasi aylanmasiga chek qo'yildi. Xususan, Toshkent viloyati hududida giyohvandlikning har qanday turiga qarshi keskin va murosasiz kurashish va bu orqali jamiyatda sog'lom muhitni yana-da yaxshilashga qaratilgan 19731 ta maxsus profilaktik tadbirlar otkazildi va "Xavfsiz hudud" "Qora dori" tezkor profilaktik tadbirlarini o'tkazish jarayonida aniqlangan alkogolni suiiste'mol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste'mol qiluvchi 6835 nafar shaxslar aniqlandi5. Bu jarayonda ichki ishlar organlarining bir qator xodimlari jonkuyarlik ko'rsatishdi va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoyishdi. Masalan ana shunday fidoiy xodimlardan Chinoz tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari leytenant A.Polvonov katta leytenant N.Nuriddinov tomonidan "Qora dori-2021" doirasida ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalari, xususan, kannabis va marixuana yetishtirish uchun tashkil qilingan "maxsus laboratoriya" aniqlangan va fosh etilgan6.

Xalqimizning erkin va farovon hayot kechirishi va bugungi kunidan rozi bo'lishi uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar tomonidan tunu-kun mehnat qilinayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o'smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo'layotgani barchamizni tashvishga soladi. ,,Asr vabosi'' deb atalayotgan bu- jirkanch illatning yoshlar orasida keng avj olayotganligi yanada ayanchli holat hisoblanadi buning oqibatida qanchadan qancha tinch-totuv yashayotgan oilalarni barbod bo'lmoqda va qanchadan qancha bolalar etim qolmoqda va yana qanchadan qancha begunoh go'daklar nuqson bilan dunyoga kelmoqda. Shuningdek, ushbu jirkanch illat giyohvandlik OITS, gepatit, sil kabi og'ir va bedavo xastaliklarning tarqalishiga ham sabab bo'lamoqda. So'nggi yillarda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga qaram shaxslar yoshining quyi chegarasi 17-30 yoshlar o'rtasida kuzatilmoqda va mazkur turdagi giyohvandlik vositalarini iste'mol qilishga asosiy sabablardan biri sifatida esa shaxsning og'ir oilaviy sharoitlarda tarbiyalangani, xo'rlash, tahqirlash, shafqatsiz muomalaga duchor bo'lganligi e'tiborsizlik yoki xaddan tashqari ortiqcha e'tibor qaratish asosiy sababi qilib ko'rsatilmoqda. Bunday sharoitlarda tarbiyalanayotgan yoshlar esa narkotik vositalar bilan savdo qiluvchi ,,uddaburon tadbirkorlar''ga yaxshigina „o'lja^bo'ladi.

4 https://lex.uz/ru/docs/-86044;

5 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2;

https://tviibb.uz/oz/news/chinoz-tumanida-giyohvand-vositalar-yetishtiruvchi-maxsus-laboratoriya-faoliyatiga-chek-qoyildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini o'stirish va sotishga qaraganda psixotrop moddalar va ularning analoglarini dorixonalardan olish hollari yoshlar o'rtasida keng tarqalmoqda shu sababli biz ushbu turdagi psixotrop moddalar va ularning analoglarini noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish uchun quyidagi takliflarni bermoqchimiz:

1. Har bir hududdagi dorixonalarda psixotrop moddalar va ularning analoglarini sotilish noqonuniy sotilish holatlarini hududiy profilaktikka inspektorlari tomonidan qafiy nazoratga olish;

2. Bemorlarga tarkibida psixotrop moddalar va ularning analoglari bolgan dori vositalarini har bir hududdagi shifoxonalar, diognostik klinikalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlarning maxsus retsepti asosida berish;

3. Har bir hududdagi shifoxonalar va diognostik klinikalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar tomonidan kimga qancha miqdorda tarkibida psixotrop moddalar va ularning analoglari bolgan dori vositalarini sotib olib, davolanish uchun maxsus retsept yozib berganligini kunlik yuritib borish va har oyning ohirgi 3 kunligida shifoxonalar va diognostik klinika rahbarlari tomonidan hududiy ichki ishlar organlariga hisobot topshirish;

4. Har bir dorixonalarda tarkibida psixotrop moddalar va ularning analoglari bolgan dori vositalarini qaysi shifokorning maxsus retsepti asosida qancha miqdorda sotganligi hisobini kunlik yuritib borish va har oyning birinchi 3 kunligida dorixona rahbarlari tomonidan hududiy ichki ishlar organlariga hisobot topshirish.

Bizning fikrimizcha yuqorida bergan takliflarimiz albatta o'zining ijobiy natijasini beradi va jamiyatimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yishga yaxshigina imkoniyat yaratib beradi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bugungi kunda yurtimizda ,,Barcha sayi harakatlar inson qadri uchun'' deb nomlangan ezgu maqsad yolida harakat qilinayotgan davrda fuqarolarimizning mana shunday jirkanch illatga ruju qo'yishi yuqorida takidlab o'tganimizdek bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi milliy va xalqaro mutaxassis olimlarning tadqiqotlari natijasidan ham ayon bo'ldi. Hozirgi kunda jamiyatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholanib qolinayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Bizning fikrimizcha, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki jamoat tashkilotlari, fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari, oila va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi

n

faoliyati hisoblanadi . Shu sababli ham jamiyatimizda yoshlar o'rtasida giyohvandlik

7 Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida professional kadrlar taYYorlashning dolzarb masalalari:Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari (2021-yil 12-noyabr). -T.: Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali, 2022. -314b.

vositalari va psixotrop moddalar aylanmasiga chek qo'yish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ' ib qilish uchun barchamiz birdek masulmiz.

REFERENCES

1. https: //uwed.uz/en/news/fulltext/1669;

2. https: //daryo .uz/2021/10/14/ozbekistonda-qancha-odam-giyohvandlikka-qaram-kishilar-hisobida-turishi-malum-boldi/;

3. https://lex.uz/ru/docs/-86044;

4. https: //stat.uz/uz/rasmiy- statistika/crime-and-j ustice-2;

5. https://tviibb.uz/oz/news/chinoz-tumanida-giyohvand-vositalar-yetishtiruvchi-maxsus-laboratoriya-faoliyatiga-chek-qoyildi;

6. https: //islom.ziyouz.com/maqola/xorlikka-eltuvchi-qora-ai al;

7. S.Eshqobilov,B.Raimjonov/Huquqbuzarliklarning oldini olishning dolzarb masalalari:Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari (2021-yil 12-noyabr). -Т.: Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali, 2022. -109b.

8. Арипова, А. Х. (2021). Нущ мохиятини ташкил этувчи мухим восита. Scientific progress, 1(6).

9. Абдужалилов, Д., & Арипова, А. (2021). КУЛЬТУРА ОБЩЕНИЯ СОТРУДНИКОВ ОВД. Scientific progress, 2(1), 328-332.

10. Истамов, Н., Убайдуллаев, С., Махмудхужаев, Ж., & Бобохонов, Ш. (2021). ТУРИЗМ-КАК ВЕДУЩИЙ СЕКТОР МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(4), 1-5.

11. Убайдуллаев, С., Арипова, А., & Истамов, Н. (2021). Туризм в Узбекистане. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(4), 6-10.

12. Абдувалиев, Н., & Арипова, А. (2021). ВАЖНОСТЬ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРОВ ПРОФИЛАКТИКИ ПРАВОНАРУШЕНИЙ. Scientific progress, 2(1), 333-335.

13. Икрамова, Л., & Арипова, А. (2021). РОЛЬ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ ИНСПЕКТОРОВ ПРОФИЛАКТИКИ В ПРЕДУПРЕЖДЕНИИ ПРЕСТУПНОСТИ. Scientific progress, 1(6), 476-479.

14. Саидалиев, С. С., & Арипова, А. Х. (2021). БОРЬБА С НАРКОТОРГОВЛЕЙ И МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ. Scientific progress, 2(1), 900-906.

15. Khasanovna, A. A., Sharafitdinovna, K. K., & Sharafitdinovna, K. N. (2022). THE ROLE OF COMMUNICATION CULTURE IN THE FIELD OF CRIME PREVENTION AND PUBLIC SAFETY. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 4(02), 31-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.