ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
EKSPORTBOP QOVUN VA TARVUZ NAVLARINI YETISHTIRISH VA ULARNING AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mirzamad Isaevich Odinaev
Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.f.f.d. (PhD) mirzamad_odmayev@mail .ru
Dilmurod Valijon o'g'li Xakimov
Toshkent davlat agrar universiteti, t.f.f.d. (PhD) dhakimov91 @mail .ru
Azizbek Ro'ziqul o'g'li Abdirayimov
Toshkent davlat agrar universiteti, assistent abdirayimov9191 @mail .ru
Ushbu maqolada respublikamizda yetishtirilayotgan poliz mahsulotlaridan qovun va tarvuzning eksportbop hamda mahalliy kechpishar navlari bo'yicha umumiy sifat ko'rsatkichlari haqida ma'lumot keltirilgan. Ushbu qovun navlarining agrobiologik va texnologik ko'rsatkichlari keltirilgan. Qovun navlarini yetishtirish texnologiyasi, ekish sxemasi va zarar keltiruvchi xashorat va kasalliklar haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Quruq modda, qand miqdori, klechatka, et qismi, qovun palagi, qovun navlari, tarvuz navlari, qirqim, sershox, buyraksimon, saqlanuvchan, ellipsimon, dumaloqsimon, po'sti qattiq, shirali, eruvchan, xushbo'y.
This article provides information on the general quality indicators of export and local late-ripening varieties of melons and watermelons that are cultivated in our republic. Agrobiological and technological indicators of these melon varieties are given. Brief information about the technology of growing melon varieties, planting scheme and pests and diseases.
Keywords. Dry matter, amount of sugar, klechatka, part of meat, melon peel, melon varieties, watermelon varieties, cut, branched, kidney-shaped, preserved, elliptical, round, hard-skinned, juicy, soluble, fragrant.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
December, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
KIRISH
Jahon miqyosida yetishtirilgan qovunlar umumiy hajmining 85 foizi 14 mamlakat, ya'ni Xitoy, Turkiya, Eron, Hindiston, Qozog'iston, AQSh, O'zbekiston, Misr, Ispaniya, Gvatemala, Italiya, Meksika, Braziliya va Marokash hissasiga to'g'ri keladi. 2018 yili jahon miqyosida umumiy qiymati $1,8 mlrd.ga teng 2,4 mln. tonna qovun eksport qilingan. Eng yirik qovun eksportchilari Ispaniya, Gvatemala, Braziliya, Gonduras, AQSh, Gollandiya, Meksika va Kosta-Rika hisoblanadi. Mazkur sakkiz mamlakatning jahon bozoridagi qovun eksporti bo'yicha umumiy ulushi taxminan 80 foizni tashkil qiladi. [6]
2018-19 yillarda qovunning o'rtacha eksport narxi bir tonna hisobiga $800 ni tashkil qildi. Har bir mamlakatning eksport narxi bir-biridan keskin farq qiladi. 2018 yili qovunni eng yuqori narxlarda Gollandiya eksport qilgan bo'lsa (bir tonnasi $1155), eng past narx Gvatemala eksportida kuzatilgan (tonnasi $594). [5]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jahonda qovun import qiluvchi mamlakatlar orasida eng yiriklari - AQSh, Gollandiya, Fransiya, Angliya, Kanada, Germaniya va Iroqdir. Qovun importining 65-70%ga yaqini bu yetti mamlakatnig umumiy hissasiga to'g'ri keladi. Gollandiya eng yirik eksportchi hamda importchilar ro'yxatidan o'rin olgani uning yirik reeksportyor ekanligi bilan izohlanadi. Qiymat jihatidan olib qaralganda, jahon bo'yicha eng yirik qovun bozorlari - AQSh ($400-470 mln.), Fransiya ($180-200 mln.), Angliya ($160-180 mln.), Germaniya ($130-170 mln.) va Kanadada ($100 mln.)dir. [6]
O'zbekistonda esa har yili o'rtacha 60 ming gektardan ortiq maydonga poliz ekilib, shundan 60-65% ni tarvuz, 35-38% ni qovun egallaydi. Mamlakatimizda qovunning 150 dan ortiq yetishtiriladigan navi yaratilgan shundan 50 dan ortiq navlar rayonlashtirilgan. Qovun issiqsevar, yorug'sevar o'simlik, qurg'oqchilikka va tuproq sho'rlanishiga chidamli. O'zbekistonda ekiladigan qovun navlari to'rt botanik turga mansub handalak, amiri, kassaba va zard. Markaziy Osiyoda qovun poliz ekinlari orasida ekiladigan maydoni jihatidan 1-o'rinda turadi. O'zbekistonda va O'rta Osiyodagi boshqa respublikalarda, asosan, O'rta Osiyo kenja turiga mansub qovunlar ekiladi.
Respublikamizda 2021 yilda 2,3 million tonna poliz ekinlari yetishtirilgan. Davlat statistika qo'mitasi xabariga ko'ra 2021 yilda 320,3 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirish bilan Surxondaryo viloyati yetakchilik
qilgan. Jizzax 269,5 ming tonna va Sirdaryo 260,8 ming tonna
December, 2022
viloyatlari hisobiga to'g'ri kelgan. Qoraqalpog'iston R. - 164,8 ming tonna tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan. [1]
1-diagramma
Mamlakatimizda yetishtirilayotgan poliz mahsulotlari o'tgan yili qiymati qariyb 34 mln. dollarlik 104 ming tonna qovun-tarvuz eksport qilindi. Taqqoslash uchun misol keltiradigan bo'lsak, o'tgan yilning xuddi shu davrida 12,3 mln. dollarlik 29,7 ming tonna qovun-tarvuz eksportga yo'naltirilgan edi. Bu yilgi eksport hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan umumiy qiymat va miqdor jihatidan deyarli 3 barobar ko'p bo'ldi. Xususan, tarvuz eksporti hajmi qariyb 8 baravar (6300 dan 49 000 tonnagacha), qovun eksporti esa 2,4 barobar (22 700 dan 54 700 tonnagacha) oshgan.[3]
Qovunning biologik va marfologik xususiyatlari - Qovun sucumis melo L turkumiga mansub o'simlik qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bo'lib bir yillik o't o'simliklar turiga kiradigan poliz ekinidir. Urug'i tuproq harorati 14-150 ga yetganda una boshlaydi. Qovun urug'i ekilgandan keyin 5-7 kunda unib chiqadi. Agar harorat 130 dan pastga tushib ketsa urug'lar chiriydi. Qovunning palagi baquvvat bo'lib, yer bag'irlab yoki chirmashib o'sadi, undan 3-4 ta tartib shoxlar o'sib chiqadi va uzunligi 3-4 m ga, palagidagi hamma shoxlarning o'rtacha uzunligi 20-25 m ga yetadi [4].
Qovunning ertapishar, o'rtapishar, kechpishar navlari bor. Qovun mevasining shakli turlicha yumaloq, ovalsimon,
December, 2022
527
cho'zinchoq bo'ladi. Po'sti qalin 1,5-2 sm, o'rtacha 1 - 1,5 sm, yupqa 0,5 - 1,4 sm, qattiq, eti juda yumshoq, yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq, ba'zilariniki tolali, rangi oq, qizil, sarg'ish, yashilroq. Urug'i oq, och sariq va sariq. 1000 dona urug'i vazni 30-45g. Navlarga qarab qovun vaznida eti 63-84, po'sti 10-30 urug'i va urug'tutarlari 3,1-7,7% ni tashkil etadi.
Tarvuz- issiqsevar, yorug'sevar o'simlik, qurg'oqchilikka chidamli, urug'i tuproq harorati 14-16° da una boshlaydi (qulay sharoit 20°). Ekilgandan keyin 5-6 kunda unib chiqadi. Tarvuzning ertapishar, o'rtapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 80- 90, o'rtapisharlari 90-100 va kechpisharlari 110-120 kunda pishadi. Tarvuz. yangiligida iste'mol qilinadi, sanoatda qayta ishlash uchun xom ashyo, xashaki Tarvuz Chorvachilikda shirali ozuqa sifatida foydalaniladi.
Qovun mevasining kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 8-20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1-0,7% kletchatka, 0,2-35,2 mg% S, RR vitaminlari, folat kislota, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va mikroelementlar bor. Qovun tibbiyotda bod, sil, kamqonlik, ziqnafas, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. Xalq tabobatida podagra (niqriz)ga davo, peshob haydovchi, qabziyatdan xoli qiluvchi, asabni tinchlantiruvchi omil sifatida qo'llaniladi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Respublikada eng ko'p ekiladigan qovun navlari, Oqurug', Asati, Bo'rikalla, Ko'ktinna, Ko'kcha, Cho'gari, Qizilurug', mahalliy sariq handalak, Obi novvot, Shakarpalak, Rohat, Suyunchi-2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Kichkintoy, Gurvak, To'yona, Gurlan, Amudaryo, Gulobi Xorazmiy, Zar gulobi, Saxovat, Torpeda, Umrboqiy, Beshak, Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, Ko'ybosh, Gulobi va boshqalar kiradi. Ertapishar navlari 55-65, o'rtapisharlari 67-70, kechpishar navlari 80 - 90 kunda pishib yetiladi. Qovun yangiligida yeyiladi, qovun qoqi qilinadi [3].
Tarvuzning dunyo bo'yicha ma'lum bo'lgan barcha navlari 10 ta ekologikgeografik guruhga bo'linadi. O'rta Osiyo tarvuzi alohida ekologikgeografik guruhni tashkil etadi. Palagi 4-5 m gacha boradi. Ildizi chuqur joylashgan o'q ildiz, barg qo'ltiklaridan o'sib chiqqan jingalaklari yordamida ilashib, chirmashib usadi. Barg bandi uzun, barglari bir necha bo'lakchalardan iborat, rangi och yashil, oq va uzun tuklar bilan qoplangan. Otalik va onalik gullari alohidaalohida joylashgan. Asosan chetdan changlanadi. Tarvuz mevasining shakli yumaloq, ovalsimon, silindrsimon. Po'sti qalin (1,5 sm), o'rtacha (1,1,5 sm), yupqa (1 yemdan kam), qattiq, eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, ba'zan tolali. Etining rangi qizil, ayrim navlari malinasimon. Urug'i, oq sariq, qora, qizil, kulrang. 1000 dona urug'i vazni 40-120g. Mevasi tarkibida 8,0-13,5% quruq modda, 5,8-11% qand (fruktoza; xashaki tarvuzda 3,2-5% quruq
December, 2022
5l8
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1
modda, 1,2-3% qand, 1 kg ida 0,09 ozuqa birligi), 90% dan ko'proq suv, turli vitaminlar (Vr V2 RR) va mineral tuzlar, urug'ida 25-30% moy, fitin kislotasi bor.
Qovun ekish sxemasi: qovun 3 muddatda ekiladi. O'zbekistonning markaziy viloyatlarida qovunning ertachi navlari 15 aprelgacha, o'rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha; janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o'rtagisi 10-20 aprelda, kechkilari esa 10-20 iyunda ekiladi. Shimoliy viloyatlarda ertachi qovunni 20 aprelgacha, o'rtagisini 25 apreldan 10 maygacha, kechkisini 20-30 mayda ekish lozim. Ekish sxemasi qovun navi va sharoitga qarab (210+70):2x70sm, (270+90):2x70sm, Urug'lar ekishdan oldin dorilab 2-3 kun ivitiladi urug'lar 3-6 sm chuqurlikka ekiladi, 1 ga yerga qo'lda ekilganda urug' hajmiga qarab 2,5- 3,0 kg, qatorlarga ekadigan seyalka bilan ekishda 5-6 kg urug' sarflanadi. Ildizi o'qildiz uzunligi 1 m gacha boradi. Chopiq paytida yagana qilib bittadan o'simlik qoldiriladi. O'suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi. Tuproq sharoitiga qarab 5-6 marta sug'oriladi. Hosildorligi 250-300 s/ga.
O'g'itlash. Qovun uchun 1 sotixga tuk holda 0,750 g azotli, 0,750 g fosforli va 0,500 g kaliyli, organik o'g'itlardan 300 - 400 kg solinadi. Bo'z tuproqli yerlarda
"5
o'suv davrida ekinni har gal 1 sotixga 4 - 5 m hisobidan 8-9 marta sug'orish kifoya. Sizot suvi yuza joylashgan dalalarda esa bo'z tuproqli yerlarga qaraganda kamroq (45 marta) sug'oriladi. O'suv davrida poliz ekinlarini suv bilan bir tekis ta'minlash hosildorlikni oshirish garovidir.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Urug'larni ekishdan oldin Fundazol preparati (1 kg uruqqa 4-8 g) bilan yoki Ponaktin (1 kg uruqqa 4 g) bilan namlab ekish tavsiya etiladi. Kasalliklardan zararsizlantirish maqsadida urug'lar ekishdan oldin birorta mikroelementlarga solib bo'ktirib qo'yiladi. Ular: mis, rux va marganes (0,05% yoki 0,5 g/kg), temir va bor (0,025% yoki 2,5 g/kg). Ivitish suyuqlik harorati 20-22oS bo'lganda 12 soat davom etadi.
Zararkunandalari - poliz biti (shirasi), o'rgimchakkana, oqqanot, kuzgi tunlam, poliz qo'ng'izi, qovun pashshasi va boshqalar.
Kurash usullari: agrotexnik usulda ekinlarni almashlab ekishga rioya qilish, yerlarni chuqur haydash, yaxob suvi berish.
Biologik usulda poliz bitiga va o'rgimchakkanaga qarshi oltinko'z kushandasini, oqqanotga qarshi enkarziya parazitini qo'llash tavsiya etiladi.
Kimyoviy usulda 10 sotixga oqqanot, shiralarga qarshi Mospilan 20% (25-30 ml), Sipermetrin 25% (30 ml) va boshqa preparatlar qo'llaniladi. Qovun maysa pashshasi va qovun pashshasiga qarshi Atilla 5% em.k. (200 ml),
Sumi-Alfa 5% em.k. (300 g) preparatlari qo'llaniladi.
December, 2022
Kasalliklari.Ildiz chirish, fuzarioz so'lish, unshudring, oddiy bodring mozaikasiga qarshi ekinlarni almashlab ekishga rioya qilish, o'simlik qoldiqlarini yo'qotish, fungitsidlardan Topaz 10% (200-250 ml), Kurzat R n. kuk. (200-250 g), Foliar BT 22,5% (50 ml) preparatlarini 60-70 litr suvga aralashtirib purkash tavsiya etiladi.
Hosilni yig'ishtirish. Qovun hosili pishib yetilganlarini tanlab-tanlab olish yo'li bilan uch-besh marta yig'ib olinadi. Kechki muddatda ekilgan navlar hosili esa bir marta yig'ishtirib olinadi. Pishgan qovunlar polizda uzoq muddat tursa nobud bo'ladi.
Yurtimizning turli navdagi qovun va tarvuzlari xorij bozorlarida ham xaridorgir hisoblanadi. Shu bois har yili ushbu mahsulotlar xorijiy davlatlarga katta miqdorda eksport qilinadi. Jumladan, mamlakatimizda 2022 yilda qovun-tarvuz eksportidan xorijga qiymati 22,7 million dollarga teng 82,9 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo'lib, eksport hajmi 2021 yil bilan solishtirilganda 22,7 ming tonnaga kamaygan. 2022 yil mobaynida O'zbekiston eng ko'p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
530
Kichkintoy. Erta o'rtapishar nav, o'sish davri 7580 kun. Palagi baquvvat, sershox. Bargi qalin, to'q yashil rangli, qirqimli. Mevasi sharsimon, o'rtacha, vazni 0,8-1,2 kg, yuzasi tekis, sariq rangli, to'liq mayin to'r bilan qoplangan. Eti och yashil, tig'iz, mayin, yoqimli hidi bor. Qand miqdori 14,4%. Hosildorligi 19-22 t/ga. Un-shudring kasalligiga chidamli.
Torpeda. Oddiy mevalari oval uzunligi 0,3 dan 0,5 m gacha o'sadi; kumushrang tomirlar tarmog'i bilan qoplangan sariq teri; pulpa sutli, qalinligi taxminan 6 sm; mustahkamlik suvli, yog'li; ko'p sonli urug'lar.Torpedo qovunining quyoshi va yozi issiq bo'lgan ta'mi juda yaxshi deb baholandi. O'rta chiziqda mevaning tarkibidagi shakar miqdori sezilarli darajada kamayishi mumkin.
Ko'ktinni-1087. O'rtapishar nav, o'sish davri 80-85 kun. Palagi uzun, bargi buyraksimon. Mevasi silindrsimon, vazni 3,5-6,0 kg, yuzasi silliq, och yashil rangli, o'rta katakli, dag'al, po'sti qattiq. Eti oq, qalin, karsillaydigan, shirin. Tarkibidagi qand moddasi miqdori 8-11%. Hosildorligi 22-26 t/ga. Tashishga chidamliligi yaxshi. Saqlanuvchanligi o'rta.
Oq ypyg'-1137. YpTapishar nav, o'sish davri 80-88 kun. Palagi o'rta. Bargi buyraksimon, qirqilmagan. Mevasi cho'zinchoq, vazni 4,0-7,0 kg, yuzasi silliq, mevaband qismi yashil va yuqori qismi salkam oq tusli, po'sti o'rta qattiq. Eti oq, qalin, kam tolali, kam karsillaydigan, shirali, kam hidli. Tarkibidagi qand moddasi miqdori 8,2-9,4%. Hosildorligi 25-35 t/ga. Tashishga chidamliligi va saqlanuvchanligi o'rta.
531
Shakarpalak-2580. O'rtapishar nav, o'sish davri 8090 kun. Palagi o'rtacha. Bargi yumaloq-yuraksimon, o'rta hajmli. Mevasi silindrsimon-elipsimon, vazni 3,0-4,0 kg, yuzasi silliq, oq-qizg'ish, to'ri ostida mayda yashil dog'lar bor, to'ri to'la, po'sti qattiq. Eti qizg'ish, o'rta qalin, o'rta tolali, karsillaydigan, shirali, shirin, vanil hidli. Tarkibidagi qand moddasi miqdori 9,0-11,0%. Hosildorligi 25-30 t/ga. Tashishga chidamliligi va saqlanuvchanligi yaxshi. Suyunchi-2. O'rtapishar nav, o'sish davri 83-87 kun. Mevasi cho'zinchoq-tuxumsimon, vazni 2,0-2,5 kg, yuzasi silliq, to'ri to'liq, mayda katakli, qovunga kulrang tus beradi, po'sti oqishlimon rang, qo'shaloq jimjima yo'li bor. Eti qizil, karsillaydi, sersuv, shirin. Tarkibida qand miqdori 10,6-11,8%. Hosildorligi 2530 t/ga. Un-shudring kasalligiga chidamli.
Zar gulobi. O'rta kechpishar, o'sish davri 100-105 kun. Palagi kuchli o'suvchan. Bargi yuraksimon, cheti qirrali, yashil rangli. Mevasi tuxumsimon, vazni 5-6 kg, yuzasi silliq, meva bandi tomoni biroz segmentlashgan va to'r bilan qoplangan, sarg'ish-yashil rangli, po'sti o'rta qalin. Eti oq, qalin 7-8 sm, yarim karsillama, saqlov davrida eti yumshoq, sersuv, eruvchan. Tarkibidagi qand moddasi miqdori 12-14%. Hosildorligi 40-45 t/ga.
Assate-3806 qovun navi o'rtapishar nav, o'suv davri 81-97 kun. Palagi o'rta. Bargi yuraksimon, o'rta xajmli. Mevasi tuxumsimon, vazni 3,4-4,0 kg, yuzasi silliq, oqishsariq, to'ri to'la, po'sti yumshoq. Eti oq, qalin, kam tolali, juda shirali, shirin, nok xidli. Tarkibidagi qand moddasi miqdori 7,3-8,9%. Hosildorligi 25-30 t/ga. Tashishga chidamliligi va saqlanuvchanligi o'rta. Mamlakatimizda tarvuzning 20 dan ortiq navlari ekib rayonlashtirilgan tarvuz navlari atigi 12 ta. Tarvuz navlari palaklarining uzunligi va barg yaprog'ining tuzilishi, mevasining
kelinadi. Biroq,
December, 2022
532
katta-kichikligi, shakli, yuzasi, rangi hamda naqshining tusi, xili, po'stining qalin-yupqaligi, etining rangi, yumshoq-qattiqligi, shiradorligi, urug'larining katta-kichikligi, ranga, yuzasining qay tariqa tuzilgani va undagi naqshlari jihatidan bir-
biridan farq qiladi 11-rasmga qarang. Kuzibay 30 Mevalari noto'g'ri sharsimon, silliq, og'irligi 3,7-4,4 kg. To'q yashil, qora-yashil naqshlari chiziqli. Po'stlog'i qalin. yorqin pushti, donador, o'rta labli. Eriydigan qattiq moddalar miqdori 7,2%, qandlari -6,8%. Tam bahosi 3,5-4,7 ball. Urug'lari katta, oq kulrang va jigarrang. O'sish davri 120-130 kun. Hosildorlik 8-9 t/ga, sug'oriladigan yerlarda 30-32 t/ga. Uzoq muddatli saqlashga yaroqli. Kasallikka chidamli.
Guliston-Mevalari sharsimon, silliqdir. Rangi och yashil, to'q yashil chiziqlar. Po'stlog'i qalin. Mevasining o'rtacha og'irligi 3,0-4,3 kg ni tashkil qiladi. ozgina ezilgan, suvli, shirin, eriydigan qurug' moddalarning tarkibi 8,7%, shakar -7,6%, ta'm bahosi 4,5 ball. Urug'lar katta, keng oval, oq, silliq. 110120 kun. Hosildorligi 31-40 t/ga. Tashish va saqlash sifati yuqori. Kasallikka o'rtacha chidamli. Uzoq muddatli saqlash uchun mo'ljallangan.
533
Dilnoz - Mevalari sharsimon, silliq, og'irligi 3,5-5 kg. Rangi to'q yashil, deyarli qora rangga bo'yalgan, naqshi quyuq, o'rtacha qalin po'stlog'ining mayda-mayda chiziqlari. Go'shti yorqin qizil, yumshoq, suvli, shirin. Degustatir bahosi 4,8 ball. Eriydigan qattiq moddalar miqdori 7,8%, shakar 6,7%. Urug'lari kichik, qora.
XULOSA
Ushbu maqolada O'zbekiston sharoitida etishtirilayotgan eksportbop qovun va tarvuzning navlarini etishtirish bo'yicha eng maqbul navlar, nav xususiyatlari, ekish sxemalari agrotexnik tadbirlar, kasallik va xashoratlaga qarshi kurash choralari to'g'risida qisqacha ma'lumot keltirilagan. Bugungi kunda mamlakatimizda eksportga muljallab ko'proq ekilayotgan qovun Kichkintoy Erta-o'rta-pishar. Torpeda, Ko'ktinni-1087, Oq urug„-1137, Shakarpalak-2580, Suyunchi-2, Zar gulobi, Assate-3806 navlarini tashkil etmoqda. Tarvuzning esa mahalliy kech pishar eng ko'p ekiladigan Kuzibay 30, Guliston va Dilnoz navlari keltirishimiz mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi "Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2520-son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi "Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy esport qiluvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3377-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 fevraldagi "Xorazm viloyatida qovun etishtirish hajmlarini yanada ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 114-son qarori.
4. Qovun va tarvuz yetishtirishi. 100 kitob to'plami. Qo'llanma "Tasvir nashriyoti" uyi Toshkent - 2021 y. "AGROBANK" ATB.
5. Qovun va tarvuz ekini zararli organizimlariga qarshi kurash. Qo'llanma "Tasvir nashriyoti" uyi. Toshkent - 2022 y. "AGROBANK" ATB.
December, 2022
534
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
6. Хакимов, Д. В., & Мирзаев, О. А. (2017). Задачи метрологического обеспечения в повышении качества агропромышленной продукции. In Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования (pp. 1657-1660).
7. Хакимов Д. В. и др. Улучшения потенциала национальной инфраструктуры качества и проблемы экспорта плодоовощной продукции //Итоги и перспективы развития агропромышленного комплекса. - 2018. - С. 502-508.
8. Odinayev, M., Buriev, K., Sultonov, K., & Eralieva, S. (2021). Analysis of mechanical properties, biochemical composition and technological parameters of grape (Vitis) raisin varieties in conditions of Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 284, p. 03023). EDP Sciences.
9. Хакимов, Д. В.У., Мамажонов, А.А., & Саттаров, М.О. (2020). Управление внутренним аудитом в соответствии с международными стандартами. Universum: экономика и юриспруденция, (4 (69)), 4-12.
December, 2022