O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING SHAKLLANIB BORISH
JARAYONLARI
Muxitdinov Xayot Talatovich
"INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE" instituti, "Menejment" kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlash bo'yicha ilmiy izlanishlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: raqamli O'zbekiston va elektron tijorat, AKT, IT-kompaniyalar, Raqamli Toshkent, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, keng polosali Internet, internet-bank xizmatlari.
ФОРМИРОВАНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Мухитдинов Хаёт Талатович
Доцент кафедры "Менеджмент" института "INTERNATIONAL SCHOOL OF
FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"
Аннотация: В статье представлены научные исследования по активному развитию цифровой экономики, совершенствованию системы государственного управления, образования и электронного правительства во всех отраслях и сферах, в первую очередь в государственном управлении, дальнейшему развитию отечественного рынка программных продуктов и информационных технологий, созданию IT-парков во всех регионах республики, а также обеспечению отрасли квалифицированными кадрами.
Ключевые слова: цифровой Узбекистан и электронная коммерция, ИКТ, ИТ-компании, Цифровой Ташкент, цифровая экономика, кибербезопасность, широкополосный Интернет, услуги интернет-банкинга.
DIGITAL ECONOMY FORMATION IN UZBEKISTAN
Muhitdinov Hayat Talatovich
Associate Professor of the Department of Management of the Institute ""INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE""
Annotation: The article presents scientific research on the active development of the digital economy, improvement of the public administration system, education and e-government in all sectors and areas, primarily in public administration, further development of the domestic market of software products and information technologies, creation of IT parks in all regions of the republic, as well as providing the industry with qualified personnel.
Keywords: Digital Uzbekistan and e-commerce, ICT, IT companies, Digital Tashkent, digital economy, cybersecurity, broadband Internet, Internet banking services.
KIRISH
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu masalalarning nihoyatda dolzarbligi tufayli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrda PF-6079-sonli "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni qabul qilinib, uning asosida bu yo'nalishlardagi barcha ishlar tizimli olib borilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integrasiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi "Raqamli Toshkent" kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu Farmon bilan sohaga ma'sul bo'lgan raqamli texnologiyalar vazirligining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha uchun ochiq bo'lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasini yaratish to'g'risidagi takliflari ma'qullangan bo'lib, unda:
a) mahalliy IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda ularning mahsulotlari va xizmatlarining yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularga o'z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda ko'maklashish;
b) davlat organlari va tashkilotlarida axborot tizimlari va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo'yicha to'g'risida ma'lumotlarni e'lon qilish; rejalashtirilayotgan loyihalar to'g'risida ma'lumotlarni e'lon qilish;
v) mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini hal qilish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida samarali va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish belgilab qo'yilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish bo'yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni takomillashtirish keltirib o'tilgan [2].
Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari tahlil qilingan [3].
Mamasoatov D.R. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati haqida batafsil yoritilgan [4].
Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish bo'yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni takomillashtirish jihatlari yoritilgan [5].
Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari keltirib o'tilgan [6].
Jahon bankining qishloq xo'jaligi bo'yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya mamlakatimizning agro oziq-ovqat mahsulotlari eksportidagi quyidagi masalalarga e'tiborini qaratadi [7].
METODOLOGIYA
O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borish jarayonlari bo'yicha mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni o'rganish qiyosiy solishtirish, statistik ma'lumotlarni o'rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, ma'lumotni guruxlash, analiz va sintez, usullaridan keng foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida belgilab qo'yilganidek, 2023-yildan boshlab, strategiya erishilgan natijalar va maqsadli ko'rsatkichlar (1-jadval) hamda tegishli davr uchun raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlanadigan ikkiilga mo'ljallangan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Strategiyaning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish ustidan tizimli nazoratni tashkil etilib, shuningdek,
Muvofiqlashtiruvchi komissiya yig'ilishlarida mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlarining raqamlashtirish sohasidagi faoliyatini tanqidiy ko'rib chiqish bo'yicha takliflar kiritib boriladi.
1-jadval
"Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasining ayrim maqsadli ko'rsatkichlari
T/r Ko'rsatkich nomi O'lchov birligi Joriy holati Yillar kesimidagi maqsadlar
2022 2025 2030
1 Respublika hududlarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog'i bilan qamrov darajasi foiz 67 74 85 100
2 Uy xo'jaliklarining keng polosali Internet jahon axborot tarmog'i bilan ta'minlanganlik darajasi foiz 67 74 85 100
3 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlariga nisbatan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ulushi foiz 34 60 70 90
4 Korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo'jalik yurituchi subyektlar ulushi foiz 20 40 65 100
5 Onlayn bank xizmatlari foydalanuvchilari soni (yuridik va jismoniy shaxslar) mln. nafar 10 15 15 20
Vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo'yicha quyidagi ustuvor vazifalari belgilab berilgan:
- axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etish nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o'z vaqtida amalga oshirish;
- elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko'rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, Internet tarmog'ida ochiq ma'lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo'yicha choralar ko'rish;
- idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek, elektron ma'lumotlar va hujjatlarni himoyasini ta'minlash.
O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borish jarayonlari so'nggi yillarda jadal rivojlanib, mamlakatning iqtisodiy sektori va jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, asosan, axborot
texnologiyalari (AT) va Internet aloqalarining kengayishi, raqamli xizmatlar va mahsulotlar bozorining o'sishi, shuningdek, davlat va xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlikning kuchayishi bilan bog'liq. O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini shakllantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bir necha asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
1. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning asosiy infratuzilmasi yaratish bo'yicha bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Yirik telekommunikatsiya kompaniyalari va internet provayderlari mamlakatda yuqori tezlikdagi internetni taqdim etishga harakat qilmoqda. Shuningdek, "Smart city" konsepsiyasi doirasida yirik shaharlar, jumladan, Toshkentda raqamli infratuzilma kengaytirilib, "aqlli" boshqaruv tizimlari, o nlayn xizmatlar va raqamli xizmatlar bilan ta'minlanmoqda.
2. Dasturiy ta'minot va startaplar. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida dasturiy ta'minot ishlab chiqarish va startap ekotizimining o'sishi katta ahamiyatga ega. O'zbekistonda yoshlar orasida IT sohasiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Buning natijasida turli dasturiy ta'minot va texnologik startaplar faoliyat ko'rsatmoqda. Dasturiy ta'minot ishlab chiqarish, masalan, mobil ilovalar va veb -servislar orqali iqtisodiyotni yanada raqamlashtirish imkoniyatlari yaratilmoqda.
3. Elektron tijorat. O'zbekistonda elektron tijorat (e-commerce) bo'yicha sezilarli o'sish kuzatilmoqda. Raqamli platformalar va internet-savdo tizimlari yordamida mahalliy va xorijiy tovarlar onlayn ravishda sotilmoqda. Shuningdek, banklar va moliya muassasalari tomonidan internet-bank xizmatlari va onlayn to'lov tizimlari taklif qilinmoqda, bu esa raqamli savdoning rivojlanishiga yordam bermoqda.
4. Raqamli ta'lim va malaka oshirish. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga mos ravishda ta'lim tizimida ham raqamli texnologiyalarni qo'llash bo'yicha o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Universitetlar va oliy o'quv yurtlarida informatika va raqamli texnologiyalar bo'yicha ta'lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, masofaviy ta'lim platformalari va onlayn kurslar orqali xodimlar va talabalar uchun raqamli malaka oshirish imkoniyatlari yaratilmoqda.
5. Davlat raqamli xizmatlar. Davlat tomonidan raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun bir qator huquqiy va tashkilotchilik islohotlari amalga oshirilmoqda. Masalan, davlat xizmatlari raqamlashtirilmoqda, "Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal" orqali aholiga onlayn tarzda xizmatlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, elektron hukumat tizimi yaratilib, davlat ma'lumotlar bazalari va raqamli arxitektura joriy qilinmoqda.
6. Kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan birga kiberxavfsizlik masalalari ham dolzarb bo'lib bormoqda. O'zbekistonda kiberxavfsizlikni ta'minlash uchun maxsus tashkilotlar va qonunlar
ishlab chiqilmoqda. Ma'lumotlarni himoya qilish, shuningdek, foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini xavfsiz saqlash masalalari ustuvor vazifalardan biridir.
7. Yangi texnologiyalarni qo'llash. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotga sun'iy intellekt (AI), blokcheyn texnologiyalari va "Internet of Things" (IoT) kabi yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonlari ham amalga oshirilmoqda. Bu texnologiyalarni turli sohalarda, jumladan, qishloq xo'jaligi, sanoat, transport va sog'liqni saqlashda qo'llash rejalashtirilgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi davom etayotgan bir jarayon bo'lib, bu jarayon davlat va xususiy sektor hamkorligi, yangi texnologiyalarga sarmoya kiritish, infratuzilma rivojlanishi va ta'lim sohasidagi o'zgarishlar orqali amalga oshirilmoqda. O'zbekiston raqamli iqtisodiyotga o'tishda o'ziga xos imkoniyatlar yaratish va mavjud muammolarni hal etish uchun izchil ishlarni amalga oshirmoqda.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan birga O'zbekistonda elektron tijorat (e-commerce) va startap ekotizimi faol ravishda rivojlanmoqda. Xususan, mahalliy ecommerce platformalari, masalan, Oson, ZoodMall, Ucell Online Store kabi elektron savdo tarmoqlari orqali odamlar turli tovarlar va xizmatlarni onlayn ravishda sotib olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, startaplarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli dasturlar, akseleratorlar va inkubatorlar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, onlayn to'lov tizimlari va elektron pul o'tkazmalarining joriy etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Banklar va boshqa moliya muassasalari raqamli bank xizmatlarini, onlayn kreditlash va to'lov tizimlarini taklif qilish mumkin. Shuningdek, O'zbekistonda davlat xizmatlari sektori raqamlashtirilmoqda. "Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali" orqali aholiga davlat xizmatlari onlayn tarzda taqdim etilmoqda. Bu platforma fuqarolar uchun vaqt va xarajatlarni tejash imkonini yaratadi, shuningdek, davlat xizmatlari taqdimotining samaradorligini oshiradi. Raqamli xizmatlar tizimi doirasida elektron soliqlar, onlayn viza va pasport xizmatlari, shuningdek, elektron mahkama va sud tizimi kabi yangiliklar joriy etilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston-2030" 2020-yil 5-oktyabrda PF-6079 sonli farmoni.
2. Mamasoatov D.R. "Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish bo'yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni takomillashtirish" Iqtisodiyot va ta'lim 24 (5), 394-399 2023 y.
3. Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari. Science and innovative development jurnali 5 (3), 122-133 2022 y.
4. Mamasoatov D.R. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati. In Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 731-734). 2023, November.
5. Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish bo'yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni takomillashtirish. Iqtisodiyot va ta'lim, 24 (5), 394-399. (2023).
6. Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari. Science and innovative development jurnali 5 (3), 122-133 2022 y.
7. Sergiy Zorya Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasida qishloq xo'jalik muammolari bo'yicha yetakchi iqtisodchisi.
8. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati -Toshkent 2010.
9. www.undp.org/facs/publications/working-power-multi-stakeholder-processes
10. Alibaba.com
11. EBay.com
12. Bigcommerce.com, Shopify.com