Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH CHORA TADBIRLARI VA AMALGA OSHIRILISH YO’LLARI'

O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH CHORA TADBIRLARI VA AMALGA OSHIRILISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
klaster / texnologiya / metodika / ishlab chiqarish / samaradorlik / qishloq xo'jaligi / imkoniyat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turdiyeva Muqaddas Umarovna

Ushbu maqolada ―Klaster tushunchasi va mohiyati, texnologiyasi va ularning metodikasi, ishlab chiqarish jarayonida samaradorlik jihatlari, qishloq xo'jaligida yangi imkoniyat va samaradorlik omili ilmiy-tajribaviy jihatlari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH CHORA TADBIRLARI VA AMALGA OSHIRILISH YO’LLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH CHORA TADBIRLARI VA AMALGA OSHIRILISH YO'LLARI

Turdiyeva Muqaddas Umarovna

BuxDu katta o'qituvchisi PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11421506

Annotatsiya. Ushbu maqolada —Klaster tushunchasi va mohiyati, texnologiyasi va ularning metodikasi, ishlab chiqarish jarayonida samaradorlik jihatlari, qishloq xo'jaligidayangi imkoniyat va samaradorlik omili ilmiy-tajribaviy jihatlari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: klaster, texnologiya, metodika, ishlab chiqarish, samaradorlik, qishloq xojaligi, imkoniyat.

Аннотация. В данной статье показаны понятие и сущность кластера, технологии и их методология, аспекты эффективности производственного процесса, научные и экспериментальные аспекты новых возможностей и факторов эффективности в сельском хозяйстве.

Ключевые слова: кластер, технология, методология, производство, эффективность, сельское хозяйство, возможности.

Abstract. This article shows the concept and essence of cluster, technology and their methodology, aspects of efficiency in the production process, scientific and experimental aspects of a new opportunity and efficiency factor in agriculture.

Keywords: cluster, technology, methodology, production, efficiency, agriculture, opportunity.

KIRISH. So'nggi yillarda mamlakatimiz har bir sohada ilg'or o'zgarishlarga zamonaviy texnika texnologiyalar bilan boyitilib borilmoqda, xususan, olganda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan olib borilayotga qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar ham bundan mustasno emas. Xususan olganda, har bir viloyatlarimizda qishloq xo'jaligi tizimida juda katta o'zgarishlar bo'lib o'tmoqda, bunga misol tariqasida mamlakatimiz milliy boyligi bo'lmish paxta yetishtirishni oladigan bo'lsak, oldin paxta tolasi chet davlatlarga eksport qilardik undan biz faqatgina xom ashyo sifatida foydalana olardik xolos. Bugungi kungi kelib yurtboshimiz tashabbuslari bilan paxta dalalari yer maydonlari qisqartirilib bularning o'rniga qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish aynan intensiv bog'larni shakllantirish sabzovotlar yetishtirishni kengaytirish va aynan jannatmakon o'lkamiz mevalarini poliz ekinlarini chetga eksport qilib ichki bozorimizni o'zimizning tayyor mahsulotlarimiz bilan to'yintirish loyihalari amalga oshirilmoqda. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan integratsiya jarayoni uning globallashuviga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Bu bir tomondan qo'shimcha qiymat yaratishning transmilliy «zanjirini» ko'zda tutgan holda, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish sohasida ham raqobatni kuchaytirmoqda. Globallashish asosida logistika va tovarlar hamda xizmatlar sifatini ham standartlashtirishni ta'minlovchi umumjahon kommunikatsiya tizimi ham rivojlanib bormoqda. Qolaversa, aholi soni muttasil oshib borishi ish bilan ta'minlash, aholiga qulay faoliyat jarayonini yaratishni taqozo etayotir. Integratsiyalashuvning kichik darajasi mamlakatlar iqtisodiyotida yangi xo'jalik yuritish tizimini shakllantirish yo'li hisoblanib, o'zaro pirovard mahsulot ishlab chiqaradigan va geografik yaqin bo'lgan korxona va tashkilotlarni o'z ichiga olgan «Klaster»lar yaratishdan iboratdir.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Klasterlarni shakllantirishdan asosiy maqsad — shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo'lgan ta'lim, ilmiy, injenering, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg'unlashtirish — innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo'naltirishdan iboratdir.

O'zbekistonda ham mamlakat va j amiyatning mukammal innovatsion qiyofasini yaratishda klaster usulidan foydalanishga katta e'tibor qaratilyapti. Bunga agrar sohadagi sa'y-harakatlar yaqqol misol bo'la oladi. Ayni paytda paxta-to'qimachilik klasterlari soni ko'payib borayotgani, kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi to'liq klaster tizimiga o'tishi, yangi tuzilayotgan klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor. O'zbekiston sharoitida agroklasterlarni rivojlantirish eng to'g'ri yo'ldir. Chunki qishloq xo'jaligi uchun noqulay kelgan yillarda ham klasterning boshqa tashkilotlari hisobidan umumiy ish o'rni va ish haqi saqlab qolinadi. Ya'ni tabiat injiqligining biznesga, ishlovchilar daromadiga ta'siri kamayadi. Almashlab ekish imkoniyati paydo bo'ladi va tuproq unumdorligi qayta tiklanadi. O'zbekiston Prezidentining 2017 yil 19 maydagi Buxoro viloyatida zamonaviy paxtato'qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori asosida tuzilgan "VST Cluster" xorijiy korxonamiz ham shunday mezonlar bo'yicha faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur klaster tizimida jami sakkizta kompaniya faoliyati yo'lga qo'yiladi. O'zbekiston paxta-to'qimachilik sohasida klaster tizimini tanlab juda to'g'ri qildi. Masalan, Turkiya 20 — 25 yil ichida jahon to'qimachilik bozoridan o'zining mustahkam o'rnini egallashga erishdi. Mamlakatingiz esa klaster sharofati bilan bunday natijaga kelgusi ikki-uch yilda muvaffaq bo'ladi, deb o'ylayman. Sababi yurtingizda kechayotgan jadal o'zgarishlar, ayniqsa, har bir hududning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqib klaster sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor shunday deyishimga asos bo'ladi. Davlatimiz rahbari dunyoning ilg'or mamlakatlari qatoridan joy olish yo'li, bu — agrar sohada, ilm-fanda, ta'lim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimlari joriy etilishi hisoblanishini ko'p bor ta'kidlab kelyapti. Yengil sanoat, neft-gaz, kimyo, biotexnologiya, AKT, avtomobilsozlik, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, ta'lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik shular jumlasidandir. Mazkur sohalarda klaster tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko'paytiradi, sifatini yaxshilaydi. Investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

2016 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy e'tibor qaratildi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashda amalga oshirildi. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar kuch-g'ayratini birlashtirishni ko'zda tutdi. Aynan olganda mamlakatimiz bo'ylab barcha viloyatlarda qishloq xo'jaligini rivojlantirish chora tadbirlari ilgari surildi. Buning natijasida esa mamlakatimizda qo'shimcha ish o'rinlari yaratildi va aholi orasida o'z tomarqasidan samarali foydalanish imkoniyatlari va yil davomida oilaviy biznesni yo'lga qo'yish orqali o'z oilasiga yuqori daromad olib keladigan oilalar soni ortdi.

Klaster «Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar» shaklida tashkil etilmoqda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo'lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o'quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o'rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari — texnopolislar shaklida tashkil etiladi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Bundan tashqari, klaster tizimida ta'lim ishlanmalarini yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o'tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko'proq rag'batlantirish, yangi tovarlarni O'zbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar va sharoit paydo bo'ladi. Klasterlarni shakllantirishdan maqsad shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo'lgan ta'lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg'unlashtirish - innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo'naltirishdan iborat. Bunda aholini ish bilan ta'minlashdek muhim jihat ham o'zini namoyon etadi. O'zbekistonda paxta-to'qimachilik sanoatida klaster tizimini joriy qilish tashabbusi mamlakat qishloq xo'jaligini yaxlit bir tizim asosida rivojlantirish uchun muhim omil bo'ldi. Eng muhimi bu tizim asosida mamlakatimizning qishloq xo'jaligi sohasida mehnat qilayotgan olimlar birlashdi. Davlatimiz rahbarining "Eng muhim vazifa - xalqimiz ongida innovatsion tafakkurni shakllantirish, innovatsiyalar bo'lmagan joyda rivojlanish va raqobat bo'lmaydi" degan g'oyaviy fikri zamirida katta hayotiy ma'no mujassam. Shu ma'noda, qishloq xo'jaligi tizimida milliy boyligimiz hisoblangan paxta-to'qimachilik klasterida qo'llanilayotgan innovatsion g'oyalar nafaqat yengil sanoatni, balki o'z yo'lida qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish kabi o'nlab tarmoqlarni ham qamrab oladi.

Texnoparklar ikkita asosiy komponentlar: ishlab chiqarish sanoatning ilg'or sohasidagi korxonalar va mutaxassislar (universitet, institut, ilmiy-tadqiqot instituti, laboratoriyalarning kuchli guruhlari) dan tarkib topadi va ularning faoliyati raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga yo'naltiriladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, barcha sohalarda klaster tizimini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darhaqiqat, neft, gaz, ximiya, biotexnologiya, farmatsevtika, informatika, avtoqurilish, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, ta'lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va boshqa sohalarda klaster tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko'paytiradi, sifatini yaxshilaydi, ilmiy tadqiqot ishlarining texnik ta'minoti darajasini yuksaltiradi, investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Bundan tashqari, klaster tizimida ta'lim ishlanmalari yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o'tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko'proq rag'batlantirish, yangi tovarlarni O'zbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar va sharoit paydo bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning shunday so'zlari bor: Paxta xom ashyosi kim uchun kerak davlat uchunmi yoki tekstil fabrikalari uchun, albatta uni xom-ashyo materiallari sifatida ishlatadigan fabrikalar uchun, yana shuni qo'shimcha qilish lozimki unga bog'langan trikotaj va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun juda zarurdir. Shuning uchun paxta kimlarga kerak bo'lsa o'shalar paxtachilik bilan shug'ullansin. Mana bu yil mamlakat majburiy mehnatga jalb qilishdan holi hududga aylangandan keyin Xalqaro Tashkilotlar tomonidan paxtamizga qo'yilgan boykot olib tashlangangandan keyin paxtamizga jahon bozorida talab sezilarni darajada oshdi. Bundan eng asosiysi paxta yetishtiruvchi fermer xo'jaligi rahbarining quvonchlari cheksiz edi. (PF-14-son, 16.11.2021 y.) Klaster tushunchasi amerikalik olim M. Porter tomonidan "Mamlakatlarning raqobat ustunliklari" (1990) nomli fundamental asarida ilmiy atama sifatida kiritilgan. Bu tushuncha Amerika va Yevropa koorporatsiyalarining muvaffaqiyatli faoliyati haqidagi ma'lumotlarni tizimli o=rganish asosida vujudga keldi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Mamlakatimizda aynan, qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun o'ta muhim bo'lgan ko'plab davlat dasturlari har doim mablag' bilan to'liq ta'minlanmay kelgan. Mazkur dasturlarga qishloq xo'jaligining amaliy tadqiqotlari, bilimlarni tarqatish, qishloq xo'jalik fanlaridan ta'lim olish, tuproq unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi tizimini rivojlantirish, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatiga ko'maklashish (qishloq xo'jaligi kooperativlari, klasterlar, samarali sherikchilik munosabatlari), statistik va bozor ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilish, bozor infratuzilmasi va agrologistikasini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, siyosatni tahlil qilish, xodimlar malakasini har qanday darajaga oshirish va monitoring qilish kabilar kiradi. Kelgusida ushbu dasturlar davlat mablag'larining katta miqdorini talab etishi mumkin.

REFERENCES

1. Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to=g=risidagi Prezident Farmoni (PF-14-son, 16.11.2021 y.)

2. Vazirlar Mahkamasi 04.12.2021 yildagi —Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 733-son qarori https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/pahta tuqimachilik_klasterlari_faoliyatini_tashkil_etish_tartibi_tasdiqlandi

3. "Paxta-to'qimachilik klasteri - iqtisodiy taraqqiyot lakomativ kitobi CottonTextile Cluster -locomotive of the economic development: The cluster system is an important factor in the transition to market principles Paperback - March 4, 2021 de Gruyter, pp. 190-213.

4. Igamova, S. (2021). The Role Of The State In The Innovative Development Of Industrial Enterprises. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 8(8).

5. Turdiyeva, M. (2020). QISHLOQ XO'JALIGIDA IXTISOSLASHGAN KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH: TAJRIBALAR NATIJALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

6. Umarovna, T. M. (2024). Factors of Implementation of Incentives in Ensuring the Efficiency of Innovative Activity. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(3), 808-811.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.