«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
AGROKLASTERLARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Berdiyev Abdumalik Hakimovich
Iqtisodiyot fakulteti dekani, i.f.n., dotsent, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11421531
Аннотация. Мамлакатимизда щтисодиётни эркинлаштириш, фан ва техниканинг ривожланиши натижасида барча со%алар каби аграр со%ада %ам туб узгаришлар содир булмоцда. Бу со%ани ривожлантиришга эса давлат ва жамият олдидаги му%им устувор вазифа сифатида царалмоцда. Бунга асосий сабаб, аграр со%а мамлакат озиц-овцат муаммоларини %ал этиш билан бирга озиц-овцат саноати корхоналарини хом-ашё билан таъминлайдиган асосий тармоц %исобланади.
Республикамизда халцаро амалиётда синалган, ицтисодиётни ривожлантириш ва барцарорлигини таъминлашда му%им а%амият касб этадиган кластер тизимини жорий этиш, бозор муносабатлари ва тажрибаларини %аётга тадбиц этишга катта эътибор берилмоцда.
Калит сузлар: агрокластер, бозор муносабатлари, аграр со%а, агросаноатда самарадорлик, ишлаб чицариш, хизмат курсатиш, барцарорлик, рацобатбардош ма%сулот, самарадорлик, ицтисодий самарадорлик.
Аннотация. В результате либерализации экономики и развития науки и техники в нашей стране в аграрном секторе, как и во всех других отраслях, происходят фундаментальные изменения. Развитие этой сферы рассматривается как важный приоритет государства и общества. Основная причина этого в том, что аграрный сектор является основным сектором, решающим продовольственные проблемы страны и снабжающим предприятия пищевой промышленности сырьем.
В нашей республике большое внимание уделяется внедрению проверенной в мировой практике кластерной системы, имеющей большое значение в развитии и стабильности экономики, реализации рыночных отношений и опыта.
Ключевые слова: агрокластер, рыночные отношения, аграрный сектор, эффективность в АПК, производство, услуга, стабильность, конкурентоспособный продукт, эффективность, экономическая эффективность.
So'nggi yillarda Respublikamizda xalqaro amaliyotda sinalgan, iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan klaster tizimini joriy etish, bozor munosabatlari va tajribalarini hayotga tadbiq etishga katta e'tibor berilmoqda.
Bu esa iqtisodiyotni rivojlantirishni, balki mamlakatning eksport salohiyatini oshishini va raqobaatbardosh sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
Bu borada, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 12-dekabrdagi yig'ilishida ushbu sohani rivojlantirish zarurligi va uning muhimligini ta'kidlab "Klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo'jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bog'liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning "lokomativi" bo'lishi kerak" deb qishloq xo'jaligida klaster tizimini rivojlantirish bugungi kunning ustuvor yo'nalishi ekanligini e'tirof etildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilingan klaster tizimi agrosanaot intergatsiyasining rivojlanishiga va to'qimachilik sanoati rivojida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
Jahonda xomashyo emas, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyot yetakchilik qilayotgani hisobga olinib joriy etilayotgan bu usulni hayotga tatbiq etish uchun mamlakatimizda imkoniyatlar yetarli. Ayni paytda tashkil etilayotgan korxonalar uchun yer ajratish, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishning ilmiy-texnik innovatsion masalalari hal etilmoqda. Eng muhimi, avvalo ishlab chiqarish samaradorligiga erishishda yer unumdorligini oshirish, g'o'za parvarishida agrotexnik, biokimyoviy ishlovlarga ilmiy-amaliy yondashuv asosida tashkil etilishi muhimdir.
O'zbekiston respublikasida klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi "Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to'qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2978-son Qarori asosida Buxoro viloyatida "VST cluster" MChJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi "Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to'qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3279-son Qarori asosida "Bek cluster" MChJ QK paxta-to'qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi yaxshi natija ko'rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo'ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda respublikada paxta-to'qimachilik, g'allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat olib bormoqda.
So'nggi yillarda barcha sohalar kabi qishloq xo'jaligida ham ulkan rejalar belgilab olindi. Ushbu sohada rivojlanishni ta'minlash aholining to'g'ridan-to'g'ri oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, sanoat korxonalarini xom-ashyo bilan ta'minlash va ularni bir me'yorda ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun kelgusi besh yilda agrar soha sub'ektlari oldida hosildorlikni kamida 2 barobar ko'tarish, xom-ashyoni chuqur qayta ishlash, soha eksportini 7 milliard dollarga yetkazish, aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish asosiy maqsad qilib qo'yildi.
Bunda klasterlar asosiy drayver ishlab chiqaruvchilar sifatida tayanch va yetakchi xo'jalik yurituvchi sub'ekt sifatida ustuvorlik berilmoqda. Bu tizim qisqa vaqtda katta o'zgarishlarga zamin yaratdi. Masalan, birgina paxtachilikda tolani qayta ishlash 2,5 barobarga oshib, 100 foizga yetkazildi. Shuningdek, ip-kalava ishlab chiqarish 2 barobarga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish 3 barobarga ortdi, eksport 2022-yil yakuniga qadar 3 milliard dollarga yetadi.
Paxta xom-ashyosidan tayyor mahsulotgacha bo'lgan bosqichlarni qamrab olgan 2 milliard dollarlik 125 ta yangi korxona hamda 150 mingta doimiy ish o'rni tashkil qilindi.
Klasterlar tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli texnikalar olib kelindi, 126 ming gektar maydonda suv tejash texnologiyalari joriy qilindi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish natijasida hosildorlik ham oshib bormoqda. Ko'pgina klasterlar 2022-yil paxtadan olingan hosildorlik darajasi 1 gektardan 35-40 sentnergacha hosil olishga erishdi.
Bu natijalardan kelib chiqib, mamlakatimizda qishloq xo'jaligi va agrosanoatda samaradorlikni oshirish uchun klasterlarga barcha imkoniyatlar kengaytirilib, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Jumladan, bu tizimni joriy etishga budjetdan 10 trillion so'm mablag' yo'naltirilganligi, tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, sug'orishning yangi texnologiyalariga o'tish, o'simliklar himoyasi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, fermerlarni o'qitish kabi tadbirlar uchun har bir gektar paxta maydoniga 1 million so'mdan moliyaviy grantlar ajratilganligi, klasterlar tomonidan ip-kalavani qayta ishlash darajasini kelgusi ikki yilda hozirgi 50 foizdan 70 foizga yetkazish, matoni bo'yash va aralash mato ishlab chiqaradigan uskunalar xaridi uchun, korxona quvvatiga qarab, davlat hisobidan moliyaviy grantlar ajartilib, bunday loyihalarni kreditlash uchun yana 150 million dollar mablag' ajratilmoqda.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
Bundan tashqari respublikamizda g'allachilik, meva-sabzaavotchilik, chorvachilik va boshqa turdagi klasterlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsaddida ham bir qancha iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, g'alla yetishtirish va sotishda bozor munosabatlariga o'tilishi nazarda tutilgan bo'lib, g'allachilik klasterlari va fermerlarga bug'doyni bozor narxida to'liq erkin sotish huquqi berilishi, meva-sabzavotchilik klasterlariga aylanma mablag' uchun, jamg'arma hisobidan 1 yil muddatga 10 foizdan kredit resurslari ajratilishi, meva-sabzavot hosilini iqlim xavfidan sug'urtalash bo'yicha sug'urta kompaniyalari o'rtasida tanlov o'tkazilib, eksport shartnomasi bo'lgan klaster va fermerlarga sug'urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ham ushbu tizimni rivojlantirishga e'tibor berilayotganligidan dalolatdir.
Qishloq xo'jaligida meva-sabzavotchilik klasterlari va qayta ishlash korxonalarini infratuzilma bilan ta'minlash, davlat-xususiy sheriklik asosida agrologistika markazlari barpo etlmoqda. Bu borada fermer va klasterlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, kelgusi yildan boshlab, texnika sotib olish bo'yicha kreditlarning 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan qoplab berilishi belgilandi.
Shuningdek, import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to'lovlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi. Buning natijasida klaster va fermerlar texnikani 35 foizgacha arzon xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Amalga oshirilgan ishlar va iqtisodiy islohotlarning izchillik bilan olib borilishi natijasida, Respublikammiz bo'yicha 463 ta klasterlar tashkil etilgan bo'lib, ularga biriktirilgan yer maydoni 2210,4 ming gektarni, shundan klasterlarda 282,1 ming gektar, 75283 ta fermer xo'jaligida 1931,0 ming gektar yer maydoni ajratilgan.
Meva-sabzavotchilik klasterlari soni 245 tani tashkil etgan bo'lib, biriktirilgan yer maydoni 179,2 ming gektarni tashkil qiladi.
Respublikamiz janubiy hududida joylashgan Qashqadaryo viloyatida ham agroklasterlar faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Viloyat respubilikamizda qishloq xo'jaligi mahsulotlaari ishlab chiqaruvchi yirik hududlardan biri bo'lib, paxta-to'qimachilik, g'allachilik, meva-sabzavotchilik, chorvachilik va boshqa sohalarda agroklasterlarni tashkil etish va ularni faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga ham katta e 'tibor qaratilmoqda. Birgina paxta- to'qimachilik agrokalsterlari faoliyatini tahlil qiladigan bo'lsak, viloyatda 2023-yilda 18 ta paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyat ko'rsatib, ularga ajratilgan yer maydon 136036 gektarni tashkil qiladi.
1-Jadval
Qashqadaryo viloyatida 2023-yilda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari bo'yicha ma'lumot
Hudud nomi Klasterlar soni 2023 yil paxta maydoni, ga
Respublika bo'yicha: 134 1 034 223
Qashqadaryo viloyati 18 136 036
G'uzor "Kitobipyigiruv" MChJ 6 500
Qarshi «Qarshi agroklaster» MChJ 6 885
Qarshi «Claster Hilol» MChJ 3 136
Qarshi «Beshkent Agrocluster» MChJ 4 979
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
Koson
Koson
Mirishkor
Mirishkor
Mirishkor
Muborak
Muborak
Muborak
Kasbi
Kasbi
Kasbi
Kasbi
Nishon
Chiroqchi
Qamashi
Qamashi
Shaxrisabz.sh
Shaxrisabz
Yakkabog'
«Koson baxt tekstel» MChJ
'Bunyodkor" MChJ
«Litai textile Overseas» MChJ XK
«Orginal cotton Mirishkor» MChJ XK
«Mirishkor tekstil group klaster» MChJ
«EMG INTER INVESTMENT» MChJ XK (MT»Amir Tex»)
«Shodlik» XK
«Semurg Agro-Tex» MChJ
«Nahshab tex group» MCHJ
«Cluster Hilol» MChJ
'Kitobipyigiruv" MChJ
'Indorama Agro" MChJ
«Chiroqchi Klaster» MChJ
«Oqsaroy tekstil» MChJ
«Qamashi Textile» MChJ
«Oqsaroy klaster» MChJ
14 195
7 505
7 527
2 565
9 058
5 100
2 000
2 000
3 346
2 000
2 000
11 140
17 300
8 200
5 165
3 835
200
4 100
7 300
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyalash va unda munosib o'rin egallashga qaratilgan. Buning uchun ikkita asosiy shart: birinchidan, islohotlar jahon iqtisodiy hamjamiyatida hukmronlik qilayotgan tamoyil va mexanizmlarga asoslanishi; ikkinchidan, islohotlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotining oldingi rivojlanish xususiyatlari va hozirgi holati, milliy madaniyat va aholining xulq-atvor xususiyatlari, o'zgarishlar davrining davomiyligi hamda mamlakat taraqqiyotini shakllantiruvchi boshqa omillar va shart-sharoitlar hisobga olinishi kerak.
Shunday ekan, klaster siyosatini qo'llab-quvvatlash bu mamalkatimizning asosiy ustuvor vazifalardan biri-aholi bandligini ta'minlash bo'lib, tashkil etilayotgan agrokalsterlarda ushbu masalga alohida e'tibor berilayotganligini ta'kidlash lozim. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida so'nggi besh yilda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida agrokalsterlar faoliyatini yo'lga qo'yish natijasida 7872 nafar ishchilarning bandligi ta'minlandi. Buni viloyatda faoliyat ko'rsatib kelayotgan klasterlarning hududlar bo'yicha 2-jadval ma'lumotlardan ham yaqqol ko'rinib turibdi.
2-jadval
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlarida band bo'lgan ishchilar soni to'g'risida ma'lumot
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
№ Klasterlar nomi Ishchilar soni, (kishi hisobida
2021 2022 2023
JAMI 7 212 8 159 7 872
1 "Kitobipyigiruv" MChJ 521 225 103
2 "Qarshi agroklaster" MChJ 469 871 318
3 "CLUSTER KHILAL" MChJ 262 264 150
4 "Beshkent agro Klaster" MChJ 26 42 42
5 "Naxshab Tex Group" MChJ 14 39 127
6 "INDORAMA AGRO" MChJ X/K 349 1 514 2 051
7 "Koson Baxt tekstil" MChJ 247 332 502
8 "Bunyodkor" MChJ 540 674 706
9 "Qamashi tekstil" MChJ 479 213 258
10 "Oqsaroy tekstil"MChJ 1 824 1 824 1 756
11 "Mirishkor tekstil group klaster" MChJ 596 543 370
12 Original Kotton Mirishkor 266 236 107
13 Sulton Golden Tex MChJ - 11 88
14 "Mirishkor Ratex Tekstil" MChJ 1 1 35
15 "EMG Inter Investment" MChJ 340 300 230
16 "Semrug Agro-Tex" M.Ch.J 1 16 49
17 'Shodlik paxta don Klasteri'' MCHJ - 11 88
18 Chirokchi klaster MChJ 654 374 283
19 "Oqsaroy klaster" MChJ 623 669 609
Xy^oca:
Bizning fikrimizcha kelajakda bu tizimga qishloq xo'jaligining asosiy muhim ustuvor yo'nalishi sifatida qaralishi lozim deb hisoblaymiz. Shu bilan birga agroklasterlar ham davlat va xalq manfaaatlarini hisobga olgan holda quyidagi amalga oshirish lozim:
• Mahsulot yetishtirishda zamonaviy innovatsiya texnologiyalarni jalb qilish orqali agrotexnik tadbirlarni yangilash, hosildorlikni bir necha barobar oshirish, aholi banligini ta'minlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish.
• Mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotlarni eksportga yo'naltirish.
• Kam xarajat qilib, yuqori daromad olish. Mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash va qo'llab quvvaatlash tiziminai yaratish.
• Mahsulot yetishtiruvchilar moddiy-texnik bazasini yaxshilash va zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari va uskunalari bilan boyitish. Infratuzilma obektlarini takomillashtirish va xizmatlar samaradorligini oshirishdan iborat.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, klasterlar zamonaviy iqtisodiyotdagi raqobatbardosh munosabatlarning yangi shakli bo'lib, mamlakatning butun iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xususan, maamalaktimizda so'nggi yillarda bu yo'nalishda katta qadam tashladi, ammo shuni hisobga olish kerakki, mamlakatimizning klaster siyosati mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
REFERENCES
1. Ш.М.Мирзиёевнинг "^ишлок хужалигида эркин бозор муносабаатларини янаадаа ривожлантириш чора-тадбирлари" багишланган йигилиш материаллари. 2023 йил 12 декабрь.
2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 19-майдаги "Бухоро вилоятида замонавий пахтачилик-тукимачилик кластерини ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида"ги П^-2978-сон ^арори.
3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 15-сентябрдаги "Сирдарё вилоятида замонавий пахтачилик-тукимачилик кластерини барпо этиш чора-тадбирлари тугрисида"ги П^-3279-сон ^арори.
4. Hakimovich, B. A., & Khudayberdiyevna, D. M. (2020). Advantages of introducing agrocluster in agriculture. International Journal on Orange Technologies, 2(11), 37-40.
5. Бердиев, А. Х., & Расулов, Х. К. (2020). Современный экономический механизм развития сельского хозяйства. Вестник науки и образования, (5-1 (83)), 41-45.
6. А.Х. Бердиев Перспективы деятельности кластера в сельскохозяйственной сфере: проблемы и решенияЭлектронное научно-практическое периодическое издание. «Экономика и социум». № 12 (115). декабр 2023.