Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
PAXTACHILIK KLASTERI - QISHLOQ XO'JALIGIDA YANGI IMKONIYAT VA SAMARADORLIK OMILI
Farhod Bagibekovich Xalimbetov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti assistent-o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Klaster" tushunchasi va uning mohiyati, texnologiyasi va ularning metodikasi, ishlab chiqarish jarayonida samaradorlik jihatlari, qishloq xojaligida yangi imkoniyat va samaradorlik omili ilmiy-tajribaviy jihatlari ko 'rsatilgan.
Kalit so'zlar: klaster, texnologiya, metodika, ishlab chiqarish, samaradorlik, qishloq xo'jaligi, imkoniyat.
АННОТАЦИЯ
В данной статье показаны понятие и сущность «кластера», технологии и их методология, аспекты эффективности в производственном процессе, научно-экспериментальные аспекты новой возможности и фактора эффективности в сельском хозяйстве.
Ключевые слова: кластер, технология, методология, производство, эффективность, сельское хозяйство, возможность.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta'minlash, jumladan qishloq xo'jaligida erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish maqsadida:
Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Klaster elga manfaat keltiradi, odamlarni ish bilan, daromad bilan ta'minlaydi. Eng katta maqsadimiz mana shu" dedilar.
Umuman, klaster paxta xom ashyosi yetishtirish, uni qayta ishlab, tayyor mahsulotlargacha bo'lgan 8 ta loyihani o'z
737
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ichiga oladi. Kalava ip va mato ishlab chiqarish, ularni bo'yash, tayyor kiyim tikish fabrikalari qurilishi davom etmoqda. Shuningdek, yog'-moy zavodi tashkil etish rejalashtirilgan. Yana bir jihati: shuncha paxta tola sifatida sotilgandan qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida sotilganda qariyb 5 barobar ko'p qo'shimcha qiymat yaratilgan bo'lardi. Mana, klasterlar qanday bo'lishi kerak. Tadbirkorda manfaatdorlik hissi, yangicha dunyoqarash bo'lsa, albatta natija qiladi. Iqtisodiyot ishlasa, ijtimoiy sohalarni ham "tortadi". Klaster elga manfaat keltiradi, odamlarni ish bilan, daromad bilan ta'minlaydi. Eng katta maqsadimiz mana shu, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, "O'zpaxtasanoat" AJ, O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2020-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish to'g'risidagi taklifiga rozilik berildi. Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi
munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xo'jaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning o'zaro munosabatlarini tartibga solish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechildi. Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar (fermer x o'jaliklari, paxta-to'qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan g'o'za navlarini erkin joylashtirish huquqi berildi. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urug'lik bilan ta'minlash maqsadida sertfikatlangan urug'lik yetkazib berish tizimi saqlab qolindi hamda bosqichma-bosqich Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Urug'chilikni rivojlantirish markazi" tarkibidagi urug'chilik klasterlari hamda paxta-to'qimachilik klasterlari zimmasiga yuklatildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning shunday so'zlari bor: Paxta xom ashyosi kim uchun kerak davlat uchunmi yoki tekstil fabrikalari uchun, albatta uni xom-ashyo materiallari sifatida ishlatadigan fabrikalar uchun, yana shuni qo'shimcha qilish lozimki unga bog'langan trikotaj va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun juda zarurdir. Shuning uchun paxta kimlarga kerak bo'lsa o'shalar paxtachilik bilan shug'ullansin. Mana bu yil mamlakat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
majburiy mehnatga jalb qilishdan holi hududga aylangandan keyin Xalqaro Tashkilotlar tomonidan paxtamizga qo'yilgan boykot olib tashlangangandan keyin paxtamizga jahon bozorida talab sezilarni darajada oshdi. Bundan eng asosiysi paxta yetishtiruvchi fermer xo'jaligi rahbarining quvonchlari cheksiz edi. (PF-14-son, 16.11.2021 y.)
Klaster tushunchasi amerikalik olim M. Porter tomonidan "Mamlakatlarning raqobat ustunliklari" (1990) nomli fundamental asarida ilmiy atama sifatida kiritilgan. Bu tushuncha Amerika va Yevropa koorporatsiyalarining muvaffaqiyatli faoliyati haqidagi ma'lumotlarni tizimli o'rganish asosida vujudga keldi. [C. 51]
Klaster-muayyan faoliyat sohasidagi geografik jihatdan o'zaro yaqin bog'langan kompaniyalar va tegishli muassasalar guruhi bo'lib, umumiylik va o'zaro bir-birini to'ldiruvchanlik bilan xarakterlanadi. Klaster odatda mavjud mehnat hududlarida, aloqa, va logistikada shakllanadi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, klasterdagi ishlab chiqarish hajmlarining o'sish sur'ati sanoat o'rtacha ko'rsatkichidan ancha yuqori. Shu sababli klasterlarni umuman iqtisodiyotning o'sish nuqtalari deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Mamlakatda klasterlarning mavjudligi xalq xo'jaligi samaradorligiga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Muayyan mamlakatda klasterlar qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning iqtisodiyotining raqobatbardoshlik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi va natijada aholi turmush darajasi yuqori bo'ladi.
Klaster - bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo'lgan korxonalar guruhi ekan, demak bu jarayonda huquqiy asos mustahkam bo'lishi ayni muddao. Vaholanki, har qanday islohot joriy etish, amalga oshirish, natijadorlik va oqibat jarayonlarini o'zida mujassam etadi. Soddaroq qilib aytganda, islohotlar samarasi uni harakatlantiruvchi huquqiy formulaga asoslanadi. (V. M 04.12.2021 733-son qarori)
Qishloq xo'jaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayondagi ko'p bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha ma'lumot berildi. Natijaning qanday bo'lganligi ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ma'lumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini e'tirof etishimiz mumkin.
Qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan oshib bormoqda.
Zamonaviy klasterlik faoliyati bu raqobatbardosh samarali iqtisodiyotning shakllantirilishi, zamonaviy iqtisodiy vositachisi, u yaratilgan mahsulotlarning iste'molchilarga yetib borishini, ishlab chiqarish hajmining o'sishini, sog'lom ishlab chiqarish munosabatlari hamda samaradorlikni ta'minlovchi tuzilmadir. Ushbu yutuqlarga erishishning bosh mezoni kaster faoliyatini jahon tajribalariga tayanib, mavjud hududiy hamda tashqi ilmiy salohiyatdan foydalanishdadir.
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani "Agro To'rtko'l tekstil cluster" MChJ
"Agro To'rtko'l tekstil cluster" MChJ ning fermer va ularga aloqador tashkilotlar bilan uchrashuvda
"Agro To'rtko'l tekstil cluster" MChJ bilan paxta yetishtiruvchi xo'jaliklar o'rtasida tuzilgan shartnomalar bajarilishining umumiy miqdoriy ko'rinishi
Tumanlar nomi 2021-yil holatiga 2022-yil holatiga
Shartnomaviy reja Tayyorlangan paxta xom-ashyosi Shartnomaviy reja Tayyorlangan paxta xom-ashyosi
tonna gektar tonna % tonna gektar tonna %
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
To'rtko'l 28440 9330 28458 100.06 27610 8500 27684 100.27
Qonliko'l 10240 4320 10247 100.07 11225 4600 11249 100.21
Qo'ng'irot 9350 4090 9358 100.09 11005 4500 11020 100.14
Jami tayyorlangan paxta xom-ashyosi 48030 17740 48063 100.07 49840 17600 49953 100.23
Milliy iqtisodiyotimiz uchun yangi bo'lgan, sanoatning ilg'or turi klaster sxemasini yaratish va joriy etish asosida paxta xomashyosini etishtirish masalasi bu dolzarb masala. Paxta sanoat klasteri hozirgi kunda faqat paxta xom-ashyosini qayta ishlash bilan emas, ular paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi xo'jaliklarga dalalarni shudgorlashdan boshlab paxta hosilini tergungacha davr ichida qanday muammolarga duch kelayotgan bo'lsa, ushbu muammolarni yechimini birgalikda topishga yaqindan o'z yordamlarini ko'rsatyapti. Bu esa kelajakda ikki tomon ham o'z maqsadiga erishishiga, ya'ni paxta hosildorligining baland bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu yuqoridagi jadvalda o'z aksini topgan, ya'ni jami tayyorlangan paxta xom-ashyosi 2021-yil reja bo'yicha 48030 tonna, tayyorlangan paxta xom-ashyosi 48063 tonnaga, yani 100.07 % ga bajarilgan. 2022-yil hozirgi kungacha 49840 tonna rejalashtirilgan, 49953 tonna paxta xom-ashyosi topshirilgan, ya'ni 100.23 % ga bajarilgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, endi biz bu ko'rsatkichlarni yanada oshirish yo'llarini qidirishimiz kerak, chunki mamlakat yalpi ichki mahsulotining o'sib borishi uchun juda muhim Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish tabiiy iqlim sharoitga juda bog'iq. Har qanday sharoitda ham agrar sohada mehnat unumdorligi va unga aloqador inson omili juda muhim sanaladi. Paxta yetishtirish bo'yicha orqada qolayotgan xo'jaliklar bor, ularning yerlari ham ko'p, imkoniyani kami yoki kuchi yetmayaptimi, buni har tomonlama o'rganib, ularning yerlaridan unumli foydalanish yo'llarini izlab topishimiz kerak bo'ladi. Masalan qishloqda paxta, g'alla yetishtirishni biladigan dehqonlar ko'p. Shu dehqonlarga, ya'ni paxta yetishtirish tajribasiga ega bo'lgan dehqonlarga imkoniyatiga qarab bir yilga shartnoma asosida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tajriba-sinov tariqasida bo'lib berilsada, ular yetishtirgan paxta hosili bilan o'tgan davr hosili solishtirilsa. Bu masalada dehqon ham o'zini ish bilan band qilgan bo'lardi. Shuningdek oilasini ham ishga jalb qiladi. Biz bu yerda masalaning bir tomoni, ya'ni paxta hosilini oshirish emas, balki makroiqtisodiy ko'rsatkichlar: ish bilan bandlik, aholining daromadlilik darajasiga ijobiy ta'sir qilishini ham baholashimiz kerak. Vaholanki aholining doim ish biland band bo'lishi jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bekorchilik turli illatlarning sababchisi bo'ladi.
Savol tug'ilishi mumkin dehqon bu ishni qilarmikan? degan. Albatta bu yil paxtaning narxi baland bo'lganligi sabab, dehqonlarda paxta yetishtirishga qiziqish uyg'onyapti. Eng avvalo mahalliy hokimlik, OFY raisi va xodimlari, fermerlar bilan "Paxta-to'qimachilik klasteri" ta'sischilari va rahbariyati birgalikda qishloq fuqarolari bilan uchrashib suhbatlashuvni tashkil qilish kerak.
Albatta bu uchrashuvlarda ko'p munozarali taklif va fikrlar bo'ladi. Mana shu fuqarolarning o'z mustaqil fikrlari va tashabbuslari kelgusi rejalar uchun juda muhimdir. "Tashabbus"- bu barqarorlik, g'ayrat, biror ishga qattiq bel bo'g'lashdir. Paxtaning xalqimiz turmushidagi o'rni juda ham katta, asosiy milliy boyligimiz, ko'pchilik sanoat tarmog'i ishlab chiqarishining muhim xom-ashyo bo'g'inidir. Paxta- bobodehqonning zaxmatli mehnatlari samarasi, milliy boyligimiz, faxrimiz ekanligini barcha butun vujudi bilan xis qilishi lozimdir.
REFERENCES
1. Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident Farmoni (PF-14-son, 16.11.2021 y.)
2. Vazirlar Mahkamasi 04.12.2021 yildagi "Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 733-son qarori https : //www.norma.uz/qonunchilikda yangi/pahta-tuqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
3. "Paxta-to'qimachilik klasteri - iqtisodiy taraqqiyot lakomativi" kitobi Cotton-Textile Cluster - locomotive of the economic development: The cluster system is an important factor in the transition to market principles Paperback - March 4, 2021 de Gruyter, pp. 190-213.
4. F.X. Raximov, M. A. Raxmatov, B. Z. Zaripov, B. Sh. Usmanov Paxta to'qimachilik klasteri yoxud iqtisodiy yukshalish sari odimlar. T. To'qimachilik muammolari 2018 №4 120-125b
5. Портер М. Международная конкуренция. - М.: Международные отношения, 1993. С. 51.