Научная статья на тему 'INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA'

INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

812
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g’oya / milliy g’oya / ilmiy g’oya / tizim / tizimli tahlil / mafkura / mafkuraviy tizim / idea / national idea / scientific idea / system / systematic analysis / ideology / ideological system

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kutlimurodov Sardor, Sapayev Valisher

Ushbu maqolada milliy g‘oya tizimi va uning eng muhim elementlaridan biri bo‘lgan inson ongi masalasi muhohama qilingan.Inson ongining milliy g’oyaning boshqa g’oyalari bilan aloqalari o’rganilgan. Yakuniy fikrlar dalillarga asoslangan holda keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HUMAN CONSCIOUSNESS AS AN ELEMENT OF THE SYSTEM OF NATIONAL IDEAS

In this article discusses the system of national ideas and the issue of human consciousness, which is one of its most important elements. The relationship of human consciousness with other ideas of the national idea is studied. The final conclusions are based on evidence

Текст научной работы на тему «INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA»

INSON ONGI - MILLIY GOYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA

Sardor Kutlimurodov

Urganch davlat universiteti

Valisher Sapayev

Urganch davlat universiteti sapayev-2017@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada milliy g'oya tizimi va uning eng muhim elementlaridan bin bo'lgan inson ongi masalasi muhohama qilingan.Inson ongining milliy g'oyaning boshqa g'oyalari bilan aloqalari o'rganilgan. Yakuniy fikrlar dalillarga asoslangan holda keltirilgan.

Kalit so'zlar: g'oya, milliy g'oya, ilmiy g'oya, tizim, tizimli tahlil, mafkura, mafkuraviy tizim.

HUMAN CONSCIOUSNESS AS AN ELEMENT OF THE SYSTEM OF NATIONAL

IDEAS

In this article discusses the system of national ideas and the issue of human consciousness, which is one of its most important elements. The relationship of human consciousness with other ideas of the national idea is studied. The final conclusions are based on evidence.

Keywords: idea, national idea, scientific idea, system, systematic analysis, ideology, ideological system.

Jamiyat taraqqiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqich o'tib borar ekan bu jarayonda jamiyat a'zolarining roli, islohotlar taraqqiyot jarayoniga ishonch-e'tiqodi muhim va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu har bir jamiyatning taraqqiyot jarayoniga xos bo'lgan hususiyatdir. Jamiyat oldiga qo'yilgan maqsadlarning ko'lami kengligi va yuksak marralarni o'ziga qamrab olishi esa shaxsni faoliyatini yanada jadallashtirish va uni maqsadlar yo'lida safarbar qilishni davrning muhim masalalaridan biri sifatida qo'yadi. "Tarixiy maqsadlar ko'lami keng, inson shaxsi barkamol bo'lsa, u vijdonan mehnat qilsa, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol ishtirok etsa, jamiyatimiz shu qadar tez rivojlanadi va mustahkamlanadi"[1]. Bu natijaga erishish uchun esa insonlarni ushbu maqsadlarga qaratilgan amaliy harakatlarini tashkil

Sardor Kutlimurodov

Urgench State University

Valisher Sapayev

Urgench State University sapayev-2017@mail.ru

ABSTRACT

KIRISH

etishning asosiy mexanizmi sifatida har bir jamiyatga ma'lum g'oyalar tizimi kerak bo'ladi. Bu vazifani "milliy g'oya tizimi" bajaradi. Umuman olganda milliy g'oya jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida u bilan yonma-yon bo'lgan va taraqqiy qilib shakllanib borgan o'zida qarashlar va xalqning ishonch e'tiqodidan joy olgan g'oyalarni ifoda etib kelayotgan g'oyalar majmuasidir. Miliy g'oya tushunchasi ko'plab olimlar, tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan bo'lsada unga tizim sifatida yondashuvlar va tizimning elemetlari va ularning tahlili, elementlarning o'zaro aloqasi, ularning ham kichik tizimlarga bo'linishi masalalari alohida tadqiqot sifatida olib borilmagan. Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan "...biz uchun kuch-qudrat bo'lib xizmat qiladigan milliy g'oyani rivojlantirish". vazifalaridan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, bu masalani tadqiq qilish-davrimizning dolzarb masalalaridan biridir. Albatta bu masalalar bitta maqola yoki ilmiy tadqiqot uchun juda keng mavzu hisoblanadi . SHuni inobatga olib, milliy g'oya tizimi va uning asosoiy elemntlaridan bo'lgan inson ongi va tafakkuri bilan aloqadorligi, uning o'ziga xos hususiyatlarini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ydik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Milliy g'oya - keng va ko'plab elementlarni o'z ichiga olgan, ularning ichki va tashqi aloqadorligiga asoslangan tizim hisoblanadi. SHunday elementlardan biri bu inson ongi va tafakkuridir. Bu tushunchani biz tahlil qilayotgan milliy g'oya tizimining elemti ekanligini quyidagi ta'rifni keltirish orqali aniqlab olishimiz mumkin. "Milliy g'oya- millatning o'tmishi,buguni va istiqbolini o'zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini o'zida ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g'oya shaklidir"[3]. Tarifda keltirilganidek, milliy g'oya millat maqsadlarini ifodalaydigan, umumiy g'oyalarning bir shaklidir. Bu g'oyalar esa inson ongida ifoda qilinishi, tafakkur tarzida namoyon bo'lishi orqali ishlab chiqariladi yoki boshqa insonlarga yo'naltirililadi. Ko'pgina falsafiy lug'atlarda keltirilganidek inson ongi- umuman shaxsiy ma'naviy dunyosi bo'lib, ijtimoiy hayotni ma'lum bir shaxsning hayoti va faoliyatining o'ziga xos qarashlar shakli orqali aks ettiradi. O'z navbatida individual ong- ma'lum bir odamga xos bo'lgan g'oyalar qarashlar, hissiyotlar to'plami, uning o'ziga xosligi boshqa odamlardan ajralib turuvchi hususiyatlarini belgilab beradi. Aytib o'tilgan g'oyalar, qarashlarni shaklanishi jarayoni milliy g'oya bilan ikki tomonlama munosabatda bo'linadi.

Zamonaviy faylasuflardan biri bo'lgan A.G.Spirkinning fikricha, "ong- faqat odamga xos bo'lgan va nutq bilan bog'liq bo'lgan miyaning funksiyasi bo'lib, u

haqiqatni umumlashtiruvchi, baholovchi va maqsadga muvofiq aks ettiruvchi konstruktiv-ijodiy o'zgarishlardan iborat bo'lgan hususiyatdir". Yani uni haqiqatni umumlashtiuvchi va baholovchi funksiyasi inson ongining milliy g'oya tizimini elementiga aylantiradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g'oya tiziminidagi barcha bosh va asosiy g'oyalar, tamoyillar tushunchalar, qarashlari eng avvalo shaxsning idrok qilish va voqealikni baholashi chig'irig'idan o'tkaziladi.

Ma'lumki barcha g'oyalar singari milliy g'oya ham tafakkurning mahsuli sifatida yaratilar ekan deng avvalo insonlarni o'z ortidan ergashtirishi uchun jamiyatdagi insonlarning maqsad-muddaolarini ifodalab qolmay, ularni hayotiy jarayonlar bilan nechog'lik aloqadorligini va bu ilgari surilayotgan g'oyalar faravon turmush tarzini kafolatlashini keng jihatdan yoritib beradi. O'z navbatida inson ongi bilan o'zaro ta'sirda bo'lgan ijtimoiy ong shakllarini rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Milliy g'oya masalasi mamlakatimiz ijtimoiy soha tadqiqotchilari tomonida keng o'rganilgan va bu jarayonlar hozirda ham davom etmoqda. Uning nazariy-metodologik jihatlarini tadqiq qilish ishi bilan ko'pchilik tadqiqotchilarimiz shug'ullanib kelmoqda. Olimlarimizning ayrimlari milliy g'oyaga "..inson ongi va qalbiga uning maqsadlari bilan bog'liq g'oyalarni, tushuncha va tamoyillarni olib kirish orqali ularni bunyodkor maqsadlar sari yo'naltirishni asosiy maqsad qilib qo'yadi" deya ta'rif bersa, boshqa tadqiqotchilar esa "..milliy g'oya-ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan mamlakatda ko'pchilik tomonidan e'tirof etilgan, ishonch va e'tiqodga aylangan g'oya, tushuncha maqsadlar majmui.."[4] deb ta'rif keltiradi. Ta'riflardagi ma'nolarning kengligi jarayonga ta'sir qiluvchi omillarning ko'pligi milliy g'oyaning jamiyat taraqqiyoti yo'lida uzluksiz, muntazam ravishda ijtimoiy hayotga ta'sir qilib borishi uning tizim sifatida ishlashi va shundagina o'z maqsadlariga erishishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Umuman olganda milliy g'oya-".o'z mohiyatiga ko'ra xalqimizning asosiy maqsadlarini ifoda etadigan uning o'tmishi bilan kelajakini bog'laydigan, uning asriy orzu-umidlariga etishishga xizmat qiladigan g'oyalar tizimidir" deya berilgan ta'rifni keltirish bilan yuqoridagi fikrlarimizni asoslash mumkin.

NATIJALAR

Milliy g'oya o'zining bosh va asosiy g'oyalari, hususiyatlari, konsepsiyasi, asosiy tushuncha va tamoyillar, tashkiliy asoslarining mavjudligi va shu kabi ko'plab hususiyatlar va tushunchalarni birlashtirganligi bois uni tizim sifatida o'rganish ehtiyoji tug'iladi. Shunday ekan uni tizim sifatida o'rganishdan oldin tizim haqida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tizim - fundamental tushuncha. Har biri alohida vazifalarni bajaruvchi, yagona maqsadga yo'naltirilgan, o'zaro bog'langan,

boshqariluvchi elementlarning muayyan tuzilmaga ega bo'lgan majmuasiga tizim deyiladi[4]. Bundan tashqari ilmiy adabiyotlarda tizimning turli komponentlarni birlashtirganligi va ma'lum bir kichik sistemalarni birlahstiuvchi tuzilma ham tariflar anchagina keltiriladi. "Tizim - bu biror tarzda o'zaro ta'sirlashayotgan komponentlarning yig'indisi, kompleksidir. Yig'indi deganda oddiy yig'indi emas, aynan o'zaro ma'lum munosabatlar asosida o'zaro ta'sirlashayotgan kichik sistemalar, komponentlar, elementlar yig'indisi tushuniladi"[5]. Ushbu ta'rifdan kelib chiqib qaraydigan bo'lsak milliy g'oya tizim sifatida barcha talablarga javob berishi va o'zida birlashtirgan g'oyalar, tamoyillarning o'zaro yuqori aloqadorligining mavjudligini ko'ramiz. Bu aloqadorlikning kuchliligi komponentlarning alohida o'rganish, ularni tizimni strukturasini tashkil qilishdagi o'rnini aniqlab olish juda keng mavzuligini, ko'plab tahlillarni keltirib chiqarishini inobatga olib, milliy g'oya tizimining ko'plab elementlaridan biri inson ongi va tafakkuri bilan aloqadorligini masalasin o'rganamiz. Insonning ijtimoiy hayoti, ijtimoiy jarayonlarda ishtiroki, munosabatlarda ishtirokini kuzatar ekanmiz, bu jarayonlarda inson ongini, umuman ong masalasini muhim o'rin tutishini ko'ramiz. Demak milliy go'ya xalqni birlashtirib, jipslashtirib turar ekan eng avvalo tizim sifatida ishlashi ba boshqa elementlar kabi inson ongining muntazam o'zgarishi va rivojlanishi, tizim ichidagi o'rni va vazifalarini, boshqa elementlar bilan aloqadorligini ta'minlab borishi zarur.

MUHOKAMA

Ongning "voqealikni inikos ettirish shakli ekalnligi"[6] borliqdagi voqealarni ijodiy o'zgartirish sharti bilan qabul qilishi va "inson ongi barcha ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog'langan bo'lib, u haqiqatda ham jamiyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi[7] degan ta'riflarga murojaat qilsak milliy g'oya tizimining elementi sifatida ongning hususiyatlari namoyon bo'ladi. Ong insonga obektiv olam jarayonlari va hosidalarining mohiyatini anglashiga imkon beradi. Milliy g'oya ko'plab o'ziga xos hususiyatlarga ega bo'lib, bular inson ongining o'zgarishiga ta'siq qilishi va shu orqali jamiyatga ta'sir o'tkazishga qaratilgandir.Bunday hsuusiyatlardan quyidagilarni sanab o'tishimiz mumkin:

Birinchidan, milliy g'oya tizimi tarixiy xotirani uyg'otish, jamiyat a'zolarini birlashtiruvchi g'oyaviy bayroq vazifasini bajarishga qaratilgandir. Bu esa insonning ongiga milliy g'oyaning tarixiy xotira bilan birga kirib borishini bildiradi.

Ikkinchidan,Milliy g'oya tiziminng ezgu niyatlarni amalga oshirishga eng to'g'ri yo'lni ko'rsata olishining butun insoniyat tarixi davomida ko'p martalab isbotlanganligi va hayot haqiqatlari buni isbotlashi bevosia inson ongiga obektiv haqiqatni ifodalovchi kuch sifatida kirib borishini ko'rsatadi.

Uchunchidan, milliy g'oyaning jamiyatni birlashtiruvchi kuch- yuksak ishonch-e'tiqodni manbai bo'lishi inson ongiga o'lmas g'oyalar tarannumi va inson hayotining ma'nosi bo'la oladigan g'oyalar ko'rinishida ta'sir ko'rsatadi.

Beshinchidan, har qanday ilg'or goyani o'ziga singdira olishi hususiyatiga ega bo'lishi bilan milliy g'oya muttasib, eski steriotiplar bilan yashayotgan insonlar ongiga ta'sir qilishi, va zamon bilan hamnafas yashoovchi insonlarning hayotiy yo'lida yo'lko'rsatkich bo'lishi hususiyatida ega bo'ladi.

Oltinchidan, milliy g'oya tizimi davrning yangi talab va vaziyatlariga tez moslasha olib, zamonaviy talablarga javob bera olishi, insonlarga shiddat bilan rivolanayotgan hozirgi davrda o'ziga xos umr kechirishi, "zamonaviylik libosi"i kiydirilgan turli og'ish va insonni destruktiv ruhda tarbiyalovchi g'oya va mafkuralarga qarshi tura olishi ko'nikmalarini shakllantiruvchi g'oyalar majmuasi sifatida ongga kirib boradi. Yuqoridagilardan tashqari, milliy g'oya tizimining barcha maqsad va vazifalari bevosita inson ongiga ta'sir o'tkazish uni o'zgartirish, takomillashtirishga qaratilgani bilan harakterlidir.

Milliy g'oya nafaqat, inson ongining shakllanishi, o'zgarishi va takomillashishiga, balki, ijtimoiy ongning shaxs tomonidan o'zlashtirilishi jarayonida ham ta'sir qiladi.Inson ongi u yoki bu darajadi individual mavjudligini aks ettirar ekan, albatta bu jarayonda qaysidir g'oya yoki mafkuralarga tayanadi. Milliy g'oyadagi g'oyalar va fikrlarr xilma-xilligi tamoyili inson ongini ijtimoiy ong chegaralaridan chiqib g'oya yaratilishi jarayoni subektida aylanishini istisno qilmaydi. Bu yangi g'oyalarni yaratilishi jarayonida "g'oyaning inson ongining mahsuli" bo'lishidga zamin yaratadi.

Shu bilan birga milliy g'oya ijtimoiy ongning faqat individual ong orqali namoyon bo'lishi sababidan, inson ongini o'zining elementi sifatida qaraydi. Ijtimoiy ong va inson ongining bir birini taqozo qilishi, o'zaro ta'siri va bir birini boyitishi sababidan milliy g'oya tizimidagi g'oyalarning jamiyat hayotida kirib kelishi odamlarning ishonch e'tiqodiga aylanishi jarayonini mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

XULOSA

Inson ong aqliy jarayon sifatida shaxs bilan birga tug'iladi, rivojlanadi va o'ladi. Bu har bir shaxsning hayot yo'lining o'ziga xos xususiyatlarini, turli xil siyosiy va mafkuraviy hodisalarni ifoda etadi. Uning ma'naviy dunyosi va boshqa shaxslarning ma'naviy dunyosi o'rtasidagi farqlarni belgilaydi va shaxsiyatning individual rivojlanish yo'lining o'ziga xos xususiyatlari, bu inson individualligining

barcha rang-barangligini ifodalaydi. Milliy g'oyaning komil inson g'oyasiga asoslanib aniqlangan farqlar baholanib xulosalar chiqariladi.

Milliy g'oyaning insonga ta'sir qilishi va uning tafakkur tarzini o'zgartirishi, komil insonni tarbiyalash vazifalariga erishish jarayonida inson ongi-etakchi masala hisoblanadi[8]. Chunki, insonning individual ongida uning jamiyatdagi hayoti va faoliyatining xususiyatlari, shaxsiy hayotiy tajribasi, shuningdek, uning fe'l-atvori, fe'l-atvori, ma'naviy madaniyati darajasi va uning ijtimoiy mavjudligining boshqa ob'ektiv va sub'ektiv holatlari namoyon bo'ladi.

Demak, inson ongi va uning ijtimoiy ahamiyati haqida fikr gapirganda u ijtimoiy ong bilan o'zaro ikki tomonlama ta'sirga egaligi va ular bir-birlarining rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi[9].Shuning bilan birga bu aloqadorlik inson ongini milliy g'oya tizimida elementiga aylantiradi. Insonning ijtimoiy borliqni anglab olishida, jamiytatdagi konstruktiv g'oyalarni o'zlashtirishida ongning etakchi rol o'ynashi va insonning barcha qarashlari va ynodashuvlarini shakllantiruvchi asosiy omil sifatida milliy g'oya bilan bog'liqligi yuqori hisoblanadi. Ongning o'ziga xos hususiyatlarini inobatga olgan, uning tizimdagi etakchi element ekanligini tushunib etilgan jamiyatning milliy g'oyasi shakllantirilgandagina o'sha jamiyat o'z maqsad va muddaolariga erisha oladi.

REFERENCES

1. J.Tulenov, G.Tulenova, K.Tulenova(2016)Falsafa. To'ldirilgan ikkinchi nashr, Fan va texnologiya,

2. Ш.Мирзиёев, [2019]Нияти улуг халцнинг иши хам улуг,хаёти ёруг ва келажаки фаровон булади,"Узбекистон",

3. I.Ergashev va bosh(2016),Milliy g'oya targ'ibot texnologiyalari // - T.: "Maashhurpres",

4. B.Gary, S.Shelly, J.Rosenblatt (2012). Systems analysis and design. - Ninth ed., Printed in the United States of America.

5. T.Alimardonov, F.Ravshanov, N.Berdaliev (2017),Tizimli tahlilning pedagogik asoslari.

6. Milliy g'oya targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati(2007)Akademiya.

7. Sh.Qurbanov,B.Seytxalilov va boshq(2010)Milliy istiqlol g'oyasini shakllantiirshda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar,Akademiya.

8. B.To'ychiev va boshq(2020)Milliy g'oya;O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. O'quv qo'llanma,Ilm-ziyo-zakovot. - B 23

9. M.Fayozova(2009), Milliy ong va uning mohiyatiyu Ta'lim tizimida ijtimoiyg'gumanitar fanlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.