Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI MASALALARI'

О‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
445
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat / davlat boshqaruvi / davlat siyosati / madaniyat / madaniy faoliyat / madaniyat tashkilotlari / san’at / teatr san’ati / tomosha-san’ati. / state / public administration / public policy / culture / cultural activities / cultural organizations / art / theatrical art / performing arts.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mavlonov, О‘ M.

Ushbu maqolada sо‘ngi besh yilda О‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasida davlat boshqaruvi masasalalari atroflicha tahlil qilingan. Bu sohani isloh qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN THE FIELD OF CULTURE AND ART IN UZBEKISTAN

This article provides a detailed analysis of public administration in the field of culture and art in the Republic of Uzbekistan over the past five years. The essence of legal documents aimed at reforming this sphere is revealed.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA DAVLAT

BOSHQARUVI MASALALARI

Mavlonov O'.M.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada so'ngi besh yilda O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san 'at sohasida davlat boshqaruvi masasalalari atroflicha tahlil qilingan. Bu sohani isloh qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: davlat, davlat boshqaruvi, davlat siyosati, madaniyat, madaniy faoliyat, madaniyat tashkilotlari, san 'at, teatr san 'ati, tomosha-san 'ati.

В данной статье подробно анализируются вопросы государственного управления в сфере культуры и искусства в Республике Узбекистан за последние пять лет. Выявлен характер нормативно-правовых документов, направленных на реформирование данной сферы.

Ключевые слова: государство, государственное управление, государственная политика, культура, культурная деятельность, организации культуры, искусство, театральное искусство, исполнительское искусство.

This article provides a detailed analysis of public administration in the field of culture and art in the Republic of Uzbekistan over the past five years. The essence of legal documents aimed at reforming this sphere is revealed.

Keywords: state, public administration, public policy, culture, cultural activities, cultural organizations, art, theatrical art, performing arts.

Erkin demokratik rivojlanish yo'lini tanlagan mamlakatimiz oldida mustaqilikning ilk davrlaridan boshlab milliy madaniyat va san'atimizni tiklash, asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uni zamonaviy jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hisobidan boyitish, o'sib kelayotgan avlodni ko'p asrlik an'ana va ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bo'yicha mas'uliyatli va murakkab vazifalar turgan edi. Ayniqsa, hozirgi jahonda kechayotgan murakkab globallashshuv o'zgarishlar davrida turli xalq, millat va elatlar madaniyatida milliy o'zlikni saqlab qolish, yosh avlod ongi shuuriga milliy qadriyatlarni singdirish masalalari o'ta dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Yoshlarni milliy va umuminsoniy

utkiriy@umail .uz

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

1512

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qadriyatlarlar ruhida tarbiyalashda, etnik madaniy an'analarni asrab-avaylashda madaniyat va san'atning roli juda katta. Zero, har bir millatning o'z madaniyati va san'ati uning xalq sifatidagi qadr-qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillaridan biridir.

Insoniyat vujudga kelibdiki, o'zining butun salohiyatini ishga solib, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, mushohadakorlik borasida tinimsiz izlanadi, bundan estetik zavq oladi va bu jarayonda ruhan yuksaladi. Har millat o'zining madaniyati va san'atining qudrati bois jahon tamaddunidan mustahkam joy egallaydi. San'at xalq ma'anaviy va g'oyaviy qarashlarini tarbiyalaydi, inson qalbiga san'at orqali ko'proq yo'l topiladi. Shu sababli ham mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-san'ati an'analarini o'rganish, boyitish va targ'ib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta'minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus ta'lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojni to'laroq qondirish ishlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Bugungi kunda barcha jabhalarda bo'lgani kabi madaniyat va san'at sohasini zamon ruhiga mos isloh qilish masalasi asosiy vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Bu vazifalarning hayotga samarali tadbiq etish esa sohadagi davlat boshqaruvi bilan bevosita bog'liq.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahonda kechayotgan murakkab globallashshuv o'zgarishlar davrida turli xalq, millat va elatlar madaniyatida milliy o'zlikni saqlab qolish hamda yo shlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarlar ruhida tarbiyalash masalasiga davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi bo'lib turgan vaqtidayoq Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir." - degan qarashlari bilan alohida e'tibor qaratgan edilar.

Zamonoviy O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonida so'nggi besh yillikda ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar

1513

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qabul qilindi. Bularga mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san'atning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son, 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920-son, 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son, 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-son qarorlari, 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-son, 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 9-son qarori hamda 2021 yil 20 yanvardagi madaniy faoliyat, shuningdek madaniyat tashkilotlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan O'RQ-668-sonli "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunlarini kiritish mumkin.

Shuningdek, tadqiqotchi Z.Isokov ham madaniyat va san'at sohasida davlat boshqaruvi bilan bog'liq masalaga o'zining "Markaziy Osiyoda san'at va madaniyatga e'tibor - ijtimoiy islohotlarning bosh mezoni sifatida (O'zbekiston misolida)" maqolasida qisman to'xtalib o'tganligini e'tirof etish mumkin.

Ayniqsa, keyingi yillarda davlat boshqaruvida milliy madaniyat va san'at sohasiga yanada katta e'tibor qaratilayotganining, bu borada keng ko'lamli tizimli islohotlar olib borilayotganining guvohi bo'lib turibmiz. Bu islohotlarning asosiy maqsadi esa xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash hamda jahon madaniyati bilan uyg'un holda rivojlantirish, milliy madaniyatni keng targ'ib etish, uning xalqaro madaniy makonda tutgan o'rni va mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilganini ko'rishimiz mumkin.

Turgan gapki bu olib borilayotgan o'zgarishlarning poydevorini davlatimiz rahbari, hukumatimiz tomonidan madaniyat va san'at sohasiga qaratayotgan yuksak e'tibori tashkil qiladi desak xato qilmagan bo'lamiz.

Prezidentimizning, hukumatimizning madaniyat va san'at sohasidagi davlat boshqaruvi hozirgi davr chaqiriqlari va talablaridan kelib chiqib, butunlay yangi bir bosqichga ko'tarilganining hamda bu sohani rivojlantirish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylanganligining guvohi bo'lib turibmiz. Zero, yosh avlodni ma'nan va ruhan barkamol qilib tarbiyalashda, yoshlar dunyoqarashining shakllanib borishida ta'lim-tarbiya, ilm-fan bilan birga madaniyat va san'atning ham o'ziga xos muhim o'rni bor.

XULOSA

1514

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bu sohada davlat boshqaruvining samarali olib borishi natijasida, bugunda teatrlarimiz sahnasiga, kinochilik sohasiga va umuman madaniyat va san'atning barcha yo'nalishlariga yangicha zamon ruhi kirib keldi. Endilikda sahnalarimizda milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz, yaqin va yiroq tarixning shonli sahifalarini o'zida aks ettiruvchi asarlar paydo bo'la boshladiki, xalqimiz, eng avvalo yoshlarimiz qalbida milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish, ularni Ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash madaniyat va san'at yo'nalishlarining asosiy vazifasiga aylandi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz, 1-jild. T.: O'zbekiston, 2017. - 27-bet

2. Isokov Z. Markaziy Osiyoda san'at va madaniyatga e'tibor - ijtimoiy islohotlarning bosh mezoni sifatida (O'zbekiston misolida). Madaniyat chorrahalari / CROSSROADS OF CULTURE №4 (2019) DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-0737-2019-4

3. https://nrm.uz/

4. https://lex.uz/docs/3882752

1515

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.