Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING SIYOSIY HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA-TADBIRLARI'

O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING SIYOSIY HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
7054
493
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya tushunchasi / korrupsion huquqbuzarlik / manfaatlar to‘qnashuvi / Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi / “halollik vaksinasi” / huquqiy ong va madaniyat. / concept of corruption / corruption offense / conflict of interest / Anti-Corruption Agency / “honesty vaccine” / legal consciousness and culture.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Djurayeva, Ulmas Chariyevna, Begboyev, Sardor Qorjov O‘g‘li

Mazkur maqolada O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasining yaratilishi va sohaga oid muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar tahlil etiladi. Xususan, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar mazmuni haqida ham ma’lumotlar berilib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo‘yicha ayrim takliflar ham sanab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLITICAL AND LEGAL MECHANISMS AND MEASURES OF THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IN UZBEKISTAN

This article analyzes the creation of a legal framework in the field of combating corruption in Uzbekistan and important organizational and legal reforms in this area. In particular, in recent years, our country has taken systematic measures aimed at raising the legal awareness and legal culture of the population, the formation of an intolerant attitude to corruption in society. The article also provides information on the content of normative documents adopted in recent years in the field of combating corruption, and lists some suggestions on current issues of combating corruption in our society.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING SIYOSIY HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA-TADBIRLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING SIYOSIY - HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA-TADBIRLARI

Mazkur maqolada O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasining yaratilishi va sohaga oid muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar tahlil etiladi. Xususan, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rildi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi so 'nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar mazmuni haqida ham ma'lumotlar berilib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo'yicha ayrim takliflar ham sanab o 'tilgan.

Kalit so'zlar: korrupsiya tushunchasi, korrupsion huquqbuzarlik, manfaatlar to 'qnashuvi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, "halollik vaksinasi", huquqiy ong va madaniyat.

This article analyzes the creation of a legal framework in the field of combating corruption in Uzbekistan and important organizational and legal reforms in this area. In particular, in recent years, our country has taken systematic measures aimed at raising the legal awareness and legal culture of the population, the formation of an intolerant attitude to corruption in society. The article also provides information on the content of normative documents adopted in recent years in the field of combating corruption, and lists some suggestions on current issues of combating corruption in our society.

Keywords: concept of corruption, corruption offense, conflict of interest, AntiCorruption Agency, "honesty vaccine ", legal consciousness and culture.

В данной статье анализируется создание правовой базы в сфере противодействия коррупции в Узбекистане и важные организационно-правовые реформы в этой сфере. В частности, в последние годы в нашей

Ulmas Chariyevna Djurayeva,

Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi.

e-mail: ulmas@tersu.uz Sardor Qorjov o'g'li Begboyev, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 2 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

стране принимаются системные меры, направленные на повышение правосознания и правовой культуры населения, формирование в обществе нетерпимого отношения к коррупции. В статье также представлена информация о содержании антикоррупционных нормативных актов, принятых в последние годы, а также некоторые предложения по актуальным вопросам борьбы с коррупцией в нашем обществе.

Ключевые слова: понятие коррупции, коррупционное правонарушение, конфликт интересов, Антикоррупционное агентство, «вакцина честности», правосознание и культура.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Korrupsiyadan holi jamiyat va davlatni yaratish mamlakat taraqqiyotining mustaxkam kafolati bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 7 dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasida "Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz" deb [1], ta'kidlagan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash va "korrupsiyasiz soha"ni takomillashtirish bilan bog'liq dolzarb muammolarning muhim konseptual g'oyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator ma'ruza hamda asarlarida ("Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz". I jild; "Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz"; "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarni ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi"; "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"; BMT Bosh Assambleyasi 72, 75-sessiyalarida so'zlagan nutqlari; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari), shuningdek, Respublikamiz olimlaridan Q.R.Abdurasulova ("Jinoyatning maxsus sub'ekti"), R.A.Zufarov ("Poraxo'rlik uchun jinoiy javobganrlik"), I.M.Mirzaraimov ("Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkoralashtirishga qarshi kurashning huquqiy choralari"), Sh.R. Qobilov ("Korrupsiya: sabablari, shart-sharoitlari,

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oqibatlari va oldini olish yo'llari") laming asarlari, monografiyalari, risolalari, ilmiy-uslubiy maqolalarida o'rganilgan.

Mazkur maqolada o'rganilayotgan muammo ilmiy tadqiqotning siyosiy-huquqiy tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiylik, ilmiylik va xolislik metodlari asosida yoritilishiga harakat qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirildi.

Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi "O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo'rlik, o'g'irliklar va boshqa suiiste'molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to'g'risida"gi; 1994 yil 11 maydagi "Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko'rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida"gi; 1997 yil 28 maydagi "Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O'zbekiston Respublikasi qo'shilishi to'g'risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, so'nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida»gi, «Elektron hukumat to'g'risida»gi, «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma'noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.

Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog'liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko'proq O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o'z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mamlakatimizda "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-dekabrda ma'qullangan. Prezident tomonidan 2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat [2].

O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta'minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to'qnashuvi kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunning mazmun mohiyatiga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to'liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me'yorlar o'z aksini topganligini ko'rishimiz mumkin [2].

Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo'yilgan [4].

Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o'z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.

Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi.

Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko'rsatilgan Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda [5,6].

Qonundan ko'zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda "korrupsiya", "korrupsion huquqbuzarlik", va "manfaatlar mojarosi" kabi tushunchalarga izoh berilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta'lim sohasida "korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish belgilab qo'yilganligi mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta'limga bog'liqligini ko'rsatadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha maxsus komissiya tuzildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rildi.

[3].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o'stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko'rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha yangi tizimli choralar ko'rilishini taqozo qilmoqda [9].

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi- tizimda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga barham berishdan iboratdir.

2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi [7]. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanib, prezidentga bo'ysunishi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo'lishi ko'zda tutilgan.

Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o'stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko'rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni e'lon qilindi [8].

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Yuqoridagi ma'lumotlar va fikrlardan kelib chiqib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo'yicha quyidagi takliflar bermoqchimiz:

- jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar oshirish;

- korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan davlat organlari va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o'rtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng foydalanish;

- ma'muriy va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, ro'yxatga olish, ruxsat etish va lisenziyaga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;

- davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo'l qo'ymaslik;

- davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma'lumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar);

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televidenie, radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bag'ishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish;

- davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik sub'ektlarini va boshqa maqsadli guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o'quv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o'tkazish;

- ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim bo'yicha maxsus o'quv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan o'zgartirish va qo'shimchalarni davlat ta'lim standartlariga kiritish;

- davlat organlari mutaxassislari va ta'lim muassasalari o'qituvchilarini o'qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o'quv dasturlari va mashg'ulotlarini olib borishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish va hokazolar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida "Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a'zolari, ta'bir joiz bo'lsa, "halollik vaksinasi" bilan emlanmas ekan, o'z oldimizga qo'ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o'tishimiz kerak", deb ta'kidlab o'tdilar.

REFERENCES

1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi // https://uza.uz/uz/posts/bilimli-avlod-buyuk-kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon-ayet-08-12-2018

2. "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun // https://lex.uz/docs/3088008

3. "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5729-sonli Farmoni // https://lex.uz/docs/4355387

4. "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoni // https://lex.uz/docs/4875784

5. "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni // https://lex.uz/docs/5495529

6. Mustafayev, U. U. (2021). TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 218-226.

7. Худайбердиева, Г. Х., & Алланазаров, М. М. (2020). Ёшларни гоявий тарбиялашнинг усуллари, шакллари ва воситалари. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 1).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Давлатова Ш. Узбекистонда бошкарув структурасининг шаклланиши ва тараккиётида миллий масаланинг тутган урни (ХХ асрнинг 20-йиллари) //Тошкент: Navro'z. - 2016.

9. Khursandovna, K. G., & Umirzokvich, R. U. (2021, March). NATIONAL COLOR: CONTENT-ESSENCE. In Archive of Conferences (Vol. 17, No. 1, pp. 2931).

10. Алланазаров М. М. Характеристика основных активных методов обучения //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. -№. 1. - С. 145-148.

11. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 568-577.

12. TURSUNOV, Z. N. (2021). STAGES OF ECONOMIC DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN AFTER THE SECOND WORLD WAR. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука (Тараз), (9), 311-313.

13. Алланазаров М. Вопросы подготовки кадров в системе народного образования БНСР //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 5/S. - С. 95-99.

14. Хужаназаров А. З., Алламуратов Ш. А. РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ЗДОРОВЬЯ УЗБЕКИСТАНА В ПОСЛЕДНИЕ ГОДЫ //Наука, техника и образование. - 2021. - №. 1 (76). - С. 19-23.

15. Mustafayev U. U. OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA? //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 7. - С. 313-317.

16. Allamuratova X. LINGUISTIC FEATURES OF CONTOMINATIONAL AND APOTROPEIC NAMES IN THE SYSTEM OF ANTHROPONYMS OF UZBEKISTAN //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 141-145.

17. Shodavlatovna D. S., Chorievna J. S. The issue of a just king in kaikous's nightmare //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1416-1420.

18. Razhabovich P. T., Narzullaevich T. Z. A LOOK INTO THE HISTORY OF THE PREPARATION OF LOCAL PROFESSIONALS IN THE INDUSTRY //Утмишга назар журнали. - 2019. - Т. 26. - №. 2.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

19. Алламуратов Ш., Джураева У. Ремесленные и торговые отношения в бекствах восточной Бухары в конце XIX-начале XX вв //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 3/S. - С. 105-110.

20. Жумаева Ш. Ч. РАЗВИТИЕ И СОХРАНЕНИЕ АУТЕНТИЧНОСТИ КАК УСЛОВИЕ ЕСТЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЧЕЛОВЕКА //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 4. - С. 46-49.

21. Pardaev T. R., Tursunov Z. N. THE ATTITUDE OF THE DESPOTIC REGIME TO NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES //Утмишга назар журнали. - 2019. -Т. 23. - №. 2.

22. Дусназаров М. И., Жумаева Ш. Ч. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОНЯТИЯ СЕМЕЙНОГО ВОСПИТАНИЯ С ПОЗИЦИЙ СТАНОВЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ КУЛЬТУРНОЙ ТРАДИЦИИ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 151-154.

23. Худайбердиева Г. Х. СУЩНОСТЬ И ОСОБЕННОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОФЕССИИ, ЕЁ РАЗВИТИЕ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 179-181.

24. Shodavlatovna D. S. et al. The issue of public administration in nizamulmulk's "policy" //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1007-1012.

25. Mallaev N. R., Djalilov S. S. Political and Legal Mechanisms of the Fight against Corruption in Uzbekistan and High Effective Measures against It //International Journal of Development and Public Policy. - 2021. - Т. 1. - №. 7. - С. 1-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.