Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA BARQAROR INVESTITSIYA MUHITINI TA’MINLASHIQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILIDIR'

O‘ZBEKISTONDA BARQAROR INVESTITSIYA MUHITINI TA’MINLASHIQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILIDIR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
investitsiya / investitsiya turlari / investitsiya muhiti / investitsiya siyosati / ijtimoiy investitsiyalar / moliyaviy investitsiyalar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Isayeva Nargiza Xamidovna

Ushbu maqolada investitsiya tushunchasi, asosiy turlari va O’zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosati, investitsiya muhitini yaratish, uni ta’minlashda mavjud muammo va yechimlar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA BARQAROR INVESTITSIYA MUHITINI TA’MINLASHIQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILIDIR»

O'ZBEKISTONDA BARQAROR INVESTITSIYA MUHITINI TA'MINLASH- IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILIDIR

Isayeva Nargiza Xamidovna

Fan va texnologiyalar universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi v.b.dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11005215

Annotatsiya. Ushbu maqolada investitsiya tushunchasi, asosiy turlari va O'zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosati, investitsiya muhitini yaratish, uni ta'minlashda mavjud muammo va yechimlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsiya turlari, investitsiya muhiti, investitsiya siyosati,ijtimoiy investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalar

Аннотация. В данной статье рассматриваются понятие инвестиций, их основные виды, также о инвестиционной политике Узбекистана, создание инвестиционной среды, проблемы и пути ее решения.

Ключивые слова: инвестиция, виды инвестиций, инвестиционная среда, инвестиционная политика, социальная инвестиция, финансовая инвестиция.

Abstract. This article discusses the concept of investment, its main types and investment policy in Uzbekistan, the creation of an investment environment, problems and ways to maintain it.

Keywords: investment, types of investment, investment environment, investment policy, social investment, financial investment.

Investitsiyalar - iqtisodiy rivojlanishning kuchi va davlatni yuqori samarali omonatlar bilan ta'minlashning asosiy vositasidir. O'zbekiston ham bu muhim sohani kengaytirish va rivojlantirish borasida keng miqyosda islohotlar olib bormoqda. Investitsiya deganda foyda olish yoki boshqa foydali maqsadga erishish uchun tadbirkorlik, yoki boshqa faoliyatga jalb qilinadigan pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, moddiy va nomoddiy boyliklar, shu jumladan, mol-mulkka bo'lgan huquqlar nazarda tutiladi.

Bu davlat va kompaniyalar uchun kichik omonatlardan milliy iqtisodiy loyihalarni boshqarish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish yoki yangi ish o'rinlari yaratishda ishlatiladi. Investitsiyalar mamlakatning iqtisodiy o'sishini yanada kuchaytirish va yangi ish o'rinlarini yaratish uchun zarurdir.

O'zbekiston o'z iqtisodiy rivojlanishini miqdor va sifat jihatidan ko'tarishi uchun investitsion faoliyatni oshirib borayotgan mamlakatlardan biri bo'lib, buning natijasida O'zbekistonning iqtisodiy potentsiali va infrastrukturasi rivojlanmoqda.

Mamlakat investitsiyalarni jalb qilish, investitsion muhitni yanada yaxshi o'rganish va tushunish, investitsion tashkilotlarni qo'llab-quvvatlash va yangi investitsiya turlarini olib borish bo'yicha xavfsiz, oson va samarali shartlar yaratishga intiladi.

Investitsion qo'yilmalardan daromad olish, mavjud kapitalni hamda investitsion resurslarni ko'paytirish va ulardan samarali foydalanish shart-sharoitlarini yaratish investitsion faoliyatning natijasi sifatida baholanadi. Shuningdek, investitsiya faoliyati: 1) mustaqil faoliyat; 2) mol-mulk hamda mulkiy huquqlarni investitsiya qilish; 3) tavakkalchilikka muvofiq; 4) foyda olish yoki boshqa ijobiy samaraga erishishga yo'naltirilgan; 5) muayyan huquqiy shaklda amalga oshiriladigan; 6) investitsiya vositalaridan maqsadli foydalanishni ifodalovchi; 7) bir necha

bosqichlarda amalga oshirilishi kabi o'ziga xos belgilari bilan boshqa faoliyat turlaridan ajralib turadi.[2]

Investitsiya vositachilari, tijorat banklari, fondlar va boshqa moliyaviy vositachilar orqali amalga oshiriladigan investitsiyalash portfel investitsiyalar hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli iqitisodiyotda investitsiyalashning muayyan qismini portfel investitsiyalar tashkil etadi. Portfel investitsiyalarning to'g'ri investitsiyalardan farqi shundaki, ularni sotish va boshqa usullarda qaytarib olish osondir, shiningdek mazkur investitsiyalar nisbatan qisqa muddatlarda amalga oshirilishi bilan ajralib turadi.

Ijtimoiy investitsiyalar esa inson salohiyatini, ko'nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni o'z ichiga oladi. Kapital investitsiyalar asosan, moddiy ishlab chiqarishga, asosiy fondlarni vujudga keltirish va qayta yaratishga hamda moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga yo'naltirilgan investitsiyalarni nazarda tutadi. Moliyaviy investitsiyalar bugunga kunda keng ommalashgan investitsiya turi hisoblanib, mazkur turdagi investitsiya faoliyati asosan, qimmatli qog'ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy investitsiyalar daromad olish hamda asosiy kapitalni ko'paytirish maqsadida investor tasarrufidagi vositalarni aksiya, obligatsiya, veksel, zayom va boshqa qimmatli qog'ozlarga, bir so'z bilan aytganda, moliyaviy aktivlarga joylashtirishni anglatadi. Moliyaviy investitsiyalar spekulyativ xususiyatga ega bo'lgan yoki kapitalni uzoq muddatga qo'yishga qaratilgan bo'ladi. Yuqorida keltirilgan investitsiyalar orasida ijtimoiy investitsiyalar o'ziga xos ahamiyatga ega hisoblanadi. Boisi ijtimoiy investitsiyalar insonning bilimi, ko'nikmasi va iqtidorini oshirishga, yuksak salohiyatga ega kadrlarni yetishtirishga, yangi innovatsion ishlab chiqarish tajribalarini, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini rivojlantirishga yo'naltiriladi [5].

O'zbekiston o'zining ishonchli va to'lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyalarining jalb etish bo'yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. "O'zbekistonda o'zingiz istagan tinchlik, barqarorlik va zarur kafolatlarni topasiz"-dedi Prezident Sh.M.Mirziyoyev. Prezident investorlarga «yagona darcha» orqali ko'maklashish yo'lga qo'yilgani va prezident huzurida Xorijiy investorlar kengashi ish boshlaganini ma'lum qildi. "Men xorijiy kompaniyalar vakillari va ishbilarmonlar bilan ko'proq muloqot qilishga intilaman. Sizlarning g'oya, taklif va tashabbuslaringiz menga kuch-g'ayrat beradi, yangi islohotlarga undaydi. Shu bois yangi-yangi investorlar bilan tez-tez uchrashuvlar o'tkazishga, sizlarning yurtimizdagi yutuqlaringizni shaxsan kafolatlashga tayyorman", — ta'kidladi prezident. Investorlar huquqlarini sud orqali kafolatli himoya qilish borasida ham ishlar borayotgani bildirildi.[7]

Hozirgi davrda O'zbekistonda chet el investitsiyalarini kirib kelishi uchun qulay iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan. Birinchidan, O'zbekiston Respublikasidagi xorijiy investitsiyalar natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinmaydi, ikkinchidan, xorijiy investitsiyalarga qonuniy faoliyat natijasida olingan foydani va boshqa mablag'larni hech bir cheklovsiz chet elga o'tkazish kafotlanadi. Shuningdek, import bo'yicha olib kirilayotgan xom ashyo, butlovchi buyumlar va zamonaviy texnologiyalardan olingan tushumni hech moneliksiz chet el valyutasiga ayirboshlash ta'minlanadi, uchinchidan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida, shu jumladan, ko'chmas mulk oldi-sotdisiga erkin qatnashish kafolatlanadi, to'rtinchidan, chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan korxonalar o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini litsenziyasiz eksport qilish hamda qo'shma korxonalarning ustav

fondiga hissa qo'shish uchun boj to'lamasdan mulk olib kirishga haqlidir. Xalqaro tijorat sudini ishga tushirish rejalari, «yashil iqtisodiyot»ga o'tishni davom ettirish va xususiylashtirish dasturi ham yaratilayotgan sharoitlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda chet ellik investorlarning O'zbekistonda olgan daromadlarini qaytadan investitsiya sifatida kiritish bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q. Chet ellik investorlarning daromadi, ularning hohishiga ko'ra har qanday shaklda ishlatilishi mumkin.

Mamlakatimizda qulay investitsion muhitni yaratilishi natijasida 2023 yil davomida jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgan, bu 2022 yilga nisbatan 1,8 barobar ko'pdir. Qayd etilishicha, 2023 yilda asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 352,1 trillion so'mni tashkil etgan. Shundan asosiy kapitalga o'zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 53,4 foizga yetgan. Quyida o'zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo'lgan investor davlatlar ro'yxati keltirilgan: [6]

Xitoy — 25,6 %; Rossiya-13,4 %; Saudiya Arabistoni — 7,9 %;

Turkiya-6,4 %; BAA- 5,8 %; Germaniya- 4,3%

Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish ta'minlandi. Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish haqida rejalar ko'rib chiqilmoqda. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e'tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o'rinlarni ko'paytirishga qaratishi shartligi belgilandi. Shuningdek, 2024 yilda quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattga, shamol elektr stansiyalari quvvatini 900 megavattga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash qurilmalarini ishga tushirish rejalashtirilgani ma'lum qilingan.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy sheriklar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki, O'zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga moljallangan bo lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O'zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog'ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko'pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.

REFERENCES

1. Ендовицкий Д.А.Комплексный анализ и контрол инвестиционной деятелности: методология и практика / Д.А. Ендовицкий; подред. Л.Т. Гиляровской. М: Финансы и статистика, 2011, изд№2, 400с.

2. Швандар В. А. Базилевич А. И. Управление инвестиционными проектами - М.: ЮНИТИ, 2017. - 444 с.

3. Шарп У.Ф., Александр Г.Д., Бейли Д.В. Указ. соч. - С. 1035.

4. Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. 4-е изд. М.: Дашков и К°, 2006. C. 372.

5. Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X, Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma. T.: «Moliya». 303 b.

6. Statistika agentligi axborot xizmati 2023

7. 2023 yil 27 aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidadagi O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi.

8. Гаибназарова З.Т., Юсупхожаева Ф.Д. Формирование механизма взаимодействия и интеграции национальных инновационных систем Республики Узбекистан и зарубежных стран мира. Научно-аналитический журнал Наука и практика Российского экономического университета им. Г.В.Плеханова. 2021. Т. 13. № 4 (44). С. 83-93.

9. Gaibnazarova Z.T. Development of research and educational activities at automotive industries. Человеческий капитал и профессиональное образование. 2021. № 3 (37). С. 63-76.

10. Гаибназарова З.Т., Абирова Н.Ш. Подготовка кадров в Республике Узбекистан: социально-экономические аспекты. Научно-аналитический журнал Наука и практика Российского экономического университета им. Г.В. Плеханова. 2020. Т. 12. № 2 (38). С. 56-64.

11. Гаибназарова З.Т. Анализ возможностей повышения эффективности человеческого ресурса в совершенствовании развития промышленных предприятий. Экономика и финансы (Узбекистан). 2020. № 2. С. 145-163.

12. Гаибназарова З.Т. Управление персоналом и инновациями в Узбекистане: проблемы трансфера технологий. Социально-трудовые исследования. 2018. № 4 (33). С. 113-118.

13. Gaibnazarova Z.T. Relationship of human capital with intellectual capital and its role in improving the economic efficiency of enterprise production. Человеческий капитал и профессиональное образование. 2020. № 2 (32). С. 4-11.

14. Гаибназарова З.Т. Тенденция развития мировой и отечественной автомобильной промышленности в современных условиях. Экономика и финансы (Узбекистан). 2021. №¡5. С. 2-11.

15. Гаибназарова З.Т. Инвестиции в человеческий капитал как драйвер увеличения его стоимости. В сборнике: Финансово-правовые и инновационные аспекты инвестирования экономики региона. Сборник материалов международной научно-практической конференции. 2020. С. 183-187

16. Гаибназарова ЗТ. Влияние Человеческого Капитала на переход от информационного общества к цифровой экономике. Архив научных исследований. 2022 Jun 28;4(1).

17. Гаибназарова З.Т., Солиева Б.Т., Иминова Н.А. Прогнозирование риска банкротства в слабо формализованных процессах. НАУКА и ТЕХНИКА. 2024 Feb 5;23(1):80-6.; Gaibnazarova Z.T., Solieva B.T., Iminova N.A. Forecasting the Risk of Bankruptcy in Poorly Formalized Processes. Наука и техника. 2024;23(1):80-6.

18. Gaibnazarova ZT. Artificial Intelligence and Smart Railway Transport as a Tool to Accelerate the Transformation Process in Uzbekistan. InDigital Transformation: What are the Smart Cities Today? 2024 Feb 1 (pp. 261-274). Cham: Springer Nature Switzerland.

19. Talatovna G.Z. Yashil ish o'rinlarini yaratish orqali ekologik barqaror iqtisodiyotga adolatli o'tish strategiyasi: doi. org/10.5281/zenodo. 10555207. Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi. 2024 Jan 27;1(1).

20. Talatovna G.Z. Increasing the effectiveness of higher education in improving national human capital. Science and innovation. 2023;2(Special Issue 7):5-11.

21. Гаибназарова З.Т., Лавренова О.А. Перспективы совершенствования прогнозирования валового внутреннего продукта регионов на основе математических моделей. Prospects for improving the forecasting of the gross domestic product of regions based on mathematical models. XI Форум вузов инженерно-технологического профиля Союзного государства: сборник материалов. - Минск: БНТУ, 2023. - С. 49-51.

22. Пономарёва Н.П., Гаибназарова З.Т. Интеграция потенциала кластера и технопарка для реализации инновационных проектов. Integration of cluster and technopark potential for innovative projects. XI Форум вузов инженерно-технологического профиля Союзного государства: сборник материалов. - Минск: БНТУ, 2023. - С. 281-283.

23. Ibragimova Gulchexra Toxirovna. The role of foreign investment in the economy of country, INDO - ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH(IAJMR). Volume -5; Issue - 2; Year - 2019; Page: 1640 - 1647 DOI: 10.22192/iajmr.2019.5.2 www.jpsscientificpublications.com

24. Ibragimova Gulchexra Toxirovna. Innovative development of economy: factors, opportunities and experience, International Journal of Scientific & Engineering Research Volume 11, Issue 2, February-2020

25. Ibragimova Gulchexra Toxirovna. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o 'mi, Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. Ijtimoiy, Iqtiqsodiy, ilmiy, ommabop jurnal. 2024-yil 29-fevral.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0U8wZT8AAAA J&citation for view=0U8wZT8AAAAJ:u5HHmVD uO8C

26. Isaeva N.Kh, Eldorbekov Gafurbek Iskandarbek oglu. Use of Experience of Foreign Countries in Investing Investment in the Education System, Spanish Journal of Innovation and Integrity; Vol. 6 (2022): Spanish Journal of Innovation and Integrity; 2023/8/21 https://dspace.umsida.ac.id/handle/123456789/10890

27. Isaeva N.Kh, Use of Experience of Foreign Countries in Investing Investment in the Education System, Scienceweb academic papers collection 01.01.2022 https://scienceweb.uz/publication/4405

28. Исаева Наргиза Хамидовна. Укрепление ресурсной базы коммерческих банков на основе инноваций, Наука и образование сегодня. 2021 3 (62) https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=HWckezcAAAAJ& citation for view=HWckezcAAAAJ:UeHWp8X0CEIC

29. Исаева Наргиза Хамидовна, Г.Ибрагимова. Формирование навыков экономической культуры будущих педагогов современной системы образования, Наука и образование сегодня. 2018 4 (27) 65-66. https://scholar.google.ru/citations?view op=view citation&hl=ru&user=HWckezcAAAAJ& citation for view=HWckezcAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

30. Isaeva N.Kh. Effective ways to prepare future managers for economic activities, Экономика и социум. 2023 1(104) https://cyberleninka.ru/article/n/effective-ways-to-prepare-future-managers-for-economic-activities

31. Isayeva Nargiza Xamidovna, Omonxonova Muslimaxon Paxlavonxo'ja qizi. Raqamlashtirish sharoitida ta'limni moliyalashtirish va bo'lajak menejerlarni iqtisodiy faoliyatga tayyorlash, E

Conference Zone/ 24.12.2022 54-57.

http://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1816

32. Наргиза Хамидовна Исаева. Современное развитие коммерческих банков в Узбекистане, Наука и образование сегодня. 2022 2 (71) 62-63. https://cyberleninka.rU/article/n/sovremennoe-razvitie-kommercheskih-bankov-v-uzbekistane

33. Наргиза Хамидовна Исаева. О теоретических и практических аспектах депозитных операций коммерческих банков на основе инноваций, Вестник науки том 2, 1 (22)141-145. https://cyberleninka.ru/article/n/o-teoreticheskih-i-prakticheskih-aspektah-depozitnyh-operatsiy-kommercheskih-bankov-na-osnove-innovatsiy

34. Наргиза Хамидовна Исаева. Формирование финансовой компетентности у будущих специалистов по менеджменту образования, Вестник науки 2022, Том 5(50) https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-finansovoy-kompetentnosti-u-buduschih-spetsialistov-po-menedzhmentu-obrazovaniya

35. Nargiza Hamidovna Isaeva. Development of ensuring a resource base of joint-stock banks based on innovations, Theoretical & Applied Science, 2019 № 4 https://elibrary.ru/item.asp?id=39211356

36. Komolov Sadiriddin Xayriddinovich. Creating an attractive environment based on innovative investments in pharmaceutical industry, Journal of Management Value & Ethics, April-June 22 Vol. 12 No. 2, https://www.imveindia.com/iournal/APRIL-JUNE- 18-6-22.pdf

37. Комолов Садириддин Хайриддинович. Формирование инновационных инвестиций в стратегическую деятельность промышленных предприятий, Научно-аналитический журнал "Наука и практика", Российского экономического университета имени Г. В. Плеханова, Т. 14. № 3 (47). 2022 https://www.rea.ru/ru/org/managements/izdcentr/SiteAssets/Pages/archivenauka/%D0%B6% D1%83%D1%80%D0%BD%D0%B0%D0%BB%203%20(47).pdf

38. Khamitova Mavluda Sindarovna. Statistical study of population migration processes in Uzbekistan, International bulletin of applied science and technology. https://doi.org/10.5281/zenodo.7969047

39. Tuychiyeva Madina Gaffarovna. For The Research Title "Innovative strategies of foreign banks", International Journal of Management and Economics Fundamental. 2023-12-24. https://doi .org/10.37547/iimef/Volume03 Issue12-11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.