Научная статья на тему 'IJTIMOIY SOHAGA OID INVESTITSIYA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA MAMLAKATIMIZDA ULARNI QO’LLASH IMKONIYATLARI'

IJTIMOIY SOHAGA OID INVESTITSIYA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA MAMLAKATIMIZDA ULARNI QO’LLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
429
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / ijtimoiy soha / modernizatsiya / investitsion muhit / xorijiy investitsiyalar / to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar / investments / social sphere / modernization / investment environment / foreign investments / direct investments.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — K G’ulomova

Maqolada ijtimoiy sohaga oid investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo’yicha Turkiya davlatini amaliy holati,investitsiya samaradorligi,investitsiyalarni yillar kesimida o’zgarishi tahlil qilib ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE IN FINANCING INVESTMENT PROJECTS IN THE SOCIAL SPHERE AND THE POSSIBILITY OF THEIR APPLICATION IN OUR COUNTRY

The article analyzes the practical situation of Turkey in financing investment projects related to the social sphere, the effectiveness of investments, changes in investments over the years.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY SOHAGA OID INVESTITSIYA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA MAMLAKATIMIZDA ULARNI QO’LLASH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IJTIMOIY SOHAGA OID INVESTITSIYA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA MAMLAKATIMIZDA ULARNI

QO'LLASH IMKONIYATLARI G'ulomova Komolaxon

Toshkent moliya instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7091455

Annotatsiya. Maqolada ijtimoiy sohaga oid investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo'yicha Turkiya davlatini amaliy holati,investitsiya samaradorligi,investitsiyalarni yillar kesimida o'zgarishi tahlil qilib ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, ijtimoiy soha, modernizatsiya, investitsion muhit,xorijiy investitsiyalar, to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ФИНАНСИРОВАНИЯ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ И ВОЗМОЖНОСТИ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ В НАШЕЙ

СТРАНЕ

Аннотация. В статье проанализировано практическое положение Турции по финансированию инвестиционных проектов, связанных с социальной сферой, эффективность инвестиций, изменение инвестиций по годам.

Ключевые слова: инвестиции, социальная сфера, модернизация, инвестиционная среда, иностранные инвестиции, прямые инвестиции.

FOREIGN EXPERIENCE IN FINANCING INVESTMENT PROJECTS IN THE SOCIAL SPHERE AND THE POSSIBILITY OF THEIR APPLICATION IN OUR

COUNTRY

Abstract. The article analyzes the practical situation of Turkey in financing investment projects related to the social sphere, the effectiveness of investments, changes in investments over the years.

Keywords: investments, social sphere, modernization, investment environment, foreign investments, direct investments.

KIRISH

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ustuvor tarmoqlarni texnik-texnologik qayta qurollantirish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda investitsiya jarayonini takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotning o'sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta'minlovchi muhim omildir. Investitsiyalarni faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini soni oshib bormoqda. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo'jalik yurituvchi subyektlarni ko'paytirish, jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish va boshqaruv faoliyatining rivojlanishini, ijtimoiy soha ham rivojlamishiga olib keladi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish va ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini qidirib topish talablarini keltirib chiqardi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining" ning qabul qilinishi shubhasiz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim voqea bo'ldi. Taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish suratlarini ta'minlashning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan bo'lib, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash hamda yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish borasida keyingi 5 yilda amalga oshirilishi zarur bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.. O'zbekiston Respublikasida joriy etilgan investitsiya dasturi va investorlarning o'z mablag'larini kiritishlarini kafolatlovchi huquqlar, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish natijalari, ularni moliyalashtirishga asos bo'luvchi omil lar va moliyalashtirish usullari, manbalari, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan qator investitsiya loyihalari va ularga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari yoritib berilgan. Investitsiya loyihasi o'zaro bog'liq bo'lgan tadbirlar majmuidan iborat bo'lib, cheklangan davr davomida, belgilangan byudjet hisobidan, qo'yilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan aniq maqsadni nazarda tutadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi bandida keltirilgandek; investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish to'g'risida takliflar berilgan. Shu jahatdan ham O'zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tashkil etish va ularni boshqarish yo'llarini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadiki, aynan mana shu masala mazkur malakaviy ishning hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sohaga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning amaldagi holatini Turkiya Respublikasi misolida korib otadigan bolsak, Turkiya Respublikasi janubi-sharqiy Yevropa va g'arbiy Osiyoda joylashgan mamlakatdir. Turkiya geografik jihatdan qulay hududda joylashganligi sababli ko'plab savdo yo'llari uning hududidan o'tgan, shu sababli bugungi kunda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan industrial mamlakat hisoblanadi. Bugungi kunda Turkiya dunyoda iqtisodiy qudrati bo'yicha 13-o'rinda turuvchi mamlakat bo'lib, 2022-yil yanvar holatiga ko'ra Turkiya YaIMsi 2085$ trlnni tashkil etgan. Aholi jon boshiga esa 25776$ to'g'ri kelgan. Asosiy savdo hamkorlar bo'lib Rossiya 11.3%, Germaniya 9%, Xitoy 9% Iroq 7.1%, Eron 6.5%, AQSh 6%, Buyuk Britaniya 5.7%, Italiya 5.6% va BAA 5.4% hisoblanadi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, kemasozlik, elektronika, bank, tekstill, metalurgiya, konchilik, qishloq xo'jaligi va qurilish sanoati yaxshi rivojlangan.

Turkiyada 2000-yillarda boshlangan liberiallashtirish islohotlari natijasida iqtisodiyot gurkirab rivojlana boshladi va bugungi kunga kelib Turkiya investitsiya muhiti, dunyoda xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi yirik markazlardan biriga aylandi. Ushbu islohot yillarida Turkiya YaIMsida qishloq xo'jaligi maxsulotlarining ulushi 12.2% ga kamaydi, ishlab chiqarish sanoati 33% ga va xizmat ko'rsatish 59.1% ga o'sdi. Xizmat ko'rsatishda ayniqsa turizm juda tez rivojlandi.

1-jadval

Turkiya YaIM sohalar ulushi (2014-2022) .

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yil Qishloq xo'jaligi Sanoat Xizmat ko'rsatish

ulush (%) ulush (%) ulush (%)

2014 10,0 32,8 54,7

2015 8,9 33,1 55,6

2016 9,3 32,5 56,5

2017 10,1 31,2 58,3

2018 9,4 32,5 57,5

2019 9,2 32,9 57,4

2020 9,3 32,8 57,7

2021 9,2 32,7 58,4

2022 8,8 32,9 59,1

Mamlakat siyosatining g'arb mamlakatlarga yo'naltirilishi va rivojlangan iqtisodiyotlarga integratsiyasi Turkiya hukumatini to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishga jiddiy e'tibor qaratdi. Shuningdek Turkiya investitsiyaga oid qonunchilikni ham yumshatdi. Bu o'z navbatida sanoat va xizmat ko'rsatish,ijtimoiy sohasini qisqa vaqt ichida rivojlanishiga olib keldi. Biroq qishloq xo'jaligi sezilarli darajada pasaydi. Turkiya investitsiya to'g'risidagi qonunchiliklarga ko'ra, hukumat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

- mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etish,

- investorlar huquqini himoya qilish,

- xalqaro qonun meyorlariga muvofiq investorlar faoliyatini ta'minlash,

- to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etsihda yanada yengil yo'llari va jarayonlarini shakllantirish.

Turkiyada yuqoridagi huquqiy meyorlardan tashqari, 75 ta davlat bilan investorlarni himoya qilish borasida ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar mavjud. Turkiyada bugungi kunda 274 ta erkin iqtisodiy hududlar mavjud bo'lib, EIHlar tarkibi quyidagicha (44 ta texnopark, 211 ta tashkillashtirilgan ishlab chiqarish hududlari, 19ta erkin hududlar).

2021-yil yakuniga ko'ra Turkiyada faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar soni 49900 tani tashkil etgan.

1-rasm. Turkiyadagi xorijiy kompaniyalar soni (ming dona).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yuqoridagi jadvaldan ijobiy xulosaga kelishimiz mumkin. Yani Turkiya hududida xorijiy kompaniyalarning yildan-yilga ko'payishini ko'rishimiz mumkin. Turkiyada o'ziga eng ko'p investorlarni jalb qiladigan shaharlar quyidagilar hisoblanadi: Istanbul, Antalya, Anqara, Izmir, Iskanderun va Mug'ladir. Xususan Iskanderun mamlakatning chekka qismi bo'lishiga qaramay, ushbu shaharda rus investorlari metallurgiya sohasiga yirik miqdorda sarmoya kiritib "Oqtosh" metalurgiya kombinatini sotib olgan. Umumiy qilib olganda Turkiyaga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning ijobiy oqimini 20 yildan beri ko'rishimiz mumkin, shuningdek ushbu mintaqada Turkiya investitsiyalarni eng ko'p jalb qiluvchi mamlakat hisoblanadi.

Quyidagi 2-rasmdan Turkiyaning investitsion muhitini ko'rishimiz mumkin. 2012-20132014 yillardagi ko'rsatkich Turkiyani qanchalik tez jahon moliyaviy inqirozidan chiqanligini anglatadi.2015-2016 yillarda Turkiyaga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimi nisbatan stabillashganligini ko'rishimiz mumkin, ayniqsa ushu yillar davomida Turkiyada turizm sohasiga investitsiya oqimi sezilarli darajada ko'paygan.

2010

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

22

20,1

19,8

17

16,1

13,2

12,5

12,4

10

9

8,5

2-rasm. Turkiyaga to'g'rida-to'g'ri investitsiyalar (mlrd AQSh dollar).

2021-yil holatiga ko'ra Turkiyaga to'g'ridan-to'gri investitsiyalar oqimi ko'paygan va iqtisodiyotning quyidagi sohalariga kiritilgan.

3-rasm. Turkiya iqtisodiyotida to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni sohalar bo'yicha ulushi

2021-yil (min AQSh dollar).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yuqoridagi rasmdan 2021-yil holatiga ko'ra Sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsa tish va moliya sohasi investitsiya ko'rsatkichlari yuqori miqdorda sarmoya jalb qilgan. Ushbu investitsiyalarning asosiy qismi Yevropa mamlakatlari sarmoyasidir. Umumiy qilib olganda Turkiya investitsiya muhiti jozibadorligi Afrika qit'asidan boshqa, hamma qit'alardan investitsiya jalb qilgan.

Sharqiy va Janubiy

Osiyo mamlakatlari;

OC1 Fors ko'rfazi 851

davlatlari; 457

Yaqin Sharq va

Markaziy Osiyo; 1316

Yevropaning

Janubiy Amerika; 5 rivojlangan

M mamlakatlari;

À 6922

Shimoliy Amerika; w

1568 w

Yevropaning boshqa

davlatlari; 956

4-rasm. 2021-yilda Turkiyaga investitsiyalarni eng ko'p kiritgan hududlar. MUHOKAMA

Yuqoridagi rasmdan quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin. Turkiyaga eng ko'p investitsiyalar 83% rivojlangan mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi. Asosiylari Gollandiya 23%, Buyuk Britaniya 12%, Germaniya 8%. Biroq 2021-yilda Jahon Banki tahliliga ko'ra Yevropadan investitsiya oqimi pasayadi. Bunga Turkiya Prezidenti Rajab Erdog'onning Yevropa Ittifoqi bilan kelib chiqqan qarama-qarshiliklar sabab bo'ladi deya aytilmoqda. Shuningdek tahlilchilar fikriga ko'ra Rossiya sarmoyasi 2020-2021-yillarda Turkiyada ko'payadi. Hozirgi holatdagi nobarqaror siyosiy vaziyatga qaramay, investorlar Turkiyani investitsiya uchun eng yaxshi hududlardan deb hisoblashmoqda, bunga Turkiya malakali mutaxassislarga yetarli darajada ega ekanligidir.

Yana bir rivojlangan davlat misolida ko'radigan bo'lsak, Germaniya, Yevropada eng ko'p yuk, tovar aylanmasiga ega mamlakat hisoblanadi. Yuqori infrastrukturaning yo'lga qo'yilganligi jihatidan Germaniya, Yevropada birinchi, jahonda uchinchidir. Yuk o'tkazish imkoniyati yuqori ekanligi investorlarda, mahsulotni Germaniyaning o'zida ishlab chiqarishga qiziqishni orttiradi. Masalan, Yevropadagi eng yirik, konteynerlar qabul qilish va jo'natish terminallaridan biri, Gamburg portidir.

Shuningdek Germaniyada havo transporti yaxshi rivojlangan, 21 ta xalqaro aeroport, shulardan Frankfurt aeroporti yuk va yo'lovchi qabul qilish jihatidan dunyoda 7-o'rindadir. Temir yo'l uzunligi 37679 km. Bu investorlar mahsulotini tashish va hududlar bo'yicha tarqatish imkoniyatini oshiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Germaniyada investorlar uchun muhim bo'lgan sifatli ishchi mavjud bo'lib, ularning soni 41 mln kishidan oshadi. Bu Yevropadagi eng ko'p ishchi kuchi de ganidir. Ushbu ishchilarning

80% oliy va professional o'rta ma'lumotga egadir.

2.1-jadval

Germaniya ishchilarining ma'lumot darajasi.

Universitet bitiruvchilari 18 %

Maxsus o'quv yurtlari bitiruvchilari 10 %

Ikki mutaxassislikga ega ishchilar 54 %

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mutaxassislikga ega bo'lmaganlar 18 %

Germaniyada asosiy ishchilar sinifi malakali kadrlar bo'lishi ijobiy holat bo'lib, bu bilan hamohanglikda innovatsiyalarga intiluvchanlik Yevropada eng yuqoridir. Bu Germaniyaning inovatsion texnologiyalarga katta miqdorda investitsiya kiritilishidan dalolat beradi.

Birgina 2021-yilda Germaniyada ilmiy tekshirish va tadqiqotlarga investitsiylar 75 mlrd yevroni tashkil etdi. Bu Fransiya va Buyuk Britaniyaning birgalikdagi summasi bilan tengdir. Germaniyaning hududlarini umumiy olganda ilmiy tadqiqotlarga va boshqa turd agi eng ko'p investitsiyalar Shimoliy Reyn-Vestfaliya o'lkasiga qilinadi. Butun Germaniya investitsiya sarmoyalarining 28.5% aynan ushbu federal hudud hissasiga to'g'ri keladi. Bugungi kunda Shimoliy Reyn-Vestfaliya o'lkasida 18000 dan ortiq chet el kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Masalan; 3M, British Petrolium, Ericsson, Ford, LG Electronics, QVC, Sony, Toyota va Vodafone.

2021-yilda Butun Germaniya bo'yicha 666 mlrd yevro investitsiya qilingan bo'lsa, shuning 189.8 mlrd yevrosi aynan ushbu federal hududga qilingan. Bu Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal hududining investitsiya muhiti jozibadorligi yuqori darajada ekanligidan dalolatdir. Bunga ushbu federal hududning rivojlangan qo'shni mamlaktlar Gollandiya, Belgiya, Lyulsemburg va Fransiyaning ta'sir etuvchi iqtisodiy moliyaviy omillari ham Shimoliy Reyn-Vestfaliyani investitsion jozibador bo'lishiga sabab bo'lmoqda.

2.2-jadvai

Germaniya hududlari bo'yicha 2021-yilda amalga oshiriigan investitsiyalar.

Hudud nomi Investitsiya summasi (mlrd EUR)

Shimoliy Reyn-Vestfaliya 189.8

Gessen 114.3

Bavariya 111.6

Baden Vyurtemberg 64.5

Berlin 25.7

Janubiy Saksoniya 21.1

Yuqoridagi jadvaldan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, Germaniya investitsiya muhiti yaxshi yo'lga qo'yilganligidan dalolat beradi. Asosiy uch federal hudud; Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Gessen, va Bavariya eng yuqori miqdordagi investitsiyalarni jalb qilgan. 2015-yildan buyon Yevropa mamlakatlarida investitsiya oqimi pasaygan bo'lsada, Germaniya investitsion faoliyat uchun jozibador bo'lib bormoqda. Yuqorida keltirib o'tkanimdek Shimoliy Reyn -Vestfaliya Yevropa qit'asida investitsiya jalb qilish bo'yicha birinchi o'rinni egallab, yuqori

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

natijalarni qayd etmoqda. Ushbu federal hudud asosan moliyaviy investorlar uchun yuqori investitsion jozibadorlikga ega bo'lmoqda.

XULOSA

Investitsiyalar oqimining dunyo bo'ylab kuchayishi sharoitida Turkiya kabi rivojlangan davlatni investitsiya loyihalarini boshqarishda amaldagi tahlili natijasida quyida xulosaga kelindi:

Xulosa o'rnida rivojlangan davlatlarda, sarmoya asosan sanoat ishlab chiqarilishiga yo'naltirilgan. Chunki sanoat tarmog'ida barcha mashinasozlik va mexanik qurilma texnologiyalari, binolar va turli konstruktiv texnologiyalar, yer osti boyliklarini qazib olishni yuqori koefitsientini o'sishini ta'minlab beradi. Sanoatga investitsiyalar esa, boshqa tarmoqlarga qaraganda nisbatan risklilik darajasi pastroqdir.Rivojlangan mamlakatlarning investitsion jozibadorligini oshirishda moliya bozoriga ham urg'u berayotganligini muhimdir. Turkiya moliya bozorining umumiy kapitalizatsiyasi salkam 30 trillion AQSh dollariga yetganligini ko'rishimiz mumkin. Investorlarni jalb qilishda axborot texnologiyalari sohasi yetakchi qatorlarga chiqmoqda. Bu borada Turkiyani yaqqol peshqadam desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuni qo'shib o'tish lozimki, Yuqoridagi Turkiya davlati tajribasi shuni ko'rsatidiki, O'zbekiston ham xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishni istasa. Buning uchun birinchi navbatda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashi va xorijliklar uchun qulay, yumshatilgan moliyaviy muhit yaratishi lozimdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo;nalishlari bo'yichaa "Harakatlar Strategiyasi" ". PF4749. 07.02.2017y

2. O'zbekiston Respublikasining "Iqtisodiyot tarmoqlari va soxalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. Toshkent. 07.05.2018y

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo;nalishlari bo'yichaa "Harakatlar Strategiyasi"ni "Faol tadbirkorlik va innovatsion g'oyalar va texnalogiyalarni qo'llab quvvatlash yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" farmoni Toshkent 05.02.2018y

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni, 26-maqsad.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PQ-1442-sonli Qarori, 2010 yil 15 dekabr.

6. International Scientific Journal. Development of investment climate in Uzbekistan. № 2 2018.

7. Special economic zones: Global experience and practices 2018.

8. Bloomberg. January 2019. The biggest stock exchanges in the world 2016.

9. DowJones Private Analyst, Special section "Sources of capital" 2018 p23.

10. International Scientific and Particular Conference. April 2018. P 38-41.

11. http://www.edu.uz (O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

12. http://www.mininnovation.uz (O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

13. Bundesbank ma'lumoti/2021-yilda Germaniyaning hududlar bo'yicha amalga oshirgan investitsiyalari

14. Deutchland federal statistics 2021 year/the qualification degree of workers in Germany.

15. www.tmb.tr share of direct investments among sectors of Turkey economy in 2021.

16. Turkiye statistikasi kuru 2021/main investment regions.

17. Central Bank of Turkey www.tmb.tr direct investments in Turkey during 2010 to 2021.

18. Central Bank of Turkey/Li st of foreign companies in Turkey 2021.

19. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 4-avgustdagi "Investitsiya dasturi" ma'ruzasi/ 04.08.2017y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.