Научная статья на тему 'XALQARO INVESTITSIYA HUQUQI VA UNING ASOSIY MANBALARI'

XALQARO INVESTITSIYA HUQUQI VA UNING ASOSIY MANBALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
1811
209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiyalar / investitsion faoliyat / investitsion faoliyat subyektlari / reinvestitsiya / investorlar / investitsiya manbalari / ICSID konvensiyasi / bilateral investment treatiest (BIT) / NAFTA convention. / Investments / investment activity / subjects of investment activity / reinvestment / investors / sources of investment / ICSID convention / bilateral investment treaty (BIT) / NAFTA convention.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sayfiyev, Azizbek O’ktam O’g’li

Mazkur mavzu orqali investitsiya bu o’zi nima ekanligi, uning xalqaro investitsiya huquqida investitsiya va investitsiya faoliyati tushunchasining mazmun-mohiyati hamda ushbu faoliyatning maqsadi, hamda ushbu huquqning kelajakdagi o’rni, xalqaro investitsion munosabatlarga doir xalqaro shartnomalar, xalqaro investitsiya huquqi manbalari va ularning turlari, ko’p tomonlama shartnomalar, ICSID konvensiyasi hamda BIT lar haqida fikr-mulohazalar va amaliyot materiallari tahlili berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL INVESTMENT LAW AND ITS PRINCIPAL SOURCES

This article discusses the essence of the concept of investment activity and the purpose of this activity, as well as the future role of this right, international agreements on international investment relations, sources of international investment law and their types, multilateral agreements, the ICSID Convention and BITs. reviews and analysis of practical materials are given.

Текст научной работы на тему «XALQARO INVESTITSIYA HUQUQI VA UNING ASOSIY MANBALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

XALQARO INVESTITSIYA HUQUQI VA UNING ASOSIY MANBALARI

Mazkur mavzu orqali investitsiya bu o'zi nima ekanligi, uning xalqaro investitsiya huquqida investitsiya va investitsiya faoliyati tushunchasining mazmun-mohiyati hamda ushbu faoliyatning maqsadi, hamda ushbu huquqning kelajakdagi o'rni, xalqaro investitsion munosabatlarga doir xalqaro shartnomalar, xalqaro investitsiya huquqi manbalari va ularning turlari, ko'p tomonlama shartnomalar, ICSID konvensiyasi hamda BIT lar haqida fikr-mulohazalar va amaliyot materiallari tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: Investitsiyalar, investitsion faoliyat, investitsion faoliyat subyektlari, reinvestitsiya, investorlar, investitsiya manbalari, ICSID konvensiyasi, bilateral investment treatiest (BIT), NAFTA convention.

This article discusses the essence of the concept of investment activity and the purpose of this activity, as well as the future role of this right, international agreements on international investment relations, sources of international investment law and their types, multilateral agreements, the ICSID Convention and BITs. reviews and analysis of practical materials are given.

Key words: Investments, investment activity, subjects of investment activity, reinvestment, investors, sources of investment, ICSID convention, bilateral investment treaty (BIT), NAFTA convention.

Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat iqtisodiytida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Shu bois mazkur faoliyat mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga va rivojlantirishga, iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o'sishiga xizmat qiladi.

Shu bois investitsion faoliyatning qo'llab-quvvatlovchi har bir davlat o'zining bu borada aniq maqsadlarni ifodalovchi yo'l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag'batlantirish bo'yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqish yanada rivojlanmoqda.

Sayfiyev Azizbek O'ktam o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik" fakulteti talabasi e-mail: sayfiyevazizbek24 @gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ushbu ishning maqsadi xalqaro investitsiya huquqining kelib chiqish evolyutsiyasi, xususiyatlari va muammolarini o'rganish, xalqaro konvensiya va bitimlarning xalqaro investitsiya huquqning manbasi sifatidagi rolini aniqlash hamda uning kelajakdagi qay darajada rivojlanishini tahlil qilishdan iborat hisoblanadi.

Investitsion faoliyat tushunchasi investitsiya hamda investor kabi tushunchalarga asoslangan bo'lib, bu bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun dastlab mazkur tushunchalar haqida so'z yuritish maqsadga muvofiq deb o'ylaman.

"Investitsiya" atamasi lotincha so'zdan olingan bo'lib, "invest" ya'ni "qo'yilma", "mablag'larni safarbar etish", "capital qo'yilmasi" degan ma'nolarni anglatadi. Keng ma'noda investitsiya mablag'ini ko'paytirish va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ya'ni kelajakda mablag' olish uchun bugun puldan voz kechish degan ma'noda tushunsak bo'ladi.

Umuman olganda, investitsiya deganda foyda olish yoki boshqa foydali mqsadga erishish uchun tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatga jalb qilinadigan pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, moddiy va nomoddiy boyliklar, shu jumladan, mol-mulkka bo'lgan huquqlarni nazarda tutadi. O'zining moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo'yiladigan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko'ra esa u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko'rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog'liq bo'lgan aylanma kapitalning o'zgarishiga ketgan xarajatlardir. Ko'pchillik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar esa investitsiyani qarz sifatida tushunishadi. Ammo investitsiya qarz sifatida emas, balki ma'lum bir sohani rivojlantirish hamda ushbu soha kelajakda yaxshi yutuqlarga erishishi uchun kiritiladigan pul mablag'lari desak adashmagan bo'lamiz. Davlat qarzlari hisoblab chiqilgan esa investitsiyalar hisobga olinmaydi. Investitsiya tushunchasi ko'plab xorijiy adabiyotlarda turlicha ta'rif berib o'tilgan. Xususan, ba'zi iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyaga nisbatan foyda olish maqsadida muayyan sohaga joylashtirilgan capital sifatida qaralasa, boshqalarida investitsiya bu asosiy capital ko'paytirish maqsadida xo'jalik faoliyatiga kiritiladigan har qanday aktivlar deb ta'riflanadi.1 Y.Mitskevichning fikricha, investitsiya bu daromad olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida moddiy va moliyaviy vositalarni, shuningdek, mol-mulk hamda intellectual mulkka bo'lgan huquqlarni turli faoliyat obyektlariga qo'yilma sifatida jalb qilishdir. Bundan tashqari, P.Vaxrin ham investitsiya tushunchasiga tariff berar ekan, unga kapitalni joylashtirish usuli sifatida qarab, bu orqali kapitalni saqlash yoki uning asl qiymatini oshirish hamda ijobiy hajmdagi daromadga ega bo'lish ekanligini ta'kidlaydi2 . Ba'zi G'arb

1 Ендовицкий Д. А. Комплексный анализ и контроль инвестиционной деятельности: методология и практика. Д. А. Ендовицкий; под ред. Л.Т. Гиляровской. М: Финансы и статистика, 2011, изд.№2, 400с.

2 Moliya bozori va investitsiyalar. Darslik. 2021-yil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

olimlarning fikricha, investitsiya kelajakda daromad olish uchun bugun o'zingdan ajratilishi kerak bo'lgan kapitaldir deya izohlab beraganlar.

Investitsiya tushunchasiga ba'zi bir xalqaro ko'p tomonlama shartnomalarda ham ta'rif berib o'tilgan bo'lib, xususan, 1997-yilda qabul qilingan Investorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Moskva konvensiyasining 1-moddasiga muvoviq investitsiya bu investorlar tomonidan foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida moliyaviy va moddiy vositalarni shuningdek, mol-mulkka hamda itellektual mulkka bo'lgan huquqlarni agar ular mazkur shartnomaga a'zo davlatlarning milliy qonunchiligiga ko'ra muomiladan chiqarilmagan bo'lsa yoki muomilda bo'lishi cheklanmagan bo'lsa, turli faoliyat obyektlariga jalb qilishdir3.

Ko'p tomonlama invetitsiya kafolatalari agentligini tashkil etish to'g'risidagi 1985-yildagi Seul konvensiyasida investitsiya tushunchasiga ta'rif berilmagan bo'lsada, investitsiyalarning uch asosiy belgisi ko'rsatib o'tilgan. Bunda avvalo konvensiya a'zolari investitsiyalarni pul qo'yilmasi tarzida yoki natura shaklida amalga oshirilishi lozimligidan kelib chiqib harakat qiladilar4. Demak mazkur konvensiya bo'yicha xizmat ko'rsatish investitsiya sifatida e'tirof etmaydi.

Hozirgi kunda xalqaro investitsiya huquqi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu huquqning dolzarbligini bir qator holatlarga bog'liq holda tahlil qiladigan bo'lsak, birinchidan, xalqaro investitsiya huquqi iqtisodiy huquqning bir kichik tarmog'i sifatida yaqinda shakllanib borishi bir necha murakkab bosqichlarda kechdi va ularni o'rganish biz uchun prinsipial ahamiyatga ega deb o'ylayman, chunki har bir bunday bosqich xalqaro shartnoma va bitimlarning ma'lum bazasini shakllantirish orqali vujudga keldi. Ikkinchidan, bugungi kunda xalqaro investitsiya huquqi ko'plab muammolar mavjud bo'lib, ulardan biri xorijiy investitsiyalarning huquqiy himoyasini ta'minlashdir.

Ana endi, investitsiya huquqining evolyutsiya jarayoniga to'xtalsak, qadim zamonlardan beri odamlar chet elga sarmoya kiritish va tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun ketishgan. Yevropalik savdogarlar mahalliy jamoalar bilan savdo qilish uchun Osiyo, Afrika, va Lotin Amerikasiga bora boshlaganlarida, mahalliy qonunlar ularga nisbatan qo'llanilmagan, chunki ular o'z davlatlarining qonunlariga bo'ysungan holda harakat qilishgan. Grotius va Vattel5 kabi ilk pozitsiyani qo'llab-quvvatlaganlar. Ushbu dalil, bu tadbirkorlar qayerga bormasinlar, millati bo'lgan mamlakat qonuni o'zlari bilan olib yurishgan va shuning uchun mahalliy qonunlarga bo'ysunmagan degan taxminlarga asoslanishadi. Shuningdek, mahalliy qonun past

3 Investor huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Moskva konvensiyasi. 1997-yilda qabul qilingan.

4 Establishing the multilateral investment guarantee agency. Convention, October 11, 1985 years.

5 H. Grotius, De Jure Belli ac Pacis Tres(rev end, 1946)qayta nashr qilingan(1925)3(2) The Classics of International Law, 385 (F.Kelsey,trans),TM Franck, Fairnessda keltirilganidek Xalqaro huquq va institutlarida (Oxford, Clarendon Pess,1995), 457, n 11;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

darajada bo'lganligi sababli, u o'z mamlakatining yuqori qonunchiligiga bo'ysunadigan chet elliklarga nisbatan qo'llanilmagan. Shunday qilib, xalqaro investitsiyalar huquqi rivojlanishining dastlabki yillarida hech bir davlat chet el aktivlarini ekpropriatsiya qilishi va milliylashtirishi mumkin emasligini bilishgan edi. Mamlakatlar xalqaro minimal standart tushunchasidan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlaridan qochish uchun sabab sifatida milliy qonunlarga murojaat qila olmaganlar.

Xalqaro investitsiya huquqi hozirgi kunda misli ko'rilmagan darajadagi jamoatchillik nazoratiga duch kelmoqda. So'ngi yillarda investitsiyalarni tartibga solishga qaratilgan investitsion muzokarachilar, amaliyotchilar va akademiklarning kichik doirasidan tashqarida ham duch kelmoqda. Buning sababi shundaki, xorijiy investitsiya to'g'risidagi qonun o'zgaruvchan holatda va investor-davlat nizolarni hal qilish mexanizmi huquqshunoslikda nomuvofiq va chalkashliklarni keltirib chiqargani uchun tanqid qilindi va natijada investor-davlat nizolarini hal qilishga qarshi jamoatchillikning noroziligiga sabab bo'ldi. Ushbu mexanizm dastlab xususiy huquq xarakteriga ega tor tijorat huquqiga oid nizolarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan bo'lsa-da, endi u ko'pincha ko'plab mamalakatlardagi jamoatchilik huquqlariga daxldor bo'lgan ommaviy huquq masalalarini ko'rib chiqishi uchun chaqirila boshladi. Xorijiy investitsiyalarni tartibga solish bo'yicha muhim qoidalar ifodalovchi keng qamrovli xalqaro shartnomalarning yo'qligi muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Binobarin, ko'pgina ekspertchi olimlar amaldagi tizim shunchaki ishlayapdi degan fikrda, bunga bir qator davlatlar o'zlarining ikki tomonlama investitsiya shartnomalarini(BIT) bekor qilishlari va boshqalarning investitsiya arbitrajidan ommaviy ravishda chekinishlarini sabab sifatida keltirmoqdalar. Misol uchun Janubiy Afrika o'z hududidagi xorijiy investorlarga nisbatan munosabatini tartibga soluvchi ichki qonunchiliklarini joriy etishdan ko'ra o'zining barcha BITlarini muntazam ravishda to'xtatmoqda. Bundan tashqari, Venesuela ham xuddi shunday ishlarni qilishdan holi emas. Yana shuni aytishimiz keraki, Indoneziya esa bu ishlarni allaqachon to'xtatgan. Bunday voqealarni tahlil qiladigan bo'lsak, investitsiya faoliyati va chet el investorlari huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq aksariyat tartib-taomillar tarqoq holda faqatgina bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligi, aksariyat qoida va qonunlarning takrorlanishi, ayrim muhim masalalar qonu darajasida emas, balki nizom va yo'riqnomalar bilan belgilanganligi ular o'rtasida ba'zi nomuvofiq va qarama-qarshilliklarni keltirib chiqarmoqda.

Ana endi investitsiya huquqi manbalariga to'xtalsak, umumiy nazariyadan ma'lumki, huquq manbalari deganda uning sirtdagi muayyan ifodasio tushuniladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ya'ni huquq manbalari huquqning o'z funksiyalarini samarali bajarish uchun xizmat qiladi. Ba'zi yuridik adabiyotlarda manba tushunchasining turli ta'riflari mavjud.

Huquq manbasi - bu huquq normalarini ifodalash va mustahkamlash, ularga yuridik, hamma uchun majburiy tus berishning davlat tomonidan belgilanadigan yoki rasmiy tarzda davlat tomonidan e'tirof etiladigan hujjatlarning metodlaridir6.

Umumna olganda, Xalqaro investitsiya huquqi manbalari deb, xalqaro investitsiya munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yig'indisi desak bo'ladi. Huquqning umumiy nazariyasida bu masala atrofida borayotgan munozara tafsilotlariga to'xtalmasdan shuni qayd etishimiz mumkinki, huquq manbasi deganda, huquq mazmunining muayyan hujjatlarda mustahkamlangan ko'rinishi va amaldagi ifodasi desak adashmagan bo'lamiz.

Investitsiyaga doir munosabatlarni tartibga solish uchun qo'llaniladigan investitsion normalarni ifodalash shakllari investitsiya huquqi manbalari hisoblanadi. Investitsiya huquqi manbalari ham, uning huquqiy tartibga solish predmeti va metodi singari, kopleks va aralash xususiyat kasb etadi. Investitsiya huquqi normalari huquqning turli sohalarida mustahkamlangan (xalqaro iqtisodiy huquq). Investitsiyaga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunlar to'plami jamuljam holda investitsiya huquqining asosiy manbalarini tashkil etadi.

Investitsiyalarni huquqiy tartibga solish borasidagi jahon amaliyoti tahlili chet el investitsiyalarining huquqiy rejimini belgilovchi qonuniylikning ikki asosiy modeli mavjudligidan darak beradi7. Birinchidan, rivojlangan davlatlarda qoida tariqasida, tashqi(chet el) va ichki (milliy) investorlarni ajratmaydi. Hozirgi vaqtda investorlar faoliyatining rejimi ularning milliy mansubligidan qat'iy nazar yagonadir. Mazkur davlatlarda chet ellik investorlarning huquqiy maqomi chet ellik investorlar uchun milliy rejim prensiplaridan istisno holatlarni belgilovchi normative hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ikkinchidan, investorlar faoliyatini solishning ikkinchi modeli esa bu rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamalakatlarga xos. Tegishli davlatda investitsiyalarni amalga oshirish jarayoni tartibga soluvchi normalarni belgilar ekan, investorlarni ularning milliy mansublik belgisiga ko'ra ajratadi. Bunday davlatlar huquqiy rejimi alohida odatda, nisbatan qattiq qoidalarga bo'ysunadigan chet el investitsiyalarini tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun hujjatlarini qabul qiladi. Ayni paytda, iqtisodiy rivojlagan davlatlar ham, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlar ham mazkur sohada umumiy jihatlarga ega, deyarli barcha hukumatlar investitsiya faoliyati sohasida maxsus cheklovlar o'rnatishi mumkin. Shunday qilib investitsiyalarni tartibga soluvchi qonunchillik modellarining

6 Xalqaro investitsiya huquqi. Darslik, 2019 yil. Mualliflar jamoasi.

7 Международное коммерческое прова: учеб. Пособие / под общ.ред. В.Ф. Попондопуло. - 2-е изд.стерю-М. Омега-Лб 2006. - Сю104ю

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yuqorida bayon etilgan tasnifi tartibga solish tendensiyalarni aks ettiradi va mutloq xususiyatga ega emas. Investitsiyalarni tartibga soluvchi maxsus qonunchillikni joriy etishda ko'zlangan maqsadlar ko'p sonli omillar bilan belgilangan bo'lib, o'z yo'nalishlariga ko'ra ular bir birlariga mos kelmasliklari ham mumkin.

Shu sababli, biz ham xalqaro-huquqiy normalar, ham ichki normative-huquqiy hujjatlarning normalar yig'indisi sifatida qarayoygan investitsiya huquqiga tadbiqan, uning tizimi ikki guruhga ajratishimiz mumkin.

•Xalqaro-huquqiyu manbalar;

•Milliy-huquqiy manbalar;

Ushbu manbalarga birma bir kengroq to'xtalib o'tamiz.

Investitsiya huquqi xalqaro-huquqiy manbalarning asosini davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub'ektlari bilan tuziladigan xalqaro shartnomalarni tashkil etadi.

Ishtirokchilar doirasiga ko'ra, bunday xalqaro shartnomalarni bir necha guruhga ajratishimiz mumkin.

> Asosiy maqsadi chet el investitsiyalarini davlatlararo darajada himoya qilishdan iborat bo'lgan ko'p taraflama xalqaro shartnomalar;

> Mintaqaviy xalqaro shartnomalar (masalan MDH mamlakatlarning bitimlari)

> Ikki tomonlama bitimlar (BIT) va ko'p tomonlama bitimlar

> Xalqaro huquqiy-huquqiy urf-odatlar

Chet el kapitalini jalb qilish bilan bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro normalar alohida kasb etadi. Ya'ni xalqaro normalarning ustunligi e'tirof etilgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ular ma'lum, lekin uncha muhim bo'lmagan rolni o'ynasa, xorijiy element kiritilgan munosanbatlarda, masalan xalqaro tavarlar oldi-sotdisiga doir munosabatlar ko'p jihatdan xalqaro normalar bilan tartibga solinadi. Investitsiyalarga doir xalqaro bitimlarda belgilangan normalar mazkur bitimlarning ishtirokchisi bo'lgan davlatlar uchun asosiy normalar hisoblanadi. Binobarin davlatning milliy qonunchilikni mazkur bitimlarga o'z zimmasiga olgan majburiyatlaga mos ravishda yaratsa, ularning asosiy qoidalari tushunchalari va ta'riflarni hisobga olsa, to'g'ri bo'lardi. Demak, amaldagi xalqaro shartnomalar chet el investitsiyalarini himoya qilishga qaratilgan yagona mixanizm yaratadi va investitsiyaga doir munosabatlarni huquqiy tartibga solish ba'zi bir yagona prinsiplaridan kelib chiqadi.

Shuni aytib o'tishimiz kerakki, milliy darajada davlatlar doirasida tartibga solish xalqaro darajada tartibga solish bilan bir biriga uzviy bog'liq hisoblanadi. Bundan shuni e'tiborga olish lozimki, xalqaro shartnomalarning normalari ichki qonunchillik normalariga nisbatan ustunlikka ega bo'ladi. Bu yerda yana shuni takidlab o'tishim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

joizki, bugungi kunda davlatlar o'zara bir birlari bilan mintaqaviy darajada chet el investitsiyalari bilan qisman yoki to'liq bog'lioq bo'lgan bir qancha bitimlarni ishlab chiqqan va qabul qilgan. Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda bunday bitimlarning soni ko'payib bormoqda. Xususan rivojlanib borayotgan davlatlarning aksariyati hozirgi vaqatda ham mintaqaviy, ham submintaqaviy bitimlarning ishtirokchilari hisoblanadi.

Mintaqaviy bitimlar asosida iqtisodiy hamkorlik va o'z-o'zini kollektivg ta'minlash keng maqsadlarga erishish uchun qaratilgan, ularning afzalliklaridan biri shundaki, ular rivojlanayotgan mamlakatlarning chet ellik investorlarga nisbatan imkoniyatlarni umumiy savdo dastularini qabul qilish va amalga oshirish, chet el investitsiyalariga oid siyosatga muvoviqlashtirilgan holda hamkorlik qilish orqali ko'chaytirish vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin8.

Investitsiyalarga doir universal hujjatlar mavjud bo'lmagan sharoitlarda chet el investitsiyalari bo'yicha ikki tomonlama bitimlar ko'pgina davlatlar uchun masalaning eng maqsadga muvofiq yechimi bo'lib kelmoqda, ko'rib chiqilayotgan institutni xalqaro darajada himoya qilishni tartibga soluvchi moddiy va prosessual huquqning alohida manbasi hisoblanadi.

Ana endi investitsiya huquning milliy manbalariga kelsak, shuni qayt etib o'tish lozimki, qabul qiluvchi mamlakatlarning davlat ichkli investitsiya qonunchiligi kompleks xususiyat kasb etadi va qoida tariqasida investitsiyaga doir maxsus qonunlar, valyuta ishini tartibga solish va valyuta nazorati sohasidagi qonunlar, chet el elementi ishtirokidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mehnat qonunchiligi va boshqa maxsus qonunlardan iborat.

Investitsiya qonunchiligining o'ziga xos xususiyati shundaki, u tartibga solishning kollizion mexnizmini qo'llamaydi va uning normalari chet ellik xususiy investorlar bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni to'g'ridan-to'g'ri tartibga soladi. Shu o'rinda quyidagi holatga etibor berishingizni istar edim, investitsiya huquqning mavjud manbalar tizimi ham xalqaro, ham davlat darajasida investitsiyaga doir munosabatlarni huquqiy tartibga solishning muayyan duallizmi to'g'risida so'z yuritish imkonini beradi9. Chunki ushbu dualism tartibga solishning ommaviy va xususiy mexanizmlarini birikmasini nazarda tutadi.

Ommaviy-huquqiy tartibga solish ayrim mamlakat ko'p tomonlama ichki tomonlama davlatlararo bitimlar tuzish (ularga qo'shilish), milliy qonunchillikni qabul qilish orqali investitsiyalarni amalga oshirish uchun sharoitlarni va kafolatlarni nazarda tutadi. Mazkur tartibga solish investiytsiyalarni amalga oshiruvchi

8 Xalqaro investitsiya huquqi. Darslik. 2019 yil. Mualliflar jamoasi.

international investment law.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

sub'ektlarning davlat hokimiyati bilan "vertical" munosabatlari (teng bo'lmagan munosabatlar) ya'ni teng bo'lmagan maqomga ega sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarni tushunish lozim.

Investitsiyaga doir munosabatlarni xususiy tartibga solish investitsiyalarni amalga oshirish turlari va shakllarini tartibga solishni, investitsiyaga doir munosabatlarning huquqiy maqomini belgilashni, ya'ni investitsiyalarni amalga oshiruvchi muayyan sub'ektlarga tegishli maqom yoki bir-biriga nisbatan tegishli huquqlarni berish va majburiyatlar yuklashi, investitsiyaga doir munosabatlarning huquqiy tabiatini nazarda tutadi. Xususiy huquqiy tartibga solishda investitsiyalarni amalga oshiruvchi sub'ektlar o'rtasida "gorizantal" munosabatlar, ya'ni teng maqomga ega bo'lgan mustaqil va erkin sub'ektlar o'rytasidagi munosabatlar tushunish lozim.

Investitsiyaga doir munosabatlarni xususiy tartibga solish investitsiyalarni amalga oshiruvchi sub'ektlar uchun aralash bozor iqtisodiyoti sharoitida o'z hisobiga va o'z mulki hamda investitsion mablag'lari hisobiga har qanday investitsiya faoliyati bilan tavakkalchilikni o'z bo'yniga olgan holda, ya'ni o'z javobgarligi ostida shug'ullanish erkinligini nazarda tutishi mumkin. Shunday qilib, xusuiy tartibga solish boshqaruv munosabatlarini (hokimiyat va tobellik munosabatlarini) o'zida ifodalamaydi, aksincha bunday munosabatlar yuridik jihatdan teng sheriklarning iqtisodiy manfaatlarini ro'yobga chiqarish yo'lidagi hamkorligi nazarda tutish lozim. Shuningdek, investitsiyga doir munosabatlarning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar investitsiya huquqning manbasi hisoblanadi.

Xalqaro investitsion munosabatlarni tartibga solishda shartnomalarning o'rni kattadir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, investitsion munosabatlarni tartibga solishning quyidagi turlari mavjud.

1. Ikki tomonlama investitsion shartnomalar

2. Ko'p btomonlama investitsion shartnomalar

3. Kosession shartnomalar

Ushbu investitsion munosabatlarni tartibga solishning turlariga to'xtaladigan bo'lsak, ikki tomonlama investitsion shartnomalar(BIT) XX asrning ikkinchi yarimida juda ko'p mustamlaka ostida qolgan davlatlar o'zlarining mustaqilligini qo'lga kiritish natijasida ularning hududida qolgan mustamlakachi davlatlar fuqarolarining mol-mulkining huquqiy himoyasimuammosi o'rtaga chiqdi. Qo'shimcha tarzda ushbu yangi mustaqillikga erishgan rivojlanayotgan davlatlarga qilingan to'g'ridan-to'g'ri horijiy investitsiya (foreign direct investment, FDI) ning huquqiy himoyasini ta'minlash masalasining muhimligi ham sezilib qolgan edi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Natijada turli takliflar yuzaga chiqdi. Shundan biri bu ikki tomonlama investitsiyani himoyalash va ularni oshirishga doir bitimlarni (bilateral investment treaties BIT) tuzish orqali xorijiy investorlarga huquqiy himoyani ta'minlash edi10.

Mazkur bitimlarda ishtirokchi bo'lgan davlatlarda agar bir taraf investor bilan huquqiy nizo kelib chiqqan taqdirda xalqaro arbitrajda kelib chiqqan nizolarni hal etishiga o'z roziligilari berishadi. Ya'ni bu haqda taraflar o'zaro imzolangan ikki tomonlanma investitsion shartnomalarda taraflar o'z hududlarida investorlarga beriladigan imtiyozlar, investitsiyalarini kafolatlash hamda investorlarning huquq va majburiyatlari va taraflar o'rtasida agar nizo kelib chiqsa, ular nizoni qanday holatda hal etishlarini kelishib olishadi.

BIT lar esa hozirgi zamon xalqaro investitsiya huquqining eng muhim manbasi hisoblanadi. Ba'zi mamlakatlarda, ya'ni Germaniya, Xitoy va Shevetsariya kabi davlatlarda boshqa davlatlar bilar o'zaro imzolangan 100 dan ortiq BIT lar mavjud. Bundan tashqari, Dunyo bo'ylab 3000 ga yaqin BIT shartnomalari borligi aniqlangan11. Masalan; bunday shartnomalardan biri Germaniya va Pokiston o'rtasi 1959-yil imzolangan. Shu paytdan boshlab ikki tomonlama investitsion shartnomalar (BIT) soni oshib ketishiga olib kelgan.

BIT lar moddiy va protsessual moddalardan tashkil topgan xalqaro bitimlar bo'lib, ularda davlat xorijiy investorlarining mol-mulki noqonuniy ekspropriatsiya qilmaslik, eng ko'p qulaylik tug'diruvchi rejimini yaratib berish, noo'rin diskriminatsiya qilmaslik va nizo kelib chiqqan taqdirda xolis va adolatli arbitraj sudlarida ishni ko'rishga kelishib olishga o'zaro roziligilarini bildirishadi. Bu shartnomalarning muhimligi shundaki, davlatlar shu paytgacha xususiy shaxslarga, ya'ni bu yerda xorijiy capital va texnolagiya egalariga, hamda o'rtalarida nizo kelib chiqqan taqdirda bunda taraflarni xalqaro arbitraj sudiga o'z da'volarini berish huquqini berayotganidir. BIT lar asosan, ikki tomonlama investitsion shartnomalarni tuzgan davlatlarda ya'ni shartnoma tuzgan birinchinchi davlatning hududida shartnomaning boshqa ishtirokchi davlat investorlarining ikkinchi davlatga amalga oshirayotgan investitsiyalarini uchun kafolatlarni ta'minlaydi.

Ana endi ko'p tomonlama investitsion shartnomalarga to'xtaladigan bo'lsak, ko'p tomonlama investitsion shartnomalr deb ikkidan ortiq mamlakatlar o'rtasida tuziladigan va ularning investorlari bir-birlarining hududlariga investitsiya kirituvchi va investitsiyalarni himoya qiluvchishartnomadir. Bizga ma'lum chet el investitsiyalari uchun ko'p tomonlama konvension qoidalarni yaratish borasidagi harakatlar ancha oldin boshlangani ma'lum. Chet elliklar va ularning mulki bilan

10 International economic law. 2019 yilgi darslik.

11 Principles of Internationla investment law. Ikkinchi nashr. Rudolf Dolzer and CH. Schreuer.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

muammolada bo'lish doir ko'p tomonlama xalqaro konvensiyalarini tuzish maqsadida davlat o'zaro konferensiya chaqirganlar. Ko'p tomonlama shartnomalarga misol tariqasida Energitika xartiyasini misol qilib olishimiz mumkin.

Energitika Xartiyasi bu energiya sektorida investorlarni himoya qilish borasida katta yutuqlarga erishgan. Usbu shartnoma 1994-yil imzolangan va 1998-yil rasman kuchga kirgan. Energitika xartiyasi asosan energiya sohasidagi hamkorlik uchun xalqaro huquq doirasida yagona bo'lgan ko'p tomonlama shartnomaning asosini ta'minlaydi. Oddiy qilib aytganda, Energitika hartiyasi shartnomasi imzolagan davlatlar o'rtasida energiya sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosiy deklaratsiya bo'lib, u hech qanday qonuniy majburiyat yoki moliyaviy majburiyatlarni o'z zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, bir qancha mintaqaviy shartnomalarda ham investitsiyaga oid qoidalar belgilab qo'yilgan.

OECD- "Iqtisodiy hamkorlik hamda rivojlanish bo'yicha tashkilot" tomonidan ko'p tomonlama investitsion shartnoma ishlab chiqilgan edi. Ushbu shartnomaga OECDning a'zolari va a'zosi bo'lmagan davlatlar ham qo'shilishi mumkinligi belgilangan. Xalqaro investitsiya standartlarini liberalizatsiya qilish, investitsiya rejimi va investitsion himoyani ta'sir kuchiga ega bo'lgan samarali nizolarni hal etish mexanizimi bilan boyitishni maqsad qilingan edi. Ushbu tashkilot kengashi tomonidan uning "chet el mulkini himoya qilish to'g'risida"gi konvensiya loyihasiga doir rezalyutsiyasid mazkur konvensiya qoidalari rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko'rsatishga qaratilgani aytib o'tilgan. Ushbu konvensiyani qabul qilish va imzolash davlatlarga ularning huduida chet el xususiy mulki himoya qilinishini kafolatlash bo'yicha qo'shimcha majburiyat yuklaydi.

NAFTA shartnomasi Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi hisoblanadi. NAFTA o'zi Shimoliy Amerika davlatlar ya'ni AQSH, Kanada, Meksika davlatlari o'rtasida imzolangan. NAFTAning maqsadi AQSH, Kanada va Meksika o'rtasidagi savdo va investitsiyalar uchun barcha ta'rif va ta'rifsiz to'siqlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu davlatlar o'z hududlarida eksport va import mahsulotlariga nisbatan qo'yilgan ta'riflar va to'siqlarni bekor qilish hamda investorlarga nisbatan qo'yilgan cheklovlarni ham bekor qilishni ko'zlangan. Yana shuga e'tibor qaratishimiz kerakki, NAFTA shartnomasining 11 bobida investorlar va investitsiyalarni himoya qilishga bag'ishlangan.

Yuqorida ko'rsatib o'tganimiz, ikki tomonlama va ko'p tomonlama investorlarni himoya qiluvchi shartnomalar, davlatlar va davlatlar o'rtasida tuzilishini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Investor va o'rtasida tuziladigan shartnomalarga esa

konsession shartnomalar deyiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Konsession shartnomalar bu asosan tabbiy boylilar (gaz, neft, ko'mir va metallar), suv va energiya ta'minoti bilan bog'liq bo'ladilar. Ushbu shartnomalar asosan BOT (build, operate, transfer), loyihalari bo'yicha imzolanadi12, hamda davlat va investor o'rtasidagi munosabatlarni ikir-chikirigacha belgilab beradi. Masalan, konning ijaraga berilishi muddati, mehnat munosabatlari, ishlab chiqarishdagi, miqdor, tavorni yetkazib berish kabilarni keltirib o'tishimiz mumkin. BOT loyihasi bo'yicha shartnoma imzolnganda ma'lum bir vaqt o'tguncha obyekt investor qo'lida bo'ladi. Ma'lumot tariqasida mashxur BOT loyihasi bo'yicha imzolangan konsession shartnoma bu Fransiya va Buyuk Britaniya o'rtasidagi tunel shartnomasi hisoblanadi. Investitsion nizollarni hal qilishda ICSID konvensiyasi ahamiyatli hisoblanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Boshqa davlatlarning milliy va davlatlar o'rtasidagi nizolarni hal qilish to'g'risidagi konvensiyasi bu ko'p tomonlama shartnoma hisoblanadi. Mazkur konvensiya host state ya'ni mezbon davlat bilan xorijiy investor o'rtasida nizoning protsessual yechimini ta'minlaydi. ICSID aslida xalqaro investitsiya nizolarini hal etishga bag'ishlangan yetakchi institute hisoblanadi. Investitsiya sohasida katta tadjribga ega bo'lib, barcha xalqaro investitsiya holatlarining aksariyatini boshqargan. Ko'pgina xollarda davlatlar xalqaro investitsiya shartnomalarida va ko'plab investitsiya qonunlari va shartnomalarda investor-davlat o'rtasida nizolarni hal etish uchun ular ICSIDda nizolarni hal qilamiz deb kelishib olishadi. Bundan tashqari, ICSID qoidalari asosan davlatlarga arbitraj, yarashuv, faktlarni aniqlash, va vositachillik uchun maxsus tartib qoidalarni taklif etadi. Bu investor-davlat nizolarini hal qilishda eng ko'p qo'llaniladigan protsessual qoidalardir. Bundan tashqari, investitsiyalarga oid kafolatlar bo'yicha ko'p taraflama agentlik MIGA konvensiyasini ham manbalar qatoriga qo'shsak bo'ladi. Ushbu konvensiyaning qoidalariga muvofiq, chet el investitsiyalarini sug'urta qilish bo'yicha agentlik tashkil etiladi. Agentlik shu jumladan, shartnomalar tuzish, ko'char va ko'chmas mol-mulkn egallashi va tasarruv etishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lib ishtirok etishi mumkin. Ushbu agentlikning asosiy vazifasi konvensiya ishtirokchisi bo'lgan davlatlarda chet el investitsiyasini amalga oshirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalarni jalb qilinishiga ko'maklashish, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida shu yo'l bilan bir qancha xalqaro moliyaviy muassasalar bilan faoliyatini ko'shimcha tarzda ta'minlashdan iborat.

Xalqaro investitsiya huquqining bir qancha manbalarini yuqorida keltirib o'tdik, hamda ushbu manbalar investitsiya doir nizolarni tartibga solishda muhim rol o'ynaydi.

12 Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Investitsion munosabat huquqiy jihatlardan biri bu mamlakatlar tomonidan investorlar uchun yaratilishi lozim bo'lgan huquqiy sharoitlardir.

✓ Mulk huquqining ishonchli himoyasi

✓ Mustaqil va ta'sir kuchiga ega sud tizimi

✓ Qonundagi aniqlik

✓ Hukumat aralashuvu hamda tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi qoidalarning aniq ta'riflarga ega ekanligi

✓ Yaxshi boshqaruv (good governance)

Ushbu sharoitlar mamlakat hududida yaxshi yaratilgan bo'lsa, ushbu davlatga xorijiy investorlar qo'rqmasdan o'z investitsiyalarini kiritishi mumkin.

Bularga birma-bir to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Mulk huquqining ishonchli himoyasi bu mamalakatlarga investitsiya oqimining kirib kelishi uchun u yerda mulk huquqi qay darajada ta'minlaganligini anglatadi. Agarda mamlakatda mulk huquqi juda ham kuchli qo'riqlansa, bunday mamlakatda investitsiya oqimining kirib kelishi yuqori darajada bo'ladi. Masalan ko'plab investitsiya oqimi yuqori bo'lgan mamlakatlarda yer davlatniki hisoblanmaydi, chunki bu yerlar ma'lum bir shaxslarga tegishli yerlar hisoblanadi. Chunki uning mulki joylashgan yerni mamlakat qandaydir sabablarga ko'ra tortib ololmaydi. Aksincha ushbu yerlar davlatning mulki bo'lsa, har qanday sabablarga ko'ra olib qo'yishi mumkin. Shuning uchun ham investorlarda qo'rquv paydo qilmoqda. Ushbu yerlar ma'lum bir shaxsga tegishli bo'lsa, xorijiy investorlar qancha investitsiya kiritsa ham qo'rqmay kiritaveradi.

Mustaqil va ta'sir kuchiga ega sud tizimi. Ushbu sharoitning boshlig'I investor va host state yoki investor va xususiy tadbirkorlar o'rtasida nizon chiqqan vaqtda investitsiya joylashgan mamlakatda nizolarni hal etishda yangiliklarni ko'zlaydi. Biroq oxirgi yillarda host state va investor o'rtasidagi nizolarni deyarli milliy sudlarda ko'rilayotgani yo'q. Buning asosiy sabai shundaki, investorlarning davlatlarning milliy sudlariga ishonmasligidadir. Shu sababli ham investorlar hozirgi kunda host state va investor o'rtasidagi nizolar ko'proq UNCITRAL yoki bo'lmasa ICSID (investitsin nizolarni hal qilish markazi) tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Biroq bu bilan men mazkur sharoitni yaratish zarur emas demoqchi emasman. Chunki investorlar va boshqa xususiy sub'ekalr o'rtasida nizo kelib chiqqanda davlat sudlarining ishonchli ekanligi muammoni hal qilishda katta yordam beradi hamda ortiqcha xarajatlardan saqlaydi. Agarda mamlakatlarning milliy sudlar ishonchli bo'lmasa, investitsion nizolarni hal qilishda investorlarning milliy sudlarga ishonchi yuqolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun har bir mezbon davlat o'z hududida mustaqil hammda ta'sir kuchiga ega sud tizimini yarata olsa, ushbu davlatlarga nisbatan investorlarning ishonchi ancha yuqori bo'lishi mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Qonundagi aniqlik buni yaratish orqali kelgusida kelib chiqishi mumkin bo'lgan tushunmovchilliklarni oldini olish hamda investorlarga shubha uyg'otmasliklari uchun harakat qilinadi. Amma milliy qonunchiligimizga e'tibor qaratadiga bo'lsak, juda ham ko'p tushunmovchilliklarga duch kelishimiz mumkin. Investitsiya munosabatlariga doir qonun va qonunosti hujjatlarimizda ko'plab noaniqliklarni ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham investitsion munosabatlarga doir qonunlarni tubdan isloh qilinishi hamda ushbu kamchiliklarni to'ldirishimiz talab etiladi. Ushbu munosabatlarga doir yangidan yangi qonunlarni ishlab chiqishimiz hamda qonunchilikdagi kamchilliklarni bartaraf etsak, kelgusida kelib chiqishi mumkin bo'lgan tushunmovchiliklarni oldini hamda xorijiy invetorlarni jalb qilish uchun shubxalarni oldini olgan bo'lamiz.

Hukumat aralashuvi hamda tadbirkorlikfaoliyati to'g'risidagi qoidalarni aniq ta'riflarga egaligi. Investor mamlakatga kirib kelganidan so'ng xoxlaydimi-xoxlamaydimi mezbon mamlakat bilan turli xildagi munosabatga kirishadi va mamlakat uning ishlariga aralashadi. Bunga misol qilib oladigan bo'lsak, ya'ni hukumatning soliq siyosatini olishimiz mumkin. Davlat soliqlarni qanday oshirib borishi yoki soliq sohasidagi aniq belgilangan qoidalar investorlarda ushbu mamlakatga kirish uchun qo'shimcha imkoniyat tug'diradi. Bizga ma'lumki, investitsion munosabatlarda tadbirkorlik faoliyatiga investor kirib kelayotgan mamlakatda qanchalik yuksak e'tibor qaratilayotgani ham eng muhim faktorlardandir. Misol uchun bizning mamlakatimizda bunday qonunlar juda ko'p topiladi va ular aniq qilib belgilangan.

Yaxshi boshqaruv (good governance). Ushbu talabning tarkibiy tuzilishi shundan iboratki, unda mamlaktdagi iqtisodiy iqtisodiy va siyosiy stabillik, mamlakatdagi boshqaruv tizimini yaxshi yo'lga qo'yilganligi ham ma'lum darajada shaxs faktori ham muhim rol o'ynaydi. Agar mamlakat hukumat almashinuvi bilan to'saddan o'zgarib ketishi ehtimollari oldindan bashorat qila olish holatida bo'lsa yoki mamlakt tinch bo'lmasa yaxshi boshqaruv yo'lga qo'yilmaganligida dalolat beradi. Misol tariqasida Argentina va Siemens o'rtasidagi nizo yuzaga kelishiga ham aynan boshqaruvning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi sabab bo'lgan deyishimiz mumkin. Ushbu holatda ishning oxiriga yetmay qolishiga nafaqat Argentinadagi yangi hukumatning hokimiyat tepasiga kelishi, balki Buenos-Ayeros va yana bir nechta viloyatlari hamda Argentina hukumati o'rtasida Siemens bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha yakdillikning yo'qligi asosiy sabab bo'lgan13. Shuning uchun ham yaxshi boshqaruvning mavjudligi investitsion munosabatlar uchun ham zaruriydir. Shuning uchun mamlakatda hukumat almashunuvi hamda siyosiy

13 International economic law.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

o'zgarishlar sababli shartnomalar tuzish zaruriyatini tug'diradi. Chunki mamlakatdagi o'zgarishlardan so'ng mamlakatlar majburiyalarni bajamaslillari mumkin. Bundan kelib chiqadiki, faqatgina odat huquqi bilan barcha munosabatlarni tartibga solib bo'lmaydi. Misol uchun muzlatib qo 'yish qoidasi (stabilization clause) mavjud ushbu qoida kelgusidagi milliy qonunchillikdagi o'zgarishlar investitsion shartnomaga nisbatan qo'llanilmaslini ta'minlan beradigan institute hisoblanadi. Shu sababli ham ba'zi olimlarning fikriga ko'ra stabilization clause ning mavjudligi yaxshi boshqaruv majud bo'lmasa ham ushbu qoidani bo'lishi yetarli deyishadi. Ammo men bu fikrga qo'shimagan bo'lardim. Chunki bu yerda davlat suverenteti degan tushuncha ham o'zining kuchli ta'sirini ko'rsatadi.

Yuqoridagilarni umumlashtirib, xulosa qiladigan bo'lsak, bugungi kunda xorijiy investitsiyalarning xalqaro huquqiy manbalari aslida investitsion nizolarni hal etish uchun asosiy rol o'ynaydi. Investitsion munosabatlarda asosan ikki tomonlama investitsion shartnomalar ustunlik qiladi. Chunki BIT lar mamalakatning barqaror taraqqiyotiga musbat ta'sir ko'rsatib, o'sha mamlakatda huquq ustuvorligining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun BIT lar va ulardagi investitsiya arbitrajiga borishiga davlatlarning roziligi bekor qilinmasligi lozim, balki har bir modda o'sha davlatning ehtiyoji, iqtisodiy va ijtimoiy holatiga ko'ra yaxshilab o'ylangan xolda ishlab chiqilishi lozim. Boshqacha so'z bilan aytganda, har bir davlat barqaror taraqiyot prensipiga asoslangan xolda o'zining BIT modelini ishlab chiqishi hamda o'sha modelni asos qilib yangi BIT larini tuzishi lozim deb o'ylayman. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsam, BITlarning hammasini O'zbek modeliga asoslangan holda ko'rib chiqishlari lozim, ya'ni o'zimizning BIT modelimizni qabul qilishimiz lozim. Unda yurtimizning o'ziga xos taraqqiyoti, iqtisodiy siyosati va mahalliy ishlab chiqaruvchilarining manfaati, soliq, atrof-muhitni himoyalash, aholi sog'lig'ini saqlash, mehnat huquqiga oid masalar va davlatning fuqarolar manfaati uchun qilinadigan tartibga soluvchi chora tadbirlar inobatga olinishi va shunga ko'ra BIT lar o'zgarishlari ularning har bir moddasi qaytadan jiddiy muhokama qilinishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash sohasida asosiy qadam xususiy va tog'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilga sa'y-harakatlar orqali to'liq va samarali institusional shakllantirish bo'lishi lozim. Xususiy investitsiyalarni faollashtirish uchun ttadbirkorlik faolioyatilarini erkinlashtirish lozim. Xalqaro beznis bilan doimiy aloqada bo'lish, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan barrierlarni aniqlash va ularni bartarf etadigan yo'llarni toppish talab etiladi. Shu munosabat bilan investitsiya jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o'shishni ta'minlash

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

maqsadida davlat xususiy sheriklik va loyihlarni moliyalashtirish vositalarni rivojlantirish orqali investitsiyaviy faoliyatni rag'batlantirish kerak. Bundan tashqari investitsion munosabatlarga doir qonunlarimizdagi kamchillik va tushunmovchilliklarni to'ldirishimiz talab etiladi. Hamda mustaqil va ta'sir kuchiga ega sud tizimi yanada kuchaytirishimiz lozim. Chunki kelgusida nizo kelib chiqadiganda investor host state milliy sudlariga ishonmaydi. Shuning uchun biz milliy sudlarda adolatli, shaffof hamda ochiqlik prinsiplarga asoslangan holda sud tizimini joriy qilishimiz hamda mustaqil sud tizimini joriy etishimiz ya'ni nodavlat sud organini tashkil etsihimiz uning faoliyatiga davlat aralashmaydigan tizimni joriy qilishimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil,

2. Ендовицкий Д. А. Комплексный анализ и контроль инвестиционной деятельности: методология и практика. Д. А. Ендовицкий; под ред. Л.Т. Гиляровской. М: Финансы и статистика, 2011, изд.№2, 400с.

3. Moliya bozori va investitsiyalar. Darslik. 2021 -yil

4. Investor huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Moskva konvensiyasi. 1997-yilda qabul qilingan.

5. Establishing the multilateral investment guarantee agency. Convention, October 11, 1985 years.

6. H. Grotius, De Jure Belli ac Pacis Tres (rev end, 1946) qayta nashr qilingan(1925)3(2) The Classics of International Law, 385 (F.Kelsey,trans),TM Franck, Fairnessda keltirilganidek Xalqaro huquq va institutlarida (Oxford, Clarendon Pess,1995), 457, n 11;

7. Xalqaro investitsiya huquqi. Darslik, 2019 yil. Mualliflar jamoasi

8. Международное коммерческое прова: учеб. Пособие / под общ.ред. В.Ф. Попондопуло. - 2-е изд. стерю-М. Омега-Лб 2006. - Сю104ю

9. Xalqaro investitsiya huquqi. Darslik. 2019 yil. Mualliflar jamoasi.

10. International investment law. Darslik.

11. Principles of Internationla investment law. Ikkinchi nashr. Rudolf Dolzer and CH. Schreuer.

12. Богатырев А.Г. Инвестиционное право. М., 1992.

13. Вельяминов Г.М. Международное экономическое право и процесс. М., Волтерс Клувер - 2004.

14. Фархутдинов И.З. Международное инвестиционное право. Теория и практика применения. М., Волтерс Клувер, 2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.