Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON SHAROITIDA G’O’ZANI TOMCHILATIB SUG’ORISHNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI'

O’ZBEKISTON SHAROITIDA G’O’ZANI TOMCHILATIB SUG’ORISHNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug'oriladigan yerlar / qishloq xo'jaligi / suvdan samarali foydalanish / suvtejamkor texnologiyalar / tomchilatib sug’orish / g’o’za navlari. / irrigated lands / agriculture / efficient water utilization / water saving technologies / drip irrigation / cotton varieties.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Aramova G.B., Fazilov Sh.M.

Maqolada tomchilatib sug'orishning afzalliklari berilgan bo’lib jumladan, tomchilatib sug’orish bilan faqat ildiz tizimini namlaysiz. Bunday holda, suv o'simlik tomonidan kerakli miqdorda tezda so'riladi va uning o'sishi va rivojlanishiga zarar yetkazmasdan yordam beradi. An'anaviy sug'orish bilan solishtirganda, tomchilardan foydalanganda, tuproqning tabiiy tuzilishi buzilmaydi. Kuchli quyosh nurlari bilan o'simliklar nobud bo'lmaydi, bu barglarga tomchilar tushganda kuzatiladi.Avtomatlashtirilgan tomchilatib sug'orish tizimi bilan sug'orish insonning minimal aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Suv tuproqqa faqat ildiz tizimi yotadigan joylarda kiradi, u har bir o'simlik uchun bir tekis va doimiy ravishda zarur bo'lgan miqdorda yetkazib beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE AND PROSPECTS OF DRIP IRRIGATION FOR COTTON CULTIVATION IN UZBEKISTAN

The article describes the benefits of drip irrigation, including the fact that with drip irrigation, you only moisten the root system. In this case, water is quickly absorbed by the plant in the required amount and contributes to its growth and development without harming it. Compared to traditional irrigation, the use of drops does not disrupt the natural structure of the soil. Plants are not killed by strong sunlight, which is observed when droplets fall on leaves. Irrigation using an automated drip irrigation system is carried out with minimal "Экономика и социум" №10(125)-2 2024 www.iupr.ru 60 human intervention. Water enters the soil only in areas where the root system is located, and it is supplied uniformly and consistently in the necessary amount for each plant.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON SHAROITIDA G’O’ZANI TOMCHILATIB SUG’ORISHNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI»

Aramova G.B.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi Surxondaryo, O'zbekiston Fazilov Sh.M.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi Surxondaryo, O'zbekiston

O'ZBEKISTON SHAROITIDA G'O'ZANI TOMCHILATIB SUG'ORISHNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI

Annotatsiya. Maqolada tomchilatib sug'orishning afzalliklari berilgan bo'lib jumladan, tomchilatib sug'orish bilan faqat ildiz tizimini namlaysiz. Bunday holda, suv o'simlik tomonidan kerakli miqdorda tezda so'riladi va uning o'sishi va rivojlanishiga zararyetkazmasdan yordam beradi. An'anaviy sug'orish bilan solishtirganda, tomchilardan foydalanganda, tuproqning tabiiy tuzilishi buzilmaydi. Kuchli quyosh nurlari bilan o'simliklar nobud bo'lmaydi, bu barglarga tomchilar tushganda kuzatiladi.Avtomatlashtirilgan tomchilatib sug'orish tizimi bilan sug'orish insonning minimal aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Suv tuproqqa faqat ildiz tizimi yotadigan joylarda kiradi, u har bir o'simlik uchun bir tekis va doimiy ravishda zarur bo'lgan miqdorda yetkazib beriladi

Tayanch so'zlar: sug'oriladigan yerlar, qishloq xo'jaligi, suvdan samarali foydalanish, suvtejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug 'orish, g 'o 'za navlari.

Aramova G.B.

Teacher Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan Fazilov Sh.M.

Teacher Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan

THE IMPORTANCE AND PROSPECTS OF DRIP IRRIGATION FOR COTTON CULTIVATION IN UZBEKISTAN

Annotation. The article describes the benefits of drip irrigation, including the fact that with drip irrigation, you only moisten the root system. In this case, water is quickly absorbed by the plant in the required amount and contributes to its growth and development without harming it. Compared to traditional irrigation, the use of drops does not disrupt the natural structure of the soil. Plants are not killed by strong sunlight, which is observed when droplets fall on leaves. Irrigation using an automated drip irrigation system is carried out with minimal

human intervention. Water enters the soil only in areas where the root system is located, and it is supplied uniformly and consistently in the necessary amount for each plant.

Keywords: irrigated lands, agriculture, efficient water utilization, water-saving technologies, drip irrigation, cotton varieties.

G'o'zani tomchilatib sug'orish texnologiyasining afzalliklari:

- egat orqali sug'orishga nisbatan 40-50% gacha sug'orish suvi tejaladi;

- suvning filtratsiya va bug'lanish orqali isrof bo'lishi keskin kamayadi;

- suv oqovaga chiqmaydi, irrigatsiya eroziyasi kuzatilmaydi va tuproq egat bo'ylab bir tekislanadi;

- g'o'zaning ildiz tizimi tarqalgan tuproq qatlami optimal va barqaror namlanib, mineral o'g'itlar suvda erigan holda berilishi hisobiga oziqlantirish samaradorligi oshadi;

- g'o'za qator orasiga ishlov berish (kultivatsiya) sonini qisqarishi hisobiga YoYOMlari 25-30%ga tejaladi va tuproqning zichlashishi kamayadi, strukturasi donador hamda mayin bo'ladi;

- kam me'yorlar bilan va tez-tez sug'orish natijasida yer osti suvlari sathi ko'tarilishi kamayadi va ikkilamchi sho'rlanishiga barham beriladi;

- suvchilar soni maqbullashadi va sug'orishning FIKi 10-15% ga oshadi.

- paxtadan qo'shimcha 7-10 s/ga gacha hosil olish imkoniyati yaratiladi(4).

Yuqoridagilardan kelib chiqib so'nggi yillarda mamlakatimizda qishloq

xo'jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qo'llagan holda, oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, buning asosiy sababi qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo'jaligida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, aholi daromadlarini oshirish, oziq-ovqat taqchilligiga yo'l qo'ymaslikdir. Shu bilan birga, ta'kidlash joizki, bugungi kunda qishloq xo'jaligini rivojlantirish, resurs tejovchi sug'orish texnologiyalarini targ'ib qilish maqsadida qator qaror va farmonlar qabul qilinmoqda, masalan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6024-sonli "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni va "Qishloq xo'jaligida suvni tejayjigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-144-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi(1,2,3).

Geografik uzoq g'o'za navlariga tomchilatib sug'orish texnologiyasini qo'lab parvarishlash (XINLUZAO-78 g'o'za navining sug'orish tartibi, oziqlantirish tarptibi, ko'chat qalinligi ) agrotexnikasini ishlab chiqish.

Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasining 1.0 ga maydoniga xorijiy XinLuZao 78 navi chigitlari ekildi va 15 may kuni 700m3/ga me'yorda tomchilatib chigit suvi berildi. 4-5 kunda ko'chat olindi. May oyida shamollar aktiv bo'lganligidan yer yuzasi qurib qolishi hamda chuqur qatlamlar

(40-100 sm) quruq bo'lganligi sababidan suvni so'rib olishdan nihollarga tuproq namligi kamlik qilishi sabab yana bir marta 630 m3/ga me'yorda tomchilatib sug'orildi.

Jami 1330 m3/ga suv sarflandi. Izox: Suv berilmasdan shudgorlangan, nam to'plash suvi berilmagan quruq tuproqqa chigit ekilgan dala.

Bu tajribada xorijiy g'o'za navi ekologik sinovi, hamda iqlim o'zgarishlariga biotik va abiotik omillarga bardoshligi baxolandi. Xitoy paxtasi chigitining dala unish energiyasi maxalliy navlarga nisbatan kam ekanligi aniqlandi. Ekish chuqurligi 3.0-4.0 sm. Kelgusida ekish chuqurligini o'zgartirish, yuzaroq ekish tavsiya etiladi. 2024 yilda xorijiy nav ko'chat qalinligi bo'yicha 4 qaytarishda 100, 150 va 200 ming tup/ga variantlarda sinov olib borilmoqda. Tuproq namligi, suv sarfi, agrotexnik tadbirlar muddati va me'yori, fenologik o'lchashlar, kasallik va hasharotlar ta'siriga doir monitoring o'tkazildi. Kundalik va fenologik o'lchashlarga doir dala daftari yuritilmoqda.

Surxondaryo tajriba maydonida g'alla yetishtirishda o'tkazilgan tajribalar.

Oktyabr oyi oxirida 3,0 gektar g'o'zadan bo'shagan maydonga gektariga 200 kg/dan fosforli o'g'it berildi va ikki marta chizel-kultivator bilan ishlov berildi.

Tayyorlangan yer maydoniga gektariga 200 kg/dan "Alekseevich"navli kuzgi boshoqli don urug'i qadaldi hamda gektariga 1200 kub metrdan egatlab sug'orildi va urug' undirib olindi.

Noyabr oyining oxirida g'alla maydoni gektariga 900 kub metrdan yana bir marta egatlab sug'orildi.

Fevral oyida kuzgi boshoqli don gektariga 300 kg/dan ammofos bilan oziqlantirildi hamda gektariga 800 kub metrdan ikki marta egatlab sug'orildi.

Mart oyida kuzgi boshoqli donikki marta 700 kub metdan sug'orildi. Kuzgi boshoqli don jami 6 marta egatlab sug'orildi va gektariga o'rtacha5100 kub metr suv berildi

Aprel oyining boshida kuzgi boshoqli don gektariga sof holda 70 kg/dan karbamid bilan oziqlantirildi.

10 aprelda ushbu g'alla maydoniga sprinklerli yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi joriy qilindi.

Aprel-iyun olti marta yomg'irlatib sug'orildi va gektariga o'rta-cha 1600 kub metrdan suv sarflandi. Bunda g'alla bargidan ham sug'orildi va uning rivojlanishi uchunmikroiqlim yuzaga keltirildi.

Sprinklerli yomg'irlatib sug'orish o'zining samarasini berdi. Natijada, sug'orish mavsumida an'anaviy egatlab sug'orishga nisbatan gektariga 3500 kub metr suv tejaldi hamda o'rtacha 68 sentnerdan hosil o'rib olindi.

Tomchilatib sug'orish texnologiyasi qo'llab 1.0 ga ga ekilgan Xitoy paxtasi chigitlardan to'liq ko'chat olish mumkinligi aniqlandi. Shudgorni sug'orishga sarflanadigan 1,5-2,0 ming m3/ga suv tejab qolindi.

Ingichka va o'rta tolali jumladan xorijiy navni tomchilatib sug'orish -oziqlantirish texnologiyasini qo'llash va zarur agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Bunda fosforli (ammofos) mineral o'g'itlarni shudgordan oldin, pushta olishdan oldin va birinchi kultivatsiya bilan nam tuproqqa qo'llash, g'o'za shonalash fazasida 40-50 sm qatlam namligi ChDNS ga nisbatan 65-70% ga tushganda birinchi sug'orishni amalga oshirish samarali ekanligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Брянских, С.П. Экономика сельского хозяйства / С.П. Брянских. - М.: Агропромиздат, 2017. - 326 с.

2. Кузнецов, В.В. Экономика сельского хозяйства / В.В. Кузнецов - Ростов-на-Дону: Феникс, 2018. - 352 с.

3. Alimardonov O.T., Jo'rayev B.Ch., Ochildiyev N.N., Danabayev A.B.-"Surxondaryo viloyatida g'o'zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirish agrotexnologiyalari" Termiz-2022 y. 163-b.

4. https://www.agro.uz/tomchilatib-sug-orishning-g-o-zaga-foydali-va-zararli-taraflari-bormi/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.