Научная статья на тему 'О’ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI KОNSTITUTSIYАSIDА IJTIMОIY VА IQTISОDIY HUQUQLАRNING АYRIM JIHАTLАRI'

О’ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI KОNSTITUTSIYАSIDА IJTIMОIY VА IQTISОDIY HUQUQLАRNING АYRIM JIHАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
О‘zbekistоn Respublikаsi Kоnstitutsiyаsi / ijtimоiy huquqlаr / iqtisоdiy huquqlаr / huquqiy kаfоlаtlаr / ijtimоiy himоyа / mehnаt huquqlаri / tа’lim / sоg‘liqni sаqlаsh / bаndlik / huquqiy nоrmаtivlаr / fuqаrоlik / iqtisоdiy tenglik / dаvlаt mаjburiyаtlаri / xаlqаrо huquq.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Javohir Ro’zmatov

Mаzkur mаqоlа О‘zbekistоn Respublikаsining yаngilаngаn Kоnstitutsiyаsidа ijtimоiy vа iqtisоdiy huquqlаrning mаzmun-mоhiyаtini yоritishgа qаrаtilgаn. Ijtimоiy vа iqtisоdiy huquqlаr insоnning аsоsiy huquq vа erkinliklаri tizimining аjrаlmаs qismi bо‘lib, fuqаrоlаrning munоsib hаyоt keсhirishini, teng imkоniyаtlаrgа egа bо‘lishini vа dаvlаt tоmоnidаn kаfоlаtlаngаn himоyаni tа’minlаshgа xizmаt qilаdi. Mаqоlаdа ushbu huquqlаrni huquqiy аsоsdа rivоjlаntirish vа ulаrning kоnstitutsiyаviy mustаhkаmlаnishining аhаmiyаti tаhlil qilinаdi. Shuningdek, ijtimоiy himоyа, mehnаt huquqlаri, bаndlik, sоg‘liqni sаqlаsh, tа’lim vа bоshqа iqtisоdiy-ijtimоiy sоhаlаrdа huquqiy kаfоlаtlаrning rоli о‘rgаnilаdi. Mаqоlаdа Kоnstitutsiyаgа kiritilgаn yаngi mоddаlаr vа ulаrning аmаldаgi qоnunсhilikkа tа’siri bо‘yiсhа tаhliliy yоndаshuv tаqdim etilgаn. Ushbu о‘zgаrishlаr ijtimоiy tenglikni tа’minlаsh, dаvlаt vа jаmiyаt о‘rtаsidаgi о‘zаrо mаs’uliyаtni mustаhkаmlаsh vа fuqаrоlаrning fаrоvоnlik dаrаjаsini оshirishgа xizmаt qilishi kо‘rsаtilаdi. Mаqоlа fuqаrоlаrning ijtimоiy vа iqtisоdiy huquqlаrini tа’minlаsh bоrаsidа dаvlаtning mаjburiyаtlаrini vа bu huquqlаrning xаlqаrо huquqiy stаndаrtlаrgа mоsligini keng yоritаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О’ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI KОNSTITUTSIYАSIDА IJTIMОIY VА IQTISОDIY HUQUQLАRNING АYRIM JIHАTLАRI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY HUQUQLARNING AYRIM JIHATLARI

Javohir Ro'zmatov

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Inagamova Mafura

Muxtarxanova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan. Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar insonning asosiy huquq va erkinliklari tizimining ajralmas qismi bo'lib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, teng imkoniyatlarga ega bo'lishini va davlat tomonidan kafolatlangan himoyani ta'minlashga xizmat qiladi. Maqolada ushbu huquqlarni huquqiy asosda rivojlantirish va ularning konstitutsiyaviy mustahkamlanishining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy himoya, mehnat huquqlari, bandlik, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda huquqiy kafolatlarning roli o'rganiladi. Maqolada Konstitutsiyaga kiritilgan yangi moddalar va ularning amaldagi qonunchilikka ta'siri bo'yicha tahliliy yondashuv taqdim etilgan. Ushbu o'zgarishlar ijtimoiy tenglikni ta'minlash, davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro mas'uliyatni mustahkamlash va fuqarolarning farovonlik darajasini oshirishga xizmat qilishi ko'rsatiladi. Maqola fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini ta'minlash borasida davlatning majburiyatlarini va bu huquqlarning xalqaro huquqiy standartlarga mosligini keng yoritadi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ijtimoiy huquqlar, iqtisodiy huquqlar, huquqiy kafolatlar, ijtimoiy himoya, mehnat huquqlari, ta'lim, sog'liqni saqlash, bandlik, huquqiy normativlar, fuqarolik, iqtisodiy tenglik, davlat majburiyatlari, xalqaro huquq.

Dolzarbligi. Fuqarolarning normal hayot kechirishi, tabiiy va ma'naviy boyliklardan foydalangan holda bilim olish, mehnat qilish, sog'ligini saqlash kabi asosiy ehtiyojlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlar davlat tomonidan ta'minlanadi. Bu imkoniyatlar esa qonun doirasida belgilangan huquqlar

215

2024-yil, 7-dekabr

orqali amalga oshiriladi va fuqarolarni himoya qiladi.1 Ushbu huquqlar Konstitutsiyada o'z ifodasini topgan bo'lib, davlat ularni ta'minlashda o'zining asosiy majburiyatini bajaradi. Shunday ekan, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari qanday darajada ta'minlanayotgani haqidagi ma'lumotlarni bugungi kunda yozilgan bir necha o'nlab darsliklardan va rivojlangan texnologiyalar yordamida o'zbek va dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar asosida olishimiz mumkin. Shu orqali biz dunyoning turli mintaqalaridagi davlatlar, shu jumladan O'zbekistondagi fuqarolarning huquqlari qanday ta'minlanayotgani, ularga ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan foydalanish uchun qanday sharoitlar yaratib berilayotgani hamda ushbu huquqlardan foydalanishdagi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarga qarshi qanday chora-tadbirlar ko'rilayotganini o'rganish imkoniyatiga egamiz. Bu holatlar esa fuqarolarning farovonligini oshirish va huquqlarining samarali himoya qilinishini ta'minlash uchun juda muhimdir.

2. Kirish. Ijtimоiy huquqlar deyilganda insonlarning davlatdan muayyan yordam olishlariga imkon beruvchi ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy yordam olish kabi huquqlarning yig'indisi tushuniladi2 iqtisоdiy huquqlаr deyilganda esa iqtisodiy sohadagi inson faoliyatini yuridik jihatdan belgilovchi huquqlarning majmui tushuniladi 3 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar kafolatlarini ko'rishimiz mumkin; shaxsiy mulkka ega bo'lish huquqi, mehnat va dam olish huquqi, ijtimoiy ta'minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, ta'lim olish huquqi, ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi singarilar. Iqtisodiy va ijtimoiy huquq normalarining joriy etilishi jamiyat hayotining moddiy asoslarini mustahkamlab, insonlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, ularning bu boradagi huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. Ushbu qonunlarning barchasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar, qonun osti hujjatlarda, qonunlarda va boshqa bir nechta normativ huquqiy hujjatlarda o'z aksini topganligi, ularni qonunlar orqali qanchalik yaxshi taminlanganligini ko'rishiz mumkin.

3.Аsоsiy qism: O'zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasiga ko'ra, davlat suverineteti, xalq hokimiyatchiligini, insonlarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, mahalliy ijro etuvchi va vakillik organlari vakolatlarini yanada aniq ajratrishni, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, qonunchilik tashabbusi hamda sud-

1 Ro'zimatov, J. J., & Allanazarov, S. K. (2022). "Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari konsititutsiya darajasida taminlanish asoslari" Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 424-428.

2 Konstitutsiyaviy huquq: // Darslik / X.T.Odilqoriyev Adolat nashriyoti 2021.

3 Юридик энциклопедия /У. Таджихановнинг умумий тахририда. - Т.: «Шарк», 2001. - Б. 212

2024-yil, 7-dekabr

216

huquq va ta'lim-tarbiya, ijtimoiy himoya boshqa sohalarga oid bo'lib, 64 ta moddaga 200 dan ortiq o'zgartishlar kiritilib, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma qo'shildi. Konstitutsiyaga fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta'minlashga, himoya qilishga qaratilgan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan normalar kiritildi.4 Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar insonning yashash sharoitlarini, o'z qobiliyatlaridan foydalanishini, insonning avtonomligi va jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarini, shuningdek uning ijtimoiy himoyalanganligini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo'lim to'qqizinchi bobi aynan ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarga bag'ishlangan. Konstitutsiyamizning yuqorida keltirilgan bobining aynan 41-48-moddalari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari bilan bog'liq bo'lib, ushbu moddalarda har bir shaxs mol mulkka ega bo'lish huquqi (41-modda) mustahkamlab qo'yilganligi hamda Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo'yilgan (42-modda). Bugungi kunga qadar respublikamiz tomonidan 70 ga yaqin fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid milliy va xalqaro hujjatlar imzolangan. Mamlakatimizda fuqarolarning ijtmoiy sohadagi huquqlari va iqtisodiy sohadagi erkinliklari muhofazasiga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishida asosiy mezon bo'lib xizmat qilib kelayotgan konstitutsiyamizdagi yangilanish natijasida, Konstitutsiya moddalarining soni 128 tadan 155 tagacha, uning tarkibidagi normalar esa 275 tadan 434 tagacha oshdi. Umumiy xulosaga ko'ra, bosh qomusning 65 foizi yangilandi. "O'zbekiston Respublikasi referendum to'g'risida"gi qonunga binoan, O'zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgarishlar xalq tomonidan ma'qullanib, qabul qilindi.5

Ushbu yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar qanday o'zgarganini tahlil qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi yangilanishlarni aniqlashga imkon beradi. Yangi qabul qilingan qomusimizda fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari yanada mustahkamlanib, ularning roli va ahamiyati kengaytirildi. Bunda, davlat tomonidan fuqarolarning asosiy huquqlarini

4 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

5 Akmal Abdulboxi o'g'li Toshpo'latov Yangi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz March 2024 / Volume 5 Issue 3

2024-yil, 7-dekabr

217

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

himoya qilishga oid aniq kafolatlar va ta'minot mexanizmlari ishlab chiqilgan, bu esa mamlakatda fuqarolarning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi Konstitutsiyada iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning amalga oshirilishiga doir yangi normalar va qonuniy mexanizmlar belgilandi, bu esa xalqaro standartlarga mos kelishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Yangi va eski tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyalari o'rtasidagi farqlarni ko'rib chiqsak, yangi qomusda fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlariga kengroq e'tibor qaratilgan. Avvalo, yangi Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga doir aniq kafolatlar kuchaytirilgan. Masalan, 41-modda shaxs mulkdor bo'lish huquqini kafolatlaydi, yangi tahrirda bank operatsiyalari, omonatlar va hisobvaraqlarning sir saqlanishi, shuningdek meros huquqi alohida ta'kidlangan. Bu yangi huquqlar shaxsning mulkiy erkinligini va iqtisodiy faoliyatni himoya qilishga xizmat qiladi. Aynan xususiy mulkchilikni mustahkamlash masalasida 14.02.2024 yildagi O'RQ-907-sonli ,,Davlat mulkini xususiylashtirish to'g'risidagi qonun" masalasi ham fuqarolarning xususiy mulkchilik masalasini mustahkamlashga imkon yaratib beradi. Yuqoridagi qonun asosida fuqarolarning doimiy yashab kelayotgan shaxsiy uy-joylarini xususiylashtirish masalasi qo'yilib bunda 2018-yilga qadar o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-mulklarini davlat tasarrufidan fuqarolarning nomiga rasmiylashtirib berilashi ham fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini taminlab berilayotganidan dalolat beradi.

Mehnat huquqlari bilan bog'liq bo'lgan 42-modda yangi Konstitutsiyada yanada kengaytirilgan. Endi, fuqarolar mehnat sharoitlari, xavfsizlik va gigiyena talablari, adolatli ish haqi hamda ishsizlikdan himoya qilish huquqlariga ega. Yangi moddalarda, ayollarning homiladorligi yoki bolalari borligi sababli ishga qabul qilinmasligi, ishdan bo'shatilishi yoki ish haqining kamaytirilishi qat'iyan taqiqlanadi. Bu, o'z navbatida, mehnat bozorida gender tengligini ta'minlashga qaratilgan. Fuqarolarning mehnat huquqini muhofaza qilish maqsadida mehnat kodeksini yangi tahrirda qabul qilinishi (30.04.2023-yil.), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2024 yildagi 758-sonli "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash'' to'g'risidagi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2021 yildagi 616-sonli "Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo'yicha tarmoq tizimlarni yanada takommillashtirish to'g'risidagi " qarori hamda boshqa qonun hujjatlari orqali fuqarolarning ijtimoiy huquqi bo'lmish mehnat qilish , malakasini oshrishga qaratilgan huquqlari yanada mustahkamlandi.

Shuningdek, yangi Konstitutsiyada bandlikni ta'minlash va kambag'allikni qisqartirishga oid davlatning majburiyatlari mustahkamlandi (43-modda).

218

2024-yil, 7-dekabr

Fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini rag'batlantirish davlatning mas'uliyatiga kiritildi. Fuqarolarning ushbu ijtimoiy huquqini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.01.2022 yildagi 25-sonli "Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi va tizimini tashkil etish to'g'risidagi nizom, 25.10.2024 yildagi O'RQ-982-sonli "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida"gi qonun, 08.08.2022 yildagi O'RQ-788-sonli "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun" va boshqa qonun va qonun osti hujjatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Ijtimoiy ta'minot, uy-joy, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarida ham sezilarli yangilanishlar kuzatildi. 47-modda bo'yicha har kim uy-joyli bo'lish huquqiga ega bo'lib, uy-joydan mahrum etish faqat sud qaroriga asoslanishi mumkin. Sog'liqni saqlash bo'yicha esa, 48-modda davlat tomonidan malakali tibbiy xizmat va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish kafolatlari mustahkamlandi.

Bundan tashqari, ta'lim olish huquqi (50-modda) yangi Konstitutsiyada yanada kengroq kafolatlangan, bunda davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi, hamda inklyuziv ta'lim tizimi joriy etiladi.

Eski Konstitutsiyada ham bu huquqlar belgilangan bo'lsada, yangi tahrirdagi huquqlarni amalga oshirish uchun yanada aniqroq va kengroq mexanizmlar, shuningdek, fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan qo'shimcha kafolatlar mavjud. Yangi Konstitutsiyada ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarni ta'minlash davlatning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi, bu esa fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga va ularning huquqlarini kafolatlashga qaratilgan yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Xulosa: Ushbu maqolani tahlil qilganimizdan so'ng, biz quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: har bir fuqoro qaysi davlatda yashamasin, uning huquqlari, majburiyatlari, burchlari va erkinliklari albatta mavjud bo'ladi. Fuqaro tug'ilganidan boshlab o'zining ijtimoiy va iqtisodiy huquqlariga ega bo'ladi, chunki davlat har bir shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishni o'zining asosiy vazifasi deb biladi. O'zbekiston Respublikasining rahbariyati tomonidan ilgari surilgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan prinsip, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga yo'l ochib berdi. Shu ma'noda, fuqarolarimizning yashash huquqi, mulkka egalik qilish, ijtimoiy ta'minot olish, ta'lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, va erkin kasb tanlash kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, O'zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlanib, qonuniy kafolatlar bilan ta'minlangan. Bu esa o'z navbatida davlatimizning xalqchil siyosatining yorqin namunasidir.

Shu bilan birga, biz tanqidning kelajakdagi rivojlanish uchun zarur bo'lishi kerakligini unutmasligimiz zarur. Har bir islohot, har bir yutuq va har bir ijtimoiy-

219

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransfioiBeniveiBBBy^^^^^^^^^^^^e^eCons

iqtisodiy huquqni ta'minlashda amalga oshirilgan o'zgarishlar, doimiy yangilanish va takomillashtirish jarayonini talab qiladi. «Tanqid - kelajak mevasi» degan iborani yodda tutgan holda, barcha islohotlar, takliflar va o'zgarishlar doimiy ravishda qayta ko'rib chiqilishi lozim. Faqat shu tariqa biz jamiyat sifatini oshirib, adolatli va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qurishimiz mumkin. Shuning uchun, doimiy ravishda rivojlanish va yangilikka intilayotgan xalq uchun, bunday jarayonlar nafaqat zarur, balki foydalidir. REFERENCES

1. MHaraMoBa М.М. Сифaтли тaълим тизимини ривoжлaнтиришнинг бaъзи cтрaтегик acocлaри //Реcпубликacи ИИВ Manara oшириш инcтитути aхбoрoтнoмacи. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. ^araMobiB M.M .Узбекиcтондa aёллaргa ниcбaтaн зyрaвoнлик мacaлaлaри: муaммoлaр, ютуклaр Ba иcтикбoллaр/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. ^araMoBa M.M., Жyрaбoев Н. Ю. . Туркиcтoнлик aёллaрнинг cиёcий мaкoми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. ^araMoBa M.M Оита, нишх мунocaбaтлaридa Maxarna инетитуининг тaшкилий-хукукий жихaтлaри//Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. ^araMoBa M.M . Кoнcтитуциявий иcлoхoтлaрдa инcoн-жaмият- дaвлaт мacaлaлaрининг ривoжлaниш бocкичлaри//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. ^araMoBa M.M Кoнcтитуциявий иcлoхoтлaр - aёл хукуктари химoяcининг гaрoви// Кoнcтитуция - тинчлик Ba тaрaккиёт кaфoлaти: Узбекиcтoн Реcпубликacи Кoнcтитуцияcи кaбул килингaн куннинг 27 йиллиги бaйрaмини нишoнлaш мaкcaдидa yткaзилгaн Реcпубликa илмий-aмaлий кoнференция мaтериaллaри (2019 йил 5 детабрь). -Т.: Узбекиcтoн Реcпубликacи ИИВ Акaдемияcи, 2020. -Б.121-125.

7.Узбекиcтoннинг мaкcaдли тaрaккиёт cтрaтегияcи уюшган жинoятчилик, экcтремизм Ba террoризмгa ^рши курaшишнинг хукуки кaфoлaти//Трaнcмиллий уюшгaн жишятчилик, террoризм Ba экcтремизмгa кaрши курaшдa ички ишлaр oргaнлaрининг рoли хaмдa хaмкoрлик

220

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashken^^ÊmmTtmmmpmÊ^UnmmÊtm^

йyнaлишлaри: Реcпубликa илмий-aмaлий кoнференция туптами / Мacъул мухдррир техникa фaнлaри нoмзoди, дoцент O.TАхмедoв. -Т.: Узбекистан Реcпубликacи ИИВ Мaлaкa oшириш oшириш инcтитути, 2023. - Б.5-9.

7. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023

8. Akmal Abdulboxi o'g'li Toshpo'latov Yangi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz March 2024 / Volume 5 Issue 3

9. Ro'zimatov, J. J., & Allanazarov, S. K. (2022). "Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari konsititutsiya darajasida taminlanish asoslari" Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 424-428.

10. A.R.Mo'minov, M.A.Tillaboyev "Inson huquqlari" Darslik, Adolat, Toshkent 2013

11. O'zbekiston respublikasi prezidentining ,,Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining mas'uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5644-sonli farmoni

12. Юридик энцикгопедия /У Тaджихaнoвнинг умумий TaxptfpnAa. - Т.: «Шярк», 2001. - Б. 212

13. Дaдaшевa A.A. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

14. Дaдaшевa A.A. Янги Узбекиcтoндa мaхaллий ижрo oргaнлaри фaoлиятидa жaмoaтчилик Ha3oparn// Фaлcaфa Ba хукук. 2022/2. Б-137-138.

15. Дaдaшевa A.A. Дaвлaт хизмaтини иогох, килиш шaрoитидa xpкимлaр фaoлияти уcтидaн жaмoaтчилик нaзoрaтини aмaлгa oширишнинг acocий йyнaлишлaри// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

16. Дaдaшевa A.A. Жaмoaтчилик фикри-фукaрoлик жaмиятини ривoжлaнтиришнинг мухдм oмили// Узбекистан Реcпубликacи Президент xузуридaги дaвлaт бoшкaруви aкaдемияcи. Жaмият Ba бoшкaруви. ^шкет. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

17. Дaдaшевa A.A. Мax1aллий ижрo хркимияти фaoлияти уcтидaн жaмoaтчилик нaзoрaтини нaтижaдoрлигини oширишнинг илмий-нaзaрий ечимлaри// Хукукий тaдкикoтлaр журнaли. 2-мaхcуc coн. ^шкент. 2020. Б-227-232

221

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.