Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA KLASTER TIZIMINI JORIY QILISH MEXANIZMLARI'

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA KLASTER TIZIMINI JORIY QILISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
343
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqobat / klaster siyosati / davlat-xususiy sheriklik / interventsion klaster siyosati / shartnoma munosabatlari / kooperatsiya / ixtisoslashuv / kontsentratsiya / ishlab chiqarish klasteri / innovatsion klaster / aktsionizatsiya / kooperatsiya yoki klasterlash mexanizmlari / competition / cluster policy / public-private partnership / intervention cluster policy / contractual relations / cooperation / specialization / concentration / production cluster / innovation cluster / privatization / cooperation or clustering mechanisms.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eshev, Alibek Sabirovich

Ushbu takliflar qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan maqhsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlashda albatta klaster tizimini joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalasi hisblanadi. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini raqobatbardoshligini ta’minlashda klaster tizimini joriy qilish mexanizmlari bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISMS OF INTRODUCTION OF CLASTER SYSTEM IN ENSURING COMPETITIVENESS OF AGRICULTURAL PRODUCTS

These proposals are of course the current issue of the introduction of a cluster system in ensuring the competitiveness of agricultural products. In this regard, this article develops recommendations on the mechanisms for implementing a cluster system to ensure the competitiveness of agricultural products.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA KLASTER TIZIMINI JORIY QILISH MEXANIZMLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARINI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASHDA KLASTER TIZIMINI

JORIY QILISH MEXANIZMLARI

Eshev Alibek Sabirovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Biznes va innovatsion menejment"

kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu takliflar qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan maqhsulotlarni raqobatbardoshligini ta'minlashda albatta klaster tizimini joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalasi hisblanadi. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini raqobatbardoshligini ta'minlashda klaster tizimini joriy qilish mexanizmlari bo 'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: raqobat, klaster siyosati, davlat-xususiy sheriklik, interventsion klaster siyosati, shartnoma munosabatlari, kooperatsiya, ixtisoslashuv, kontsentratsiya, ishlab chiqarish klasteri, innovatsion klaster, aktsionizatsiya, kooperatsiya yoki klasterlash mexanizmlari

АННОТАЦИЯ

Эти предложения безусловно являются актуальным вопросом внедрения кластерной системы в обеспечение конкурентоспособности сельскохозяйственной продукции. В связи с этим в данной статье разработаны рекомендации по механизмам реализации кластерной системы обеспечения конкурентоспособности сельскохозяйственной продукции.

Ключевые слова: конкуренция, кластерная политика, государственно-частное партнерство, интервенционная кластерная политика, договорные отношения, кооперация, специализация, концентрация, производственный кластер, инновационный кластер, приватизация, механизмы кооперации или кластеризации.

ABSTRACT

These proposals are of course the current issue of the introduction of a cluster system in ensuring the competitiveness of agricultural products. In this regard, this article develops recommendations on the mechanisms for implementing a cluster system to ensure the competitiveness of agricultural products.

Keywords: competition, cluster policy, public-private partnership, intervention cluster policy, contractual relations, cooperation, specialization, concentration,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

production cluster, innovation cluster, privatization, cooperation or clustering mechanisms.

Ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rinni egallagan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, raqobatbardoshlikni ta'minlash va dunyo bozorlarida o'rnini topish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik-texnologik yangilash jarayonlarini tezlashtirish orqali sifatli va raqobatbardosh mahsulot tayyorlashni ta'minlash hisobidan amalga oshirilishi o'z isbotini topmoqda.

Jahon amaliyoti shuni ko'rsatdiki, iqtisodiyotni klasterlashtirish oldindan belgilab beriladi va u raqobatbardoshlikni oshirishga hamda korxonalarning innovatsion faoliyatini jadallashtirish jarayonlariga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son farmonida quyidagi chora-talbirlarni amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan, ya'ni "...kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yo'lga qo'yiladi" 1

METODLAR

Tadqiqot jarayonida qiyosiy, mantiqiy va abstrakt fikrlash usullaridan foydalanildi.

NATIJALAR

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligi mikroiqtisodiy kategoriya hisoblanadi, shuning uchun ham uning darajasini ko'tarish iqtisodiyotning agrar soha sub'ektlarining manfaatlari in'ikosi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda raqobatbardoshligining dialektikligi shundan iboratki, aynan unda qishloq xo'jaligi sohasi va davlatning iqtisodiy manfaatlarining birligi, shu bilan birgalikda qarama-qarshiligi ham namoyon bo'ladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligi milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi nuqtai nazaridan qaraladi, ya'ni bir tomondan, qishloq xo'jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligining darajasi ma'lum bir darajada makroiqtisodiyot omillar bilan aniqlansa, ularni tartibga solib

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 -2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni. 23.10.2019 y.

917

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

turilishi esa davlatning vakolatida bo'ladi. Boshqa bir tarafdan esa, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshlik o'rnini mustahkamlash umumdavlat iqtisodiy manfaatlar sohasiga qarashli bo'lgan, xususan iqtisodiy va oziq-ovqat havfsizligini ta'minlash kabi makroiqtisodiy xarakterdagi butun bir qator muammolarni hal qilinishiga imkon yaratadi.

Mamlakat hududlarining raqobatbardosh salohiyatini ro'yobga chiqarish maqsadida hududiy-ishlab chiqarish klasterlari tarmog'ini yaratishni, shuningdek mamlakatning hududlarida bir qator yuqori texnologik klasterlarni shakllantirishni nazarda tutadigan uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqilishini taqozo etadi.

Qishloq xo'jaligining tarmoqlararo integratsiyasi bu aktsionizatsiya, kooperatsiya yoki klasterlash mexanizmlaridan foydalangan holda birgalikdagi faoliyatni tashkil etishdir. Bugungi kunda yirik xo'jaliklar o'zlarining rivojlanishini aktsionizatsiya mexanizmlaridan, o'rta va kichik xo'jaliklar - kooperatsiya va klasterlash mexanizmlaridan foydalangan holda ta'minlamoqda. Klaster sub'ektlari qishloq xo'jaligining raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Klasterlash mexanizmidan foydalanish ma'lum bir hududda joylashgan texnologik jihatdan bog'liq bo'lgan barcha xo'jaliklarning huquqiy mustaqilligini yo'qotmasdan, ularning chuqur ishlab chiqarish ixtisoslashuvi tufayli birgalikdagi faoliyatini tashkil etishga imkon beradi. Klaster doirasidagi qishloq xo'jaligining qo'shma faoliyatini boshqa integratsion shakllari bilan taqqoslash quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

❖ hududiy lokalizatsiya, klasterda qatnashadigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning asosiy qismining geografik yaqinligi;

❖ kooperatsiya, ixtisoslashuv va kontsentratsiyani rivojlantirishning yuqori darajasi;

❖ klaster tizimi ishtirokchilarining iqtisodiy aloqalarining barqarorligi, uning ko'pchilik ishtirokchilari uchun ushbu aloqalarning ustunligi;

❖ barcha klaster a'zolarining uzoq muddatli iqtisodiy, sarmoyaviy, innovatsion va boshqa strategiyasini belgilaydigan yirik yetakchi tashkilotning mavjudligi;

❖ innovatsion jarayonlarning ishlab chiqarish dasturlari, asosiy boshqaruv tizimlari, sifat nazorati doirasida klaster a'zolari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni uzoq muddatli muvofiqlashtirish;

❖ barcha ishtirokchilar uchun umumiy mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar, tovar, brend), masalan, don, sabzavot, sut, go'sht, parranda tuxumlari va h.o.lar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

❖ mahsulot zanjiri ishtirokchilari o'rtasida tenglik almashinuvi asosida mustaqil korxonalar, kooperatsiya va ishonch klasteriga a'zolikning ixtiyoriyligi va ochiqligi;

❖ klaster birlashmasining hokimiyat bilan yaqin o'zaro aloqasi;

❖ hakamlik sudining mavjudligi;

❖ klasterlarni shakllantirish va ishlash mexanizmi mintaqaviy sinergetik ta'sirga ega bo'lib, u resurslarni (moddiy, mehnat, moliyaviy, axborot, innovatsion) birlashtirish yoki birgalikda foydalanish, transaktsiya xarajatlarini kamaytirish, bozorga kirish, ishtirokchilar manfaatlarini hal qilish va muvozanatlash, o'z-o'zini tashkil etishning samarali tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

M. Porter2 klasterlarni keng o'rganishni boshlagan birinchi olim hisoblanadi. U globallashuv sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishni tarmoq (tarmoqlar) yondashuvi o'z pozitsiyalarini yo'qotmoqda va firmalar va tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni klasterli tashkil etish tizimlari birinchi o'rinda turadi degan xulosaga keladi.

M.A. Xvesik va A.S.Lesitskiy3 ning fikriga ko'ra, qishloq xo'jaligi sohasida ikki xil klaster - innovatsiya va ishlab chiqarishni shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

1. Innovatsion klaster - bu ilmiy, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik institutlari, ta'lim muassasalari, konsalting kompaniyalari, muhandislik firmalari, biznes tuzilmalarini innovatsion provayderlarni, boshqa tashkilotlarni qo'llab-quvvatlash uchun korporativ ierarxiya va bozor mexanizmidan foydalangan holda ularning harakatlarini birgalikda markazlashtirilgan muvofiqlashtirish orqali birlashtirib, raqobatbardosh ustunliklarga erishishning eng ilg'or shaklidir.

2. Ishlab chiqarish klasteri - qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini, mahsulotlarni qayta ishlash va saqlashni, logistika va marketing kompaniyalari tarmog'ini, xizmat ko'rsatish sohasi korxonalarini birlashtiradi. Uning asosiy afzalliklari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning tarmoq tizimi bilan taqqoslaganda, yaqinroq va "arzon" xo'jaliklararo aloqalar, ishlab chiqarish kuchlaridan birgalikda foydalanish orqali ishlab chiqarish miqyosining tejamkorligini qo'llash uchun mavjud sharoitlar, shuningdek yopiq ishlab chiqarish tsiklini yaratish orqali sezilarli raqobatdosh ustunliklarga erishish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashdan iboratdir.

2 Портер М. Конкурентная стратегия: методика анализа отраслей и конкурентов / М. Портер; пер. с англ. И.Минервин. - М.: Альпина Бизнес Букс, 2005. - 454 с.

3 Сельскохозяйственный комплекс Украины: социально-экономические приоритеты развития: монография / под ред. М.А. Хвесик, А.С. Лисецкий. - М.: СОПС Украины НАН Украины, 2009. - 216 с.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jahon amaliyoti ko'rsatib turibdiki, klasterlar qishloq xo'jaligi korxonalarining raqobat muhitida ishlashining iqtisodiy mexanizmini moslashtirish shakllaridan biri bo'lib, agrosanoat ishlab chiqarishni rivojlantirishni jadallashtirish, ayrim xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion jarayonlarni samarali tashkil etilishini ta'minlash, savdo hajmini kengaytirish maqsadida o'ziga xos iqtisodiy makonni shakllantirish, kapital va resurslardan samarali foydalanish kabilardir.

Klasterning innovatsion tuzilishi ishlab chiqarish tuzilmasi samarasini oshirish orqali innovatsiyalarni tadqiq etish va rivojlantirishning umumiy xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi, klaster a'zolariga uzoq vaqt davomida doimiy ravishda innovatsion faoliyatni amalga oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, klaster bir vaqtning o'zida bir nechta asosiy funktsiyalarni bajaradi:

- ilmiy, texnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy yangiliklar bir korxonadan ikkinchisiga tarqalib, umuman klasterda hosildorlikning doimiy o'sishi ta'minlanadi;

- xarajatlar kamayadi, shu bilan bog'liq bo'lgan korxonalar yaqinligi sababli innovatsiyalarni tadqiq etish va rivojlantirish uchun imkoniyatlari kengayadi;

- barcha klaster a'zolari o'zaro aloqalarning barqarorligi, xarajatlarni kamaytirish va moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishi tufayli sinergetik ta'sirga ega bo'ladilar;

- barcha klaster a'zolari miqyosli effektlar va sinergiyalarning kumulyativ ta'siri ostida qo'shimcha raqobatdosh ustunliklarga ega bo'ladilar.

Klaster hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda "o'sish nuqtasi" bo'lganligi sababli, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini klasterlash agrar sektorning barqaror rivojlanishini ta'minlash va qishloq xo'jaligining raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Qishloq xo'jaligining raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha agrosanoat klasteri bir qator xususiyatlarga ega:

1. Agrosanoat hududiy klasteri - bu agrosanoat ishlab chiqarish masalalari bilan shug'ullanadigan, geografik jihatdan yetarlicha yaqin bo'lgan bir yoki bir nechta (qishloq xo'jaligiga qo'shni) tarmoqlar (qishloq xo'jaligi mahsulotlarini geografik lokalizatsiya qilish) bilan shug'ullanadigan korxonalar, muassasalar yoki boshqa tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasi.

2. Raqobat ustunligi nafaqat tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan, balki ularning hududiy ko'p bosqichli va ko'p tarmoqli birlashmalari tomonidan yaratiladi.

3. Iste'molchilarni zabt etishni alohida qishloq xo'jaligi emas, balki hududiy korxonalar kompleksi - klaster amalga oshiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Klaster doirasida resurslarning kontsentratsiyasi amalga oshiriladi, ulardan foydalanish barcha ishtirokchilar uchun belgilangan va ular tomonidan qabul qilingan umumiy maqsadga erishishga qaratilgan bo'lib, yagona iqtisodiy va axborot makoni yaratiladi, ishchi kuchini boshqarish, intellektual kapitalni birlashtirish va moliyaviy resurslar bilan o'zaro qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari paydo bo'ladi.

5. Klaster sub'ektlari birgalikda davlat organlarida klaster a'zolari manfaatlarini himoya qilishi mumkin.

6. Klaster shakllanishi yangi ish o'rinlarini yaratishi va shu bilan islohotlar va makrotuzilmaviy beqarorlashtirish jarayonlari oldida doimiy ish bilan ta'minlanishi mumkin.

7. Klaster shakllanishlari yuqori darajadagi raqobatbardoshlikka ega, chunki ular quyidagilarga imkon beradi:

❖ katta hajmdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish;

❖ mustaqil korxonalarga nisbatan barqaror raqobatbardosh ustunliklarni yaratish;

❖ samarali marketing siyosatini olib borish;

❖ yuqori malakali kadrlarni tayorlash;

❖ innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

❖ ekologik toza va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun progressiv sifat standartlaridan foydalanish;

❖ sinergiya ta'sirida ishlab chiqarish xarajatlari darajasini pasaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, shu jumladan sifat menejmenti, logistika, muhandislik, axborot texnologiyalari yondashuvlarini birlashtirish;

❖ -qishloq xo'jaligi mahsulotlarining jahon bozorlariga chiqish imkoniyati tufayli mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish;

❖ bozorda talab va taklif, shuningdek raqobatchilarning yutuqlari to'g'risida ma'lumot olish va almashish uchun samarali tizim yaratish.

Klaster rivojlanishi qishloq xo'jaligi va umuman agrosanoat majmuasining raqobatbardoshligini oshirish omili sifatida zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatiga aylanishi mumkin.

Klasterlar ishlashinida to'plangan tajriba hisobiga biz tadqiqotlarimiz davomida klasterlashtirish kontseptsiyani ishlab chiqdik. Ushbu kontseptsiyaning asosiy mohiyati beshta zarur shart - "51" mavjud bo'lib, klaster hayotga layoqatli, o'zini o'zi ta'minlaydigan, muvaffaqiyatli va samarali ta'lim berishi mumkin (1-jadval).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1-jadval

Qashqadaryo viloyatida agrosanoat klasterini rivojlantirish uchun "5I"

kontseptsiyasi paradigmasi4

"5I" kontseptsiyasi elementi Mohiyati

Tashabbus faqat o'zlarining vakolatlari, aqllari, tashkilotchilik qobiliyatlari va bilimlari bilan klasterlarning birlashishi, rag'batlantirishi va foydaliligini isbotlashga qodir bo'lgan tadbirkorlar, qishloq xo'jaligi, davlat xizmatchilari, jamoat tashkilotlari, ta'lim muassasalari ichidan tashabbuskor insonlar.

Ma'lumot mavjudlik, ochiqlik, ma'lumotlar almashinuvi, ma'lumotlar bazalari va veb-sahifalarni yaratishni ta'minlaydi, bozorlarga kirishda afzalliklarga ega bo'lishga imkon beradi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Integratsiya ilm-fan va davlat hokimiyati organlari ko'magida tarmoq va hududiy darajadagi xo'jaliklar o'rtasida hamkorlikning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi

Qiziqish u holda tadbirkor yoki ijtimoiy tuzilmaning hayoti uchun shart ta'minlanmagan va amalga oshirilmagan. Ushbu shart klaster assotsiatsiyalari ishtirokchilarining iqtisodiy foyda olishga bo'lgan qiziqishini taxmin qiladi.

Innovatsiya raqobatda yangi imkoniyatlar ochishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish, sotish, boshqarish, moliyalashtirishni tashkil qilishda faqat yangi texnologiyalar

Bundan tashqari, klasterlarni yaratish va ishlashi uchun shartlar bir vaqtning o'zida istiqbolli yangi texnologik loyihalarga sarmoya kiritish shartlari bo'lishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak, mamlakatimiz qishloq xo'jaligi uchun klasterlashtirishning afzalliklari quyidagicha bo'lishi maqsadga muvofiqdir:

❖ birlashtirilgan kapitallarni bo'lishish va yangiliklarni tezlashtirish qobiliyati;

❖ resurslardan birgalikda foydalanish, moddiy-texnik ta'minotni sotib olish va saqlashda tejash;

4 Manba: Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

❖ agrosanoat majmuasining har bir alohida korxonasi hududiga, faoliyat ko'lamiga va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq xo'jalikarning samarali ixtisoslashuvini aniqlash;

❖ bozorlarni ixtisoslashuvi va faoliyatining imkoniyatlariga muvofiq taqsimlash, samarasiz raqobatni oldini olish;

❖ kooperatsiyadan ko'lamlarni tejash va kichik korxonalar deb nomlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ba'zi xarajatlarni kamaytirish;

❖ hamkorlik va sinergiya natijasida erishilgan xatarlarni kamaytirish va taqsimlash;

❖ qishloq xo'jaligi tarmoqlarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish;

❖ yakka tartibdagi korxonalar va tarmoq barqarorligini oshirish;

❖ uzoq muddatli, shu jumladan ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni. 23.10.2019 y.

2. Портер М. Конкурентная стратегия: методика анализа отраслей и конкурентов / М. Портер; пер. с англ. И.Минервин. - М.: Альпина Бизнес Букс, 2005. - 454 с.

3. Сельскохозяйственный комплекс Украины: социально-экономические приоритеты развития: монография / под ред. М.А. Хвесик, А.С. Лисецкий. - М.: СОПС Украины НАН Украины, 2009. - 216 с.

4. SZ Safoevna, MN Juraevna. Analysis of economic efficiency of the use of irrigated land in agriculture and factors on them. Journal of Contemporary Issues in Business and Government. 2021. Том 27, Номер 2, Страницы 4055-4061.

5. Shoxo'jayeva, Z. S. (2020). Problems and solutions in the water sector of the region. In НАУКА И ТЕХНИКА. МИРОВЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ (pp. 21-24).

6. Шохужаева, З. С., & Маманазарова, Н. Ж. (2020). Эффективность инновационных процессов в сельскохозяйственном развитии. In Минтаца ицтисодиётини инвестициялашнинг молиявий-уукуций ва инновацион жщатлари (pp. 329-333).

7. ZS Shoxo'jayeva. Efficient use of water resources in the agricultural sector. Monograph. T.: - 2012

8. Kurbonov, A. B., & Shoxo'jaeva, Z. S. (2019). Sustainable development of the

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

agrarian sector depends on the efficient use of water resources. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 8(6), 5123-5126.

9. Shoxo'jayeva, Z. S., & Norqobilov, M. (2020). Problems of rational use of water resources in agriculture of the Republic of Uzbekistan. In НАУКА И ТЕХНИКА. МИРОВЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ (pp. 25-28).

10. Шохужаева, З. С. (2020). Зарубежный опыт в сельском хозяйстве по использованию водных ресурсов. Economics, (1 (44)).

11. Safoevna, S. Z., & Sagdullaevna, T. F. (2021). Food provision of the population of the republic of uzbekistan in pandemy conditions: problems and

solutions. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 1320-1325.

12. Safoevna, S. Z., & Utkirovna, M. N. (2021). Organizational and economic basis for the development of cotton and textile clusters. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 12891296.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.