Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ AMALIY SAN’ATINI TASHKIL TOPISHI VA TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

O‘ZBEK XALQ AMALIY SAN’ATINI TASHKIL TOPISHI VA TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
518
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arxeologik / professional / monumental / astranomiya / trigonometriya / arxitektura / geometriya / xonaqoh / naqsh / ganch / girih / eksponat / islim / lavh.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Murad Absamatovich Rasulov

Ushbu maqolada O‗zbek xalq amaliy san‘atning tarixiy kelib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqalishi va bashariyat ulg‗ayib borgan sari amaliy san‘at ham yuksala bordi. Yashash uchun kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun extiyoj kuchayib borish jarayonida qo‗l mehnatidan aqliy mehnat ajralib chiqa boshladi. Ov qurollari, uy-ro‗zg‗or buyumlariga bo‗lgan extiyoj kuchayib bordi. Avvalo tosh o‗ymakorligi, suyak o‗ymakorligi, keyinchalik esa yog‗och o‗ymakorligi ham sekin astalik bilan o‗z rivojini topganligi xaqida so‗z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ AMALIY SAN’ATINI TASHKIL TOPISHI VA TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

O'ZBEK XALQ AMALIY SAN'ATINI TASHKIL TOPISHI VA TARIXIY

RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Murad Absamatovich Rasulov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Tasviriy san'at" kafedrasi dotsent v.b.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbek xalq amaliy san'atning tarixiy kelib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqalishi va bashariyat ulg'ayib borgan sari amaliy san'at ham yuksala bordi. Yashash uchun kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun extiyoj kuchayib borish jarayonida qo'l mehnatidan aqliy mehnat ajralib chiqa boshladi. Ov qurollari, uy-ro'zg'or buyumlariga bo'lgan extiyoj kuchayib bordi. Avvalo tosh o'ymakorligi, suyak o'ymakorligi, keyinchalik esa yog'och o'ymakorligi ham sekin astalik bilan o'z rivojini topganligi xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Arxeologik, professional, monumental, astranomiya, trigonometriya, arxitektura, geometriya, xonaqoh, naqsh, ganch, girih, eksponat, islim, lavh.

KIRISH

Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrlarda paydo bo'ldi. Xalqning turmushi xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z ifodasini topib bordi. Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at va san'atkorlar hayot go'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol topdirib bordi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik va yorqin kelajakka intilish yo'lidagi kurashga da'vat etdi.

Arxeologik qazish ishlari natijasida Surxon voxasidagi Yumaloq tepa tubidan topilgan yog'och o'ymakorligi topilmalari mazkur joylarda, b]r yarim ming yil muqaddam san'atning bu turini yaxshigina rivoj topganligini olimlarimiz o'z izlanishlarining mahsuli sifatida isbot etib berishdi. Xali-xanuz bunday noyob topilmalar nafaqat Surxon voxasida, balki Samarkand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Farg'ona vodiysidagi Sux va boshka qadimiy shahar, qishloqlaridan V-VI asrlarga tegishli bo'lgan san'at asarlari topilmokda. Samoniylar davrida amaliy bezak san'ati, ayniqsa kulolchilik, shishasozlik va yog'och o'ymakorligi, rivojlandi. Monumental

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

me'morchilikka katta e'tibor berildi, turar joylar, hunarmandchilik ustaxonalarida, saroylar, ma'muriy binolar, savdo rastalari, hammomlar, madrasalar qurildi. Qurilishda asosan pishiq g'ishtdan foydalanildi, ba'zan bino devori xom g'ishtdan, tomi- gumbaz pishiq g'ishtdan ishlandi. Binolar ko'rkam va chidamli bo'lishiga e'tibor qaratildi, bor ilm va kuchlarini safarbar etdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Somoniylar maqbarasi planidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va prinsip asosida yaratilganligi aniqlandi. Maqbara memoriy geometriya va matematikadan chuqur habardor bo'lganligi shubhasizdir, aks'holda, u bunchalik go'zallik me'yorini topolmasdi. Ehtimol tasodif dersiz. Yo'q tarix taqozosi bu Algebra faniga asos solib, logarifm, algoritm so'zlariga nomi yug'rilgan Muhammad Xorazmiy (787-850) me'morchilikka ta'sir kursatgan mutafakkur olim Abu Nasr Farobiy (870-950) amaliy geometriya sohasidagi risolalari memorlar uchun qo'llanma vazifasini o'tagan. Koinot bo'yicha tekshirish olib borgan, astranomiya, geometriya va trigonometriyaga oid risolalar mualifi Abu Rayhon Beruniyning memorchilikka xissa qushgani shubhasizdir. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, arxitektura bilan bog' amaliy matematika va geometriya doimo memorlar e'tiborida bo'lgan. VII - VIII asirlarning boshlariga kelib ko'shk, qo'rg'onlar, shaharlarga ibordatxonalar va saroylar qurildi. Bu davrda yog'och va ganch o'ymakorligi yanada rivoj topdi, devoriy rasmlar rang - barang bo'lishiga e'tibor qaratildi, buni Afrasiyob, Varaxsha va Yumoloq tepa singari madaniy yodgorlikldarimiz misolida ham ko'rishimiz mumkin. Bu kabi san'at asarlari, sug'diylar madaniyati bizga, o'sha davrlarda jumhuriyatimiz hudidida yashagan xalqlar qo'shni halqlar bilan savdo -sotiq olib borgan, bu esa bizga qo'shni xalqlar bilan ham madaniy aloqada bo'lgan deyish imkonini beradi.

Arablar VII - VIII asrlarda ibodatxonalarni, tasviriy san'at asarlarini yo'q qilib tashladilar. Natijada salkam bir asr tushkunlik xukm surdi.

«Arablar O'rta Osiyoni zab etkunlariga qadar mahalliy xalq ma'budalari topilgan. Har bir xonodonning jamoada tutgan o'rni va boyligiga qarab, o'z ma'budasi (xudosi) bo'lgan. Odatda bu ma'buda eshik tepasiga qo'yilgan. Xonodon sohibi mavridi bilan yog'ochdan o'yilgan yangi ma'budani xarid qilib, almashtirib turgan. Bunday jarayon yog'och o'ymakorligi san'ati qamiy bo'lganligidan dalolat beradi. Arablar istilosi oqibatida tasviriy san'atning ko'p turlari qatori yog'och haykallar ishlash ham butkul barham topdi. Biroq Islom dini bu san'atni tag - tugi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

bilan yo'qota olmadi. Yog'och tarashlovchi usta naqqoshlar o'z san'atini yog'ochda, dov - daraxtlar aksini ifodalash, oddiy chiziqlardan murakkab geometrik shakllar yasashda namoyish etdilar. Ustalarning san'ati ota-bolaga, avladdan - avlodga meros bo'lib o'taveradi». Arablar jumhuriyatimiz hudidida dastlab masjidlar, qurdirdilar, qadimiy ibodatxonalarni masjidlarga aylantirdilar. Bunga, misol qilib Buxaroning Moh bozoridagi ibodatxonani olib ko'rishimiz mumkin. Nihoyat arxitektura va amaliy bezak san'atida, hunarmandchilikning turli sohalarida jonlanish boshlandi. 862 yilda Al -mantasir va Fotiddin so'ng ruxoniylar fatvosi bilan «Amir al-ma'man»ga atab maqbara bunyod qilindi. So'ng Sharqning Islom tarqalgan boshqa mamlakatlarida ham shu kabi yodgorliklari qurdirish rasm bo'ldi. IX - X asrlarda qurilgan, Buxoradagi Samoniylar maqbarasi ham shular jumlasidandir. Bu maqbara O'rta Sharqdagi eng qadimiy maqbaralardan birinchi bo'lsa, ikkinchisi esa biz yuqorida qayd qilib o'tgan Samarqand tog'larida joylashgan Tim qishlog'idagi turli naqsh - nigorlar bilan bezab ishlangan «Arab ota» - «Arab - al ma'man» «Arablar xomiysi» maqbarasidir.

Islom dini tirik mavjudotlarni tasvirlashni qat'iy ma'n etgani tufayli tasviriy san'at rivojiga imkon beradi, faqat amaliy bezak san'ati rivoj topdi. Masjid, maqbara, saroy, madrasalar turli tuman naqshu - nigorlar bilan bezatila boshladi.

VIII - IX asrlarda ayniqsa Buxoroda badiy hunarmandchilik keng - ko'lamda rivoj topib bordi. IX - X asrlardan girih san'ati yuksaldi. Arab yozuvi bezak - naqsh darajasiga ko'tarildi. Masalan, shu davrlarda kufiy yozuvidan keng foydalanilgan bo'lsa, XI - XII asrlardan esa nasx yozuvi memorchilikda keng - ko'lamda ishlatila boshlandi.

Madaniy rivojlanib borar ekan, ajoyib memorchilik yodgorliklari qad rostlab borar ekan, o'z - o'zidan bunday yodgorliklarni milliy naqshinkor bezaklar bilan bezashdi, shu jumladan darvoza, eshik, ustun va ravoqlari yog'och o'ymakorligi bilan bezatildi. Bu esa yog'och o'ymakorligini tez sur'atlar bilan o'sib borishiga imkon yaratib berdi. O'ymakor ustalar bulardan tashqari uy - ruzg'or buyumlarini bezashda ham o'z san'atlarini mohirona namoyish etishdi. Ustalar tomonidan turli xil stollar, kursilar, xontaxtalar, laganlar, lauxlar, sandiqlar, qutichalar, qalamdonlar va hakozalar yaratildi.

Chingizxon bosqinchiligi tufayli XIII asrga kelib madaniy hayot izdan chiqdi. O'rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Urganch, Balx va Mavr kabi bir qator shaharlar Chingizxon boshchilik qilgan mo'g'il bosqinchilari tomonidan ostin - ustin qilib tashlandi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

Bu vayrongarchiliklarga XIV asrning ikkinchi yarmida oqsoq Johongir Amir Temur O'rta Osiyo xalqlarini birlashtirish orqali, chek qo'ydi va halqimizning madaniyati, san'ati, shu jumladan, yog'och o'ymakoгligining rivojiga o'zi qurdirgan obidalari, asar va atiqalari bilan hissa qo'shdi. Samarqandga yirik - yirik san'atkoria^ shoiru-ulomalarni, hunarmandu - ustalarni to'plab, ko'plab jome masjidlari, madrasalar, xonaqohlar, saroylar va boshqa ulkan inshoatlar qurdirdi. Amir Temur vafotidan so'ng Temuriylar o'rtasida bo'lgan o'zaro to'qnashuvlar tufayli madaniyat rivojiga salbiy ta'sirini o'tkazdi.

MUHOKAMA

XVI asrda arxitektura inshoatlarining ko'гinishi yanada takomillashdi, ko'plab jamoat binolari, karvonsaroylar, ko'pгiklaг, sardobalar, shaharlarda hammom, tim va boshqa savdo rastalari qurila boshlandi. Monumental binolarning tarxiy qiyofalariga o'zgaгtiгishlaг kiritishdi, hunarmandlarning artellari vujudga keldi. Jome masjidlari saroy tipidagi serhasham qilib qurildi, guzar va mahallalarga masjidlar qishlik va yozlik qilib qurilib, katta ayvonlar o'yma ustunli va eshiklari ham o'yma bezaklari bilan bezatildi.

XVII asrga kelib O'rta Osiyoda avj olgan o'zaгo feodal nizo va urushlar Eronning Xivaga qilgan hujmi va boshqalar arxitetura va badiiy hunarmandchilikka salbiy ta'sñ kursatdi. Kupgina musavvir va hunarmandlar Hindistonga, Boburiylar saroyiga ketishga majbur bo'ldilar XVIII asr oxirlariga kelib me'morchilik va amaliy bezak san'ati riavojlana boshladi. Saroy qurilishlarida xalq me'morchiligi okmpozitsiya uslublaridan foydalanib, ichkari hovli, hovuz, ko'p ustunli ayvon, sinchli imoratlar qurila boshlandi. XVIII - XIX asrlarda binolarning ayniqsa ichki qismini qoshni, tosh, ganch va yog'och o'ymakoriigi bilan bezatildi. Bulardan misol qilib Xivadvgi Pahlavon Mxamud maqbarisini, Qo'qondagi Daxman shoxon asar -atiqalrini keltirishimiz mumkin. Buxoradagi Chorminor.

Asrimizga qadar sa'nat asarlari turli qñg'inbarot tufayli vayronalar ostida qolgan bo'lsa, asrimizda «qizil ko'lanka» ostida qoldi. Xalqimizning o'qimishli, ziyoli, bilimdon farzandlarini turli sabablarni ra'kach qilib qatag'on qilishdi. Hunarmand ustalarni esa shaxsiy boylik orttirishda ayblab faoliyatlari to'xtatib qo'iyldi. Biroq xalqimizning fidoyi farzandlaridan ijodkor ustalar usta Shirin Murodov, Mirxamid Yunusov, Shamsiddin G'ofurov, Yunus Ali Musaev, Usmon Ikromov, Quli Jalillov, Suloymon Xo'jaev, Haydar Najmiddinnov, Toshpo'lat Arslonqulov, Maqsud Qosimov, Maxmud Usmonov, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

Raufov, Maxmud Oblaqulov, Abdulla Boltaev, Qodirjon Haydarov, Ota Polvonov, Abdurazzoq Abduraxmonov va boshqalar bir qatorlari o'z hunar sirlarini maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda yoshlarga o'rgatishni yo'lga qo'ydilar. Keyinchalik esa o'z uslubi, yunalishiga ega bo'lgan Xiva, Samarqand, Buxoro, Toshkent va Quqon kabi yirik yog'och o'ymakorlik maktablari rivoj topdi.

Xiva yog'och o'ymakorligining rivojida Ota Polvonov va Sapo Boqbekovlarning ijodiy faoliyati alohida o'rin tutadi. Bu maktab o'ymakorligi boshqa maktablarga qaraganda o'yma naqshlarining maydaligi, zaminning kamligi, novdalarning zichligi, badiy tuzilishi jihatidan o'ynoqiligi, ya'ni novdalarning spiralsimonligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Samarqand yog'och o'ymakorligi maktabida esa o'ymalarning maydaligi, naqsh namunasining murakkabligi, o'simliksimon girih va gulli girih naqshlarining ko'p ishlatilishi bilan hamda o'yma yuzasining ranglanishi ajralib turadi. Ijodkor ustalar Abduxofiz Jalilov, Asatillo, Nurilla Narzullaevlardir.

Toshkent o'ymakorligi maktabining yirik namoyondalaridan Sulaymon Xo'jaev, Maqsud Qosimov va Ortiq Fayzullaevlardir. Toshkent maktabining boshqa maktablardan farqi shundaki, o'ymasining ko'p qavtligi, o'rtacha chuqurligda o'yilib, islimiy, geometrik, ramziy naqshlar ko'proq ishlatiladi.

Qo'qon yog'och o'ymakorligi maktabi ham o'ziga xosligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. Yirik ustalardan Haydar Najmiddinov va Qodirjon Haydarovlardir. Bu maktab o'ymakorligining mahobatliligi, yirikligi, o'ymalarning chuqurligi va ko'p qavatliligi bilan farqlanib turadi.

Sulaymon Xo'jaev 1866 yili Toshkentdagi Suzukota mahallasida yashovchi usta va durodgor Nasrulloxo'ja oilasida do'nyoga keldi. Yoshlik davrida Sulaymon otasiga yordam berar, lekin ko'nglida yog'och o'ymakorligini o'rganishga bo'lgan istak tobora kuchayib bordi. U 17 yoshida usta Iskandar Mirzayoqubov ustaxonasida, so'ngra 1891 yildan esa o'sha davrdagi yog'och o'ymakorligining pargori ustalaridan biri Toshpo'lat Ayubxo'jaevga shogird tushib yog'och o'ymakorligining sir -asrorlarini o'rgandi.

«Sulaymon ustozini hurmat qilar, qiyinchiliklarni sabr - chidam hamda o'ta mehnatsevarligi bilan yengib haqiqiy usta bo'lishga astoydil harakat qilardi. Keksa ustoz Toshpo'lat Ayubxo'jaev vafot etgach, uning san'atini davom ettirdi. Ustozdan estalik bulib qolgan asboblar yordamida Sulaymon o'zi mustaqil juda ko'p duradgorlik ishlari derazalar, eshiklar, darpardalar yasadi» Usta S. Xo'jaev 1931 yilda Sankt - Peterburg shahrida bo'lib o'tgan Butun Rossiya kasblari ko'rgazmasida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

naqshlangan kursichasi va qush qafasi bilan ishtirok etib, ana shu ajoyib ishlari uchun «Za poleznie trudbi» bronza medali va diplomi bilan taqdirlandi. Bundan tashqari S.Xo'jaev juda ko'plab ko'rgazmalarda o'zining ijod namunalari bilan ishtirok etdi. 1923 yilda Rossiya qishloq xo'jalik, hunarmandchilik ko'rgazmasida, 1927 yilda halqlar san'ati ko'rgazmasida qatnashib 1 - darajali diplom bilan taqdirlandi. 1937 yilda Parijda bo'lib o'tgan san'at va texnika ko'rgazmasida qatnashib yuksak baho oldi.

Usta Sulaymon Xo'jaev O'zbekiston xalq ustalari ichida birinchi bo'lib 1932 yilda Mexnat Qahramoni unvonini oldi. Yog'och o'ymakorligining Toshkent maktabi, namayondalaridan biri, pargori ustasi S. Xo'jaev 81 yoshida 1947 yilda vafot etdi. Toshkent yog'och o'ymakorligi maktabining yana bir namoyondalaridan biri Maqsud Qosimovdir. Maqsud Qosimov 1905 yil Toshkent shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Tog'asi Mirsoat Isamuhamedovdan duradgorlik sirlarini o'rgandi va 16 yoshidan duradgor bo'lib ishlay boshladi. 1935 yilda Toshkent shahrida hunarmandchilik o'quv - ishlab chiqarish kombinati ochildi. Maqsud mazkur o'quv - ishlab chiqarish kombinatiga o'qishga kirib tez orada yog'ochga, ganchga, tosh va metalga gul o'yish sirlarini o'rgandi. Shu davrning ko'zga ko'ringan yog'och o'ymakorligi ustalaridan Qo'qonlik Abdurazzoq Abduraxmonovdan islimiy, Toshkentlik Sulaymon Xo'jaevdan pargori naqshi va Toshkentlik Nasriddin Ziyoqorievdan panjara yasash sirlarini o'rgandi.

Maqsud Qosimov keyinchalik Xalq xo'jaligi muzeyi (hozirgi Badiiy ko'rgazmalar direksiyasi, 1933 - 1934 yilar), Moskvadagi Butunittifoq qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojiikston pavilonlari (1937 -40 yillar) jozibador qilib bezagan bo'lsa 1940 - 1942 yillarda Qirg'izistonning Frunza (hozirgi Beshkik) shahridagi xunarmandchilik o'kuv - ishlab chiqarish kombinatiga ishga taklif qilindi va yog'och o'ymakorlik san'atidan yoshlarga saboq berdi. M. Qosimov 1943 yilda Muqimiy teatri uchun uchta eshikni, 1943 - 46 yillari Navoiy teatri qurilishida shitirok etib ganchkorlik ishlarini hamda o'rindiqlar suyanchig'ini o'yma naqshlar bilan bezadi. Maqsud Qosimov o'ymakorlik ishlari bilan birga ma'moriy obidalarini ta'mirlash ishlarida ham ishtirok etdi. Jumladan uyi (hozirgi xalq Amaliy san'at muzeyi) eshik va uskunalarni qayta tanlandi. Xozirgi kunda usta Maqsud Qosimovning yaratgan nafis asarlari Toshkent, Samarqand, Moskva, Sankt - Peturburg va boshqa chet el muzeylarida doimiy eksponant sifatida saqlanib kelmoqda. Usta Maqsud Qosimov 1965 yilda vafot etdi. Bugungi kunda uning ishlarini shogirdlari O.Fayzullaev, H.Qosimov, A.Shokirov kabi shogirdlari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 i Issue 5 i May, 2022 i SJIF: 5,965 i UIF: 7,6 i ISRA: JIF 1.947 i Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

davom ettirib kelmoqdalar. Yog'och o'ymakorligining yirik maktablaridan biri Xiva yog'och o'ymakorlik maktabidir. Xivalik ustalarning ijodi ham o'ziga xosligi, betakrorligi, nafisligi bilan ajralib turadi. Ushbu maktabning namoyondalaridan biri Ota Palvondir.

Ota Palvon 1867 yilda Xivalik yog'och o'ymakor usta Polvon Abdusattorov oilasida dunyoga keldi. U bolalik davrlaridanoq yog'och o'ymakorligi san'atiga mehr qo'ydi va dastlabki saboqni bobosi usta Abdusattordan, keyinchalik esa otasi usta Polvondan san'at sirlarini o'rgandi. Xivadagi ko'pgina binolarning darvoza, eshik va ustunlarini bezashda qatnashdi. 1934 yilda O. Polvonov ko'hna tamirlash ishlarida ishtirok etib naqqosh Abdullo Boltaev tayyorlagan axta yordamida ustun va eshiklarni qayta ta'mirladi. Arkdan tashqari Toshhovli, Nurillaboy saroyi va boshqa va qadimiy binolarni qayta ta'mirlash ishlarida ishtirok etdi. Ota Polvonov va naqqosh Abdulla Boltaev hamkorligi ko'p muvaffaqiyatlarga olib keldi. 1937 iylda Parijda bo'lib o'tgan San'at ko'rgazmasida Ota Polvonning A. Boltaev tayyorlagan naqsh andozasi asosida o'ta nafis, yuksak mahorat va did bilan ishlagan o'yma ustuni yuksak baholandi. 1940 yildan boshlanib 7 yil maboynida bunyod etilgan Toshkentdagi Alisher Navoy nomidagi katta akadimik opera va balet teatri binosining Xiva zalida foyelari uchun eshiklarni jozibador va go'zal naqshu nigoronlar bilan bezadi. 1962 yilda esa Urganch vakzali uchun 2 va 4 tabaqali eshiklarni, Badiiy ko'rgazmalar direksiyasi uchun va ustunlarni yog'och o'ymakorligining Xiva uslubiga xos betakror naqsh kompozitsiyalari bilan bezadi.

Ota Polvonov umrining oxirigacha yog'och o'ymakorligining Xiva maktabini rivojiga beqiyos hissa qushdi. O. Polvonov bezagan asaru atiqalar o'zining nafisligi o'ziga xosligi va go'zalligi bilan ajralib turadi. U o'zi egallagan san'at sir -asrorlarini yoshlarga o'rgatib keldi. Uning shogirdlaridan biri Safo Bog'bekovdir.

XULOSA

Safo Bog'bekov 1904 yilda Xivalik yog'och o'ymakor usta Bog'bek Abduraxmonov oilasida tavallud topdi. U dastlabki yog'och o'ymakorligi san'ati sir -asrorlarini otasi B.Abduraxmonovdan, keyinchalik esa o'sha davrning mashhur o'ymakorligi ustasi Ota Paldvondan o'rgandi. U ustozi O.Polvonov hamkolrligida ko'plab yog'och o'ymakorligi ishlarini amalga oshirdi. Jumladan, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy teatri va Urganch temir yo'l vokzalida hamkorlikda ish olib bordi. S. Bog'bekov 1970 yilda «O'zbekiston» teploxodi ichki bezaklari uchun 8 turli namoyonlar, 1974 yili Urganchdagi «Inturist» mexmonxonasining tantanalar zali

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

uchun 2 ta devoriy namoyonni an'anaviy islimiy o'yma naqsh san'ati bilan bezadi. Ko'plab jamoat va turar joy binolari uchun o'yma eshiklar, ustunlar, darvozalar va uy - ruzg'or buyumlaridan quticha, lavh, xontaxta, kursi va boshqa bir qator buyumlar tayyorladi, Xiva shaxridagi ko'plab me'moriy obidalarni qayta ta'mirlash ishlarida ishtirok etdi. Respublikamizda keng-ko'lamda rivojlangan yog'och o'ymakorlik maktablaridan yana biri Qo'qon yog'och o'ymakorlik maktabidir. O'yib bajarilgan san'at asarining monumentalligi, yirikligi, o'ymalarning chuqurligi, ko'pqavatliligi, o'yilgan yuzaning faqat yuziga to'qroq rang berib keyin moylash Qo'qon maktabiga xos bo'lib uning rivojiga H.Najmiddinov, H.Umarovlarning xissasi beqiyosdir. Haydar Najmiddinov Qo'qon shahrida 1850 usta Najmiddin oilasida dunyoga keldi. U yog'och o'ymakorligi sir - asrorlarini otasidan o'rgandi va Qo'qon yog'och o'ymakorligi maktabini yaratdi, uning rivojiga munosib hissa qo'shdi.

H.Najmiddinov 1890 yillardan Qo'qonda o'yma naqshli eshiklar va ustunlar yaratgan, binolarning sharafa, muqarnaslarini bezashda, musiqa asboblariga badiiy ishlov berishdagi mohirligi bilan shuhrat qozongan. "Parang" ("ustasi parang") laqabini olgan. Yogoch o'ymakorligida qo'llaniladigan naqsh turining pargori usulida keng ko'lamda foydalanib uy - ro'zg'or buyumlaridan ko'p qirrali kursilar, lavh va qutichalarning o'ziga xosligi, jozibadorligi va go'zalligi bilan ajralib turadi.

REFERENCES

I.Захириддин Мухаммад Бобур. Энциклопедияси. 2015, 784-бет

2.Булатов С.С., Саипова С.М. Бадиий тахлил тамойиллари. (монография)Т:."Фан ва технология" 2016, 74-95 бетлар.

3Жавоуарлаъл Неру. «Х,индистоннинг кашф этилиши» китобидан.

4.Бобурнома. Т:. 1993.

5.Узбек миллий энциклопедияси. Т:. 2001.83-бет. б.Захириддин Мухаммад Бобур. Энциклопедияси. 2015, 784-бет.

7.Булатов, С. (1991). Узбек хал; амалий безак санъати. Тошкент:"Меунат, 6668.

8.Bulatov, S. S., & Gulyamov, K. M. (2014). Amaliy sanat. Т.: IQTISOD-MOLIYA.

9.Булатов, С. С. (2010). Наккошлик. Т.

10.Bulatov, C. S., & Jabbarov, R. R. (2010). Philosophical and psychological analysis of works of fine arts (monograph). Science and Technology Publishing House.

11.Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v17.1.1424

12.Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

13.Халимов, М. К. Сравнение продуктивности учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графики / М. К. Халимов, Р. Р. Жабборов, Б. Х. Абдуханов, А. А. Мансуров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2018. — № 6 (192). — С. 203-205. — URL: https://moluch.ru/archive/192/48066/ (дата обращения: 14.03.2022).

14.Nazirbekova, S., Talipov, N., & Jabbarov, R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364-367. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v15.2.1192

15. Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Зб1рник наукових праць AÖWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

16.Xolmuratovich, M. X., & Ravshanovich, J. R. (2020). Amaliy va badiiy bezak san'ati. UO'K, 76, 075.

17.Muratov, K. K., & Tadjieva, F. M. (2021). Issues of Improving the Technology of Organization and Management of Independent Learning Activities of Students in the Fine Arts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 5(11), 521-525.

18.Рустам Джаббаров (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2 (5/S), 59-67. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

19.Rustam Ravshanovich, J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by Teaching the Genre "Landscape" of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sustainability, 1, 1-8. Retrieved from http://siss.indexedresearch.org/index.php/siss/article/view/1

20. Jabbarov, R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59-67.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

21.Ravshanovich, J. R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo'nalishlari. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137148.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22.Nurtaev, U. (2021). Pedagogical issues in ensuring continuous and intermittent state of the field of fine arts in the system of art education. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, Year: 2021, Volume: 11, Issue: 1, First page: ( 1813) Last page : ( 1821), Online ISSN: 22497137, Article DOI: 10.5958/2249-7137.2021.00287.1

23.Абдирасилов Сунатулла Файзуллаевич, Назирбекова Шахноза Ботировна, & Махкамова Саодат Бахтияровна (2016). Художественно-культурные традиции узбекского народного искусства на уроках изобразительного искусства. Личность, семья и общество: вопросы педагогики и психологии, (11 (68)), 3242.

24.Нуртаев, У. Н., & Махкамова, С. Б. (2016). Вопросы подготовки студентов к художественно-творческой деятельности. Молодой ученый, (7), 687-691.

25.Yusubali o'g'li, Y. S. (2021). Xvi-Xvii Asrlar GArbiy Yevropa Tasviriy San'atida Maishiy Janrning Rivojlanishi. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 191-197.

26.Талипов, Н.., & Талипов, Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613. https://doi.org/10.54274/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607-613

27.Rasulov Murad Absamatovich, & Abdurashidkhonova Muslimahon Bahodirhon Kizi. (2021). Methodological Basis Of Creation, Organization And Decoration Of Platter's Artistic Composition In Applied Art. The American Journal of Applied Sciences, 3(04), 298-310. https://doi.org/10.37547/tajas/Volume03Issue04-42

28.Abdurashidxonova, M., & Rasulov, M. (2021). Ташкентская школа резьбы по дереву и представители узбекского народного прикладного искусства. Общество и инновации, 2(5/S), 130-137. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp130-137

29.Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). THE IMPORTANCE OF FOLK APPLIED ART IN THE FORMATION OF YOUTH CREATIVE ACTIVITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 142-156. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-02-23

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-319-329

30.Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). ТАЛАБАЛАРНИ БАДИИЙ ТАЪЛИМ ОРКДЛИ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Зб1рник наукових праць ЛОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.50

31.Расулов, М. (2021). НАУЧИТЬ СТУДЕНТОВ ВО ВНЕШКОЛЬНЫХ УЧЕРЕЖДЕНИЯХ СОСТАВЛЯТЬ КОМПОЗИЦИИ НА УРОКАХ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ. Збгрник наукових праць ЛОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44

32.Maxkamova, S., & Jabbarov, R. (2022). Axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tasviriy san'at ta'limi samaradorligini oshirish metodikasi. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 27-29. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5097

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.