Научная статья на тему 'O„ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLAR'

O„ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

252
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksika / birikma / o„z va o„zlashgan qatlam / leksema / sheva / semantik o„zlashma / til boyitish / o„zlashgan neologizmlar. / lexicon / combination / own and acquired layer / lexeme / dialect / semantic acquisition / language enrichment / acquired neologisms.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eldorbek Farxod O‘g‘li Abduvaitov

Ushbu maqolada bugungi kunda o„zbek tili leksikasiga kirib kelgan va so„zlashuv jarayonida faol ishlatilayotgan neologizmlar hamda ularning tasnifiga qaratilgan mulohazalar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEOLOGISMS IN UZBEK LANGUAGE

This article discusses the neologisms that have entered the lexicon of the Uzbek language today and are actively used in conversation, as well as comments on their classification.

Текст научной работы на тему «O„ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLAR»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Ushbu maqolada bugungi kunda o'zbek tili leksikasiga kirib kelgan va so'zlashuv jarayonida faol ishlatilayotgan neologizmlar hamda ularning tasnifiga qaratilgan mulohazalar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: leksika, birikma, o'z va o'zlashgan qatlam, leksema, sheva, semantik o'zlashma, til boyitish, o'zlashgan neologizmlar.

This article discusses the neologisms that have entered the lexicon of the Uzbek language today and are actively used in conversation, as well as comments on their classification.

Keywords: lexicon, combination, own and acquired layer, lexeme, dialect, semantic acquisition, language enrichment, acquired neologisms.

Leksika eng harakatchan, doim rivojlanuvchi komponent hisoblanadi. Jamiyatda yuz bergan yangiliklar, rivojlanish va o'zgarishlar leksikada o'z ifodasini topadi. Leksikaning rivojlanishi ikki yo'nalishda boradi. Bir tomondan, leksika o'z taraqqiyoti jarayonida jamiyat taqqiyotida yuz bergan tarixiy o'zgarishlarni, yangiliklarni ifodalash orqali boyiydi. Leksika boshqa tillarda qabul qilingan so'zlar, yaratilgan yangi so'zlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar so'zlarning o'z ma'nolarini o'zgartirishlari hisobiga boyiydi. Leksikada yuz bergan o'zgarishlar til sistemasiga bog'liq bo'lmaydi. Yuqorida aytib o'tilgan jarayon til sistemasi (grammatikasi) bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Til sistemasi bilan bevosita bog'liq bo'lmagan tarzda leksikaga kirib kelgan so'zlar o'zlari shakllangan ma'lum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi.

O'ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLAR

Eldorbek Farxod o'g'li Abduvaitov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi eldorbekstudent@gmail.com

ANNOTATSIYA

NEOLOGISMS IN UZBEK LANGUAGE

ABSTRACT

KIRISH

June, 2023

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zlashtirish, ya'ni o'zlashtirilayotgan til tomonidan so'z boyligini yanada oshirish, o'zlashma neologizmlarni yanada mukammal, jarangdor bo'lishiga, ya'ni o'zlashtirgan tilning qoidalariga tayanib boyitiladi. O'z qatlam deganda aslan shu tilniki bo'lgan so'zlar va shular asosidagi yasalishlar, shuningdek o'z affiks bilan boshqa til so'zlaridan yasashlar tushuniladi. O'z qatlamga xos so'zlar bilan o'zlashgan qatlamga xos so'zlarni o'zaro farqlash hamma vaqt yengil bo'lavermaydi. Bularni o'zaro farqlashda so'zning semantik, morfologik, fonetik belgilarini hisobga olib ish ko'riladi.

Semantik belgilari: umumturkiy so'zlarning aksariyati ko'p ma'nolidir:

Bosh -

1) "odamning boshi";

2) "ko'chaning boshi";

3) "ishning boshi".

Morfologik belgilari:

1) umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tilining barcha so'z turkumlarida uchraydi;

2) turlanadi va tuslanadi;

3) o'zak va affiks morfemalar erkin va standart bo'ladi: ko'zim, ko'zing,

ko'zi;

4) so'z tarkibida prefikslar qo'llanmaydi.

Fonetik struktura jihatdan o'z qatlamiga xos so'zlarning asosiy belgilari deb quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

1) o'zbekcha tub negizlar asosan bir bo'g'inli va ikki bo'g'inli bo'ladi; uch bo'ginli tub negizlar juda oz.

2) bir bo'g'inlilarda "undosh+unli+undosh" tipi asosiy o'rinni egallaydi. Ikkinchi o'rinda "unli+undosh" tipi turadi. "Undosh+unli" tipi esa juda oz.

3) ikki bo'g'inli so'zlar ko'pincha ochiq bo'g'inlardan tuzilgan bo'ladi.

4) o'zbek so'zlarida "h" bo'g'iz tovushi qatnashmaydi.(undov va mimemalardan tashqari)

5) so'z oxiri e, o' tovushi bilan tugamaydi (undov va mimemalardan tashqari).

6) o'zbek so'zlarida odatda sof cho'ziq o unlisi bo'lmaydi.

7) birinchi bo'g'indan keyingi bo'g'inlar hech vaqt unli bilan boshlanmaydi.

8) Bo'g'in boshlanishida, ko'pincha, bo'g'in oxirida ham, ikki va undan ortiq undosh qatorasiga kelmaydi (ost, ust kabi bir nechha so'z bundan mustasno).

June, 2023

409

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

Yuqorida sanalganlarning aksi o'zlashgan so'zlarning asosiy belgilari deb qaraladi.

MUHOKAMA

O'zlashgan qatlam - o'zbek tili leksikasining boshqa tillardan o'zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan, maktab (arabcha), daraxt, gul (fors-tojikcha), bahodir (mo'g'ulcha), afandi (turk), ravshan (so'g'dcha), avtobus (ruscha) va boshqalar. Bu qismda arab, fors-tojikcha va rus tilidan o'zlashtirilgan so'zlar ko'pchilikni tashkil etadi. Hozirgi o'zbek tilida fors-tojik tillaridan o'zlashtirilgan so'zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badbo'y, badjahl, ozoda), ravishlar (banogoh, do'stona, tez), bog'lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo'sh, xuddi), modal so'zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi. Shuningdek, fors-tojik tilidan o'zbek tiliga bir qator prefiks va suffiks o'zlashgan: Prefikslar -be-, ba-, no-, ham-, kam-; suffikslar: -kor, -zor, -xo'r, -parvar, -kash, -paz va boshqalar. Ular dastlab fors-tojik so'zlari tarkibida qo'llangan, keyinchalik o'zbek tilining so'z yasovchi affikslarning qatoridan o'rin olib, yangi so'zlarning yasalishida ishtirok etgan: kamsuqum, bebosh, barkamol, hamyurt.

Yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar tilshunoslikda o'zlashma neologizmlar ham deb ataladi. Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi hodisalar, tushunchalarni ifodolovchi lug'aviy birliklardir. Bunday so'zlar xususiyatiga ko'ra ikki turga bo'linadi:

1. Leksik o'zlashma neologizmlar.

2. Semantik o'zlashma neologizmlar.

Leksik o'zlashma neologizmlar tilga tamoman o'zlashib ketmagan o'zbek tilining o'zida yasalgan yoki boshqa tillardan o'zlashib butunlay iste'molga kirmagan so'zlardir. Masalan, zovut, zamin studiyasi, sarhad, kollej, menejment, bakalavriat, magistratura, dastur, bar, bojxona, aksiya, bandargoh, tuman kabilar.

Semantik o'zlashma neologizmlar tilda oldindan mavjud bo'lgan va hozirda yangi ma'noda ishlatilayotgan so'zlardir. Masalan, tuman (rayon), viloyat (oblast), do 'kon (magazin), anjuman (konferensiya) va boshqalar.

NATIJALAR

Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o'zgarishlar ro'y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko'proq tilning ichki

imkoniyatlari:

June, 2023

a)shevalardan so'z olish; b) so'z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba'zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so'z olish yo'li bilan ham ifodalanadi. Bunday so'zlar olinma so'zlar hisoblanadi.

Dunyoda boshqa tillardan so'z olmaydigan bironta ham til yo'q. Kurash,

yonbosh, chala, halol so'zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani bizn

ing

tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalov chi olinma so'zlar hisobiga boyib bormoqda. O'zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo'lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so'zlarning iste'moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo'lgan tushunchalarni ifodalovchi so'zlarning esa kirib kelish hisobiga o'zgarib,rivojlanib boradi. O'zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin:

1) o'z ichki imkoniyatlari asosida;

2) boshqa tillardan so'z olish asosida.

Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.

O'zbek tilining birinchi yo'l bilan boyib borishi imkoniyatlari juda kengdir. Masalan: ilgari qo'llanilib, keyin iste'moldan chiqib ketgan so'zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; yasovchi qo'shimchalar yordamida yangi so'z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi va boshqalar; dialektal (shevadagi) so'zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) "o'xshatmoq", "tenglashtirmoq", "qiyoslamoq" ma'nosida.

XULOSA

O'zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so'z olmasdan faqat o'z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo'q. Bundan o'zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma'lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o'z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo'lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Neologizmlar nutqda to'g'ri qo'llanilishi kerak. Ularni yaratishda adabiy til me'yorlariga amal qilish zarur. Nutqning evfoniyasi, estetikasi buzilgan neologizmlar talablarga javob bermaydi. Odatda ular allaqachon ma'lum so'zlarni takrorlaydilar, ular kerak emas. So'z birikmasini ifodalovchi neologizmlar faqat kinoya yoki satira bilan kontekstda, masalan, feleton yozishda ishlatilishi mumkin.

June, 2023

411

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

REFERENCES

1. Mahmudov N., Mahkamov N., Madvaliyev A. O'zbek tilida ish yuritish. -T.: Fan, 2001.

2. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., 1992.

3. Asqarova M, Yunusov R, Yo'ldoshev M, Muhammedova D. O'zbek tili praktikumi. Toshkent. 2006.

4. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2010.

5. Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. Toshkent, 2010

6. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. Toshkent, 2002

7. Erkaboyeva N. O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami. Toshkent: " Yosh kuch'', 2021.

June, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.