NEMIS TILI LUG'ATI TARKIBIDAGI O'ZLASHMALARNING LINGVISTIK VA EKSTRALINGVISTIK MOHIYATI
Zarifjon Kuvonov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Turizm fakulteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada nemis tiliga boshqa tillardan o'zlashgan so'zlarning kirib kelishiga sabab bo'ladigan omillar haqida so'z boradi. Maqolada o'zlashmalarning kirib kelish sabablari, jumladan lingvistik yoki ekstralingvistik sabablari, qaysi tillardan qaysi sohalarga so'zlar o'zlashganligi haqida fikr yuritiladi. Kirish qismida o'zlashgan so'zlarning bugungi kundagi ahamiyati va roli, uning lingvistik mohiyati to'g'risida so'z boradi.
Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o^zbek va nemis tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bolib xizmat qilgan manba adabiyotlar to^g^risida fikr yuriladi. Metodlar va nazariy asoslar qismida o'zlashgan so'zlar haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: O'zlashmalar, lug'at tarkibi, chet tili, lingvistik omillar, ekstralingvistik omillar, lotin tili, ingliz tili
LINGUISTIC AND EXTRALINGUISTIC SIGNIFICANCE OF GERMAN LANGUAGE DICTIONARY
ABSTRACT
This article discusses the factors that lead to the influx of words from other languages into German. The article discusses the reasons for the introduction of assimilations, including linguistic or extralinguistic causes, from which languages to which areas words are assimilated. The introductory part deals with the current significance and role of the learned words, their linguistic significance.
In the analysis of the literature, it is considered which Uzbek and German linguists have conducted research in this field, the source literature that served as the basis for the creation of the basis of scientific work. The Methods and Theoretical Foundations section focuses on the words learned.
Keywords: Borrowed words, dictionary structure, foreign language, linguistic factors, extralinguistic factors, Latin, English
KIRISH
Bugun biz kundalik hayotimizda va odamlar bilan muloqotda ushbu texnologiyalar nomlaridan foydalanamiz. Tabiiyki bu texnologiyalarning nomlanishi ham turlicha. Bu paytda esa biz albatta ozlashma so zlarni qo llashga majbur bolamiz. Ma lumki, har bir tilning lug'at tarkibi boyib borishining bir qancha yo llari mavjud. Ana shunday yo llarning biri bu boshqa tillardan so zlar ozlashishidir. Bugungi kunda bu jarayonni boshidan otkazmagan, faqat ichki imkoniyatlari bilan rivojlangan til mavjud emas. Malum bir tilning hozirgi davr rivojida avvalo boshqa davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar, fan-texnika taraqqiyoti asosida boshqa bir tilga tegishli bo'lgan sozlar ozlashishi kuzatilmoqda. Har bir tilninng oz rivojlanish tarixi mavjud va bu jarayonda boshqa tillardan so'zlarning kirib kelishi kuzatilgan.
Mana shunday jarayonlarda jahon tillariga yangi so'zlarning kirib kelishi o'sha tillarning lug'ati tarkibi boyishidan dalolat beradi. Jahon tilshunosligida tilning lug'at tarkibining boyib borishining bir qancha yo'llari mayjud.
1. Yangi so'zlar yasalishi orqali (So'z yasalishi)
2. Boshqa tillardan so'z kirib kelishi orqali (o'zlashmalar)
3. Mavjud so'zlarning ma'nosi o'zgarishi orqali (ma'no ko'chishi)
4. Frazeologik birikmalarning yasalishi orqali (frazeologizmlar)
Bundan ko'rinib turibdiki so'zlarning boshqa tillardan kirib kelishi lug'at tarkibini boyishida muhim rol o'ynaydi. O'zlashmalar shunday jarayonni anglatadiki, unda so'zlarning bir qismlari yoki butun fraza bo'lgan so'zlar o'zi boshqa tildan boshqasiga ko'chib o'tadi. Bunday so'zlarning tilshunoslikda uchrashi bir tomondan "muloqot fenomenlarida", ya'ni biron bir xalqning uzoq vaqtlar davomida til va madaniy aloqalarida ko'rinsa1 ikkinchi tomondan avlodlarning davomiy muhim iqtisodiy va madaniy guruhlarga qarab intilishida yoki ularning hududiy chegarada ikki yoki ko'p tilligida ko'rinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu maqolani yoritishda quyidagi adabiyotlardan foydalanildi. Jumladan Arakeljan S. Lexikologie des Deutschen. Universität Jerewan, 2017, Munske H. Fremdwörter in deutscher Sprachgeschichte. Integration oder Stigmatisierung. Hrsg. Gerhard, 2001, Tesch G. Linguale Interferenz. Theoretische, terminologische und methodische Grundfragen zu ihrer Erforschung, Tübingen, TBL-Verlag Narr, 1978,
1 Muhr R. Eurospeak: Der Einfluss des Englischen auf europäische zur Jahrtausendwende. Frankfurt am Main, Langenscheidt, 2004, S. 9.
2 Munske H. Fremdwörter in deutscher Sprachgeschichte. Integration oder Stigmatisierung. Hrsg. Gerhard, 2001, S. 10. Tashkent, Uzbekistan 32 E-mail: carjisor@carjis.org
Muhr R. Eurospeak: Der Einfluss des Englischen auf europäische zur Jahrtausendwende. Frankfurt am Main, Langenscheidt, 2004 kabilardan foydalanildi.
METOD VA NAZARIY ASOSLAR
O'zlashmalar atamasi lingvistik hodisalarni bir tildan ikkinchi tilga o'tkazishning barcha turlari uchun umumiy atama bo'lib, asosan kengroq ma'noda ishlatiladi, ya'ni u nafaqat natijani, balki ushbu o'zlashish jarayonini ham qamrab
"5
oladi. O'zlashish fenomenlarini til darajasiga qarab ajratish mumkin. :
fonetik-fonologik - fonemani import qilish, fonemaning pasayishi yoki fonemaning yo'q bo'lishi,
grammatik - so'z yasash morfemalarini qabul qilishda va egiluvchan almashtirishda o'z ifodasini topadigan,
leksik-semantik - leksemalarni qabul qilish yoki ko'paytirishdan iborat, sintaktik, natijada o'zlashma konstruktsiyalari va gapda o'zlashmalar tartibi paydo bo'ladi.
Bundan tashqari, o'zlashtirish jarayonlari bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Chet tilidagi so'zlarni tilga kirib kelishi fonostrukturada va ayniqsa morfostrukturada tub o'zgarishlarga olib kelishi mumkin; o'zlashtirilgan so'zlar chet tilidagi so'z yasash uslublariga yo'l ochadi.
Tilshunoslik asosan leksik o'zlashmalrni o'zlashtirish bilan bog'liq, chunki bu qarz so'z o'zlashishining eng keng tarqalgan shakli, shuningdek, so'zlovchi tomonidan tan olinishi eng oson shakli. So'zni shakllantirish va ma'no o'zgarishi bilan bir qatorda, bu so'zlarning ifodalanishini topishning asosiy usullaridan biri va shu bilan til o'zgarishi uchun muhim omil hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, leksik o'zlashma so'zlarning boshqa tildan olinishi, o'z tilidagi so'zlar begona qolipga ko'ra shakllanishi yoki mavjudlarining ma'nolari o'zgartirilishidan iborat. Hozirgi kunda nemis tilining 500-600000 so'zdan iborat butun lug'at tarkibida taxminan 150.000 o'zlashgan so'zlardir, shuning uchun har uch nemis tilidagi so'zdan kamida bittasi chet tilidan kirib kelgan so'z hisoblanadi.
Tilshunoslik tarixi nuqtai nazaridan nemislarning "qadimgi mahalliy aholisi ", ya'ni german va hind-yevropa tillaridan "meros qilib olgan " ichki so'zlar (mahalliy so'zlar) salmog'i anchayin ko'pchilikni tashkil qiladi. Hind-Yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlar qatlami butun hind-Yevropa til oilasiga (uchun umumiy bo'lib, masalan, dt. neu, ngriech. néos, russ. novy, lat. novus, lit. Naujas), nemis qadimgi meros so'zlari, boshqa tomondan, faqat german sohasida aniqlash mumkin hind -
3 Tesch G. Linguale Interferenz. Theoretische, terminologische und methodische Grundfragen zu ihrer Erforschung, Tübingen, TBL-Verlag Narr, 1978, S. 83-136.
yevropa tillari (masalan, dt. Winter, engl. winter, schwed. vinter, got. vintrus). Ushbu mahalliy so'zlarning ko'pchiligi vaqt o'tishi bilan so'z yasalishi orqali, kompozitsiyalar va boshqalar jarayinlar orqali hajmi ko'payib borgan.
Rim davrida (miloddan avvalgi 50 - milodiy 500) yuqori nemis tili (ikkinchi) tovush siljishidan oldin birinchi lotin to'lqini o'zini namoyon qildi. O'zlashmalarning o'zlashishishining eng muhim maydoni janubda Mayntsdan Quyi Reyngacha, Yuqori Reyn-Dunay-Alp tog'lari esa nisbatan kamroq rol o'ynagan
Shu vaqt ichida lotin tilidan 500 dan ortiq so'z qabul qilingan. Ehtimol, lotin tilidan olingan eng qadimgi so'z so'zi Kaiser so'zidir.
Imperator Avgust (miloddan avvalgi 31 yildan eramizning 14 yiligacha) davrida rimliklar Alp va Dunay oralig'idagi yerlarni bosib oldilar. Chegaradagi mahalliy aholi tezda Rim turmush tarzini qabul qila boshladilar. Ushbu davrda qabul qilingan so'zlar, avvalambor, moddiy madaniyatning ma'lum sohalari bilan bog'liq. Va shu tariqa quyidagi sohalarda so'zlar o'zlashdi.
Qadimgi Rim madaniyati va davlatchiligi asnosida bir qancha sohalarga so'zlar kirib kela boshlagan. Aynan o'sha davrlarda Rim imperiyasining davlat tili lotin tili bo'lgan. Nemis tili lug'ati tarkibini quiydagi sohalar boyitgan:
qishloq xo'jaligi (Pflanze, ahd. pflanza, lat. planta. Wein, ahd. win, lat. vinum
u.a.),
harbiy (Kampf, ahd. kampf, lat. campus, Wall ahd. wal, lat. vallum u.a.), qurilish sohasida (Fenster ahd. venester, lat. fenestra, Kammer ahd. kamera, lat. camera u.a.),
savdo-sotiq va uy anjomlari (Pfund, ahd. pfunt, lat. pundus, Tisch, ahd. tisc, lat. discus u.a). Lotin tilidan so'zlarning kirib kelishi keyinchalik ham davom etdi, chunki bu til nemis tili so'z boyligining ortishiga boshqa tilllardan ko'ra ko'proq ta'sir etgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Lotin tilidagi so'zlar son jihatdan nafaqat nemis tili lug' ati tarkibida, balki Yevropaning ko' pgina tillari tarkibida ham salmog' i anchagina. Chunki ko'pgina tilshunoslar Yevoropaning qator tillarining "Bobo tili" sifatida lotin tilini e'tirof etishadi. Keyinchalik V-VII asrlarga kelib Germaniya hududida xristian dinining kengayishi natijasida yana lotin tilidan din va cherkov an'analari sohasiga (Kloster lat. claustrum, opfern lat. operari u.a.) oid so'zlar o'zlashdi. Lotin tili nafaqat din sohasi tili, balki u ilm-fan, ta'lim va davlat boshqaruvi sohalarida ham asosiy til hisoblangan.
Shu nuqtai nazardan har bir til lug'at tarkibida o'z so'zlari bilan bir qatorda chetdan kirib kelgan begona so'zlar kuzatiladi. Aynan shu xususiyatga ko'ra leksikologiyada o'z va o'zlashgan so'zlar tarkibi ajratiladi. Jumladan, o'zbek tilida o'z so'zlari bilan bir qatorda fors-tojik, arab va internatsional so'zlar ajratiladi.
O'zbek tilidagi o'z so'zlari tarkibiga tosh, tog', yer, bosh, suv, til, kul, kishi, bola, oq, qora, qizil, ko'k, bir, ikki, uch, besh, men, sen, u, biz, kel, ol, bor, ildam, ilgari va boshqalarni kiritish mumkin. Fors-tojik so'zlariga esa osmon, oftob, bahor, barg, daraxt, xona, shamol, serob, shirin, mard, kamtar, mexribon, jonajon va boshqalarni kiritish mumkin. Internatsional so'zlarga teatr, kino, konsert, film, kompozitor, shashka, fizika, matematika, voleybol, boks va boshqalarni kiritish mumkin.
NATIJALAR
Chet el so'zlarini o'zlashtirish sabablari har xil va ularni ikki guruhga bo'lish mumkin.
l.Istak. Chet tili elementlarini qabul qilish aloqa talablari va ehtiyojlarini qondirish va donor tilida ma'lumotlarni ifoda etish istagi bilan bog'liq. Chet tilidan biron bir so'zni qabul qilishning eng muhim sababi bu Sachentlehnunglardir, ya'ni biron bir so'z o'zlashtirish jarayonida o'sha so'zning muqobil varianti yo'qligi sababli ushbu so'z boshqa tilga kirib keladi.
Hatto til egalarining munosabati, ularning yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan donor tiliga bo'lgan munosabati ham so'zlarning o'zlashishiga sabab bo'ladi. Nufuzlilik omili nafaqat ikki tilda so'zlashadigan so'zlovchilarda seziladi. O'zlashmalar ta'sir asosan tilda uzoq vaqt saqlanmaydigan leksik aralashuvlar shaklida taqdim etiladi.
Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan beri AQShning iqtisodiy va siyosiy ta'siri ingliz tilini deyarli moda tiliga aylantirdi. Hozirgi kunda til ishtirokchilari o'ziga xoslik, zamonaviylik va reklama samaradorligi hamda ekspert bilimlari to'g'risida signal berish uchun ko'pincha chet tili elementlariga murojaat qilishadi. Bunda ular imidj bilan ishlashadi.
Bundan tashqari, tilning o'zining boshqa qonunlari mavjud. Tilshunoslikda so'zni tejash ekonomika (so'zlarni tejash) jihati orqali qisqa chet tillaridan o'zlashgan so'zlardan foydalanishni boshlaydi.
Masalan, Tempolimit o'rniga Geschwindigkeitsbegrenzung ;
Bir bo'g'inli inglizcha so'zlar bu yerda ayniqsa qo'l keladi.
Masalan, job , set .
Ichki motivatsiyalangan so'zlar yoki motivatsiyasi ma'nosiz, chalg'ituvchi, noaniq yoki befarq bo'lib qolgan so'zlarni, motivatsiyali so'zlar bilan almashtirishga harakat qiladi.
Masalan: Backfisch durch Teenager.
Mahalliy so'zlar uzoq muddatli foydalanish orqali o'zlarining muhim ma'nosini yo'qotadi, ular eskirgan tangalar singari susayadi va ishlatilishi pastroq
bo'ladi. Shunday qilib, eskirgan belgilarni doimiy ravishda almashtirib boriladi. Xorijiy so'zni yuqori deb hisoblaniladi va yuqori ijtimoiy asosga ega bo'ladi, masalan, XVII - XVIII asrlarda fransuz tilidan qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi Onkel va Tante nemis tilidagi Oheim va Muheim (aslida "onaning singlisi") so'zlari o'rniga o'zlashgan.
O'zlashmalar o'zgartirish va ularni mavjud belgilar bilam belgilash dublikatlari sifatida ko'rinishi mumkin. Kommunikativ jihat uslubning o'zgarishi bilan ifodalanadi: Lehngut ilgari mavjud bo'lmagan sinonimlarni ishlab chiqaradi.
Masalan.: Filmfest - Festival - Filmfestival.
Maqtash va tanbeh berish iboralari ayniqsa mashhur bo'lib, ular so'z maydonini boyitishga olib keladi:
Masalan: nett, famos, süperbe, grandios.
Jurnalistika, shuningdek, adabiy til ham bunday olinmalardan keng foydalanadi.
Boshqa bir misolda esa ataylab joylashtirilgan begona elementlar bilan qanday qilib ma'lum bir atmosferani yaratish mumkinligini ko'rish mumkin:
Masalan: Man erhält diesen Eindruck, wenn man vergleichsweise einen Blick in das Pub einer Londoner Vorstadt, in ein Bistro von Clignancourt, eine Trattoria in Ravenne, oder ein Drugstore in New Yorks Third Avenue wirft.
O'zlashmalar tarkibini turli xil usullar bilan boyitish mumkin. Bu yerda keltirilgan tushuntirishlar o'zlashmalarning o'zlashish yo'llarining terminologik rivojlanishining nemis tilida qanchalik keng tarqalganligini ko'rsatadi.
Geografik nuqtai nazardan o'zlashmalarni bevosita va bilvosita (vositachilik) deb nomlangan ikki turga ajratish mumkin.
XULOSA
Jahon tillarida bo'lgani kabi nemis tiliga ham dunyoning qator tillarida so'zlar o'zlashgan. Nemis tiliga dastlab kelt tilidan so'zlar o'zlashganini ko'rishimiz mumkin. So'ngra butun Yevropa bo'ylab lotin tili hukmronlig o'rnatila boshladi. Lotin tili Yevropa tillari uchun "Bobo til" ekanligi bejizga emas albatta. Lotin tilidan so'zlar o'zlashishini uch davrga bo'ldik.
1. Ga'rbiy Rim imperiyasi davrida asosan bosqinchilik urushlari sababli
2. Xristianlashtirish - xristian dinini keng tarqalish natijasida
3. Gumanizm - ilm fan sohasidagi lotincha, internatsional so'zlar
Nemis tili lug'ati tarkibidagi so'zlari ulushi ko'pligi bilan ajralib turadigan til bu fransuz tilidir. Fransuz tilidan so'zlarning kirib kelishini ham olimlar uch davrga bo'lishadi.
1. Fransuz ritsarlik madaniyati, she'riyati, adabiyoti, saroy etiket qoidalari, yangi modasi - XI -XII asrlarda
2. 30 yillik urushning tugashi, a la mode Zeit - XVII - XVIII asrlarda
3. Fransuz revolyutsiyasi - XVIII asrning ikkinchi yarmida
Nemis tilida o'zlashmalarning tarixda ko'p o'zlashgan va bugungi kunda so'zlar o'zlashishi davom etayotgan til shubhasiz bu ingliz tilidir. Amerika ikkinchi jahon urushidan keyin yetakchi davlatga aylannganlig, bugungi globallashuv jarayonlari, fan texnikaning rivojlanishi, savdo-iqtisodiy aloqalar ingliz tilidan so'zlarning kirib kelishiga sabab bo'lmoqda.
Bundan tashqari nemis tilida italyan tili, kelt tili, slavyan tillari, rus, arab, ispan va boshqa tillardan so'zlar o'zlashganini ko'rishimiz mumkin.
Bu tillardan so'zlarning kirib kelishiga bir qancha ekstralingvistik va sotsiolingvistik sabablarni keltirib o'tish mumkin. Jumladan, harbiy soha (bosqinchilik urushlari, yerlarning istilo qilinishi), madaniyat sohasida, ilm-fan, texnologiya rivojlanishi oqibatida kirib kelmoqda. Bugungi kundagi globallashuv jarayonlari ham ko'pgina tillarga yangi so'zlarning kirib kelishiga zamin yaratmoqda. (internet, IT, zamonaviy texnologiyalar shular jumlasidandir)
REFERENCES
1. Munske H. Fremdwörter in deutscher Sprachgeschichte. Integration oder Stigmatisierung. Hrsg. Gerhard, 2001.
2. Muhr R. Eurospeak: Der Einfluss des Englischen auf europäische zur Jahrtausendwende. Frankfurt am Main, Langenscheidt, 2004.
3. Ogli, Kuvonov Zarifjon Maxsiddin. "Die vorteile und nachteile der onlinebildung." Academic research in educational sciences 2.CSPI conference 2 (2021): 478-481.
4. Зариф, Кувонов (2020). Немис тилига франсуз тилидан узлашган сузларнинг структурал-семантик таджики, XXI аср тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация
5. Кувонов, Зарифжон (2020). Немис тилига узлашган сузларнинг келиб чикиш тарихи. Проблемы и перспективы развития современной науки в странах Европы и Азии - XXIV Международной научно-практической интернет-конференции.
6. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020). Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).
7. Raxmanova, D. (2021). NEMIS VA O'ZBEK TILIDAGI VAQT KONSEPTINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLAR. Scientific progress, 1(5).
8. Dildora Abdinabiyevna Rahmanova (2021). DIE BEDEUTUNG DES ONLINELERNENS IM FREMDSPRACHENUNTERRICHT. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 2), 470-473.
9. Rakhmatov, F. (2020). Tillarda zamon kategoriyasini umumiy-qiyosiy o'rganish. Academic research in educational sciences,(3).
10. Рахматов, Ф., & Тилолова, Г. (2013). Чет тилини укитишда хориж тажрибаси ва грантларнинг ахдмияти. Чет тилини уцитишда методика, малака ва тажриба, 259-261.
11. Abdukhalilova, D. (2020). Semantic properties of pairs of words. The Journal of National University.