INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY BOSQICHLARI Nabiyeva Nodira Saidovna
Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7193260 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek tili leksikasining tarixiy bosqichlari mavzusida atroflicha ma'lumotlar o'z aksini topadi.
Kalit so'zlar: Turkiy tillar, -chi, -ma, -lik, -gich, -im, traktorchi, sportchi, shofyorlik, demokratlashtirish, elektrlashtirish, fonetik xususiyatlar, zamonaviy qatlam.
ИСТОРИЧЕСКИЕ ЭТАПЫ ЛЕКСИКИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА Аннотация. Данная статья содержит исчерпывающую информацию по теме исторических этапов лексики узбекского языка.
Ключевые слова: тюркские языки, тракторист, спортсмен, шофер, демократизация, электрификация, фонетические особенности, современный слой.
HISTORICAL STAGES OF THE LEXICON OF THE UZBEK LANGUAGE Abstract. This article contains comprehensive information on the topic of historical stages of the Uzbek language lexicon.
Keywords: Turkic languages, tractor driver, athlete, chauffeur, democratization, electrification, phonetic features, modern layer.
KIRISH
Tilimizning lug'at tarkibida o'zimizniki bo'lgan so'zlardan tashqari boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar ham mavjud. Bu tabiiy holdir. Chunki o'zbek xalqi o'z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo'lib kelgan. Mana shu aloqa-aralashuv natijasi o'laroq tilimizga boshqa tillardan so'zlar kirib, o'zlashib ketgan. Shu nuqtai nazardan adabiy til so'zarini tarixiy kelib chiqishiga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1. O'z qatlam so'zari. 2. O'zlashgan qatlam so'zari.
O'z qatlam so'zari. O'z qatlamga turkiy tillar uchun umumiy bo'lgan hamda o'zbek tilining o'ziniki bo'lgan so'zlar kiradi. Turkiy tillar uchun umumiy,mushtarak bo'lgan so'zlar umumturkiy so'zlar deyiladi. Umumturkiy so'zlar asrlar davomida o'zbek, qozoq, qirg'iz, tatar, boshqird, turkman, ozarbayjon va boshqa turkiy tillarda qo'llanib kelgan so'zardir. Bunday so'zlar o'zbek tili lug'at tarkibining asosini tashkil etadi. Umumturkiy so'zlar deyarli barcha so'z turkumlarida mavjud. Bularga tog', suv, tosh, til, qo'l, bola, er (otlar), oq, qora, qizil, ko'k, sariq, yaxshi, yomon (sifatlar), bir, ikki, uch, besh, olti, sakson, tuqson, yuz, ming (sonlar), men, sen, u, biz, siz, ular, qanday, qachon (olmoshlar), kelmoq, bormoq, turmoq, qaramoq, olmoq (fe'llar), ildam, erta, indin, ilgari (ravishlar) kabilar misol bo'la oladi. Mazkur so'zlarning ba'zilari fonetik jihatdan yoki talaffuz qilinishiga ko'ra farq qilishi mumkin. Lekin shunday bo'lsa-da, ularning kelib chiqish asosi birdir.
O'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlari, qonun-qoidalari asosida yaratilgan so'zlar o'zbekcha so'zlar deb yuritiladi. O'zbekcha so'zar quyidagi yo'llar asosida yaratiladi:
1. Asli o'zbekcha so'zlarga shu tilga oid qo'shimchalarni qo'shish orqali yasalgan so'zlar. Bunda -chi, -ma, -lik, -gich, -im singari o'zbekcha qo'shimchalar vositasida yasama so'zlar hosil qilinadi: suvchi, terimchi, o'quvchi, o'qituvchi, boshlovchi, kesma, terlama, boshqarma, qorishma, bosma, otalik, onalik, bolalik, yaxshilik, yomonlik, suzgich, muzlatgich, o'g'itlagich, sovitgich, terim, yig'im, bo'lim va boshqalar._
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2. Boshqa tillardan kirgan so'zlarga o'zbekcha qo'shimchalarni qo'shish orqali yasalgan so'zlar. Bunda o'zbekcha so'zar quyidagicha hosil qilinadi: 1) tojikcha so'zlarga o'zbekcha qo'shimchalarni qo'shish asosida yaratiladi: jangchi, mardlik, tanburchi, dutorchi, vayronalik, sabzavotchilik, chorvachilik; 2) arabcha so'zlarga o'zbekcha qo'shimchalarni qo'shish vositasida hosil qilinadi: maorifchi, maslahatchi, jamoatchi, murabbiylik, zamondosh, vazirlik, rahbarlik, ovqatlanmoq; 3) ruscha-baynalmilal so'zlarga o'zbekcha qo'shimchalarni qo'shish orqali yasaladi: traktorchi, sportchi, shofyorlik, demokratlashtirish, elektrlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, betonlamoq singarilar.
3. Boshqa tillardan o'tgan yasovchi vositalar yordamida o'z va o'zlashma qatlamdan hosil qilingan so'zlar. Bunda qo'shimcha o'zga tilga oid bo'ladi, asos so'z o'zbekcha, tojikcha, arabcha, ruscha so'zlardan tashkil topadi: kitobxon, jurnalxon, bilimdon, savodxon, ma'rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, partiyaviy, ommaviy, soatsoz, vagonsoz, uysoz, mashinasoz, noaniq, serish, sertarmoq, serhosil, madadkor, bunyodkor, notinch, beish, chizmakash, yo'lsoz, ilmiy, tarbiyaviy, oilaviy kabilar.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
O'z qatlam so'zarining bir guruhini kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo'shma so'zlar tashkil qiladi. Qo'shma o'zbekcha so'zar quyidagicha hosil etiladi: 1) bir lug'aviy qatlamga mansub so'zardan yasaladi: issiqsevar, belkurak, ituzum, suvqovoq, baqaterak, yiloshi, tomorqa, otboqar, tezpishar, quloqcho'zma, olaqarg'a; 2) turli lug'aviy qatlamga mansub so'zlardan yasaladi: yondaftar, tilxat, buyintumor, havorang, radioaloqa, fotonusxa, umumshahar, qumshakar, boshpana, kelinsalom, otameros, kitobsevar, sheryurak kabilar.
O'z qatlam so'zari bir qator xususiyatlari bilan o'zlashma qatlam so'zaridan farqlanib turadi. O'z qatlamga oid so'zarning eng muhim, asosiy belgilari quyidagilardir:
1. O'z qatlamga oid so'zarning ko'pchilik qismi ko'p ma'nolidir, polisemantik xarakterga egadir. O'zlashma so'zarda bu xususiyat chegaralangan.
2. O'z qatlam so'zarining aksariyati aniq ma'noli so'zlardir. O'zlashma qatlamga tegishli so'zlar esa ko'proq mavhum ma'nolidir.
3. O'z qatlam so'zari fonetik tuzilishiga ko'ra asosan bir bo'g'inli, ikki bo'g'inli, uch bo'g'inli bo'ladi. Bir bo'g'inli tub so'zlar ko'proq undosh Q unli Q undosh shakliga ega bo'ladi.
4. O'z qatlam so'zari r, l, v, g, , d, z tovushlari bilan boshlanmaydi va hz o'atlam shzlarida f, ', j (siraluvchi), s kabi undoshlar umuman o'atnashmaydi.
5. O'z qatlam so'zarida birinchi bo'g'indan keyingi bo'g'inlar hech vaqt unli tovush bilan boshlanmaydi.
6. O'z qatlamga oid so'zlarning oxiri e(e), o' unlisi bilan tugamaydi. Ba'zi undov va taqlidiy so'zlar (he, ehe, o'ho', bo', mo' kabilar) bundan mustasno.
7. O'z so'zarda bo'g'in boshida, o'rtasida va oxirida ikki undosh qatorasiga kelmaydi. Ost, ust, art, arch, berk, gurs, yilt kabi so'zlar bundan mustasno.
8. O'z qatlam so'zlari tarkibida bo'g'iz undoshi h, qorishiq s kelmaydi. Him, uh, ah, haha kabi ayrim so'zlar bundan mustasno.
9. Grafik jihatdan o'z qatlamga oid so'zlarda ' (tutuq), (yumshatish) belgilari ishlatilmaydi.
10. O'zbekcha so'zlarda urg'u odatda oxirgi bo'g'inda bo'ladi.
O'zlashgan qatlam so'zari. O'zbek tili lug'at tarkibining boyishi va takomillashuvida ichki manba bilan bir qatorda tashqi manba ham muhim rol o'ynaydi. Tashqi manba deyilganda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
boshqa tillardan soz ozlashtirish orqali lugat tarkibining boyishi tushuniladi. Ozbek tilining boshqa qardosh bolmagan tillar bilan aloqasi tufayli bu tillardan ozbek tiliga ma'lum miqdorda sozlar ozlashib qolgan. Ozlashgan so'zarning asosiy qismi forscha-tojikcha, arabcha, ruscha sozlardan iboratdir.
TADQIQOT NATIJASI
Tojikcha so'zlar. Hozirgi ozbek tili leksikasida tojikcha sozlar salmoqli orinni egallaydi. Miqdor jihatdan ozbekcha sozlardan keyin ikkinchi orinda turadi. Bu bejiz emas, albatta. Darhaqiqat, ozbeklar va tojiklar qadimiy davrlardan bir hududda, birgalikda qoshni, aralash holda yashab kelganliklari, ozaro har jihatdan iqtisodiy, xo'jalik sohalarida yaqindan aloqada bolganliklari tufayli ozbek tiliga tojik tilidan koplab sozlar kirib, ozlashib ketgan. Tojikcha so'zlarga bahor, chashma, chilla, hafta, durbin, dasturxon, chilopchin, jo'yak, panshaxa, romol, dastro'mol, optoba, yaxob, yaxna, chorsu, chorraha, pazanda singarilarni misol qilib keltirish mumkin.
Tilimizga o zlashgan tojikcha so zlarning ko pchiligi koproq aniq va real narsa, hodisalarning nomlaridir. Tojikcha ozlashmalar kundalik turmush uchun eng zaruriy va kop qollanuvchi sozardir.
Tojikcha sozlarning ba'zi fonetik xususiyatlari u sozlarni boshqa tillardagi sozlardan farqlab turadi. Masalan, j tovushi tojik tiliga xos bo'lib, u gijda, mujda kabi sozlar tarkibida tilimizga kirib kelgan. - and (farzand, monand), -xt (baxt, taxt, daraxt, karaxt, poytaxt), -sht (go'sht, musht, dasht, gisht), -mon (armon, darmon, qahramon), bar- (barno, barpo, barbod), dar- (darbon, dargoh, dargumon, darbadar, darrov, darhol) kabi elementlar ham tojikcha sozlarni boshqa sozlardan farqlab turadi.
Arabcha so'zlar. Ozbek tili leksikasida arabcha sozlar alohida orin tutadi. Arabcha sozlarning ozbek tiliga kirib kelishi arablar tomonidan Orta Osiyo hududining bosib olinishi va buning tarixiy-ijtimoiy oqibatlari bilan bog'liq. Otmishda arab tilining hukmron til - rasmiy davlat tili, ta'lim tili, fan va madaniyat tili, badiiy adabiyot tili, din va shariat tili bo'lganligi arabcha sozlarning ozbek tiliga kirib kelishi uchun sababchi bolgan. Hozirda tilimizda faol qo'llanilayotgan maktab, maorif, kotib, muxbir, ma'naviyat, san'at, adabiyot, xalq, vazir, shoir, vatan, davlat, maqola, ilm, asar, ta'lim, sanoat, axborot, xodim, tarjimon, talaba, janub, shimol, anhor, hovuz, ariza, imzo, xat singari sozlar arabcha ozlashmalardir.
Arabcha sozarni mavzuiy jihatdan bir necha guruhga bolib o'rganish mumkin. Chunonchi: 1) ijtimoiy davlat tuzumiga oid sozlar (hukumat, mamlakat, fuqaro, hokimiyat, farmon, islohot, ittifoq), 2) adabiyotga oid tushunchalarni ifodalovchi sozlar (aruz, bayt, ruboiy, adib, hikoya, masal, maqol, qofiya, vazn, radif, tazkira), 3) maktab-maorif, ta'limga oid sozlar (ta'lim, talaba, savod, imtihon, axloq, murabbiy, davomat, muallim), 4) diniy tushunchalar bilan bog'liq sozlar (avliyo, machit, shariat, hayit, karomat, duo, farz, tahorat, qur'on) va boshqalar.
Arabcha so'zlarning oziga xos muhim belgilari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1) soz boshida -ma, -mu elementlari keladi: madrasa, maktab, majlis, muhokama, mudarris, munaqqid, mutarjim, musavvir, muzokara kabilar; 2) soz oxirida -ot, -yat, -yot, -at elementlari qatnashadi: targ'ibot, tashviqot, axborot, zaruriyat, hokimiyat, jamiyat, kashfiyot, tibbiyot, zurriyot, tijorat, saxovat singarilar; 3) soz tarkibida ' (tutuq belgisi) ishtirok etadi: san'at, a'lo, ra'no, ma'no, ta'til, me'mor, ta'zim, e'tiroz, sur'at, e'tiqod, e'lon kabilar; 4) so'zning tarkibiy qismida ikki unli yonma-yon keladi: oila, shoira, doir, saodat, maorif, jamoat, qiroat singarilar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Ruscha so'zlar. Adabiy tilimiz leksikasida ruscha-baynalmilal so'zlarning salmoqli qatlami mavjud. Ruscha ozlashma sozar ozbek tilining rus tili bilan aloqasi tufayli yuzaga kelgan. Ruscha qatlamga mansub sozlar XIX asrning tortinchi choragidan e'tiboran kirib kela boshlagan. Bu davrda tilimizga rus tili va u orqali boshqa tillardan samovar, pochta, elektr, teatr, vistavka, mashina, vagon, vokzal, poezd, artist kabi sozlar kirib, ozlashib ketgan.
Ruscha ozlashma sozar mavzuiy jihatdan bir necha guruhni tashkil etadi. Ularning ba'zilari tubandagilar: 1) oziq-ovqatga doir nomlar: kartoshka, limonad, konfet, kofe, makaron, vermishel, bifshteks, ikra, tort, kakao, kasha; 2) uy-ro'zg'or buyumlari nomlari: lampochka, grafin, kreslo, divan, shkaf, stol, stul, karovat; 3) kiyim-kechak nomlari: kombinzon, palto, kostyum, kofta, botinka, shinel, noski, chulki; 4) harbiy ish va fizkultura, sportga oid sozlar: matros, serjant, leytenant, mayor, diviziya, gimnastika, basketbol, billiard, domino, voleybol, fútbol, boks; 5) ijtimoiy soz va atamalar: s'ezd, diktatura, demokratiya, partiya, deputat; 6) savdo va moliyaga oid sozlar: magazin, gastronom, bufet, yarmarka, kredit, byudjet, pavilon, obligatsiya, bank; 7) qishloq xo'jaligiga oid sozlar: brigadir, zveno, kultivatsiya, mexanizatsiya, traktor, kombayn, buldozer va shuning singarilar.
MUHOKAMA
Ozbek tiliga rus tilidan va u orqali dunyoning boshqa tillaridan kirib kelgan sozlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansubdir: 1) rus tiliga: samolyot, stol, stul, tok, ruchka, sudya, sud, parovoz, konfet, pulemyot, paroxod, teploxod, kartoshka, pechka, publitsist kabilar; 2) nemis tiliga: shtab, shaxta, rota, galstuk, shifer, kran, orden, landshaft, balet, buterbrod, raketa, lager, politsiya, linza, fakultet, kolba singarilar; 3) lotin tiliga: senat, operatsiya, deputat, auditoriya, respublika, direktor, laboratoriya, sirk, general, nota, metall, formula, laureat, professor, dotsent, magistr, opponent, prezident, referat, dissertatsiya, abiturient kabilar; 4) grek tiliga: pedagog, grammatika. kafedra, alfavit, tezis, poema, poeziya, teatr, ideya, drama, komediya, tragediya, lirika, mikrofon, filologiya, olimpiada, filosofiya, leksika, psixologiya va boshqalar; 5) ingliz tiliga: voleybol, futbol, vokzal, miting, tramvay, klub, byudjet, boks, finish, chempion, dollar, tank, rels, bifshteks, tort, tennis, kontsern, test, fermer, film, kross, lift kabilar; 6) frantsuz tiliga: kostyum, palto, etaj, mebel, bufet, kabinet, kotlet, ragu, kompot, krem, flot, aktyor, serjant, leytenant, kapitan, artilleriya, desant, antrikot, foye, repertuar, lyustra kabilar; 7) italyan tiliga: opera, libretto, benzin, bank, ariya, loja, valyuta, gazeta va shuning singarilar. Bir tildan boshqa ikkinchi tilga soz o'zlashtirishning oziga xos yo'llari va usullari bor. Soz ozlashtirish ikki yo'l: 1) jonli so'zlashuv orqali va 2) yozma manbalar orqali amalga oshiriladi. Tilimizdagi tojikcha so'zlarning ko'pchiligi jonli so'zlashuv orqali o'zlashtirilgan. Arabcha o zlashmalarning asosiy qismi yozma manbalar orqali o tgan. Ruscha sozlar ham jonli so'zlashuv, ham yozma manbalar vositasida kirib kelgan.
Soz o'zlashtirishning usullari ikki xil boladi: 1) aynan olish, 2) kalkalab olish. Yuqorida qayd etib o'tilgan tojikcha, arabcha, ruscha sozlar aynan o'zlashtirilgan. Kalkalab olishda so'zning ozi emas, balki uning ma'nosi ozlashtiriladi: dunyoqarash (M^0B03peH^), ustqurma (надстройка), tugruqxona (родильный дом), qolyozma (рукопись), muzyorar (гедокол), sun'iy yoldosh (TOKyccraeHHbffl спутник) kabilar.
Til leksikasidagi sozlar zamonaviyligi hamda eskilik va yangilik bo'yog'i borligiga kora 3 qatlamga ajratiladi: 1) zamonaviy qatlam, 2) eski qatlam, 3) yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Eskilik yoki yangilik bo'yog'iga ega bolmagan sozlar zamonaviy qatlamni tashkil etadi. Zamonaviy qatlamga oid bunday sozlar zamonaviy sozlar deyiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Ozbek tili lug'at tarkibining asosiy qismi zamonaviy sozlardan iboratdir. Umumiste'moldagi so'zlarning barchasi zamonaviy qatlamga mansub boladi. Ular barcha kishilar uchun tushunarli bo lishi bilan bir qatorda nutqda faol qollaniladi: bahor, qish, kuz, g'arb, sharq, er, osmon, tog\ tosh, ariq, yomg'ir, qor, daryo, yaxshi, yomon, chiroyli, tor, chuqur, go'zal, kim, birov, har kim, har qanday, tez, oz, ko'p, asta, yozmoq, ovqatlanmoq, uxlamoq, yashamoq singarilar. Zamonaviy qatlamga oid so'zlarning ba'zilari nutqda faol qo'llanilmasligi, tor mutaxassislik doirasida ishlatilishi mumkin. Masalan, terminologik leksikaga oid sozlar shunday sozlardan bo'lib, ularning iste'mol doirasi chegaralangan. Lekin bundan qat'iy nazar terminlarning barchasi zamonaviy leksika hisoblanadi.
Eski qatlam. Bugungi adabiy til nuqtai nazaridan eskilik bo'yog'iga ega bo'lgan sozlar eski qatlamni tashkil qiladi. Eski qatlamga oid sozlar asosiy farqli xususiyatlariga kora ikki turga bolinadi: 1) tarixiy sozlar (istorizmlar), 2) arxaizmlar.
Hozirgi kunda mavjud bo lmagan, yo q bolib ketgan narsa, hodisalarning nomi istorizmlar deyiladi. Ma'lum davrlarda bor bo'lgan narsa vaqtlar o'tishi bilan hayot taqozasiga kora yo'q bolib ketishi mumkin. Narsa yo'qolgach, qollanishdan qolgach, tabiiyki, uni ifodalagan sozlar ham iste'moldan chiqib ketadi, tarixiy so'zga aylanadi. Amir, kanizak, cho'ri, mirzaboshi, qalami, qushbegi, sovut, qozi, mirshab, choriq, mingboshi, oqsoch, haram, yuzboshi kabilar tarixiy sozlardir.
Istorizmlarni anglatgan ma'nosiga kora bir necha guruhga ajratish mumkin: 1) sulolalar, tabaqalar nomini ifodalagan istorizmlar: xon, podshoh, cho'ri, kaniz, amir, hoqon; 2) mansab, amal nomlarini bildirgan istorizmlar: qushbegi, kutvol, qo'rboshi, devonbegi, to'qsoba, qorovulbegi, sarmunshiy, beklarbegi, eshikog'asi, shig'ovul, mirzaboshi, mirishkor, sarbahodir, tunqator, ponsod, mehtar, otaliq, dodxoh, salomog'asi, risolachi, oftobachi singari; 3) urug\ qabila, qavm nomlari (etnonimlar)ni anglatgan istorizmlar: jaloyir, mang'it, nayman, dormon, telov, qurama, bag'ish, korabo'yin, kenagas, minglar, yuzlar, qirqlar, qangli, saroy kabi; 4) oziq-ovqat nomlarini bildirgan istorizmlar: uloba, urkamoch, tutmoch, yorma, ko'moch; 5) kiyim-kechak, mato nomlarini ifodalagan istorizmlar: qalami, xosa, parpasha, olacha, kuloh, janda, guppi, sanama; 6) kasb-hunar, mashg'ulot nomlarini bildirgan istorizmlar: sarrof, vofurush, jarchi, axtachi, bojgir, chorakor va boshqalar.
Istorizmlardan o'tmish haqida hikoya qiluvchi badiiy asarlarda, tarix va etnografiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladi: Xaram doirasi bukun shovqin-suronsiz edi. Podshohninng bir-biriga yaqin, lekin ayrim-ayrim saroylarda yashagan xotinlari shoh xonadoniga mansub bir shahzodaning to'yiga ketishgan edi (Oybek). Men umrimda to'rt xon ko'rdim, talay biy kordim (Mirtemir).
Eskirib iste'moldan chiqqan, ammo oz ekvivalentiga, sinonimiga ega bo'lgan sozlar arxaizmlar deyiladi. Arxaizmlar bugungi kunda mavjud bo'lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalari hisoblanadi. Misollar: dudoq (lab), tilmoch (tarjimon), ulus (xalq), yog'i (dushman), irin (lab), diram (tanga), ilik (qo'l), bork (telpak), oraz (yuz), qopqa (darvoza), alam, yalov, tug' (bayroq), falak (osmon), muarrix (tarixchi), cherik (qo'shin), Jayhun (Amudaryo), Sayhun (Sirdaryo), Shosh (Toshkent), Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi) kabilar.
So zlarning arxaiklashishi turli sabablar bilan bo lishi mumkin. Tilda narsa-hodisalarni ifodalovchi birdan ortiq soz bo'lsa, til qonuniyatlari talabiga javob beradiganlari iste'molda qolib, boshqasi sekin-asta iste'moldan chiqa boshlaydi va u oz sinonimiga nisbatan eski so'zga aylanadi. Demak, sinonimlar nutqda bir xil, teng ishlatilmasligi natijasida ulardan ba'zilari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
arxaizmga aylanadi. Umuman, arxaizmlarning tug'ilish sabablarini izohlash ko'p hollarda qiyin bo'ladi.
Yuqorida aytilganlardan anglashiladiki, arxaizm ham, istorizm ham eski so'z. Bu jihatdan ular o'zaro aloqadorlikka ega. Lekin shunday bo'lsa-da, arxaizmlar bilan istorizmlar o'rtasida talay farqlar mavjud. Bu farqlarning ba'zilari quyidagilar:
1. Arxaizm hozirgi kunda mavjud bo'lgan narsa-hodisalarning atamasi. Istorizm esa bugungi kunda mavjud bo'lmagan narsa, hodisalarning atamasi.
2. Arxaizmlarning zamonaviy qatlamda o'z sinonimlari bor bo'ladi, u o'z sinonimlari bilan birga qo'llana oladi. Istorizmlarning esa sinonimlari bo'lmaydi.
3. Arxaizmlarning eskirganligi uning sinonimlariga qiyosan baholanadi. Istorizmda esa bu imkoniyat yo'q. Istorizmlarning eskirganligi davrga ko'ra baholanadi.
4. Istorizm birdan-bir, yakka nom, uning o'rnini bosuvchi so'z yo'q. Arxaizm esa bir necha nomlardan birining eskirgani; uning o'rnini bosuvchi so'z bor.
5. Arxaizm til tarixiga va tilning hozirgi holatiga ko'ra baholanadi. Istorizm esa faqat til tarixiga ko'ra baholanadi.
6. Arxaizm asosan tilning o'z taraqqiyoti qonunlari bilan izohlanuvchi hodisa. Istorizm esa jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy taraqqiyoti tarixiga ko'ra izohlanadi.
7. Istorizm faqat atash (nominativ) vazifani bajaradi. Arxaizmlar ham atash, ham uslubiy (stilistik) vazifa bajaradi.
8. Arxaizmlardan uslubiyatda (stilistikada) hamda davr kaloritini berishda foydalaniladi. Istorizmlar esa faqat davr kaloritini yaratishda ishlatiladi.
9. Istorizmni nolisoniy omil tug'diradi. Arxaizm esa lisoniy omillar asosida vujudga
keladi.
Arxaizmlar badiiy asarlarda davr ruhini, tarixiy sharoitni ko'rsatish uchun, shuningdek, nutqqa tantanavor, ko'tarinki, jo'shqin, nazokatli ruh berish maqsadida ishlatiladi. Misollar: Otabek ularning totiqlarini xo'p boplab berdi (A.Qodiriy). Sarob girdoblari orqada qoldi, tole qopqasini qoqdim asabiy (M.Qo'shmoqov). Kumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari ostidagi sadafdek oq tishlari ko'rinib ketdi (A.Qodiriy). Arxaizmlar hajviy va kulgili asarlarda hazil-mutoyiba, masxara, kinoya ruhini ham berishi mumkin. Masalan: Qassob o'rnidan turib, chuntak kavlashga tushdi. - Mana bizni ash'or! - dedi shimining o'ng cho'ntagidan bir varaq qog'oz chiqarib. - Mana, ana bunisi qiziq, sekretar qizga besh so'm berib, mashinkada chop qildirganman. Qishda pavilonga ot go'shti kelganda yozgan edim (N.Aminovning "Qassob shoir" hajviyasidan).
O'rni kelganda shuni ta'kidlash lozimki, arxaizmlarning ba'zilari vaqtlar o'tishi bilan tilda qayta tiklanishi, faol so'zlar qatoridan o'rin olishi mumkin. So'nggi yillarda bir vaqtlar sun'iy ravishda iste'moldan chiqarilgan, arxaik so'z sifatida baholangan talay so'zlar tilimiz lug'at tarkibidan yana o'z o'rnini egalladi. Vazir, viloyat, muharrir, kotib, ma'ruza, matn, chipta, bekat, fuqaro, dastur, muhr, hakam, madhiya, rukn, foiz, favvora, hokim kabilar shular jumlasidandir.
Yangi qatlam. Tilda so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi qonuniy bo'lgani kabi, unda yangi so'zlarning yaratilishi ham tabiiy bir holdir. Tilda yangidan paydo bo'lgan va yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar yangi qatlamni tashkil etadi. Bunday so'zlar neologizmlar deb yuritiladi.
Tilda yangi so'zlarning paydo bo'lishi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi siljishlar, taraqqiyot bilan bog'liq bo'ladi. Jamiyat rivoji, ob'ektiv borliq va tabiatdagi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
o'zgarishlar, kishilarda ilmiy, ma'naviy tafakkurning o'sib borishi yangi soz va yangi atamalarga oz-ozidan ehtiyoj tug'diradi. Mana shu ehtiyoj asosida tilda yangi sozlar vujudga keladi. Keyingi davrlarda istiqlol sharofati bilan respublikamizning madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida bir qator ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Bu o'zgarishlar til leksikasida oz aksini topdi. Leksikamiz qator yangi sozlar hisobiga boyidi. Haftanoma, tahlilnoma, test, reyting, bakalavr, magistr, kollej, litsey, marketing, birja, menejer, aktsiya, sertifikat, supermarket, kontsern, korporatsiya kabilar bunga misoldir.
Neologizm tushunchasi ota nisbiydir. Neologizm tilda paydo bo'lib, bora-bora keng qollanishi natijasida yangilik bo'yog'ini yo'qotadi va neologizmlikdan chiqib, zamonaviy qatlamga otadi. Masalan, 20-30- yillarda mashina, traktor, kombayn, brigadir, zveno sozlari neologik soz hisoblangan. Hozir ular neologizm emas. Yoki 60- yillarda o'g'itlagich, purkagich, kosmos, kosmonavt, er sun'iy yo'ldoshi, televizor sozlari neologizm bo'lgan bo'lsa ham, hozir ular tilga ozlashib ketgan, yangilik xususiyatini yo'qotgan.
Neologizmlar paydo bo'lish doirasi, muhitiga kora ikkiga bolinadi: 1) umumtil neologizmlari, 2) shaxsiy (individual) nutq neologizmlari.
Yangi soz umumnutq doirasida bo'lsa, bular umumtil neologizmlari deyiladi: test, reyting, birja, menejer, yilnoma, internet kabilar umumtil neologizmlaridir.
XULOSA
Yozuvchilar, shoirlar, umuman yakka shaxslar tomonidan yaratilgan, ijod qilingan yangi sozlar shaxsiy (individual) nutq neologizmlari deb yuritiladi. Masalan, G.Gulom asarlarida nursiramoq, kurashdosh, hamrang, yalovkash, sezim, damkash, uvadaband, daryodil, sharofobod, safarbasta, hijronzoda; M.Shayxzoda asarlarida mehnatdosh, oydosh, kalitlamoq, fazoshumul, tundalik, nuriston, salomobod, bemorxona, mehnatnoma neologizmlari uchraydi.
Bu tip sozlar tilshunoslikda okkazional (muvaqqat) sozlar deb ham yuritiladi. Okkazional sozlarning kopchiligi umumtil faktiga aylanmaydi. Bular ma'lum bir asar tilining oziga xos mulki hisoblanadi.
Neologizmlar uch usul asosida tilda paydo boladi: 1) boshqa tillardan sozlar qabul qilish natijasida (birja, reyting, bakalavr, fermer); 2) ichki imkoniyatlar asosida sozlar yasash natijasida (yilnoma, haftanoma, kitobsevar, oltintopar, navoiyxonlik, ayyubg'ulomxonlik); 3) mavjud sozlarni yangi ma'noda qollash natijasida (yo'ldosh - er yo'ldoshi, payvandchi -metallni ulovchi ma'nolarida) yuzaga keladi.
REFERENCES
1. Sayfullaeva R., Mengliev B., Boqieva., Qurbonova M., Yunisova Z., Abdullaeva M. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. -T.: 2009.
2. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -T.: Talqin. 2005.
3. Mengliyev B.R. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo.
Leksikologiya-semasiologiya. Leksikografiya. I qism Qarshi. 2004.
4. . E. Qilichev. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Buxoro. 1999.