Научная статья на тему 'O’ZBEK TILIDA MIQDOR KONSEPTNING IFODALANISHIDA HISOB SO’ZLARNING AHAMIYATI'

O’ZBEK TILIDA MIQDOR KONSEPTNING IFODALANISHIDA HISOB SO’ZLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1460
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
kognitiv lingvistika / tushuncha / miqdor / miqdor tushunchasi / numerativ. / cognitive linguistics / concept / quantitative / quantity concept / numerative.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Egamberdiyeva Nilufar Latibjon Qizi

Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalari, o‘zbek tilida miqdor tushunchasini ifodalashda arifmetika tushunchasi va roli haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT AND ROLE OF ARITHMETIC IN EXPRESSING THE CONCEPT OF QUANTITY IN THE UZBEK LANGUAGE.

This article discusses the basic concepts of cognitive linguistics, the concept and role of arithmetic in expressing the concept of quantity in the Uzbek language.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDA MIQDOR KONSEPTNING IFODALANISHIDA HISOB SO’ZLARNING AHAMIYATI»

O'ZBEK TILIDA MIQDOR KONSEPTNING IFODALANISHIDA HISOB

SO'ZLARNING AHAMIYATI Egamberdiyeva Nilufar Latibjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti magistranti EgamberdiyevaN96gmail.com https://doi. org/10.5281/zenodo. 7326305

Annotatsiya: Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalari, o'zbek tilida miqdor tushunchasini ifodalashda arifmetika tushunchasi va roli haqida so 'z boradi.

Kalit so 'zlar: kognitiv lingvistika, tushuncha, miqdor, miqdor tushunchasi, numerativ. THE CONCEPT AND ROLE OF ARITHMETIC IN EXPRESSING THE CONCEPT OF

QUANTITY IN THE UZBEK LANGUAGE.

Abstract: This article discusses the basic concepts of cognitive linguistics, the concept and role of arithmetic in expressing the concept of quantity in the Uzbek language.

Key words: cognitive linguistics, concept, quantitative, quantity concept, numerative.

KIRISH

Insoniyat hamisha borliq va undagi voqea va hodisalarni anglashga intilib kelgan. Jamiyatdagi har bir o'zgarish tilda ham o'z aksini topadi. Til va tafakkur munosabatining uzviyligi, olamni bilishda tilning ahamiyati kabi masalalar mavjudligi sabab kognitiv tilshunoslik vujudga keldi [Safarov, 2013:283]. Kognitiv so'zi ingilizcha so'zdan olingan bo'lib, "tushunmoq", "bilmoq" ma'nolarini anglatadi. Kognitiv tilshunoslikning birlamchi funksiyalaridan biri til va ong munosabati, borliq jarayonlarini umumlashtirishda tilning ahamiyatini o'rganish hisoblanadi.

Kognitiv lingvistikaning asosiy tushunchalaridan biri bu konseptdir. Ushbu atamaning kelib chiqishi tilshunoslikning psixologiya, satsiologiya, falsafa kabi fanlar bilan yaqinlashuvi, genetik bog'liqligi natijasidir. Konsept atamasi lotin tilidagi "concipere" to'plamoq, ilib ketmoq, o'ylab qolmoq, boshlab yubormoq ma'nolarini bildiradi [Safarov, 2013:12]. Kognitiv lingvistikada konsept til birliklarining ma'nosi bilan bog'liq holda o'rganiladi va shunga binoan tafakkur birligi sifatida qaralayotgan konseptni qoliplashtirishda til birliklariga xos xususiyatlarga tayaniladi. Demak, lingvokognitiv konsept tilshunoslikdagi u yoki bu lug'aviy birlik, uning o'ziga xos xususiyatlari va uning atrofida birlashuvchi ma'nolar yig'indisidir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Miqdor falsafiy, mantiqiy, lingvistik tushuncha sifatida keng qamrovni o'z ichiga oladi.

Izohli lug'atlarda ham miqdorga uch xil ta'rif beriladi.

1. O'lchash, sanash mumkin bo'lgan narsalarning oz-ko'pligi, soni, chamasi. Ko'p miqdordagi suv.

2. Kesma uzunligi sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashma nomi; kattalik(matematik)

3. Obyektning tashqi ko'rsatkichlari(kattaligi, soni, hajmi), hodisalarning rivojlanishini ifodalovchi tushuncha.(fal safiy)[3 ]

Biz uchun esa miqdorning til birliklari orqali ifodalanadigan jihatlari muhimdir. O'zbek tilida miqdor konsepti ko'p qirrali hodisadir va u tilning barcha sathlarida namoyon bo'ladi. Shu kunga qadar kvantitativlik bo'yicha bir qancha olimlar izlanishlar olib brogan. Dastlab bu hodisa o'zbek tilshunosligida otlardagi ko'plik kategoriyalari, fe'llardagi shaxs-son kategoriyalari nomi ostida A.G'ulomov, Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, I.Rasulovlar tomonidan o'rganilgan. Keyinchalik F.Safarov miqdoriy belgini o'zbek tilida son miqdor mikromaydoni sifatida tadqiq

etgan [O.C. Ca^apoB. 2004]. Maydon nazariyasiga asoslanib son-miqdor ma'nosini bildiruvchi birliklarni mavjudot son-miqdori maydoni, o'lchov-miqdor maydoni, harakat miqdori kabi uch maydon va yadro, markaz, chekka kabi uch qismga bo'lib tahlil qiladi. O'zbek tilida miqdor ma'nosining yuzaga chiqishini ta'minlovchi fonetik, leksik, grammatik vositalar ko'pligini, ayniqsa, morfologik sathda so'z turkumlari yordamida miqdor ma'nosining ifodalanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko'rish mumkin [M.MaMa^OHOBa, 2009: 46]. TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi izlanishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, miqdor ma'nosi tilning har bir sathida ko'zga tashlanuvchi, turli vositalar, rang-barang shakllarda namoyon bo'luvchi, alohida tahlil talab etuvchi murakkab tizimga egadir. Biz o'z tadqiqimizda miqdor bildiruvchi vositalarni to'la qamrab olish uchun konsept tushunchasi ostida birlashtirishga harakat qildik. Chunki, miqdor ifodalovchi birliklar lug'aviy, sintaktik, so'z yasovchi, fonetik, lisoniy va nolisoniy vositalar orqali namoyon bo'ladiki, bu sistemaning birliklari tilning turli sathiga mansubligidan unga nisbatan grammatik kategoriya atamasini qo'llab bo'lmaydi [D.A.Nabiyeva, 2020: 826].

Hisob so'zlar son so'z turkumi bilan birga qo'llanib predmet, voqea-hodisa, ish-harakatning uzunlik, og'irlik, hajm, shakl kabi o'lchovini bildiradi [F.F.Usmonov, 2019: 19]. Hisob so'zlar odatda ot turkumiga oid so'zlardan olinadi. Hisob so'zlar tilshunoslikda numerativlar atamasi bilan ham yuritiladi [D.Nurmanova, 2021: 66]. Hisob so'zlar qo'llanilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Shaxs yoki narsa-hodisani yakkalab, donalab ifodalash uchun ishlatiladigan hisob so'zi: dona, tup, nafar, bosh, jon.

Bu qoidani farg'onalik Ergashali akaning ustiga dod soib brogan o'n nafar yurtdoshim bitta fashist minasi bilan qiyma-qiyma bo'lganida tushungan edim [O'.Xoshimov, 2012: 624].

2. Butunning bir qismini ifodalash uchun qo'llaniladigan hisob so'zi: siqim, bo'lak, qism, burda, parcha, tilim, chimdim, shingil, luqma, yutum, og'iz.

Bir burda arpa non, to'rtta jiyda bilan choy ichib bo'lgunimcha dadam kavshandozda o'tirib atigini kiydi [O'.Xoshimov, 2012: 624].

3. To'dalab, guruhlab ifodalash uchun: gala, guruh, to'da, bog', dasta, to'p, quchoq. Ra'no kelinoyim bir dasta kosananiqiniga tirab oshxonaga kirdi [O'.Xoshimov, 2012: 624].

4. Juftlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so'zi: juft. Olisda tog'lar ortidan quyosh chiqib kelar, dadam hamon cho'loqlangancha shaqir-shuqur shag'albosib, bir juft temiryo'l orasida meni opichlab borardi [O'.Xoshimov, 2012: 624].

5. Predmetning og'irlik o'lchovini hisoblash uchun: pud, misqol, qadoq, botmon, gramm, kilogramm. Nima qildim, zambilga olti pud yuk ortdim shekilli [O'.Xoshimov, 2012: 624]?

6. Uzunlik va masofa o'lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so'zlar: qadam, chaqirim, metr, qarich. U pushta bilan bunisining orasi yigirma qadam bo'lsa, bundan chiqdi, bir yuz o'ttiz qadam [O'.Xoshimov, 2012: 624]!

7. Vaqt o'lchovini hisoblash uchun: kun, soat, daqiqa, soniya, oy, hafta, yil, asr. Uch haftada san ko'r, man ko'r bo'lib ketadilar [O'.Xoshimov, 2012: 624].

8. Yosh hisobini hisoblash uchun: yosh, yashar, oylik, kunlik. Bir qo'lida o'g'ilchasini ko'targancha, bir qo'lida saqich chaynayotgan besh yashar qizchasini yetaklagan Fotima kelin ayvonga yaqin kelib qah-qah urib kuldi [O'.Xoshimov, 2012: 624].

9. Pul qiymatini ifodalash uchun ishlatiladiganhisob so'zlar: chaqa, tiyin, so'm, tanga, miri,

dinor. Ko'chada bir tiyin tushib yotgan bo'lsa, keting bilan qisib olasan-ku [O'.Xoshimov, 2012: 624]!

10. Harakat miqdorini ifodalovchi hisob so'zlar: marta, qatla, karra, dafa. Dadamni alanga atrofida uch marta aylantirishdi [O'.Xoshimov, 2012: 624].

Bu tasnif hisob so'zlarning qo'llanilishiga ko'ra odatiy tasnifidir. Bundan tashqari hisob so'zlarni miqdor ma'nosini ifoda etishiga ko'ra mavzuviy guruhlarga bo'lishimiz mumkin.

Suyuqlik va ichimlik hisobini ifodalovchi hisob so'zlar: piyola, litr, qultum, yutum, qadah, quti(sharbat), ho'plam, cho'mich, chelak, paqir, choynak, samovar. Shosha-pisha choynaklarni xontaxta ustiga qo'yib, samovar qopqog'ini ochsam ichida ikki qultum suv qolibdi.

Taom va yegulik hisobini ifodalash uchun xizmat qiladigan hisob so'zlar: lagan, kosa, chini, tovoq, jom, qozon, tandir, qoshiq, likop, kapgir, cho'mich, qasqon, patnis. Hulas, erining oldiga bir lagan qirmoch obkeb qo'yibdi [O'.Xoshimov, 2012: 624].

Miqdor konseptini ifodalashda hisob so'zlar alohida ahamiyatga ega. Chunki ular, sondan anglashilgan miqdor ma'nosini yana ham aniqlashtirib, to'dirib ifodalashga xizmat qiladi:

1. Menga bitta choy keltiring.

2. Menga bir piyola choy keltiring

3. Menga bir choynak choy keltiring

Yuqoridagi misolda miqdor ma'nosi ikkinchi va uchinchi gaplarda birinchi gapga qaraganda aniqroq ifodalangan.

MUHOKAMA

Hisob so'zlar xalqning kundalik turmushi, hayot tarzi, urf odatlariga tayanilib istemolda qo'llaniladi, bunda uning lingvokulturologik xususiyatlari ham namoyon bo'ladi. Masalan, Bir piyola choy ustida suhbatlashmoq; Bir finjon choy ichmoq. Bu gaplardagi piyola va finjon so'zlari o'zbek va turk millati vakillariga ishora berib turibdi. Chunki, finjonda choy ichish turkiyaliklarga xos, piyola esa o'zbek millatiga. Bunday misollarni yana bir tandir non, bir cho'mich ovqat, bir tatim tuz, ikki qasqon manti kabi so'zlarda ham ko'rishimiz mumkin.

Hisob so'zlar inson kundalik turmush faoliyati natijasida yuzaga kelgani bois tarixiylik, arxaiklik, neologizmlik xususiyatlarini ham o'zida jam etadi. Jamiyat rivojlanib borgani sari tilda yangi tushunchalar, so'zlar paydo bo'ladi, bu esa hisob so'zlarning ham yangilanishi va tarixiylashuviga sabab bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak, miqdor konsepti keng qamrovli tushuncha, uni ifoda etuvchi vositalar ham turli ko'rinishda namoyon bo'ladi. Miqdor ma'nosi va uni yuzaga chiqaruvchi shakllarni har bir sathda uchratishimiz mumkin, hamda ularni konsept tushunchasi ostida birlashtirish yaxlit tizim sifatida tahlil qilishga yo'l ochadi. Hisob so'zlar son so'z turkumi bilan birga qo'llanib son orqali ifodalanayotgan miqdor ma'nosini yana ham aniqlashtirishga xizmat qiladi. Miqdor ma'nosini og'irlik, uzunlik, o'lchov va bir qancha o'ziga xos ma'nolar bilan boyitadi.

Miqdor konseptiga munosabat, uning qabul qilinishi turli til egalarida turlicha bo'ladi. Chunki konsept ham xalq ijtimoiy ongi, qadriyatlari asosida shakllanadi. Miqdor vositalari xalq diniy qarashlari, urf-odatlari ta'sirida alohida baholanishi mumkin. Miqdor konseptining bu jihatlari esa yangi izlanishlarga yo'l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Safarov. Semantika. "O'zbekiston milliy ensikopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. T. 2013.283-b.

2. Мамажонова М. Квантитативлик (микдор категорияси) ва унинг феълларда ифодаланиши//Тил ва адабиет таълими. 2009, 5-сон. Б. 43-49

3. Мамажонова М. Квантитативлик (микдор категорияси) ва унинг феълларда ифодаланиши//Тил ва адабиёт таълими. 2009, 5-сон. Б. 43-49

4. O'zbek tilining izohli lug'ati 5 tom.

5. Ф.С. Сафаров. Узбек тилида сон микдор микромайдони ва унинг лисоний нуткий хусусиятлари. Автореферат. Самарканд. 2004.

6. Nabiyeva D.A., Nurmonova S.D. Современное жанроведение или генристика: теории, методиы, перспективы// Theoretikal & appliend Science. 2020/4. C. 824-827.

7. Usmonov F.F. Linguocultural competence as the means of identifying images in fixed similes // Theoretikal & appliend Science. №5(73). 2019. p. 17-20.

8. Nurmanova D. Linguistic Concept of the Text // Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT. 2021/9/18. -P. 65-67.

O'.Xoshimov. Ikki eshik orasi. Roman. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T. 2012. 624-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.