INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
SON KATEGORIYASINING QO'LLANILISHI VA UNING INGLIZ VA O'ZBEK
TILLARIDA QIYOSLANISHI Axunova Moxidil Abdurahim qizi
FarDU Lingvistika: ingliz tili yo'nalishi magistranti, gumanitar yo 'nalishlar bo'yicha chet tillari
kafedrasi o'qituvchisi Yusupova Sabohat A'zamjonova FarDU ingliz tili kafedasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7264571
Annotatsiya.Ushbu maqolada kategoriya, son kategoriyasi va uning o'ziga xos hususiyatlari va bir necha tillardagi qiyoslanishi yoritiladi
Kalit so'zlar: kategoriya, Grammatik kategoriya, kategoriyasi, ko'plik, kriptografiya ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КАТЕГОРИИ ЧИСЛА И ЕГО СРАВНЕНИЕ В АНГЛИЙСКОМ
И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
Аннотация: В данной статье рассматривается категория, числовая категория и ее особенности, а также сравнение на нескольких языках.
Ключевые слова: категория, грамматическая категория, категория, множественное число, криптография.
USE OF NUMBER CATEGORY AND ITS COMPARISON IN ENGLISH AND UZBEKI
LANGUAGES
Abstract. This article covers category, number category and its specific features and comparison in several languages.
Key words: category, Grammatical category, category, plural, cryptography
KIRISH
Kategoriya atamasi tilshunoslikka falsafa fanidan kirib kelgani barchamizga ma'lum. U falsafada obyektiv borliq va bilishdagi muayyan mohiyatan ko'proq qonuniy aloqa va muammolarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha tarzida ta'riflanadi. Falsafada ham tilshunoslikda ham kategoriya bir xil ma'noni bildiradi. Ya'ni kategoriya uchun juftlik va yakkalik hos bo'lishi shart. Falsafada juftlikni sabab-natija, voqea-hodisa, butun qism; yakkalikni esa borliq, miqdor, makon tashkil etsa, tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida zidlangan ikkilik son kategoriyasi yoki ko'plik kelishik kategoriyasi tushuniladi. Grammatik kategoriya - morfologik paradigmada aks etgan grammatik ma'nolar birlashmasidir. Grammatik kategoriyalar bir yoki bir nechta ko'rsatkichga ega bo'lishi mumkin. Tilning murakkab moslashuvchan tizim sifatida ko'rinishi mumkinligi g'oyasini o'rganish bo'yicha ishlar ko'paymoqda. Ulardan biri son turkumidir. Insoniyat foydalanadigan ko'plab tillar mavjud. Va ularning barchasida raqamlar, sonlar, hisoblash ishlari bor. Son so'z turkumi turkumlar orasida tilshunoslikning eng qiziqarli sohalaridan biridir.
Son - mustaqil so'z turkumlaridan biri: predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi so'zlar turkumi hisoblanadi. Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi hamda shu jihatdan o'sha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, son esa predmetning miqdori, sanog'i va tartibiga ko'ra belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qo'llanib, bir necha predmetlarning yig'indisini, aniq miqdorini (beshta olma) yoki noaniq miqdorini (yuztacha gullar) ifodalaydi. Sonlarning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularning turlicha ifodalanishidadir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Harflar bilan Arab raqamlari bilan Rim raqamlari bilan
To 'qson to 'rt 94 XCIV
METOD VA METODC ►LOGIYA
Otlardagi birlik va ko'plik ma'nolari, ularni ifodalovchi grammatik shakllar hamda ularga xos grammatik ko'rsatkichlar yig'indisi otlardagi son kategoriyasi deyiladi. Ko'plik qo'shimchalarini ko'rib chiqaylik.
o'zbek tili ingliz tili arab tili rus tili
-lar -s (-es, -ies)* muzakkar: uuna -jj muannas: aatun-^l -ы, -и
kitoblar books j -jjj книги
talabalar students 4 JIL JIL студенты
Son kategoriyasi otlarning muhim morfologik belgilaridan bo'lib birlik va ko'plik shakllari asosida son kategoriyasi vujudga keladi. Otlarning birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Bunda ingliz tilida agar biror sanaluvchi predmet birlik shaklda ishlatilsa, garchi unda "-s" qo'shimchasi bo'lmasa ham lekin "a" yoki "an" noaniq artikli qo'llanadi va bu artiklning ma'nosi 1 soniga teng. O'zbek tili grammatikasida esa artikl yo'q. Ya'ni agar predmet ko'plik qo'shimchasisiz kelsa, demak u birlik shaklda bo'ladi. Bu esa bir turkum doirasida bo'lmagan tillarni o'rganishda ozgina qiyinchilk yoki tushunmovchilik tug'diradi. Ingliz tilidan tashqari nemis va fransuz tillarida ham huddi shunday holat mavjud.
Keyin o'ziga hos jihat bu ingliz tilidagi doimo ko'plikda keluvchi otlardir. Ya'ni, aniqroq ayatdigan bo'lsak, agar predmet ikki qismdan tashkil topgan bo'lsa yoki juft bo'lsa ular doimo ko'plik qo'shimchasi bilan keladi. Misol uchun: trousers, glasses, shoes, scissors, trainers va h.k. Lekin o'zbek tilida ular birlik shaklda bo'ladi. Rus tili ham bu borada ingliz tili kabi bir xildir. Arab tilida esa maxsus ikkilik shakl mavjud bo'lib, bu arab tilining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bunda otlarga (ayrim hollarda o'zakka ta'sir qiladi) "-ani, -ayni" suffiksi qo'shiladi. Bu son kategoriyasi faqatgina otga emas, ot so'z turkumidagi so'zlarga, fe'llarga ham taluqli kategoriyadir. Bu kategoriya arab tilida sintaktik va morfologik usulda hosil qilinadi. O'zbek tili grammatikasida biz juft otlar oldidan "bir juft" iborasini qo'llashimiz mumkin. Bundan tashqari otlarda ko'plikni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. Bular maxsus so'zlar bo'lib ma'noni kuchaytirishga, sanalmaydigan otlarni ham miqdor jihatdan ko'pligiga ishora qiladi. Chunonchi, el, olomon, xalq kabi o'zi birlikda bo'lib, mazmuman ko'plikni bildiradigan so'zlar ham mavjud. Bunday ko'plik lug'aviy - semantik usul bilan hosil bo'lgan ko'plikdir.
TADQIQOT NATIJASI
Sintaktik ko'plik hosil qilishda otlar oldidan raqamlarni keltiramiz. Va bu usul faqat sanaladigan otlar bilan yasaladi.
o'zbek tili rus tili ingliz tili arab tili
5 ta kitob 5 книг 5 books £ .ai
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Sintaktik ko'plikda o'zbek tilida predmet miqdor jihatdan ko'p bo'lsada ko'p hollarda -lar qo'shimchasini qo'shib qo'llanilmaydi: 5 ta kitob (5 ta kitoblar), 5 ta qiz (5 ta qizlar). Lekin ingliz tilida sanaladigan otlarga -5, -es, -ies qo'shimchasini sintaktik ko'plikda qo'shmaslik grammatik xatolik hisoblanadi. Shu bilan birga ingliz tilida ko'plikda -s qo'shimchasini olmaydigan, lekin sintaktik ko'plikda qo'llanadigan otlar ham mavjud: 5 sheep, 10 fish, 20 deer. Lekin sanalmaydigan otlar oldidan ularning miqdorini bildiruvchi "some", "a lot of", "much" kabi so'zlar qo'llanadi. O'zbek tilida donalab sanab bo'lmaydigan predmet nomlariga qo'shilganda ularning turli-tumanligini, har xilligini bildiradi: qumlar, sutlar, unlar, go'shtlar. Mavhum otlarga qo'shilganda shu otdan anglashilgan ma'no kuchayadi. Masalan: Ming turlik xayollarga borib qaytdi. (Abdulla Qodiriy) MUHOKAMA
Adabiyotlarda -lar ko'p ma'noli yagona affiks sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv tarixiy-etimologik nuqtai nazardangina to'g'ri. Hozirgi til grammatik sistemasidan kelib chiqsak, -lar affiksiga xos deb talqin qilinuvchi ba'zi ma'nolar ham mazmunan, ham vazifa jihatidan mustaqil morfema sifatida shakllanganini ko'ramiz. Ana shu ma'nolardan biri hurmat ma'nosi hisoblanishidir. Qarindoshlik otlariga egalik qo'shimchalaridan so'ng qo'shilganda, hurmat ma'nosini ifodalaydi: dadamlar, akamlar kabi.
Gapda kesimga qo'shilgan -lar qo'shimchasi piching, kesatish va hurmat ma'nolarini anglatadi. Hammasini qoyillatib kelyaptilar! Tana a'zolariga qo'shilganda ta'kidni kuchaytiradi: qalblar, tillar, miyalar. XULOSA
Bundan tashqari biz sonlar orqali xatlar, matnlar va butun boshli asarlar yoza olishimiz mumkin. Harflarni va ma'lumotlarni sonlar orqali ifodalash ilm-fanda kriptografiya deb ataladi. U tahminan 4 ming yil avval paydo bo'lgan. Hozirda esa biz sonlar orqali shifrlash amaliyotlarini bajarishimiz mumkin. Kriptografiya rivojlanishi 4 davrni o'z ichiga oladi. Dastlab, miloddan avval asl matn alifbosini boshqa belgilar bilan almashtirishgan. Keyingi bosqichlarda elektromexanik qurilmalar hotirasi raqamlar orqali kodlangan (20 asr boshidan o'rtasiga qadar). Ohirgi davrda esa butun elektron ma'lumotlar sonlarga shifrlandi. Harflardan tashkil topgan ma'lumotlarni sonlar orqali shifrlashdn asosiy maqsad esa, uning xavfsizligini ta'minlash, maxfiy ma'lumotlarning qiymatini saqlashdan iboratdir. Kodlashtirish uchun tez - tez ishlatiladigan iboralar to'plamini o'z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallar qo'llaniladi.
Shifrlash o'z ichiga - boshlang'ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo'lmagan shaklga o'zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O'zgartirishlarning bu turi axborot -kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Kiptografiyaning eng sodda usuli alifbo tartibidagi harflarni ketma-ketlikda raqamga almashtirib yozishdir. Misol uchun 18-8-17-raqamlari s, i, r harflarini anglatadi. Va butunlikda sir so'zini hosil qiladi. Biz yuqoridagi uch sondan ot so'z turkumiga oid mavhum so'zni hosil qildik.
REFERENCES
1. Sabohatxon, Y., Zilolaxon, T. Y., & Shaxlo, Y. L. (2022). EXPRESSION OF METAPHOR IN DIFFERENT SYSTEM LANGUAGES. RESEARCH AND EDUCATION,, 1(2), 209-212.
2. G. Tolanboyeva, & S. Yusupova (2022). LINGVOKULTUROLOGIYA O'RGANILISH TARIXI. Science and innovation, 1 (B6), 540-543. doi: 10.5281/zenodo.7166295
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
3. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИ ТИПОЛОГИЯСИДА ^УРМАТ КАТЕГОРИЯСИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).
4. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИДА ХУРМАТ ИФОДАЛАШНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).
5. Yusupova, S. (2022). ИЖТИМОИЙ ГУРУХЛАРДА ХУРМАТ КАТЕГОРИЯСИ ИФОДАЛАШ. Science and innovation, 1(B5), 350-352.
6. Oxo Jonovich, A. S. (2022). On the General Associative Aspects of Allegorical Symbols. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 424-428.
7. Sotvaldieva, H. M. (2021). Using proverbs as A lead-In activity in teaching english as A Foreign Language. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 159-163.
8. Madaminova, G. M. (2020). ON THE QUESTION OF DEFINING THE CONCEPT OF" SLANG". Мировая наука, (1), 41-44.
9. Сотвалдиева, Х. М. (2016). ДОСТИЖЕНИЕ ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКОЙ ЦЕЛИ ИГРОВЫМИ МЕТОДАМИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛЕКСИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА СТУДЕНТОВ ВУЗА. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 60-63.
10. IT VOCABULARY AND POPULAR COMPUTER TERMS IN ENGLISH ADX qizi, EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH, 2022
11. Yusufjanova, S. M. (2022). GENERAL PROBLEMS OF TRANSLATION OF PHRASEOLOGICAL UNITS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 3(02), 30-35.
12. Ubaydullayev, K., & Muminov, S. (2022). PHRASEOLOGICAL UNITS WITH A NAME OF ANIMALS AND PLANTS FOCUS ON THE SCIENTIFIC RESEARCH. ISSN No: 2581-4230.
13. Khasanovna, G. D. LEXICAL SEMANTIC ANALYSIS "EDUCATIONAL ESTABLISHMENTS" IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
14. Ubaydullayev, X. (2021). TURLI TILLARDAGI FRAZEOLOGIK BIRIKMALARNI O 'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH XUSUSIDA. FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI, 7(7).
15. Mukhtorovna, Y. S. (2022). Historical Development of Translation of Phraseologicalunits. International Journal of Culture and Modernity, 14, 20-29.
16. Yusufjjonova, S. M. (2019). Set phrases in German language. International Journal of Student Research, (3), 80-83.