O'ZBEK TILIDA FREZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI ANIQLASHDA TRANSFORMATSIYA USULINING MUHIM
AHAMIYATI Pratova Gulshoda O'tkirbek qizi
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6624403
Annotasiya. Maqolada frazeologik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy aspektda analiz qilindi. Shuningdek, ularning yasalishi, aniqrog'i, xosil bo'lishi transformatsion usulda kuzatildi hamda shu birliklarningsalbiy hissiyotga bo'lgan munosabati ham o'rganildi.
Kalit so'zlar: frazeologiya, frazeologik birliklar, transformatsion metod, semantika, konseptual analiz, ekspressiv, konsept.
ЗНАЧЕНИЕ МЕТОДА ТРАНСФОРМАЦИИ В ОПРЕДЕЛЕНИИ ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЕЙ МЕЛЬНИЧНЫХ ЕДИНИЦ В
УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация. В статье анализируются лексико-семантические особенности фразеологических единиц в сопоставительном аспекте. Их формирование, точнее, их формирование, тоже наблюдалось трансформационным путем, изучалось отношение этих единиц к отрицательным эмоциям.
Ключевые слова: фразеология, фразеологические единицы, трансформационный прием, семантика, понятийный анализ, экспрессив, концепт.
THE IMPORTANCE OF THE METHOD OF TRANSFORMATION IN DETERMINING THE LEXICAL AND SEMANTIC FEATURES OF MILLING UNITS
IN THE UZBEK LANGUAGE Abstract. The article analyzes the lexical-semantic features of phraseological units in a comparative aspect. Their formation, more precisely, their formation, was also observed in a transformational way, and the attitude of these units to negative emotions was studied.
Key words: phraseology, phraseological units, transformational method, semantics, conceptual analysis, expressive, concept.
KIRISH
Hozirgi lisoniy ma'naviyatimizda hamda nutqiy ma'daniyatimizda, ayniqsa, nutq odobi masalasida faollik ko'rsatayotgan, xalqimiz o'rtasida keng qo'llaniladigan, tilimiz boyligini o'ziga xos ko'rinishi bo'lgan frazeologizmlar, ya'ni serma'no xalq iboralari ana shunday ma'naviy birliklaridandir. Ular shaxs nutqi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bunday lisoniy birliklar har qanday tilning lug'at qatlamlaridan mustahkam o'rin olgan.Frazeologik birliklar ta'sirchan vosita sifatida nutqni bezovchi lisoniy birlik hisoblanadi. Jamiyatdagi har bir shaxs ulardan ko'p va xo'b foydalanadi, biroq ularning ba'zi jihatlari hali ilmiy izlanish, tadqiqot ob'yekti bo'lmagan, jumladan, ularning salbiy ma'noni ifodalash .To'g'ri, iboralarda (so'zlarda ham) ham ijobiy, ham salbiy ma'noning ifodalanishi bilan bog'liq ko'pgina ishlar mavjud. Biroq, salbiy hissiyotning ifodalanishi darajasi alohida ingliz va o'zbek tillarida qiyosiy jihatdan o'rganilmagan.
Struktural tilshunoslik metodlari "oilasiga" - guruhiga tegishli bo'lgan transformatsion
tahlil , ayniqsa, sintaktik konstruksiyalar - nutq birliklari tadqiqida faol qo'llanishi bilan muhim ahamiyatga egadir. Frazeologik birliklarning til va nutq sathidagi semantik va sintaktik konstruktsiyasi masalasini ham transformatsion usul asosida o'rganish maqsadga muvofiqdir. Bilamizki, so'zning ma'no strukturasini tashkil qiluvchi komponentlar turli ilmiy izlanishlar jarayonida aniqlanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ma'no aloqadorligi haqida kontekstual analiz xulosasidan kelib chiqqan holda bular to'g'risidagi xulosalar qilish mumkinligini N. Shaykovich ta'kidlab, shunday deb yozadi: «So'zlarning semantik aloqasi, avvalo, matnda ma'lum bo'ladi. Shundagina so'zlarning statistik korrelyatsiyasini o'rganib, semantik aloqadorlik xususida xulosalar qilish mumkin». [M.N.Shaykovich, 1998: 30].
Kontekstual analiz ikki turda bo'ladi. U bir tomondan sintaktik aloloqadorlikni ifodalaydi, ikkinchi tomondan semantik aloqadorlikni ko'rsatadi. Biroq, kontekstual bog'langan so'zlar semantik jihatdan aloqador bo'lmasligi ham mumkin, chunki ma'no aloqadorligi har doim sintaktik analizni talab qiladi. Agarda so'zlarning semantik aloqasini aniqlasak, ulardagi sintaktik aloqadorlikni ham kuzatishimiz mumkin. Zero, o'rganayotgan so'zlar guruhlari nafaqat so'zlarni semantik jihatdan, balki semantik bir-biridan uzoq bo'lgan so'zlarni ham birlashtiradi. Demak, ushbu maqolamizda aloqadorlik haqida ba'zi mulohazalarni aytib o'tish kerak bo'ladi.
Dastlab, so'zlar o'rtasidagi sintaktik aloqadorlikning xarakter va shaxsini aniqlash mumkin. Bu jarayonda yana bir shartga rioya qilishimiz lozim. Aytmoqchimizki, so'zlar parralel sintaktik qurilishga ega bo'lishi va bitta rodga mansub bo'laklar bo'lishi kerak. Bu yerda endi u yoki bu ibora belgilangani haqida savol tug'iladi. Har qanday ibora agar u sintaktik qoidalarga asoslanib tuzilgan va aniq ma'noga ega bo'lsa, albatta.
Ma'lumki, frazeologiya olam lisoniy manzarasining bir fragmenti (bo'lagi). FB (frazeologik birliklar) vositasida til sub'ektining ob'ektga bo'lgan sub'ektiv munosabatini ifodalaydi, borliqqa baho beradi, insonning emotsional holatini ochib beradi, insonning tashqi ta'sirga har xil psixologik reaktsiyalarini ifodalaydi. Shu sababli frazeologiya (boshqa til vositalari-leksik va b. orqali) «inson axborotni sistema sifatida qayta ishlashni, hulq-atvorini tasvirlash va tushuntirishni, ichki kechinmalarini ifodalashni o'rganadi»[V.A.Maslova,2007,6 b].
TADQIQOT NATIJALARI
Frazeologiya til birliklari sifatida o'z ma'nolari bilan xalq donishmandligi va orzu-istaklarini, madaniy an'analarini mif va rivoyatlarni, diniy e'tiqod va afsonalarni, tarixiy voqealarni, shuningdek, «pragmatik elementlarni»- emotsiyalarni, emotsional reaktsiyalarni, sub'ektiv baholashlarni, hamsuhbatga ta'sir etish usullarini, borliqning obrazli, ekspressiv reprezentatsiyasini aks ettiradi. Bu esa FBlarni sof lingvistik hodisa ekanligini ko'rsatadi [A.E.Mamatov, 2011,188 b].
Keyingi davrlarda kontseptual lingvistika frazeologik tadqiqotlarning kuchayishiga ta'sir o'tkazdi. Kontsept tushunchasi shundan kelib chiqadiki, «u kishi ongidagi madaniyatning qaymog'i, uning yordamida madaniyat inson mental olamiga kirib keladi, ular so'zda ifodalangan tasavvur, tushuncha, bilim, assotsiatsiyalarning bir parchasi. Ular emotsiya, simpatiya va antipatiya, ba'zan kelishmovchiliklar predmetlaridir» [Yu.S.Stepanov, 2004, 49 b].
Emotsionallik va ekspressivlikning semantik ahamiyati masalasi dolzarb masalalardandir, uning hal qilinishi, shubhasiz, so'zning leksik ma'nosini va FB ma'nosini yechishning
2G22 № 2
fundamental masalalarini chuqurroq o'rganishga yordam beradi. Mazkur masalalarni o'rganish shu sababli dolzarbki, ular FB mohiyatini, semantikaning o'ziga xosligini, turg'un birikmalarni tashkil qilish mexanizmlarini, frazeologiyani yaratish jarayonlarini, frazeologik materiallarni o'rganish metodlarini ishlab chiqish va izlashga, turg'un birikmalarni frazeologik tahlil etishga, matnda va lug'atda ularni adekvat sharhlashga yo'l ochib bergan bo'lardi.Tildagi ekspressiv ifodalilikning, tasviriylikning kuchaytirilishi, uning ta'sir kuchining orttirilishi bo'lib, barcha til sohalarida: fonetikada, grammatikada, leksika va so'z yasalishida ham kuzatiladi. Yangi so'zlarni hosil qilish nominativ maqsadlarni ko'zlaydi, ko'pgina hollarda ekspressiv ifodalash maqsadida tanlanadi, chunki «ekspressivlik gapni yana ham tushunarliroq, ta'sirliroq qilish istagida bo'ladi» [A.V. Kunin, 1996: 380].
Ma'lumki, so'z yasashni tashkil etishning asosiy birligi so'z yasalish modeli hisoblanadi. U o'zining morfologik va semantik strukturasi bilan ko'pgina hollarda ekspressivlikni ifodalaydi, ya'ni ushbu model asosida hosil qilingan so'zlar ancha ifodali, ular «yuqori intensivlikka» ega [I.V.Arnol'd, 2008, 62 b], ushbu sabab axborotni qabul qiluvchi kishi diqqatini o'ziga jalb etadi. barcha modellar ham ekspressiv potentsialga ega emas, chunki "o'zingni bos", "og'zingga qara", "bilib-bilmay gapirma" kabi Fblar ma'nosi ancha dominanta ko'rinishga yaqinlashib qolgan. Qayd etish kerakki, o'ziga xos nutqiy kontekstda barcha modellar, aniqrog'i, u yoki bu model asosida hosil qilingan so'zlar ekspressivlikni ifodalash vositasi bo'lishi mumkin [Yu.S.Stepanov, 2004, 3-4 b].
Tildagi obrazlilik- murakkab lingvistik ob'ekt. I.V. Arnol'd yozadi: «Yorqin obraz bir-biridan uzoq bo'lgan predmetlar orasidagi o'xshashlikni topish asosida paydo bo'ladi. Predmetlar yetarli darajada bir-biridan olis bo'lishi kerak, ularni qiyoslash kutilmagan bo'lishi, o'ziga diqqatni tortishi zarur, farqlanish belgilari o'xshashlikni bo'rttirib ko'rsatib turishi kerak» [V. Arnol'd, 2008, 74 b]. Bir-biriga semantik jihatdan yaqin bo'lgan so'zlarni aniqlash FBlarning muhim shartidir.
MUHOKAMA
So'zlarning gapdagi semantik aloqadorligini aniqlash uchun bor material ustida belgilangan operatsiyalarni amalga oshirish kerak bo'ladi. Ushbu operatsiyalar so'zlarni guruhlashda ob'ektiv asos bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, olingan material transformatsiya -nominilizatsiya nuqtainazaridan o'rganilishi lozim. Masalan, ingliz tilidagi (to feel) sezmoq, his qilmoq fe'llari orqali quyidagi fikrlarni ko'rib chiqishimiz lozim. VI - to feel N1l. Buning natijasida biz katta so'z guruhlariga ega bo'lamiz, ya'ni bu so'zlar hate, loathe, detest, abhor, abominate fe'llariga ma'no jihatidan yaqin hisoblanadi. Ushbu guruh so'zlari tuyg'ularni ifodalash, holat ma'nosini anglatishi mumkin. Ushbu so'z guruhlari o'rtasida (so'zlar) turli xil semantik aloqadorlik mavjud. Ushbu guruh orasidan biz juda yaqin aloqadorlikka ega kichik-kichik guruhchalarni topishimiz mumkinki, ular umumiy ma'no ko'rsatkichlariga ega.
Umumiy ma'no ko'rsatkichi har qanday guruhchalarga xos bo'lib, «nafratlanmoq» fe'lining komponentlariga o'xshab, uning ma'no strukturasi tarkibiga kiradi. Guruhchalarga ajratish printsipi turli bo'lishi mumkin. Buning uchun ob'ektiv kriterik hamda formal kriterik muhim rol o'ynaydi. Ta'kidlanganidek, olingan so'zlar tahlil qilinayotgan fe'llar guruhi bilan semantik bog'liq bo'lishi kerak.Ushbu aloqadorlik ma'no yaqinligi va qarama-qarshi munosabatlarda ko'rinadi, shu bois biz birinchi bosqichda ikki xil so'z guruhlarini ajratamiz. Buning uchun biz diagnostik transformatsiya usulini qo'llaymiz. Olingan ikki guruh so'zlari
ustida turli amallarni bajarishda davom etamiz.
Ularga birlik kriteriyalar biriktiriladi va bu asosda turli guruhlar yasaladi. Ushbu kriteriyalar:
1. So'zlarning 5.4.3.2.1 fe'llari bilan bog'lanishi va buning natijasida biz bir qancha guruhchalar hosil qilamizki, ularning ba'zilari keyingi tadqiqotlarni talab qilmaydi. Ammo o'rganishni talab qiladigan guruhchalarga chastota kriteriyasi qo'llanadi, buning uchun quyidagi amallar bajariladi:
1. A, AA ko'rinishlariga ega so'zlar bir guruhda birlashtiriladi;
2. 49- 20 chastotali so'zlar bir guruhda birlashtiriladi; 3. 19-1 chastotali so'zlar bir guruhda birlashtiriladi. Olingan guruhchalar ichida juda kichiklari ham bo'lishi mumkin. O'rganiladigan guruhlar esa transformatsion shakllanishiga ega bo'ladi. Shunday qilib I bosqichda semantik yaqin va qaramaqarshi munosabatdagi so'zlarni aniqladik. Barcha tahlil qilinayotgan materialni quyidagicha transformatsiya qilish mumkin. Hate, fear - hate yet fear
Hate, love - hate even while love
Transformatsiya qilinadigan so'z guruhlari:hate yet... ; hate even while ... . Tahlil qilinayotgan fe'llar bilan qarama-qarshi ma'noli so'zlarni tashkil qiladi. Keyingi guruh ularga semantik yaqin so'z guruhlarini hosil qiladi: Hate, despise - hate yet despise Hate, admire- hate yet admire
Keyingi bosqichi ikki guruh orasidagi guruhchalarni ajratishdir.Ushbu holatda fe'llar 5.4.3.2.1 fe'llari bilan ifodalanali.1. A, AA ko'rinishlariga ega so'zlar bir guruhda birlashtiriladi.
2. 49 - 20 chastotali so'zlar bir guruhda birlashtiriladi.
3. 19-1 chastotali so'zlar bir guruhda birlashtiriladi.
Envy - bir.million so'zda 27 marta Distrust - bir million so'zda 10 marta Dislike - bir million so'zda 23 marta Resent - bir million so'zda 22 marta Revolt - bir million so'zda 16 marta
Chastotali kriteriyasini qo'llash natijasida biz ikki xil guruhga ega bo'lamiz. envy, distrust, dislike, resent, revolt
Yuqoridagi operatsiya natijasida hosil qilingan birinchi guruhni envy, dislike, revolt shuningdek, yana ham guruhchalarga bo'lishimiz mumkin bo'ladi, biroq bu bosqichdagi natijalarni o'zimizning kattaroq tadqiqotimizda davom ettiramiz ma'qul.
XULOSA
Xulosa sifatida ta'kidlashimiz kerakki, barcha tillarda bo'lgani kabi o'zbek tilida ham (irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq kabi), ingliz tilida ham salbiy hissiyotni ifodalovchi iboralar tarkibida turli salbiy ma'noli so'zlarni uchratishimiz mumkin. Masalan : ingliz tilidagi hate, loathe, detest, abhor, abominate fe'llariga ma'no jihatidan yaqin hisoblanadi. Ushbu guruh so'zlari tuyg'ularni ifodalash, holat ma'nosini anglatishi mumkin. Ushbu so'zning leksik-semantik guruhlari o'rtasida (so'zlar) turli xil semantik aloqadorlik mavjudligi kuzatiladi. Ushbu guruh orasidan biz juda yaqin aloqadorlikka ega kichik-kichik guruhchalarni ham topishimiz .
Ammo ular umumiy ma'no ko'rsatkichlariga ega. Umumiy ma'no ko'rsatkichi har qanday guruhchalarga xos bo'lib, «nafratlanmoq» fe'lining komponentlariga o'xshab, uning ma'no strukturasi tarkibiga kiradi. Guruhchalarga ajratish printsipi turli bo'lishi mumkin. Bunda ob'ektiv kriterik hamda formal kriterik mezonlari muhim rol o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Маслова В.А. Когнитивная лингвистика: Учебное пособие. - Мн.: ТетраСистемс, 2004.256 c.
2. Нурмонов А., Искандарова Ш. Умумий тилшунослик.- Фаргона, 2007.- 190 б.
3. Anne Thwaite. Holliday's View of child Language Learning: Has it been Misinterpreted? // Australian Journal of Teacher Education, 44(5), 2019, P. 159-172.
4. Маматов А. Фрезеологик бирликларнинг нормалашуви. Тошкент.- 1993
5. To'Xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAGMA'NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 141-146.
6. Тухтасинова, Н. Р. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫХ И ТАГМАНСКИХ СОБЫТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЫ КАХХАР. Экономика и социум, (2-2), 240-244.
7. Pratova, G. O., & To'Xtasinova, N. R. Q. (2022). O'ZBEK TILIDA FREZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK SINONIMYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 35-38.