ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-109-112
O'ZBEK FOLKLORINING NAZARIY ASOSLARI
Dilrabo Haydarovna Zokirova
Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada folklore atamasi va uning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.Xususan,o'zbek folklori,uning turlari ilmiy jihatdan tavsiflangan.
Kalit so'zlar: Folklor,ertak maqol, matal,topishmoq,askiya,qo'shiq,marsiya
ABSTRACT
The article describes the term folklore and its peculiarities. In particular, Uzbek folklore and its types are scientifically described.
Keywords: Folklore, fairy tale, proverb, riddle, askiya, song, marsiya.
KIRISH
Folklor asarlari o'zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g'oyaviy mohiyati hamda o'ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turishi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu-istagi, kurash va g'alabalari uning temasi va g'oyaviy mazmunida aks etadi.
Folklor asarlarining xalqchillik xususiyati ularning hayotiyligi va qaysi bir dunyoqarashni himoya qilishi bilan bog'lanadi. Bu xususiyat, asosan, folklor asarlarida mavjud bo'lgan bosh g'oyaning mohiyatidan k elib chiqadi. Folklor asarlari o'ziga xos badiiy qolip-andozaga ham egadir. Ayniqsa, ertak va dostonlarda mavjud syujet va kompozitsiya hikoya qilish uslubi xarakterli bo'lib, har ikki janrga xos syujet voqelari doimo o'ziga xos boshlanma va tugallanmaga ega bo'ladi. Bunday xususiyat yozma adabiyotda uchramaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xalq og'zaki ijodining o'z ijodiy metodi mavjud bo'lib, uni shartli ravishda romantizm tipidagi ijodiy metod deyish mumkin, chunki folklor asarlarida fantastika, badiiy uydirmalar, hayotiy asos bo'lishi, yo'g'rilgan xayoliy voqea va hodisalar hayotni tasvirlashning o'ziga xos uslubi sifatida namoyon bo'ladi.
Xalq og'zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egadir. Uning og'zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-109-112
yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga keladi. U muayyan eshituvchilar guruhiga moljallangan bolishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Folklor namunalari og'zaki yaratilib, og'zaki ijro etilishi bilan xarakterlanadi.Uning o'ziga xos xususiyati shundaki, xalq og'zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmaydi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og'zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Xalqning til boyligi birinchi navbatda uning folkorida namoyon boladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning folklorini o'rganish zarur.Darhaqiqat, folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan boiadi. Og'zakilik, variantlilik folklorning o'ziga xos xususiyati bo'lib, uxalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni bilan bogiiq ekanligini urg'ulaydi, ya'ni folklor asarlariga turg'unlik xos emas, u har galgi ijroda o'zgaradi, yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor — shunchaki so'z san'ati namunasigina emas, balki xalqningtil zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo'y basti bilan o'zidaaks ettirgan, olis o'tmishdan to bugungi kungacha jonli holatda xalqning o'zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan poetik tafakkurga o'tish jarayoni aks etgan ekan, demak, til tarixini o'rganishda xalq ijodi namunalariga suyanib ish ko'rish lozim bo'ladi. Tildagi hech bir so'z o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga keladi yoki o'zlashadi. Qachonlardir mifologik tasavvurni ifodalagan so'z keyinchalik o'zining asil ma'nosini unutib yoki dastlabki ma'no qatlami xiralashib, keyingi ma'no qatlamini yuzaga keltiradi. Bizdagi mavjud ertak, doston, qo'shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, folklor asarlarida ko'proq xalqimizning samoviy jismlar, o'simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bogiiq eng qadimgi tasavvurlari o'z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar tilimizdagi ko'plab so'zlarning kirib kelishiga, obrazli badiiy tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan. O'zbek folklori quyidagi turlarga bo'linadi: ertak, topishmoqlar, maqol va matallar, mif vca afsonalar, xalq qo'shiqlari, latifa va askiyalar h.k
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qadimgi davr folklorlarining asl namunalari bizga qadar saqlanib qolmaganligi bilan ham asoslidir. Chunki, turli davrlarda ular turlicha o'zgarishlarga
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-109-112
uchraganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi folklorlarining ba'zi namunalari ayrim tarixiy, ijrochilarda, yodnomalarda qisman saqlanib qolgan.
Turkiy xalqlar mifologiyasi boshqa xalq og'zaki ijodi na'munalariga qaraganda qadimiyroqdir. Folklor na'munalaridan yana biri maqol xalq og'zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega
bo'lgan janrlaridan biri bo'lib, u xalqning ko'p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Maqollar o'zlarining ijtimoiy-g'oyaviy funksiyalariga ko'ra, asosan, keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba'zi ijtimoiy tabaqa yoki guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Maqol termini arabcha "qavlun"(aytmoq, gapirmoq) so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida u xalq donoligining namunasi hisoblanadi. Topishmoq xalqning hayotini, turmush madaniyatini, urf-odatlarini, predmetlarning badiiy-estetik tomonlarini o'zida aks ettiruvchi folklorning eng qadimiy, eng kichik va ixcham mustaqil janri hisoblanadi. Topishmoq janri o'zbeklarda topishmoq, topmacha, topar cho'pchak, top-top, jumboq, matal, masala kabi bir necha terminlar bilan yuritilganligi. Topishmoqlar-xalq og'zari ijodning kichik janri sifatida qaralishi bilan xarakterlanadi.
Topishmoqlarning ma'rifiy, estetik va tarbiyaviy ahamiyat shundan iboratki, ular o'quvchilarni topqirlikka va mantiqiy fikrlashga o'rgatadi. An'anaviy topishmoqlarda xalq hayoti aks etadi.
Askiya o'zbek folklorining mustaqil janri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.. Askiya janridagi asarlarning kompozitsiyasi bir-biriga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Askiyada satira va yumorning o'rni beqiyosdir. Askiya turlari quyidagilar: payrov, safsata, o'xshatdim,va diolog shaklidagi askiyalar. Latifalarning janr tabiati o'zgachadir. Latifa janri o'zining tarixiy asoslariga ega. O'zbek xalq latifalarida obrazlar tizimi mavjud bo'ladi shu sababli, latifa janridagi asarlarda satira va yumor yetakchilik qiladi.
Qo'shiqlar-o'zbek folklorining qadimiy va keng tarqalgan janrlardan biridir. O'zbek xalq qo'shiqlari janr mansubiyati, yaratilish davri, ijro o'rni va turi kabilar jihatidan xilma-xillik kasb etadi. Bu jihatdan xalq qo'shiqlari marosim va marosimga aloqasiz qo'shiqlarga bo'linadi. To'y va boshqa marosimlarda ijro etiladigan yoki motam yig'ilari marosim qo'shiqlarini tashkil topgan.
Qo'shiqlarning janr xususiyatlari xilma xildir. Xalq qo'shiqlarining mavzusiga ko'ra quyidagicha tasniflanadi. Marosim qo'shiqlari va marsiyalar. Marosim
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-109-112
qo'shiqlarining asosiy xususiyati shundaki, hayotiy
asoslarni aks ettiradi. Marsiyalar esa mehnatkash ommaning dunyoqarashi, psixologiyasi va estetik tafakkurini o'zida aks ettiradi.Qo'shiqlarning ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyati kattadir. O'zbek folklorida qo'shiqning tutgan o'rni beqiyosQadimiy qo'shiqlarningn dastlabki na'munasi Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'ati turk» asarida keltirilgan. Qo'shiqlarda ham vazn va turoqlar mavjud. Qo'shiq janridagi og'zaki asarlarning janr tabiati xilma xilligi bilan ajralib turadi. Qo'shiqlar tasnifi quyidagicha:
- mehnat qo'shiqlari: Ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, tijorat qo'shiqlari.
- lirik qo'shiqlar -tarixiy qo'shiqlar
- termalar o'zbek folklorining mustaqil janri hisoblanadi. Uning yaratilishida baxshilarning roli birlamchidir.
Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lishi, hayotiy va hayotiy uydirmalar asosiga ko'rilganligi, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertak-o'zbek og'zaki prozasining etakchi janrlaridan biri bo'lib, ularda xalqning ulug'vor g'oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, sotsial-axloqiy ideallari o'ziga xos yo'sinda badiiy aks etadi. Binobarin, ertaklar hech vaqt bekorchi, ertak narsalar emas, ular hamma vaqt muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadilar.Ertak epik folklorning mustaqil janridir. Ertak janridagi asarlarning o'ziga xos xususiyati shundaki ertaklar doimo yaxshilik bilan yakun topadi. Ertaklar boshqa janrlardan shu xususiyati bilan farqlanadi.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni alohida ta'kidlash joizki, millatning turmush tarzi, milliy qadriyatlari va an'analari xalq og'zaki ijodida o'z aksini topadi.Xalq og'zaki ijodi xalqning kim ekanligini ko'rsatadigan oinayi jahondir.
REFERENCES
1. K.Imomov, N.Mirzaev, B.Sarimsoqov, O.Safarov. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: O'qituvchi, 1990.
2. Жирмунский В.М., Зарифов Х.З. Узбекский народный героический эпос. -М.: ГИХЛ, 1947.
3. O'zbek folklor ocherklari. -T.: "Fan" 1987
4. M.Jo'rayev, J. Eshonqulov Folklorshunoslikka kirish T.2017
5. 2. Jo'raev M., SHomusarov SH. O'zbek mifologiyasi va arab fol'klori. -T.2001.