Научная статья на тему 'O‘ZBEK FALSAFASINING SHAKLLANISHIGA BO‘LGAN E’TIBOR, XXI ASR O‘ZBEK FAYLASUFLARI VA ULARNING ILMIY MEROSI'

O‘ZBEK FALSAFASINING SHAKLLANISHIGA BO‘LGAN E’TIBOR, XXI ASR O‘ZBEK FAYLASUFLARI VA ULARNING ILMIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
10674
524
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek falsafasi / falsafiy dunyoqarash / Falsafiy tafakkur / milliy istiqlol g‘oyasi / falsafiy ildizlar. / Uzbek philosophy / philosophical worldview / philosophical thinking / the idea of national independence / philosophical roots.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xudoyorova Farangiz, Sitora Rahmonberdiyeva

Ushbu maqolada XXI asr o‘zbek faylasuflari va ularning ilmiy merosini tadqiq etishga alohida e’tibor berilib, xususan uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rniga e’tibor qaratilgan. Bulardan tashqari, o‘zbek falsafasining shakllanishi, maqsadi va faoliyati, uning ahamiyati hamda rivojini yoritilgan. O‘zbek falsafasining shakllanish jarayonini, uning yo‘nalishlari tarixini tahlil qilgan holda, XXI asr o‘zbek falsafasining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

O‘ZBEK FALSAFASINING SHAKLLANISHIGA BO‘LGAN E’TIBOR, XXI ASR O‘ZBEK FAYLASUFLARI VA ULARNING ILMIY MEROSI

The article pays special attention to the study of Uzbek philosophers of the XXI century and their scientific heritage, in particular its role in the education of young people. In addition, it highlights the formation, goals and activities of Uzbek philosophy, its significance and development. The process of formation of Uzbek philosophy, the history of its directions, the role and significance of Uzbek philosophy in the social life of the XXI century are analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK FALSAFASINING SHAKLLANISHIGA BO‘LGAN E’TIBOR, XXI ASR O‘ZBEK FAYLASUFLARI VA ULARNING ILMIY MEROSI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEK FALSAFASINING SHAKLLANISHIGA BO'LGAN E'TIBOR, XXI ASR O'ZBEK FAYLASUFLARI VA ULARNING ILMIY MEROSI

Xudoyorova Farangiz - Samarqand davlat chet tillari instituti 3 bosqich talabasi

xudoyorova0208@gmail.com Sitora Rahmonberdiyeva - Samarqand davlat universiteti 1 bosqich magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asr o'zbek faylasuflari va ularning ilmiy merosini tadqiq etishga alohida e'tibor berilib, xususan uning yoshlar tarbiyasidagi o'rniga e'tibor qaratilgan. Bulardan tashqari, o'zbek falsafasining shakllanishi, maqsadi va faoliyati, uning ahamiyati hamda rivojini yoritilgan. O'zbek falsafasining shakllanish jarayonini, uning yo'nalishlari tarixini tahlil qilgan holda, XXI asr o'zbek falsafasining ijtimoiy hayotdagi o'rni va ahamiyati to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'zbek falsafasi, falsafiy dunyoqarash, Falsafiy tafakkur, milliy istiqlol g'oyasi, falsafiy ildizlar.

Аннотация: В статье особое внимание уделяется изучению узбекских философов XXI века и их научного наследия, в частности его роли в воспитании молодежи. Кроме того, освещаются становление, цели и деятельность узбекской философии, ее значение и развитие. Анализируется процесс становления узбекской философии, история ее направлений, роль и значение узбекской философии в общественной жизни XXI века.

Ключевые слова: узбекская философия, философское мировоззрение, философское мышление, идея национальной независимости, философские корни.

Abstract: The article pays special attention to the study of Uzbek philosophers of the XXI century and their scientific heritage, in particular its role in the education of young people. In addition, it highlights the formation, goals and activities of Uzbek philosophy, its significance and development. The process of formation of Uzbek philosophy, the history of its directions, the role and significance of Uzbek philosophy in the social life of the XXI century are analyzed.

Key words: Uzbek philosophy, philosophical worldview, philosophical thinking, the idea of national independence, philosophical roots.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Mustaqillikning taraqqiyot yo'li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada ham tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo'lgan falsafa o'zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu o'rinda o'zbek falsafasini ham qaysi davrlar rivojlanganligi, bugungi Yangi O'zbekistondagi faoliyati va takomillashi bizning bevosita muvvafaqiyatimizdir. Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o'zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Bugungi kunda o'zbek falsafasining vujudga kelishi falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma'naviy muhitning, balki har bir jamiyat a'zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o'zgarishi hamdir. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov [1] ta'kidlaganlaridek:

"Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam - medisina yoki ta'lim, san'at yoki madaniyat sohasi vakili bo'ladimi, bundan qat'iy nazar - hayotning, o'z kasbining ma'no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois har bir soha vakili bo'lishi uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo'lish darkor" allomalar orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo'sha oladi.

"Falsafa" fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o'quv yurtlarida o'rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda. Mazkur fanni mohiyatini o'rganishimiz jarayonida, uning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o'z-o'zini va o'zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o'ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, birinchi Prezident Islom Karimov

Scientific Journal Impact Factor

ta'kidlaganidek: "O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik orqali namoyon bo'ladi" Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek[2]: "Bir so'z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish" - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g'oyasi, falsafasini ko'proq bilishimiz, kerak va uning o'zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim"

Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasining teran ildizlari mavjud bo'lib, istiqlol mafkurasining shakllanishida uning tarixiy ildizlari bilan birgalikda falsafiy ildizlari ham uning shakllanishiga kuchli ta'sir etgan. Mustaqillik davrida milliy istiqlol g'oyasining shakllanishi bilan bir vaqtda uning falsafiy ildizlarini o'rganish va tadqiq etish ijtimoiy sohaning eng dolzarb mavzularidan biri bo'lib qolmoqda. Mustaqilligimiz tufayli xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan - kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning falsafiy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatda o'tkazilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma'naviy barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo'lini sharaf bilan o'ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoiy komil insonlar etib tarbiyalash hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. O'zbekistonda milliy tiklanish bir tomondan milliy o'zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish asnosida yuz bermoqda. Mustaqillik davrida bu borada katta ishlar bajarildi. Biroq, hali bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ko'p. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning falsafiy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Hozirgi kunda madaniy rivojlanishda milliy ma'naviy merosimizni chuqur o'zlashtirish, boshqa xalqlar, mamlakatlar madaniyati fani, falsafasi yutuqlaridan bahramand bo'lish va shu asosda milliy madaniyatimizning umumjahon madaniyatining yutuqlari bilan

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Scientific Journal Impact Factor

doimo boyib borishiga erishish nihoyatda muhimdir. Falsafa tarixini doktorant va tadqiqotchilarga o'qitishdan maqsad ularda falsafaning kelib chiqishi, evolyusiyasi, bugungi holati, insoniyat hayotida tutgan o'rni to'g'risida chuqur ilmiy tushunchalar hosil qilish, shuningdek, ularda turli xil mifologik, diniy falsafiy oqimlarning kelib chiqishi, rivoji va yo'nalishlari to'g'risida ilmiy xulosalar chiqara oladigan ko'nikma va malakalarni mustahkamlash, falsafiy ta'limotlarni asosli tahlil qilishga imkon beradigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu maqsadga erishishda o'tmishdagi mutafakkirlarning asarlari, turli tarixiy manbalar, xususan, arxiv xujjatlari, maxsus adabiyotlar doktorantlar, tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun zaruriy nazariy asos bo'lib xizmat qilishi kerak.

O'zbek falsafasining bir qator yetuk namoyondalari bo'lib, ular o'z izlanishlari va say harakatlari bilan vatanimizdagi falsafiy qarashlar va o'zgarishlarga ulkan hissa qo'shganlar. Ulardan biri O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi respublika Davlat mukofotining laureati, O'zbekiston Fanlar akademiyasining vise-prezidenti, O'zbekiston "Bilim" jamiyati boshqaruvi raisi, «O'zbek sho'ro Ensiklopediyasi» va «O'zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining bosh muharriri, davlat va jamoat arbobi, "Buyuk hizmatlari uchun" ordenining nishondori Ibrohim Mo'minov bo'lib, 1908 yil 7 sentyabrda Buxoroning Shofirkon tumanida dehqon oilasida dunyoga keladi. 19221927 yillarda boshlang'ich maktabda, so'ng Buxoro Maorif institutida o'qiydi. Shu institut yo'llanmasi bilan 1928 yil Samarqand Oliy Pedagogika institutiga o'qishga kiradi. Biroz o'tmay bu institut Samarqand Pedagogika akademiyasiga aylantiriladi. 1931 yil u Samarqand Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini a'lo baholarga tamomlab, shu akademiyada o'qituvchilik lavozimiga ishiga olib qolinadi. 1933 yil shu akademiya bazasida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tashkil qilinadi. Ibrohim Mo'minov universitetda avval filologiya, keyinchalik tarix fakultetlarining dekani lavozimida ishlaydi, ijtimoiy kafedraga mudirlik qiladi. Ibrohim Mo'minov yoshligidan tarix, ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafa ilmiga qiziqdi, shu sohada maqola, risolalar yozdi va ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ibrohim Mo'minov falsafa ilmini o'rganish jarayonida bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini ham amalga oshirdi. U 1941 yil o'zbeklar orasida birinchilardan bo'lib "Gegel dialektikasining rasional mag'zi" mavzusida nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. 1943 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilinadi. Uning ta'sis majlisidayoq Ibrohim Mo'minov akademiyaning muxbir a'zosi qilib saylanadi. 1946 yil Samarqandda "Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari" monografiyasi rus tilida

Scientific Journal Impact Factor

bosilib chiqdi. 1950 yilda "XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti tarixidan" degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U 50-yillar boshlarida SamDUda ijtimoiy kafedraga rahbarlik qildi. Bu kafedra Respublikada falsafa yo'nalishida mutaxassislar tayyorlashda asosiy markazlardan biri bo'lib qoladi. Ibrohim Mo'minov 1955 yil O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya istituti direktorligiga tayinlanadi. 1956 yil Ibrohim Mo'minov O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi va vise-prezidenti qilib saylanadi. To umrining oxirigacha 18 yil davomida vise- prezidentlik lavozimida faoliyat ko'rsatdi.

Baratov Mubin 1933 yil 9 sentyabrda Nurota tumanida tug'ilgan, faylasuf olim. O'zbekiston FA akademigi (2000), falsafa fanlari doktori (1972), professor (1973). O'rta Osiyo davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1956). 1959-1975 yillarda O'zbekiston FA Falsafa va huquq institutida ishlagan 1970-1975 yillarda direktor, umrining oxirgi yillarida xorijiy sharq falsafasi bo'limi mudiri, O'zbek ensiklopesiyasi Bosh muharriri (1975- 1976),O'zbekiston FA Sharqshunoslik instituti direktori (1976-1980), ToshDU huzuridagi Oliy o'quv yurtlari ijtimoiy fanlar o'qituvchilarining malakasini oshirish instituti direktori (1980-1993), 1993 yildan O'zbekiston FA Falsafa va huquq institutida bo'lim mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Ilmiy faoliyati O'rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga bag'ishlangan. Uning "Xorijiy sharq xalqlari ilg'or ijtimoiy-falsafiy fikrlari ocherklari" (monografiya), -T., 1971; va "Hindistonda ijtimoiy fikrlar" (hammualliflikda), -T., 1973. asarlari mashhur bo'lib, falsafiy bilimlarni boyitishga katta xizmat qiladi. Ustoz Mubinjon Baratov 2003 yil Toshkent shahrida vafot etgan.

Taniqli faylasuf olim, akademik Muzaffar Xayrullaev [3] XX asrda akademik Ibrohim Mo'minov asos solgan milliy o'zbek falsafa maktabining yorqin vakili edi. Uning ilmiy merosi rang - barang va serqirra bo'lib, milliy falsafamiz tarixida alohida o'rin va ahamiyat kasb etadi. Muzaffar Muhiddinovichning "falsafa daryosiga" kirib kelishi ham o'ziga xos bo'lib, bu jarayon ustoz Ibrohim Mo'minov ko'magi va maslagida amalga oshgan.Muzaffar Xayrullaev falsafa ilmiga uning eng mashaqqatli sohasi bo'lgan mantiq ilmi orqali kirib keldi. U 24 yoshida "Dialektik materializm mantiqiy qonunlarining ob'ektiv xarakteri haqida" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu yo'nalish keyinchalik uni O'zbekistonda ilk mantiqshunos olimlardan biriga aylantirdi. 1986 yil M.Haqberdiev bilan hammualiflikda "O'qituvchi" nashriyotida "Logika" o'quv qo'llanmasini chop etilishiga olib keldi. Bu kitob mustaqillik yillarida "Mantiq" nomi bilan qayta nashr

Scientific Journal Impact Factor

etilib, hozirgacha oliy o'quv yurtlarida mantiq fanidan asosiy o'quv qo'llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. U 1966 yili 35 yoshida Ibrohim Mo'minov rahbarligida "Forobiy dunyoqarashi va uning falsafa tarixidagi ahamiyati" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Muzaffar Xayrullaev yurtimizda Markaziy Osiyo uyg'onish davrini o'rgangan dastlabki faylasuf olimdir. U A.Mes, Sh.Nusubidze, V.Chaloyan, I.Filishtinskiy, I.Braginskiy, V.Nikitina, I.Borodina, N.Konrad kabi uyg'onish davri tadqiqotchilari kabi O'rta Osiyo uyg'onish davri yoki Markaziy Osiyo uyg'onish davrini [4] o'rgandi va ilmiy asoslab berdi.

Said Shermuxamedov [5] falsafa fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, taniqli faylasuf. U respublikada falsafa fani rivojiga, ilmiy-pedagogik kadrlar - fan nomzodlari va doktorlari tayyorlashga salmoqli hissa ko'shib kelmokda. Said Shermuxamedov falsafada o'ziga xos ilmiy maktabga, jumladan "Ijtimoiy falsafa" va "Madaniyat tarixi va nazariyasi" bo'yicha fundamental ilmiy maktablarga asos soldi. Bu yirik olimning bir qancha ulkan falsafa anjumanlarida qilgan ma'ruzalari, matbuot sahifalaridagi chiqishlari, tayyorlayotgan ko'plab pedagogik kadrlari tufayli Said Shermuxamedovning nomi nafaqat o'z Vatanida, hattoki Rossiya, Fransiya, BAA, Yaponiya, Keniya, Kanada, Meksika, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston, Kipr, Nikaragua, Polsha, Bolgariya, Singapur, Koreya, Turkiya hamda boshqa ko'plab xorij mamlakatlarida ma'lum va mashhurdir.

Falsafa fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofoti laureati Omonulla Fayzullaevich Fayzullaev[6] 1921 yil 5 aprelda Toshkentda tug'ildi. 1937 yil sentyabrdan 1942 yil fevraligacha O'rta Osiyo davlat universitetining (hozir O'zMU) fizika-matematika fakulteti talabasi, so'ng armiyaga xizmatga safarbar qilingan. 1942 yil fevralidan to 1945 yil sentyabrigacha Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi bo'lgan. Urush sababli vaqtincha to'xtatilgan o'qishini 1949 yilda tugatdi. Omonulla Fayzullaevichning butun ilmiy, pedagogik va publisistik faoliyati fanshunoslikning va inson ma'naviy ravnaqining nazariy masalalarini chambarchas bog'liq holda tadqiq qilishga bag'ishlangan. Domla yoshlarda, ayniqsa maktab yoshidan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga alohida e'tibor qaratadilar. U 1939-1941 yillari Toshkentning Ko'kcha mahallasida fan asoslari bo'yicha to'garak tashkil qilgan. Bu to'garakning bir qator ishtirokchilari keyin taniqli olim va yozuvchilar bo'lib yetishdi. Atoqli olim

Scientific Journal Impact Factor

O.F.Fayzullaevning ilmiy yo'nalishlar doirasi juda keng qamrovlidir. U 500 dan ortiq asar muallifi, Проблемы противоречия в трудах классиков естествознания и философии Средней Азии" (1974), "Человек и природа" (1979), "Научное творчество Мухаммада ал-Хорезми" (1983), "Естествознание и философия" (1986), "Nafs, jon va ruh (Qur'on, tasavvuf va fandagi talqinlari)" (2005), "Falsafa va fanlar metodologiyasi" (2006) kitoblari shular jumlasiga kiradi. O.F.Fayzullaev tashabbusi hamda uning bevosita rahbarligi va faol ishtirokida tabiatshunoslik falsafasiga doir 35 dan ortiq ilmiy monografiya tayyorlangan va nashr qilingan.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashda bizning oldimizga qo'yilayotgan muhim vazifalardan biri - boy ma'naviy merosimizni xolisona o'гganish orqali, vatanimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdan iborat. O'tmish ma'naviy meгosimizni chuquг o'гganish, targ'ib etish, o'zbek xalqining asl milliy-ma'naviy qadriyatlari, taгixiy o'zligini, o'zbekona mh va mentalitetini qaytadan tiklash, zamonaviy mazmun berish orqali yoshlarda mustaqillik mafkurasini shakllantiгish uchun asos bo'ladi. Hoziгgi davгda mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan yosh avlodni haг tomonlama yetuk, baгkamol inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalarimizdan biridir.

Har biг O'zbekiston fuqaгosi avvalo, shaxsiy faollik, bilimdonlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlaг sohibi bo'lishi lozimki, bu globallashuv jaгayonida xalqimiz ma'naviy va ma'гifiy meгosi, qadriyatlaridan unumli va samarali foydalanishni taqozo etadi. Zero, avvalo ma'naviyatli, aqlli, shu bilan birga zamonaviy ko'nikmalarga ega yoshlar eгtangi kunimiz rivoji va taraqqiyotini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.

1. Kaгimov I. A. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: 1999.[1]

2. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. -T.: O'zbekiston, 1996, III

3.Akademik M.M.Xayrullaevning ilmiy merosi va falsafa fanlarining dolzarb masalalari mavzusida ilmiy-nazariy seminar materiallari. -T.: 1-kitob, O'zR FA Falsafa va huquq instituti, 2011. 36-38 Betlar)[3]

4.Xayrullaev M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. -T.: O'zbekiston, 1971.) [4] 5.Said Shermuxamedov. Biblografiya. -T.: 2010. 3-7 betlar. (maqola mualliflari Sh.Samadov va A.O'tamurodov)[5]

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

jild[2]

Scientific Journal Impact Factor

6.Omonulla Fayzullaev. -T.: 2006. 4-8 betlar. (Maqola mualliflari V.Qobulov va S. Shermuxamedov).[6]

7.Falsafa (o'quv qo'llanma). E.Yusupovning umumiy tahriri ostida. -T.: Sharq, 1999.

8.Tulenov J., G'ofurov Z. Falsafa. -T.: O'qituvchi, 1997.

9.Falsafa asoslari (Q.Nazarov). -T.: O'zbekiston, 2005. lO.Omonulla Fayzullaev. -T.: 2006.

11.Hozirgi zamon falsafasi: holati va taraqqiyotining istiqbollari. Akademik Jondor Tulenov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. -T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008.

12.Xayrullaev M.M. Milliy ma'naviyatimizning ulkan jonkuyari. Akademik Ibrohim Mo'minov (Maqolalar va xotiralar). -T.: 1993.

13.Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati. -T.:: Akademiya nashriyoti, 2007.

14. Jalolov A. O'zbekiston: mustaqillik, ma'naviyat, mafkura. -T.: O'zbekiston, 1994.

15.Jalolov A. Istiqbol ufqlari. -T.: Sharq, 1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.