Научная статья на тему 'O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI'

O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2770
227
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / o‘zbek bolalar adabiyoti / xalq og‘zaki ijodi / Navoiy / Bobur / ma’rifatparvarlik adabiyoti / hozirgi zamon bolalar adabiyoti. / literature / Uzbek children’s literature / folklore / Navoi / Babur / educational literature / modern children’s literature.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ilhomjon Ubaydullayev

Maqolada adabiyotning ajralmas va muhim qismlaridan bo‘lgan o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tarixi va ahamiyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article examines the history and significance of the development of Uzbek children’s literature, which is an integral and important part of literature

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-78-82

O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI

Ilhomjon Ubaydullayev

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada adabiyotning ajralmas va muhim qismlaridan bo'lgan o'zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tarixi va ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: adabiyot, o'zbek bolalar adabiyoti, xalq og'zaki ijodi, Navoiy, Bobur, ma'rifatparvarlik adabiyoti, hozirgi zamon bolalar adabiyoti.

ABSTRACT

The article examines the history and significance of the development of Uzbek children's literature, which is an integral and important part of literature.

Keywords: literature, Uzbek children's literature, folklore, Navoi, Babur, educational literature, modern children's literature.

KIRISH

Ma'lumki, xalq og'zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog'liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg'ariyning „Devoni lug'atit turk" asarini eslash o'rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi o'z kitobiga juda ko'p ma'lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo'lib, og'izdan og'izga, avloddan avlodga ko'chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo'shiq va lirik she'rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo'shiqlari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shuningdek, Urxun-Enasoy obidalarida, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg'u bilig" („Saodatga olib boruvchi bilim"), Ahmad Yugnakiyning ,,Hibat-ul haqoyiq" („Haqiqatlar armug'oni") dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Sulaymon Boqirg'oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari keng qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning xalq turmushini, orzuarmonlarini yorqin aks ettirgan asarlari adabiyotimiz tarixida muhim

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-78-82

rol o'ynadi. Bu mumtoz shoirlar ijodi Alisher Navoiydek buyuk san'atkorning voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni tayyorladi.

Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxtsaodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o'zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik, ilm-fan, san'at va adabiyot taraqqiyotiga bag'ishladi. U adolatparvar, donishmand davlat arbobi, o'zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'targan buyuk so'z san'atkori sifatida, davrning madaniy hayotiga rahnamo bo'ldi, ilm-fan, san'at va adabiyot ahllariga homiylik qildi, ko'plab shogirdlar yetishtirdi.

XV-XVI asrlarda yashab, ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma" asarida o'sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san'ati va adabiyoti yoritilgan.

XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlarida yashab, ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi.

Gulxaniy „Zarbulmasal" asarida o'zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini hayotiy timsollar orqali ifodaladi.

Ma'rifatparvarlikni bayroq qilib ko'targan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo'llanmalarda bolalar hayoti, o'qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi.

20- yillarda Fitrat, Cho'lpon, Elbek, Botu, G'afur G'ulom, G'ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning kichkintoylar uchun yozgan asarlarida bolalarni yaxshi o'qishga, ilmfan nurlaridan bahramand bo'lib, davrning haqiqiy o'g'il-qizlari sifatida kamol topishga targ'ib etdilar.

Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30- yillarga kelib, she'riyatda Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Sa'dulla, Sulton Jo'ra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy, nasrda Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova kabi bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar, Sadriddin Ayniy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Elbek, Shokir Sulaymon va G'ayratiylar ham o'zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga munosib hissalarini qo'shdilar.

Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan ko'plab asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Natijada o'zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, „Yer yuzi", „Bolalar yo'ldoshi", „Bolalar dunyosi", „O'zgarishchi yoshlar", „Yosh kuch" kabi oynomalar chiqishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo'ldi. Uning mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona yurt tabiati,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-78-82

xalqlar do'stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng o'rin oldi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tinchlik va do'stlik. Bu ikki so'z bir-biriga egizak. Bolalar adabiyotida tinchlik va do'stlik mavzusi muhim o'rin tutadi. G'afur G'ulom („Kaptar uchar, g'oz uchar", „Tinchlik arafasi"), Q. Muhammadiy („Urushga yo'l bermaymiz"), Sh. Sa'dulla („Tinchlik qushi haqida men o'qigan she'r"), I. Muslim („Do'stlik"), Q. Hikmat („Tinchlik haqida qo'shiq"), Shuhrat („Tinchlik allasi", „Do'stlik guli"), Mardonqul Muhammadqulov („Uch kaptarim, uch"), Yusuf Shomansur („Orzular bir"), Safar Barnoyev („Biz bolalar"), Tursunboy Adashboyev („Do'stlik") kabi shoirlar kitobxonlarni tinchlik va do'stlik ruhida tarbiyalashga barakali hissa qo'shdilar.

Hozirgi zamon bolalar adabiyotida o'nlab balladalar, ertaklar, dostonlar maydonga keldi. Oybekning „Zafar va Zahro", „Bobom"; Q. Muhammadiyning „Dunyoda eng kuchli nima?", „Solijon"; Shukur Sa'dullaning „Laqma it", „Ikki donishmand"; Po'lat Mo'minning „O'rinbosarlar", „Eh, rosa shirin ekan", „Xolning jiyron velosipedi", „Oltin nay", „Jalil eshitgan ertak"; Qudrat Hikmatning „Toshbaqalar hujumi", „Bobo dehqon hangomasi", „Chovkar", „Chirchiq farzandi"; Ramz Bobojonning „Cho'pon o'g'li"; Safar Barnoyevning „Biz dehqon bolasimiz", „Oltin shahar haqida afsona", „Oltin oshiqlar"; Miraziz A'zamning ,Aqlli bolalar", „Bedananing buvisi"; Tursunboy Adashboyevning „Dovonlar", „Harflarning sarguzashti"; Toshpo'lat Hamidning „Asrorqulning qo'chqori"; Ergash Rayimovning „Bir dona yaproq"; Rauf Tolibning „Sehrgar do'stim bor", „Maqtanchoq"; Usmon Azimning „G'aroyib ajdarho"; Kavsar Turdiyevaning „Toshkesarlar mamlakatida" kabi poema va ertak-dostonlari yaratildi.

Hozirgi zamon o'zbek bolalar nasrida ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan - yangi avlodi kamol topdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to'la javob bera oladigan ko'plab hukoyalar yaratildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To'xtaboyev, Turg'unboy G'oipov, Rahmat Azizxo'jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Ergash Rayimov, Safar Barnoyev, Abdusaid Ko'chimov, Anvar Obidjon va boshqalarning maktab yoshidagi bolalarga mo'ljallangan qissa va hikoyalar to'plamlari bosilib chiqdi.

Juda ko'p hikoyalarda kichkintoylar hayotidagi turli sarguzashtlar va ziddiyatlar o'z ifodasini topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning „Itolg'i" hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolg'i chumchuq va chug'urchuqlarni

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-78-82

tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka itolg'ini jiyani Shavkatga sovg'a qiladi. Shavkat uzum qo'riqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida o'zini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu jonivor ozodlik va erkinlikni qo'msayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlarni yaxshi ko'radigan, rahmdil bola. U itolg'ini qafasda uch kun zo'rg'a ushlab turadi. Qafasda qush emas, o'zi o'tirgandek bo'ladi va itolg'ini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga rahmat, degandek aylanib uchib ketadi.

Bolalar qissachiligida Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Mirkarim Osim kabi ulug' adiblarning hissasi katta. Shuningdek, Hakim Nazir, Shukur Sa'dulla, Xudoyberdi To'xtaboyev, Latif Mahmudov, Nosir Fozilov, Farhod Musajon Mahkam Mahmud, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Habib Po'- latov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon Husanov, Mamatqul Hazratqulov kabi yozuvchilarning asarlari ham sevib o'qiladi.

Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj topdi. Xudoyberdi To'xtaboyev („Sariq devni minib", „Qasoskoming oltin boshi", „Shirin qovun^ mamlakatida"), Hojiakbar Shayxov („Samo mehvaridagi namoyish", „Shom kamari", „Ajdodlaг xotiгasi"), Mahkam Mahmud („Teskari ko'zlar sayyoгasi"), Anvar Obidjon („0099 nomeгli yolg'onchi", „Dahshatli Meshpolvon"), Oqiljon Husanov („Tog'da o'sgan bola"), Olloyoг („Fazogiï chumoli") va boshqa^ bu janгda samarali ijod qilmoqdalar.

Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o'ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po'lat Mo'min, Mamarasul Boboyev, Turg'unboy G'oyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Ravshan Yoriyevlarning pyesalari kichkintoylar quvonchiga quvonch qo'shib kelmoqda.

XULOSA

Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida jahon bolalar va o'smirlar adabiyotidan qilingan badiiy tarjimalarning o'rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o'qigan har bir yosh kitobxonning dunyoqarashi, fikri, tasavvuri boyib, o'sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzuintilishlari bilan oshno bo'ladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-78-82

REFERENCES

1. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. -T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006.

2. Suyumov A. Kichkintoylar adabiyoti, - T., 1962.

3. Jahongirov F. O'zbek bolalar folklori. - T., 1975.

4. Jumaboyev M. O'zbek bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2002.

5. Masharipova Z. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - T., 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.