SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2021
ISSN: 2181-1601
O'SMIRLARDA SPORTGA BO'LGAN QIZIQISH SUSTLIGI VA SPORTNI AYNAN O'SMIRLIK DAVRIDA TARK ETISH SABABLARI?
Z. B. Iminov
O'zMU, Taekwondo va sport faoliyati fakulteti talabasi zuhra072000@gmail.com
ANNOTATSIYA
O'smirlik davri aslida qanday davr? Aynan shu davrda yoshlarning intilishlari nimaga qaratilgan va nimalarni boy berayotganliklari, o'z qimmatli vaqtlarini samarasiz o'tkazishlari, sportga bo'lgan talablarini susayishi va qiziqishlar so'nish sabablari haqida fikr yuritilgan bo'lib, sport olamida sportchilarning aynan o'spirinlik davrida tark etish sabablari yoritilgan.
Kalit so'zlar: o'smirlik, jismoniy holat, sport, sport mashg'ulotlari, vaqt.
LACK OF INTERESTING IN SPORTS IN ADOLESCENTS AND THE REASONS FOR LEAVING THE SPORT EXACTLY IN ADOLESCENCE
ABSTRACT
What is adolescence really like? It was during this period that young people's aspirations were focused on what they were aiming for and what they were missing, wasting their precious time, losing interest in sports, and losing interest in sports. The reasons for this are explained.
Keywords: adolescence, physical condition, sports, sports activities, time.
O'spirinlik - bu faol jismoniy va aqliy rivojlanish davri, bu vaqtda tanadagi ko'plab organlarning shakllanishi tugaydi, yetuk shaxsning xarakteri shakllanadi. Jismoniy tarbiya va sport ishlari o'spirinning fiziologik va psixologik nuqtai nazardan barkamol rivojlanishiga hissa qo'shadi. O'spirinlik - bu bolaning ota-onasidan ozod bo'lishi va ma'lum darajadagi avtonomiyaga erishish, ulardan mustaqil bo'lish davri. Bu jarayon kamida uchta yo'nalishda: emotsional, xulq-atvorli, normativlarda sodir bo'ladi. Aynan o'sib kelayotgan yosh shaxsning ham jismoniy, ham hissiyotlarni tarbiyalay oladigan vositalardan biri - bu sport. Inson hayotida sport asosan quvonch, iroda va intizom kabi ijobiy xislatlarni mustahkamlaydi va insonni tarbiyalaydi. Miya faoliyatini yaxshilaydi, stress darajasini kamaytiradi. Aqliy mehnatda va xotirani mustahkamlashda ijobiy natija beradi. Ammo ko'pchilik yoshlar orasida aynan sport turlari bilan shug'ullanish foizlari sportchilarga qaraganda oddiy o'smirlar soni kamroq. Ba'zida ko'pgina yoshlarning qimmatli vaqtlarini internet va ko'ngilochar joylarda o'tkazish kabi holatlar hozirda oddiy holat sifatida qaralmoqda. Ammo ularning qaytib kelmas va
go'zal betashvish davrini to'la va sermazmun o'tkazish imkoniyatlari juda ko'p. To'g'ri, hamma o'smir yoshlar emas, ba'zilarni nazarda tutilmoqda. Ba'zi ilmga chanqoq va o'z kelajagini o'z qo'li bilan yaratuvchi yoshlar turli xil o'quv kurslariga va turli xil fanlar bo'yicha tayyorlov to'garaklarga qatnab, o'z vaqtlarini bir maromga tushurib olishgan, ammo o'z aql salohiyatlari bilan birga o'zlarining salomatliklarini ham yaxshilashga ozgina bo'lsa ham vaqtlarini ajratishlari lozim. Chunki aynan o'smirlik va o'spirinlik davrida inson anatologiyasi ham o'zgarib shakllanib boradi. Tana tuzilish, jismoniy sifatlar va mushak va muskul holatlari shakllanish uchun aynan ushbu vaqtga to'g'ri keladi. To'g'ri sport bilan shug'ullanmagan inson sog'lom bo'lishi mumkin, uning tana tuzilishi sportchilarga nisbatan yaxshiroq bo'lishi mumkin, ammo uning jismoniy holat darajasi pastroq bo'lishi mumkin. Uning o'zi shaxsiy shug'ullanishi mumkin, ammo aynan qanday holatda to'g'ri va mukammal qila olish, texnik va taktik usullarini to'liq nazariy ham, amaliy jihatdan mutaxassis bilan shug'ullanish, ya'ni sportga borib taqaladi. Sport bilan shug'ullanish tez sur'atlarda pasayib boradigan yosh guruhi 14-16 yoshdagi o'smirlardir. Ba'zi o'smirlar orasida aynan sportga bo'lgan fikr ko'proq mablag' va vaqtga qaratiladi. Vaqt bo'yicha muommolar kabi turli xil bahonalar keltirib chiqadi. Ko'ngilxushliklar va sayr-sayohat va internet o'yinlarni ham o'z vaqtida topish va o'z maromida zavqlanish mumkin. Aql salohiyat darajasi aynan yaxshiroq rivojlanish va jismoniy holatni shakllantirib olish imkoniyatlaridan to'g'ri foydalana olish ijobiy natija beradi.
Hozirgi 21 asr taraqqiyot davri bo'lib, insonlar va ularning dunyoqarashlari va fikr doiralari o'sib yuksalayotgan bosqichda. Insonlarni nasl - nasabi va jinsi va Yoshi ajratilish holatlari kamaygan va yo'qollib bormoqda. Shu qatorda qiz farzandlarni bir qatorda ilm va sport, madaniyat va san'at sohalarida qiz - ayollar soni kundan - kunga oshib bormoqda. Ammo aynan o'smir qizlarda kuzatilayotgan ba'zi holatlar yuqoridagi fikrlarga ba'zida to'g'ri kelmayapti. Qizlarni aynan ilm salohiyati jihatdan berilayotgan qo'llab - quvvatlashlar sport olamida biroz sust. Bu aynan havaskor sportchilarga qaratilgan bo'lib, ko'pchilik sport olamiga kirib, sportdagi qiyinchiliklarni yengish va aynan sport dunyosidagi yukni ko'tarib yurish biroz qiyin. Ammo sport olamiga aynan ko'ngilxushlik uchun yoki do'stlar davrasini ko'paytirish, suvday to'xtamas vaqtini bekor, qo'pol aytganda, kelib - ketish bilan emas, ma'lum bir qo'yilgan maqsad bilan mashg'ulot olib borish va ketayotgan har bir soniyasiga va mehnatiga yarasha natija qilish - to'g'ri yo'ldir. Qizlarning o'tkinchi ehtiyojlari - sayr - sayohat va ko'ngilxushlik, ko'p hissiyotlarga berilish kabi holatlar ular uchun hozirda oddiy holat. Ilm olish yoki sport olamiga qadam ancha kech yoki bu harakatlar keraksizday. Aslida esa hozigi ayollarning siyosat va iqtisodiy hayotda o'rni oshib borish jarayonida aynan ilm salohiyati yuksak va intiluvchan va mehnatga chanqoq, jismoniy holati yaxshi va kuchli kadrlar vatan ravnaqini oshirishga xizmat qiladi. Sport bilan shug'ullanish bu o'z - o'zini ko'rsatish yoki tana holati va jismoniy holatini ko'z - ko'z qilish va
ko'ngilxushlik emas, sport bilan shug;ullanish aynan o'z jismoniy holati orqali sog'lig'ini tiklash va mustahkamlash va jismoniy imkoniyatlarini kengaytirib borish. Shu bilan birga aynan shug'ullanayotgan sport turida o'z mehnatini yuzaga chiqarish va albatta ma'lum bir natija qilishdir.
Aslida esa nima sabab aynan o'smir yoshlar orasida sportni tark etish kuzatilmoqda? Aslida ularning bu hayot tashvishlarini hali yaxshi his etmagan yoshda erkin va baxtli oila davrasida hayot kechirish paytida aynan shug'ullanayotgan o'z sevimli mashg'ulotlaridan voz kechish yoki havaskor sportchi bo'lish imkoniyatidan foydalanmaslik sabablarini ko'rib chiqamiz.
- Internet tufayli o'spirinlar an'anaviy, uyushgan va raqobatbardosh sport turidan ketmayapti.
- Yoki "bolalar bugungi kunda juda dangasa" bo'lgani uchun.
- Yoki "ota-onalar yumshoqroq bo'lib, bolalar bugungi kunda hamma narsadan xalos bo'lishlariga imkon berishmoqda".
O'smir bolalarning sportga bo'lgan norozilik, ya'ni sport bilan shug'ullanmaslik sababi uyushgan sportga biz - murabbiylar, mansabdor shaxslar, hakamlar, ma'murlar, ota-onalar: bolalarga sport tajribasini yetkazish uchun mas'ul bo'lgan har bir kishi va har bir kishi sababdir.
- Internet tufayli o'smirlar asosan, hayotiy sport va milliy harakatli o'yinlar bilan emas, web o'yinlar orqali hozirgi real hayotning mazmunini esdan chiqarishmoqda. Shu tufayli yosh avlodda harakatsizlik tufayli turli xil kichik kasalliklar, immun tizimida sustlik, depressiyaga moyillik, hissiyotlarni boshqara olmaslik kabi holatlar kuzatilmoqda. Haqiqiy hayotni web hayot bilan almashtirib borish kabi loqaydliklar uchrab turibdi. Aksincha o'smirlik davrida mehnatga bo'lgan ishtiyoq kuchayishi jarayonida sport va ilmga bo'lgan e'tiborni kuchaytirsa, yosh avlodning iroda sifatlari, burj va majburiyatlarni tushunib yetish va miya faoliyati va immun tizimi ko'tarilish, bilim doirasi va kirishimlilik kabi bir qancha ezgu fazilatlar yuksaladi, ruhiy holati yaxshilanib boradi.
- Bolalarning dangasaligi aslida nima uchun? Va unga kim aybdor? Bolaning to go'dakligidan to o'smirlik yoshigacha bo'lgan davrda inson qisman shakllanib voyaga yetadi. Aynan ushbu davrda bolaning xarakteri va fikrlash doirasi ham rivojlanib shakllanadi. O'smirlik davrgacha bo'lgan bolalik davridagi cheklovlar ya'ni ma'lum bir vazifa va majburiyatlarlarsiz voyaga yetayotgan bola o'smirlik va o'spirinlik davri kelib, dangasalik kasali yuzaga hayot kelishi bu aslida ota - onaning va oilada aynan farzandning hech bir qiyinchilik boshidan kechirtirmaganlik natijasidir. Bolalik davridan aynan yosh bolaga vazifalar va o'z yoshi va jismoniy holatiga mos majburiyat va burjlarni o'z vaqtida tushuntirib berilsa, va bajartirib borilsa, o'smirlik davriga kelib, aynan tarbiyalanayotgan daraxt hosilini ko'rish mumkin. Ya'ni unda dangasalik alomatlari qisman bo'lsa ham yo'q bo'ladi. O'z hayotidagi majburiyat va vazifalarini
o'qitish orqali bolaga kelajak turtki - hayotining asl maqsad va ehtiyojarini o'zi yaratadi va bajaradi. Kelajak poydevorini o'zi yaratadi va mustahkamlaydi.
Sport olamida har bir subyekt yangi qadam qo'ygan havaskor sportchi uchun muhim ro'l o'ynaydi. Ayniqsa, murabbiy, hakamlar va atrofidagi sportchilar va obyektlar ham ta'sir ko'rsatadi. Ammo har bir shaxs asosiy o'rin egallaydi. Murabbiy asosan aynan ma'lum bir sport turi bo'yicha tanishtirishi va mukammal sir - sanoatlarni o'rgatib uqtirib borishi mumkin. Har bir harakatning texnikasi, uning amalda natijasini ko'rsatib beradi. Murabbiy muallif, sport bir kitobga o'xshaydi, murabbiy aynan ushbu kitobni ochish qulf - kaliti, muqaddimasidir. Kitobni qay holatda mutolaa qilish har bir sportchining o'z qo'lida.
Sportchining sportdan voz kechish sababi aynan o'smir yoshida sportchi mashg'ulot jarayonlarida ruhiy to'siqlar va vaziyatlar yuzaga kelishida sportchining yoki murabbiyning noto'g'ri qarori yoki irodasizligi tufaylidir. Ammo ko'pgina holatlarda ko'p havaskor sportchilar murabbiyni ayblashadi. Aslida esa ular hissiyotlarni boshqara olmasliklari tufayligina aynan murabbiy bilan turli xil to'qnashuvlarga duch keladilar. Murabbiy va sportchi bilan bo'lgan munosabat orqali aynan ushbu qarorlarga kelish holatlari yuzaga keladi. Bu holatlarda eng yaxshi usul -tinglash va sukut saqlash. Ana shunda sportchi murabbiy bilan munosabati saqlanadi va hissiyotlarini boshqara olish qobiliyati shakllanadi.
Ota - onalar orqali ham sportchilarda aynan sportdan voz kechish holatlari kuzatiladi. Ba'zida farzandlarning bilim darajasi pasayish holatlari, kech qolishlar, o'qishdagi vazifalar bajarilmasligi, do'stlar o'rtasidagi tortishuv - janjallar ko'payishi kabi holatlar ta'sir ko'rsatadi. Qiz farzandlarning ba'zida yoshiga bo'lgan munosabat va yuqoridagi sabablar ro'l o'ynaydi. Shu tufayli yosh o'smirni ruhiy holatida qo'zg'alishlar, agressivlik, depressiyaga moyillik, vazn bo'yicha muommolar, kunlik rejada bo'sh vaqtlar ko'payish holatlari mavjud bo'ladi.
Ammo o'smir yoshda shaxs o'z qarorlarini o'zi ko'rib muxokama qilishi va ota -onalar ularning har bir qaroriga hurmat bilan to'g'ri qabul qlish va foydali maslahatlar berish va kun rejasini to'liq sermazmunlik asosida shakllantirishida ko'mak berishi lozim. Imkon darajasida sport bilan muntazam yoshga mos va xos shug'ullanishlar va o'z sog'liqlariga e'tibor berishlar, hayotga bo'lgan maqsadlari asosida sermazmun hayot faoliyatlarini olib borish lozim. Hayot har bir insonning o'z qo'lida. Har bir davrning o'z go'zaligi va tafti mavjud. O'z hayotingizni o'zingiz yuksak ong, aql - salohiyat va to'g'ri qarorlar orqali boshqaring va o'z hayotingizda yashang.
REFERENCES
1. https://www.bbc.com/russian/features-47169352
2. https : //newsportfuture.com/the-teenage-tumble/