Научная статья на тему 'MURRABBIYLIK KASB MOHIYATI'

MURRABBIYLIK KASB MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
474
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Murabbiylik / sog’lom turmush tarzi / ko’nikma va malaka. / coaching / healthy life style / skills and qualifications.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fotima Iminova

Mazkur materialda murabbiylik kasbi va shu kasbning burchi va hozirgi paytda shu kasb jarayonida yo’l qo’yilayotgan xatolar va kamchiliklar aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NATURE OF THE COACHING PROFESSION

This material reflects the profession of coach and the responsibilities of that profession, as well as the mistakes and shortcomings that are currently being made in the process of this profession.

Текст научной работы на тему «MURRABBIYLIK KASB MOHIYATI»

MURRABBIYLIK KASB MOHIYATI

Fotima Iminova

O'zbekiston Milliy universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur materialda murabbiylik kasbi va shu kasbning burchi va hozirgi paytda shu kasb jarayonida yo'l qo'yilayotgan xatolar va kamchiliklar aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: Murabbiylik, sog'lom turmush tarzi, ko'nikma va malaka.

THE NATURE OF THE COACHING PROFESSION

Fotima Iminova

National University of Uzbekistan

ABSTRACT

This material reflects the profession of coach and the responsibilities of that profession, as well as the mistakes and shortcomings that are currently being made in the process of this profession.

Keywords: coaching, healthy life style, skills and qualifications.

Murabbiy- o'quvchilari uchun komilik timsoli , do'st, psixolog, o'zining shogirdlariga to'g'ri yo'l ko'rsata oladigan, sport bilan bola o'rtasida turuvchi ko'prik. Agar murrabbiy bolani sportga qiziqishini uyg'ota olmasa bola sportga mehr qo'ymasligi, huddi ko'prik bo'lmasa bir tomondan ikkinchi yo'lga o'ta olmay suvga g'arq bo'lishga o'xshaydi.

Murrabbiylar- bolalar , o'smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun bolalarda qiziqish uyg'otuvchi , ularning sog'ligini mustahkamlab va har tomonlama jismoniy kamol topishiga , sog'lom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirishga yo'naltirilgan jismoniy tarbiya - sog'lomlashtirish ishlarini olib boruvchi, o'zlarining mahorat va kasb malakalarini oshirib boruvchi , har xil tarjibalar asosida mashg'ulot jarayonlarini mukammaltiruvchi shaxs sanaladi. Murrabbiylar bolalarning qobilyatlari va salohiyatlari asosida mashg'ulotlar olib borib, ulardagi tehnikani kuchaytirib xalqaro tadbirlarda qatnashishi orqali bolalarning sport mahorati va malakasini oshirishga zamin yaratuvchi shaxs. Murabbiyning faoliyatida boshqarish funksiyasi <<murabbiy (subyekt)- sportchi (obyekt)- murabbiy (obyekt) >> shaklidagi uzviy bog'langan tizim asosida amalga oshirilishi darkor. Ushbu tizimda murabbiyning kasbiy- pedagogic faoliyati (KPF) yo'nalishlarda olib borilishi tavsiya etiladi.

Murrabbiylarning oliy vazifasi:

- bolaning sportda harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va harakat faolligini tanqisligini to'ldirish;

-bazaviy tayyorgarlik va keyinchalik ixtisoslashish uchun sportning muayyan turini tanlashga ko'maklashish;

- sport mahoratini takomillashtirish;

- shaxsiy imkoniyatlarni namoyon etishga ko'maklashish.

Murrabbiy doim shogirdlariga sportda kamolotga erishishda va oliy sport mahoratiga ega bo'lishiga ko'maklashishi darkor. Chunki har bir bola sportga kirib kelar ekan, shu sohada ma'lum darajada kamolotga erishishini xohlaydi. Ammo oramizda shunday murrabbiylar borki, mashg'ulotlar jarayonida o'zi ishtirok etmay faqat bolalarga nazariy bilim beradigan yoki o'zi musobaqalar uchun bo'ladigan tayyorgarlik jarayonlarida yaxshi mahorat bilan mashg'ulotlarni olib bormay , musobaqalarda bo'ladigan natijalarga faqat shogirdini aybdor deb o'ylaydigan murabbiylar ham topiladi Menning o'ylashimcha , musobaqalarda bo'ladigan natijalar 60 foizini murabbiyning malaka mahorati, 40 foizi esa bolaning ko'nikmasiga bo'g'liq. Kutilmagan natijalar ro'y berganda faqatgina bolaning o'zlashtirgan ko'nikma darajasi pastligiga emas ,balki trenerning o'rgatgan tehnika va kasb mahorati sabab bo'ladi, bola doim murabbiy o'rgatgan ko'nikma va malakalari asosida natija qiladi. Murabbiy dangasalik bilan bolaga boshlang'ich bazani , tehnikani e'tiborsizlik bilan o'rgatmasligi darkor, murabbiy shogirdlariga bosim ko'rsatmasdan , balki o'rgatmoqchi bo'lgan taktikani qanchalik bolaga zarurligini tushuntura olsa xech qanday muammolarga duch kelmaydi. Bola murabbiyining malakasiga shubxa bilan qaramasligi, unga trenerining kasb mahorati bolaga qanchalik zarurligini va bolaning kelajakdagi natijalariga ta'sir etishini tushuntira olsa, vaziyat o'z o'zidan yaxshilanadi. Vaqti- vaqti bilan bolani rag'batlantirib turish murabbiyga bo'lgan hurmatni oshishiga sabab bo'ladi. Ya'ni har 3-6 oyda attestatsiya jarayonlarida bolalar belbog' uchun baholanadilar, shu attestatsiya jarayonlarida bola 3 oy ichida nima o'rganini murabbiy va hakamlar tomonidan tekshiriladi. Ammo ba'zi bir murabbiyning bolalari pumse va qo'l va oyoq tehnikasini yaxshi bilishmaydi, hatto bularni o'zlashtirishni ham xohlashmaydi. Ular faqat kurugi yo'nalishda musobaqada ishtirok etishadi, shuning uchun ularda tehnika yaxshi rivojlanmaydi. Ammo shu holni ko'rib turgan murabbiylar shu vaziyatga ko'z yumadilar, hamda attestatsiya jarayonida ham bolalar duch kelgan xatolik va kamchiliklar , attestatsiya jarayoni tugaganidan keyin mashg'ulot jarayonida bartaraf etilmaymaydi. Bolalar ham shu attestatsiya jarayoni moddiy tarafdan qilinganligi, belbog' pulga berilishini, hamma narsa moddiy resurslarga taqalishini bilib, "baribir belbog' olaman-ku", deya befarqlik asosida xatoning ustiga xato qiladilar. Bu esa achinarli hol, mening nazdimda, attestatsiya kunigacha murabbiy tomonidan bolada ko'rilgan xato va

kamchiliklar bartaraf etilishi va o'ziga kerakli malaka va mahoratni murabbiy tomonidan ko'nikma tarzida o'zlashtirilishi kerak. Attestatsiya jarayonida biror bir bola talabga javob bera olmasa unga belbog' berilmasligi kerak, bu moddiylikka taqalmasligi balki sportchining o'z ustida ko'p ishlashi darkorligini tushuntirishi kerak , balki bu yerda sportchining kelajak tehnik bazasi , sportdagi natijalarining samaradorligiga borib taqaladi. Yana shunday hollar vujudga kelmoqda-ki, murabbiylar boshlang'ich tehnikani bolaga yaxshi o'rgatmasdan , boladan musobaqada yaxshi natijaga ega bo'lishni kutishlari kulgili holat, bundan esa, bolaning kelajagiga darz ketish vaziyatlarini kelib chiqmoqda, mening nazarimda nafaqat murabbiy balki ota ona ham sababchi bo'ladi, ya'ni ota ona boladan har bir mashg'ulot jarayonida qanday kompleks mashqlar texnikasini o'rganayotganini so'rashi , u bilan ko'proq muloqot qilishlari foydalidir, murabbiy boshlang'ich bazani, tehnikani yangi kelgan bolaga qiyinchilik bilan bo'lsa ham to'g'ri o'rgatishi , har bir o'tgan trenerovka jarayonini qiziqarli o'tishini kafolatlashi lozim, bola murabbiydan zerikmasligi, aksincha shu murabbiyning trenerovka jarayoniga qatnashishni xohlashi, bola shu sportini hayotining mazmuni deb o'ylashi kerak. Uning uchun murabbiydan katta mehnat , sabr, izlanish va bilim kerak bo'ladi. Axir murabbiy o'zining shogirdlari uchun komillik timsoli hisoblanadi, murabbiyning harakatiga qarab bola intiladi , xuddi qush uyasida ko'rganidek, mashg'ulotlar jarayoni ham bolaning ikkinchi tarbiya uyi hisoblanadi, unda bola tarbiyalanadi, o'zining jismoniy sifatlari va ruhiy tayyorgarligi normal holatda shakllanadi. U bolaga o'tilayotgan trenerovka jarayonlari bolaga qanchalik zarurligi va uning kelajakdagi natijalariga bo'g'liqligini uqtira olsa, bola o'zining foydasi uchun mehnat qilishni boshlaydi , o'zining xatolarini murabbiyining yordamisiz to'g'rilay boshlaydi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin sportni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish to'g'risida katta ishlar amalga oshirildi. Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko'ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadi va murabbiy bilan sportchi oldiga yangidan- yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo'yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o'z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilishning eng munosib shakli va usullarini izlab topishga majbur etadi. Sportchi o'ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy- texnik va xo'jalik ta'minoti, ilmiy metodik ta'minoti, guruhlarsiz musobaga tayyorlana olmaydi. Bugungi kunda sportchilarni har taraflama jismoniy, aqlan, axloqiy rivojlanishiga , shuningdek ularda jismoniy, texnik, taktik, aqliy, funktsional jihatdan tayyorlanishi murabbiyning asosiy ustuvor vazifadir. Murabbiy har bir sportchi uchun beradigan yuklamalarni sportch qanchalik chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me'yorga solishda va ularning og'ir yengilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini

rejalashtirishda katta yordam ko'rsatishi kerak. Murabbiy mashg'ulot jarayonini amalga oshirar ekan, sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan tanlab olish, pedogogik, ijtimoiy, psixologik , metidlik- biologik usullardan tarkib topgan harakterlar majmuining tashkiliy metodik tadbirlari tizimi bo'lib, sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste'dodi va qobiliyati mazkur usullar yordamida aniqlanishi, ularning qaysi sportga layoqati borligini aniqlashi hamda har qanday vaziyatda murabbiy bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar yig'indisiga e'tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga layoqati va o'ziga xos xislatini hisobga olishi shart. Pedagogik texnika malakalar, maxsus sport bo'yicha bilimlarni egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o'z kasbiga qiziqish, burch hamda mas'uliyatni his qilish asosida oshirilishi kerak. Murabbiyning tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda udda-buronlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko'ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar murabbiyning shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham murabbiyning individual pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe'l-at-vori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.

Murabbiy eng avvalo tarbiyachi sifatida o'zida yuqoridagi malakalarni shakllantirishi, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirib, pedagogik texnikani egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda u murabbiylik mahorat sari etaklaydi. Shunday qilib, o'qituvchining tashqi ko'rinishi ham pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib - sportchilarga ko'rib, eshitib turgan narsalarini erkin fikrlash orqali, amalda murabbiy tomonidan o'zlashtirilgan ko'nikmani amaliyotda qo'llay olishi, shu ko'nikma darajasini rivojlantirib, malaka holiga kelish imkoniyatini beradi.

"Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo 'lishni bilishi lozim, u o 'zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin " - deb yozgan edi taniqli pedagog A.S. Makarenko.

Yuqorida keltirilgan fikrlar natijasida hozirgi kunga kelib biz -murabbiylar bola va uning kelajagi, vatan uchun malakali sportchilarni tarbiyalash , ularda yuqori malaka va ko'nikmalarni yuksaltirishga , shu murabbiylik kasbining millat genofonini sog'lomlashtirishdagi va yoshlarni jismonan barkamol qilib tarbiyalash, O'zbekiston davlatini dunyolarga tanitish imkoniyatiga sazovor bo'lish, mashhur sportchi va chempionlarni yetkazib berish sharafini qo'lga kiritish, shogirdlar hurmatiga va xalq e'tirofiga sazovor bo'lish kabi ustuvor vazifalarni bajarish kerak.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. Kasbtanla.uz.

2. Library.ziyonetuz>book>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.