Научная статья на тему 'OILADA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI'

OILADA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4527
244
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tarbiya / giperprotektsiya / g’amxo’rlikdan ustun keladigan gierprotektsiya / o’ta kuchli axloqiy mas’uliyat / emotsional raddiya / qattiqqo’llik / gipoprotektsiya / ziddiyatli tarbiya. / Upbringing / hyperprotection / hyperprotection over care / extreme moral responsibility / emotional rejection / rigidity / hypoprotection / conflicting upbringing.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hilola Akramjonovna Bo’ronova

Tarbiya shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishniga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishni ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora-tadbirlar yig’indisi bo’lib, tarbiya vositasida oilada komil inson shaxsi shakllantirishning ayrim usullari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF EDUCATIONAL METHODS IN THE FORMATION OF A CHILD IN THE FAMILY

Education is a practical pedagogical process aimed at the formation of certain physical, mental, moral, spiritual qualities in a person; is a set of measures taken to ensure that a person acquires the qualities necessary for life in society, and some ways to form a perfect human personality in the family through education are highlighted.

Текст научной работы на тему «OILADA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI»

OILADA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING

AHAMIYATI

Hilola Akramjonovna Bo'ronova

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tarbiya shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishniga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishni ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi bo'lib, tarbiya vositasida oilada komil inson shaxsi shakllantirishning ayrim usullari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya, giperprotektsiya, g'amxo'rlikdan ustun keladigan gierprotektsiya, o'ta kuchli axloqiy mas'uliyat, emotsional raddiya, qattiqqo'llik, gipoprotektsiya, ziddiyatli tarbiya.

THE IMPORTANCE OF EDUCATIONAL METHODS IN THE FORMATION

OF A CHILD IN THE FAMILY

Hilola Akramjonovna Boronova

Teacher of Kokand State Pedagogical Institute

ABSTRACT

Education is a practical pedagogical process aimed at the formation of certain physical, mental, moral, spiritual qualities in a person; is a set of measures taken to ensure that a person acquires the qualities necessary for life in society, and some ways to form a perfect human personality in the family through education are highlighted.

Keywords: Upbringing, hyperprotection, hyperprotection over care, extreme moral responsibility, emotional rejection, rigidity, hypoprotection, conflicting upbringing.

KIRISH

Giperprotektsiya - ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va ehtiyojlarini ko'r-ko'rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har qanday qiyinchiliklar va to'siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka qaratilgan harakatlar. Bolasi uchun "jonini jabborga beruvchilar" odatda o'zlari bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola kelajakda ishga

to^ati yo'q, ko'pchilikning ichida o'zini tuta olmaydigan, hayotning past-balandliklarida o'zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo'lib qoladi. Ayniqsa, bola o'smirlik yoshiga yetganda, erka, tantiq bo'lgani uchun do'stlari va tengqurlari davrasida ham hamma aytganlari bo'lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bo'lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyodi timsolida ilgari o'z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini ro'yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan bo'ladi, lekin bola ko'p jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA G'amho'rlikdan ustun keladigan giperprotektsiya - bunda erkalatishdan ko'ra ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xatti-harakatini nazoratga olish orqali unga e'tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil ta'qiqlar, chegaralashlar ("u mumkin emas", "bu mumkin emas" qabilida) bisyor bo'ladi. Bunday sharoitda katta bo'lgan bola odatda mustaqil fikrli, mustaqil qarorlar chiqaruvchi bo'lolmaydi, lekin salga jahli chiqadigan, ko'p narsalardan norozi holda katta bo'ladi, chunki u doimiy nazoratga, birovlarning hamma yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib, aytib berishlariga o'rganib qoladi: onasisiz dars tayyorlay olmaydigan, otasisiz ko'chaga chiqmaydigan bo'ladi, barcha ishlarida kattalarning aralashuviga ko'nikib ketadi.

O'ta kuchli axloqiy mas'uliyat - bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo'ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik e'tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta Kilishni o'ylab, uning yurish-turishi uchun yzlarini mas'ul deb his silgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba'zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, to'shiriqlar ham berilaveradi. Masalan, "sen to'ng'ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak", degan ma'noda unga oiladagi kichik a'zolarga yoki kasallikka chalingan oila a'zosini parvarish qilish kabi mas'uliyatli va og'ir ishlar ham yuklanadi.

Emotsional raddiya - bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o'ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo'lmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo'lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo'lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliro^ inson bo'lsa, vaziyat yanada og'irlashadi, "sen bo'lmaganingda..." yoki kíz bolaga qarab: "Sening o'rningda og'il bo'lganda edi..." qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.

Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini yashirishga urinadi, "nega bolani yoqtirmaysan?" kabi savollarga aslida uni sevishi, kerakligini ta'kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini

his Kilib yashaydi va tezroq mustaqil bo'lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o'z mehribonligini sun'iy ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda og'ir botadi.

MUHOKAMA

Qattiqqo'llik - bir Karashda emotsional rad etishga o'xshaydi, lekin undan ochiqroq va og'irroqdir. Qattiqqo'llik to'g'ridan-to'g'ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to'la befarqlik, uning bor-yo'qligini go'yoki sezmaslik kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo'lsa-da, tezroq katta bo'lish, o'zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o'ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo'rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar x,am bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o'rganib boradi.

NATIJA

Z.Freyd nazariyasiga ko'ra , ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo'lib borib, o'zida alamni qaysidir bir ob'ektdan (o'zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo'lib o'sadi. Jismoniy jihatdan bolaga zug'um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz muhabbat qurboni bo'lgan, lekin farzand ko'rgan ayollarning aksariyati achchig'ini bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu tobora hayotiy ko'nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar ta'sirida ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yo'qlar, ish qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning qurbonlari, kambag'allar) o'z ijtimoiy muammolarini hal qilaolmay, tug'ilgan bolasidan o'ch ola boshlaydi.

Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa, ularning bolasini kaltaklashi, undan o'ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo'lishini olimlar o'rganishgan. Shunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do'pposlaydigan ota-ona ayrim holatlarga unga qattiqqo'lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni nima uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, ko'mak berishga chaqiradi. Masalan, topganini o'zi ko'chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, achchig'ini yana boladan oladi-da, puli asli kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. Gipoprotektsiya - shunday

holatki, unda ota-onaning bola bilan shug'ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qo'yadi. Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham qilmaydi, uning taqdiriga befarq bo'ladi, g'amho'rlik ko'rsatmaydi, bolasining kelajagiga qayg'urmaydi. Gipoprotektsiyaning yashirin shaklida ota-ona bola ustidan nomiga nimalardir qilganday bo'ladi. Lekin aslida ularni faqat o'zlarining kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o'zining kerak emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi.

Tashlab qo'yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar - odatda yoshligidan na moddiy, na ma'naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni to'ymaganidan jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e'tiborning yo'qligidan turli jinoyat yo'llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e'tibor va mehrning yo'qligidan jamiyatda, odamlar orasida o'z o'rnini topishga qiynaladigan, odamovi, savodsiz bo'lib o'sadi. Bularning barchasi ularning kelajakda jinoyat yo'llariga kirib qolishiga yoki zararli odatlarga o'rganishi (giyohvand moddalar iste'mol qilish)ga sabab bo'ladi.

XULOSA

Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli - ziddiyatli tarbiya. Bunda oila a'zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo'llaydi, masalan, otasi o'ta qattiqqo'l, ona o'ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas'uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug'ullalanadi, buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini - "hali yosh, katta bo'lganda o'zi yaxshi bo'lib ketadi", qabilida ma'qullayveradi. Bunday beqaror tarbiya uslublarini E.Eydemiller, V.Yustitskiy, N.Leongardlar o'rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro'li shaxslarning tazyiqini noto'g'ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni bilmaydi. Ko'pincha bu - bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yo'qotib qo'yish yoki uning ko'ngli qolishidan qo'rqib ham noto'g'ri tarbiya yo'llarini tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya o'ta murakkab jarayon bo'lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor bo'lishlari kerak.

REFERENCES

1. N.Xyjaev va boshqalar. " Pedagogika asoslari " Toshkent, "TDIU" 2003yil.

2. Z.Mavlonova va boshqalar. " Pedagogika " Toshkent 2003 yil.

3. V.F. Matveyev. Meditsina psixologiyasi, etikasi va deontologiyasi asoslari. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 1991.

4. A.I. Shcherbakov. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. T., "O'qituvchi", 1991.

5. H. Uzoqov, E. G'oziyev, A. Tojiyev. Oila etikasi va psixologiyasi. T., "O'qituvchi", 1992.

6. Sh. A. Murtalibov. Psixiatriyadan ma'lumotnoma. T., 1993. 16. E. G'oziyev. Psixologiya. T., "O'qituvchi", 1994.

7. Sh. Sh. Shomansurov. Asab va ruhiy kasalliklar. T., 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.