AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK 632.935.9:937.3
O' SIMLIKLARNI ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISH UCHUN TRIXOGRAMMA TARQATISH QURILMASI
Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich NamMQI, PhD, dotsent, E-mail: [email protected]
Rajabov Alisher Xoshimjonovich O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi, PhD, dotsent, E-mail: [email protected]
Аннотация. В статье представлены результаты разработки установки для биологической защиты растений от вредителей, используемые при расселениях трихограммы. Задачей исследования является повышение точности подачи трихограммы в требуемом количестве на обрабатываемую площадь сельскохозяйственных культур без потерь. Это достигается тем, что формирующий поток трихограммы, под диском расположен охладитель, обеспечивающий биоматериал требуемым температурным режимом.
Abstract. The article highlights biological protection of plants from pests that are used in resettlement of Trichogramma. The task of the research is to increase accuracy of applying trichogram in the required amount to the cultivated area of agricultural crops without loss. This is achieved by the fact that a cooler is located under the disk, which forms the flow of the trichogram, providing the biomaterial with the required temperature regime.
Ключевые слова: технические средства, механизированная технология, защита растений, биологический метод, энтомофаги, вредители, хлопковая совка, трихограмма, расселение.
Key words: technical means, mechanized technology, plant protection, biological method, entomophages, pests, cotton bollworm, trichogram, resettlement.
Kirish
O'zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti ekinzorlarda ko'plab zararkunandalarning rivojlanishi va tarqalishiga qulay sharoit yaratadi. Hozirda qishloq xo'jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishda ko'p yillar davomida kimyoviy usuldan foydalanilmoqda. Kimyoviy usulni samaradorligi yuqori, chunki dori o'z vaqtida, to'g'ri ishlatilsa, qisqa muddatda yaxshi natijalarga erishiladi. Lekin, buning o'ziga xos kamchilik va salbiy tomonlari ham bor. Ular zararkunandalarga ta'sir qilishi bilan bir qatorda foydali xasharotlarga ham to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Natijada, tabiiy kushandalar miqdori keskin kamayadi. Bu esa, kelgusida zararkunandalarni ko'payishiga qulay sharoit yaratadi [1-3].
Kimyoviy usul inson va issiqqonli hayvonlar uchun zararli bo'lib, atrof-muxitni zaharlanishiga va ortiqcha ifloslanishiga olib keladi. Yana boshqa bir tomoni, bir xil preparat surunkasiga ishlatilishi natijasida zararkunandada ularga nisbatan chidamlilik paydo bo'ladi, bu esa zararkunandalarga qarshi yil sayin ishlov berish xajmi va takroriyligini, pestitsidlar sarflash me'yorini oshirishga sabab bo'ladi [4,5].
Yetishtiriladigan qishloq xo'jalik mahsulotlarida pestitsid qoldiqlari nafaqat issiqqonli hayvonlar uchun, balki tuproq florasiga va shuningdek, ba'zan, himoya qilinayotgan ekinlarga ham salbiy ta'sir qilishi qayd qilingan. Shu bois ko'pgina olimlar o'simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning ustvor yo'nalishi sifatida zararli organizmlarga qarshi barqaror navlar yaratish sohasida chuqur izlanishlarni amalga oshirish zarurligini qayd etganlar [4,6 -9].
Biologik usul bilan qishloq xo'jalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
qilishda trixogramma umumiy entomofaglar orasida o'ziga xos o'rin egallaydi [4,9]. Buning uchun trixogrammani fizik-mexanik va aerodinamik xossalarini o'rganish va ilgari olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlilining natijalari trixogrammani tarqatishda aerodinamika xossalariga asoslanib ishlaydigan ejektordan foydalanish mumkinligini ko'rsatdi.
Entomofaglardan biri bo'lgan trixogrammani dalalarga tarqatish uchun ko'plab qurilmalar (dunyo bo'yicha) ishlab chiqarilgan. Ular asosan muayyan to'ldirgichlar (yog'och qirindisi, qipig'i, qat-qat qilib buklangan qog'ozlar, dumaloq kapsulalar, bug'doy yormasi (manniy krupa), qum, havo, suv va boshqalardan) foydalanib trixogrammani g'umbak bosqichida mexanizmlar yordamida tarqatishlarga mo'ljallangan. Ishlab chiqarilgan barcha texnik ishlanma moslamalar biomaterialni dalalarga aniq tarqatishga imkon bermadi. Shu sababli ishlab chiqarishda foydalanilayotgani yo'q.
Materiallar va metodlar
Entomolog olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy-izlanishlar natijasida, g'o'za maydonlariga trixogrammani kam mehnat va mablag' sarflab, qisqa muddatlarda mexanizatsiya usulida sifatli tarqatish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan texnik vositasining bir nechta variantlari ishlab chiqildi [9-14].
Trixogrammani mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish tirik biomaterialni belgilangan me'yorda dozalash, ularni ishlov berish qamrov kengligida bir tekis taqsimlanishini ta'minlashning qiyinligi ushbu masalalarni hal etishni talab etadi. Bu jarayonlarda havo oqimi ta'sirida qurilmaning qismlari biomaterialga zarar yetkazmasligi lozim.
Konstruktiv yechimi bo'yicha trixogrammani dozalash, uzlukli va uzluksiz tarqatish mumkin. Bunda entomofagni uzlukli tarqatishda ejeksiya hosil qilish yo'li bilan yoppasiga zararkunandalardan himoya qilishda foydalanish trixogramma g'umbagini to'g'ridan-to'g'ri qo' llash imkonini beradi.
Ishlab chiqilgan qurilmaning konstruksiyasi entomofag (trixogramma)ni harakatlanmaydigan rivojlanish bosqichida tarqatish uchun mo'ljallangan. Trixogrammaning biologik xususiyatiga ko'ra, uni ishlov beriladigan maydonga to'ldirgichlarsiz g'umbak holatida yoppasiga tarqatish eng istiqbolli hisoblanadi [15,16].
Ejektorli qurilmadan tashqari mexanizatsiyalashgan vositaning yangi turi ishlab chiqildi. Bu trixogrammani kamroq zarar yetkazgan holda dalaga tarqatish imkonini beradi.
Biomateriallarni mexanizatsiya usulida tarqatish va dozalash moslamasiga asosan entamofaglarni masalan, trixogramma tuxumlarini, yoki yarim tuxumdan chiqqan va imago holatida dalalarga bir me'yorda tarqatish qurilmasini tayyorlash uchun yangi moslama konstruksiyasi ishlab chiqildi va tayyorlandi (1-rasm):
Biomateriallarni (trixogrammani) bir me'yorda dalalarga tarqatish moslamasining ishlash prinsipi:
Moslamaning umumiy ko'rinishiga ko'ra, uning korpusi va unga o'rnatilgan maxsus diskdan va har xil aylanish tezlikda aylantiruvchi uzatmalar qutisi (reduktordan) hamda maxsus sovutgich, korpus qopqog'i hamda korpus izalyatoridan iborat bo'lib, diskning maxsus yo'lakchasiga trixogramma joylanadi, ustki qismi plyonkali maxsus qopqoq bilan berkitiladi va so'ruvchi patrubka yo'lakchaga o'rnatilib maxsus plyonkali qopqoq ochgichga mahkamlanadi. Bunda reduktor har xil aylanish tezliklariga rostlanadi. Havo sovutish moslamasi korpus ichini 1-3 oS temperaturada ushlab turadi. Diskli moslama tayyorlashdan maqsad disk (bunker) yo'lakchasiga 10 gr dan 100 gr gacha trixogramma zapravka qilish, 1 ishchi soatdan 8 ishchi soatgacha, ya'ni 1 smena ish vaqtida trixogramma (biomateriallar)ni bir xil sharoitda saqlashga va dalaga bir me'yorda tarqatishga mo'ljallangan. Traktorning ishchi tezligiga agregatning ishchi qamrov kengligi va uzatmalar qutisi (reduktor) ning ishlash tezligi moslashtirilgan bo'ladi. Trixogrammalarni gektariga 1 gr dan 5 gr gacha bir me'yorda (sploshnoy) sepilishini taminlaydi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIK MASHINALARI Moslama traktorning maxsus mo'ljallangan yeriga o'rnatiladi (2-3-rasmlar).
1-korpus izolyatori; 2-moslama korpusi; 3-reduktor; 4-biomateriallar diskasi; 5-korpus qopqog'i; 6-maxsus ochilib yopiluvchi qopqoq; 7-biomateriallarni dozalab so'rib oluvchi patrubka; 8-
korpusni ichki qismini sovituvchi (pribor) moslama 1-rasm. Biomateriallarni bir me'yorda tarqatuvchi moslamaning umumiy ko'rinishi
1-disk; 2-biomaterial; 3-plastik qopqoq; 4-tutgich, 5-biomateriallarni so'rib oluvchi patrubka; 6-diskni mahkamlovchi; 7-reduktor 2-rasm. Biomaterialni diskda joylangan holdagi ko'rinishi
1 - maxsus disk; 2 - trixogrammani joylash uchun yo'lakcha; 3 - maxsus disk; 4 - diskni mahkamlash uchun teshikcha; 5 - biomaterialni joylash uchun yo'lakcha. 3-rasm. Biomaterialni joylash bunkeri va almashinuvchi bunkeri
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Moslama traktorga o'rnatilgandan so'ng, korpus qopqog'i ochiladi hamda diskning ustidagi maxsus plyoka qopqog'i ochiladi va disk yo'lakchasiga so'rib oluvchi (otsasivayushiy) moslama orasidan (biomateriallar) trixogramma solinadi va maxsus plyonka qopqoq berkitiladi. Ventilyator (4-rasm) traktorning dalada ishlash vaqtida ishga tushiriladi. Qurilmaning havo so'rish moslamasi ishga tushiriladi, ya'ni reduktor aylanishlari soniga mutanosib ravishda disk (2-rasm) aylana boshlaydi. Masalan, diskning ma'lum bir nuqtasi 1-3 sm masofaga aylanganda so'rib oluvchi (otsasivayushiy) shlang 1-3 sm masofani o'tadi va shu masofadagi trixogrammani so'rib oladi. Shu yo'sinda trixogrammani dalaga bir me'yorda tarqatiladi. Yo'lakchaga solingan trixogramma so'rib bo'lingach, ya'ni disk aylangan vaqtda havo so'ruvchi moslama uning markaziga borib qoladi va diskning markazidagi maxsus chuqurchaga (3-rasm) tushib havoni so'rgan holda ishlab turaveradi.
Maxsus diskning yo'lakchasida 1 gr dan 100 gr gacha trixogramma tuxumini yoki 40-50 % tuxum imagosini yoki 100 % imoga holatida dalalarga tarqatish imkoniyati bo'ladi. Bu usul bilan ushbu taklif etilayotgan qurilmada biomateriallarning hamma turlarini dalaga tarqatilishi mumkin.
1 - ventilyator; 2 - shlangli o'tkazgich; 3 - injektor; 4 - injektorni ma'lum masofaga joylashtirgich; 5 - qurilmaning biomaterial-havo aralashmasini tashqariga chiqarish qismi 4-rasm. Biomaterial (trixogramma)ni dalalarga tarqatish sxemasi
Guvohnoma №1428 da trixogramma solinuvchi yo'lakcha to'g'ri yo'lakcha bo'lib, unga trixogramma solish va sovutish moslamalarini o'rnatish qiyin bo'lganligi sababli yangi diskli qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqildi (5-rasm).
5-rasm. 1-korpus; 2-yo'lakcha; 3-plyonkali maxsus qopqoq; 4-havo so'rib oluvchi shlang;
5-maxsus reduktor.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Reduktor 5 korpus moslamasini harakatga keltiradi, min/sm masofaga so'ruvchi shlanga o'tkazuvchi sm/metr masofadagi trixogrammani ventilyator orqali so'rib oladi.
Xulosa
Shunday qilib, qurilma entomofagni (Trichogramma) uzluksiz zararsizlantirmasdan yetkazib berishni va uni o'simlik rivojlanishining turli bosqichlarida trixogrammaning zarur meyyorda tarqatish imkonini beradi. Natijada, trixogrammaning normal saqlanishiga erishiladi va uni zararkunandalar soniga va ekinning turiga qarab dalaga yetkazib berishning aniqligi ortadi.
Trixogramma yangi ishlab chiqilgan texnik vosita bilan tarqatilganda qurilmaning ish ko'rsatkichlari agrotexnika talablarga to'liq javob berib ish unumini 20 ga/soatgacha oshiradi va u qo'llanilganda qisqa muddatda katta maydonga ishlov berish imkoniga egaligi hisobiga paxta hosilini 2,5 ts/ga ga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari qurilmaning konstruksiyasi trixogrammani 1-5 g/ga oralig'ida rostlash imkonini beradi. Uni paxta yetishtiriladigan maydonlarda g'o'za zararkunandalariga biologik usulda qarshi kurashda keng qo'llash mumkin.
ADABIYOTLAR
1. Михальцов В. П. Способ расселения трихограммы для защиты растений от вредителей/ RU2063134C1. - 1996.
2. Миренков, Ю. А., П. А. Саскевич, and С. В. Сорока. Химические средства защиты растений. (2011): 394-394.
3. Ражабов А., Тошболтаев М., Тухтабаев М. Гуза майдонларига трихограмма таркатиш курилмаси //АгроИлм. Тошкент. - 2017. - №. 3. - С. 93-94.
4. Краховецкий Н. Н. Технология и технические средства для биологической защиты растений. - 2005.
5. Матийчик М. П. Обоснование параметров устройств и технологий механизированного расселения трихограммы. - 1994.
6. Ражабов А. Х., Тухтабаев М. А. Сопротивление в цилиндрической трубе эжектора расселителя трихограммы //Инновацион технологиялар. - 2020. - №. Спецвыпуск. - С. 50-54.
7. Хамидов Х. и др. Устройство для дозированного расселения трихограммы //Патент на изобретение Узб № IAP05592. - 2018.
8. Ражабов А. Х., Тухтабоев М. А., Джиянов М. Р. Гуза майдонларига трихограмма таркатишнинг технологик асослари //Глобальная наука и инновация. - 2021. - С. 17-19.
9. Ражабов А.Х., Тухтабаев М.А. Биологический метод защиты хлопчатника //Монография. - Ташкент: Sabrina art media, 2021. - 117 стр.
10. Худаяров Б. М. и др. Скорость потока воздуха в цилиндрической трубе эжектора расселителя трихограммы //Техническое обеспечение сельского хозяйства. -2019. - №. 1. - С. 125-132.
11. Tukhtabaev M. Расселения трихограммы механизированным способом //Механика и технология. - 2023. - Т. 3. - №. 12. - С. 160-165.
12. Эргашев К. и др. Устройство для дозированного расселения трихограммы механизированным способом //Патент на изобретение Узб № IAP 06744. - 2022.
13. Тухтабоев М Ражабов А.Х. Трихограмма таркатадиган курилманинг назарий х,исоби / Олий таълим тизимида таълим сифати ва илмий-тадкикот ишларини ривожлантириш истикболлари: муаммо ва ечимлар: Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами. - Наманган: НамМ^И, - №2(2), 2020. - С. 198-200.
14. Тухтабоев М. Ражабов А.Х. Комбинированный агрегат для защиты растений
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
//Патент на изобретение Узб № IAP 06745. - 2022.
15. Тухтабоев М. Ражабов А.Х.Трихограммани механизациялашган усулда таркатиш техникаси яратилди // AGRO HIDRO NEWS. - Тошкент, 2020. - №4, - С. 20-21.
16. Сулаймонов Б.А. и др. Способ расселения трихограммы для биологической защиты растений от вредителей // Патент на изобретение Узб № IAP05797. - 2019.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024