EURASIAN lOURNAL OF
SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
CENTRAL ASIAN CALLIGRAPHY ART (9TH-16TH
CENTURIES Buronov Ismoiljon A'zamjon ugli
2nd year student at the faculty of "History" of Andizhan State University Muminov Khusanboy Madaminjonovich
Scientific adviser: Associate Professor at the department of History of Uzbekistan of Andizhan State University https://doi.org/10.5281/zenodo.11058390
ABSTRACT
Received: 16th April 2024 Accepted: 23th April 2024 Online: 24th April 2024
KEYWORDS Writing, calligraphy,
calligraphy, Kufic, Naskh, tumor, g'ubor, shajariy, tugro.
This article analyzes the development of the art of calligraphy to Middle Asia in the Middle Ages, the improvement and reform of the types of writing based on the Arabic alphabet.
ORTA OSIYO XATTOTLIK SAN'ATI (IX - XVI ASRLAR) Bo'ronov Ismoiljon A'zamjon o'g'li
Andijon Davlat universiteti "Tarix" fakulteti 2-kurs talabasi Mo'minov Xusanboy Madaminjonovich
Ilmiy rahbar: Andijon Davlat universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11058390
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 16th April 2024 Accepted: 23th April 2024 Online: 24th April 2024
KEYWORDS Yozuv, xatot, xatotlik san'ati, kufiy, nasx, tumor, g'ubor, shajariy, tug'ro.
Ushbu maqolada o'rta asrlarda O'rta Osiyoga xattotlik san'atining rivojlanishi, arab alifbosiga asoslanganyozuv turlarining takomillashuvi va isloh qilinishi masalalari tahlil etilgan.
Arablar istilosidan so'ng IX - XII asrlarda O'rta Osiyoda, ayniqsa, Xorazmda madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos darajada bark urib gulladi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu davrning yutuqlari o'tmishdan qolgan ilm-fan, madaniyat va san'at sohasidagi boy bilim va tajribalarning arab madaniyati bilan uyg'unlashuvi natijasida yuzaga kelgan yangi bosqich sifatida baholash lozim. Shu bilan birga arab istilosiga qadar O'rta Osiyoda xorazmiylar, so'g'diylar kabi turkiy xalqlarning uzoq asrlik boy madaniyati mavjud bo'lgan. Masalan, 1965-yili Samarqandda ochilgan Afrosiyob arxeologik yodgorliklari arablarga qadar O'rta Osiyo xalqlarining taraqqiyotidan dalolat beradi[4].
O'rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo'lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko'paytirish bilan turli kasb egalari qatorida xattotlar ham faol ishtirok etgan. Xattot (arabcha, - ^-ki) atamasi xattot - «xat ustasi», «chiroyli xat bituvchi» degan ma'noni anglatadi. Xattotlik san'ati Sharq mamlakatlarida o'ziga xos alohida yo'nalish kasb etgan, maxsus ixtisos darajasiga ko'tarilgan qadimiy va bebaho san'atdir. O'rta Osiyoda arab alifbosi
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
asosidagi yozuvning kirib kelishiga qadar bu hududida turli yozuv bo'lgan. Masalan, sug'diy, urxun - yenisey (qadimgi turkiy xoqon yozuvlar) va boshqalar.
Dastlab qadimgi arab yozuvlardan bo'lgan «kufly» yozuvi joriy etiladi. «Kufiy yozuvi» qadimgi arab yozuvlaridan. Harflar to'g'ri va doyra chiziqlar asosida yoziladi. VII asrda Ya'rab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, VII - X asrlarda keng qo'llanilgan. Kufiy yozuvida 22 ta harf bo'lib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan[1]. Jumladan, O'zbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qur'oni ham ana shu kufiy (qadimgi hijoz adabiy yozuvi)da ko'chirilgan. Bu yozuvdan ko'pgina me'moriy va boshqa yodgorlik obidalarini bezashda ham ishlatilgan. Kufiy yozuvi ancha murakkab bo'lgani uchun zamon talabiga javob bera olmas edi. Bu yozuv turining isloh etilishi natijasida uning zaminidan "Olti xat uslublari" ixtiro qilindi. Bular quyidagilar: suls, nasx, muhaqqaq, rayxoniy, tavqe va riqo xatlari vujudga keldi. Keyinchlik maskur xatlarning takomillashuvu natijasida yangi xat turlari vujudga keldi.
Shuni takidlash lozimki "Olti xat uslublari" xatning har biri o'ziga xos jihatlariga ega bo'lib, ular alohida o'rinlarda ishlatilgan:
Asosiy xatlarning asli birinchi paydo bo'lgan va hech qanday boshqa xatlar shakllaridan o'zlashtirilmagan xatlardir. Bunda o'sha xatning yozilish qoidalari, harflarining yagona (bir ko'rinishli) yozilish uslublari va shakllari hamda qo'shib yozilganidagi shakl va ko'rinishlari o'ziga xos boshqa xatlardan o'zlashtirilmagan bo'ladi.
Kufiy xati zaminida suls, nasx, ta'liq, diyvoniy va riq'a xatlari vujudga keldi. Mazkur xatlarning har biri alohida o'rinlarda qo'llanilgan:
• muhaqqaq — qasida va she'rlar yozishda;
• suls — ilmiy asarlar va xat yo'l-yo'riqlarida;
• rayhoniy va nasx — qissa va xabarlarda;
• tavqi' — buyruq va farmonlarda;
• riqo' — maktublarda ishlatiladi.
Bu xat uslublardan muhaqqaq xatiga to'htalib o'tadigan bo'lsak. Muhaqqoq yozuviga oid eng dastlabki ma'lumot Ibn an-Nadimning " Kitob al-Fihrist" asarida uchraydi Arabcha muhaqqaq ( miqäq ) so'zi "to'liq" yoki " aniq" degan ma'noni anglatib dastlab har qanday bajarilgan xattotlikni ifodalash uchun ishlatilgan. Ko'pincha masahifni (yakka mushaf , ya'ni Qur'on matnlarining bo'sh varaqlari) nusxalash uchun foydalanilgan , bu murakkab yozuv turi eng go'zal, shuningdek, ijro etilishi eng qiyinlaridan biri hisoblangan. Skript o'zining eng katta qo'llanishini Mamluklar davrida (1250-1516/1517) ko'rgan. Usmonli imperiyasida u asta-sekin Tulus va Nasx tomonidan almashtirildi ; 18-asrdan boshlab, undan foydalanish asosan Hilyosdagi Basmala bilan cheklangan. [3 ]
Xatlar " onasi " deb nom olgan Suls xatiga e'tibor qaratsak Suls xati boshqa arab xatlaridan o'zining qiyinligi, harflarining tuzilish jihati va shakllarining go'zalligi hamda o'ta chiroyi bilan ajralib turadi. Bu xat qoidalari boshqa xatlar qoidalaridan biroz jiddiy va mukammal hisoblanadi. Xat III hijriy asr oxirida paydo bo'lgan. "Ibrohim Shajariy o'zining o'tkir qalami bilan tumor varaqi parchasiga yozishlik uchun ikki yangi xatni ixtiro qildi, birini "Suls", birini esa "Sulusiyn" xati deb nomladi". Suls xati qoidalariga eng birinchi mukammal e'tibor qaratgan shaxs Ibn Muqilla hisoblanadi. Ibn Muqilladan so'ng Ibn Bavvob kunyasi bilan mashhur Ali ibn Hilol suls xati qoidalariga kerakli bo'lgan qoidalarni qo'shdi. Ulardan keyingi
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
suis xati bilan mashhur bo'lgan Yoqut Mu'tasimiydir. Bu xattotlardan so'ng suls xatini davom ettirgan va shu xat bilan shuhrat topgan xattotlar faqatgina yuqorida kelgan xattotlar shogirdlari bo'lib qoldi.
Suls xati - harflarni bir-birining oralariga joylab, har xil chiroyli shakllar yasash imkoniyati bo'lgani bilan ajralib turadi. Bu xatda bezak belgilar ham katta ahamiyat kasb etadi. Suls - bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi, demakdir. Suls xati deyilishiga sabab shuki, bunda qalamning uchinchi hissasi ishlatiladi yoki suls xati ta'limida qalamning uchdan bir hissasi ko'proq ishga solinadi. Mazkur yozuv uslubida "alif", "dol", "lom" harflari gajakli bo'ladi. Boshlanishda tikka chiziqlarning uch qismi changaksimon boshlanib, oxiri nafis burama bilan tugaydi.
Suls xati egiluvchan, yumshoq qayishqoq xat hisoblanib, xattot bu orqali harflarga shakl berish va chiroy bilan yozishda keng imkon beradi. Suls xati "sulsu odiy" va "sulsu jaliy" qismlarga bo'linadi. Sulsu odiy. Sulsu odiy xati miqdor jihatidan 4 millimetr o'lchamida va satrlarda oddiy bir xil o'lchamda yoziladi. Qur'on karim suralarining boshlarida, kitoblarning kirish qismida va Qur'oniy va boshqa fanlar lavhalarida ham asosiy foydalaniladi. Sulsu jaliy. Sulsu jaliy xati miqdor jihatidan 8 millimetr o'lchamida va asosan tuxumsimon va doira, satrlarda esa, o'ta murakkab shakllarda yoziladi. Bu xat turi harflar va ko'rinish murakkabligi bilan boshqa xatlardan ajralib turadi. Qur'oniy lavhalar va murakkab shakllarni yozishlikda foydalaniladi.[ 4]
Qur'on ko'chirishda «nasx», buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari «tumor», «g'ubor», «shajariy», «tug'ro» va boshqa yozuv usullari ham bo'lgan. XV asrdan kitob ko'chirish (fors, eski o'zbek tillari)da «nasta'liq» xati rayam bo'lgan. Xatotlik Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang'itlar davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, Sangtarosh va xattot Oltun juda mashhur bo'lgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik xatotlar Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqa xattotlar samarali ijod qilgan[2]. «Xattotlar Sultoni» Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nasta'liq xatini san'at darajasiga ko'targan. Temuriy shahzodalar «Ibrohim bin Shohruh, Boysung'ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar» ham xatotlikka homiylik qilish bilan birga o'zlari bu san'at turi bilan shug'ullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo «Xattu Boburiy» ixtirochisidir. Xatotlik san'atiga bag'ishlangan ko'plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nasta'lik, suls, tavqe, ta'liq, devoniy, riko, rik'iy) mavjudligi haqida darak beradi[4].
XIII - XIV asrlarda mog'ullar O'rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi bo'lgan minglab qolyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mog'ul bosqinchilari qancha barbod bermasinlar, ijodkor xalq o'z madaniy merosini ardoqlaydi, eng og'ir va mashaqatli hollarda ham madaniy hayotga tomon boraveradi. XIV - XV asrlarda Temuriylar davrida O'rta Osiyo feodalizm jamiyatida qisqa muddatli bo'lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat iqtsodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ruy berdi. Ayniqsa, XV asr Hirotda, Samarqandda O'rta Osiyo xalqlari madaniyati o'zining eng porloq; davrini boshidan kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Abdurazdmon Jomiy, Xondamir, Bekzod, Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davrning buyuk egalaridan bo'lganlar. Turkistonda g'oyat taraqqiy topdi va nasx xati zaminida bir qator yangi
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
xatlar yaratildi. Bu xatlarning eng mashhurlari «Xatti sunbuliy», «Xatti suis», «Xatti Rayxoniy», «Xatti Devoniy», «Xatti Ta'liq», «Xatti Nasta'liq» va «Xatti Shikasta»lardir. Bular ichida «Xatti suis» va «Xatti Nasta'liq» O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda keng qo'llana boshladi. Buning oqibatida xatti sulsda sarlavxalar, keyinroq esa, asar nomlari yozilgan bo'lsa, Xatti nasta'liqda o'sha asarlarning o'zlari bitildi. Ayniqsa milliy adabiyotimizning ko'rki bo'lgan g'azal — xatti nasta'liqda ajoyib ziynatga musharraf bo'ldi. U holda — nasta'liq so'zini taxminan harflari bir-biriga osib qo'yilgan yangi xat deb talqin qilish mumkin. Keyinchalik bu ikki so'z o'zaro birikib «x» harfi tushib qolgan va «nastaliq» deb aytila boshlangan. Nastaliq xatiga nasx va ta'liq xatlari zaminida Mir Ali Tabriziy (1330-1404) asos solgan. Ulug' bobokalonimiz Amir Temurga zamondosh bo'lgan bu tabarruk siymo madhida manbalarda shunday satrlar bitilgan: «Markaziy Osiyoda xattotlik san'ati Temur va temuriylar davrida keng taraqqiy etdi. Husnixat san'ati dastlab Movarounnahr poytaxti Hirotda rivojlanib, u yerda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topdi. Maktabning o'ziga xos tomoni XIV asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta'liq xat uslubi bu yerda Sulton Ali tomonidan takomillashtirildi. Bu xat yirik va mayda nasta'liq kitobat ishlarida keng qo'llanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nasta'liq uslubida ko'chirila boshladi. Kufiy, riqo, suls va nasx xatlari esa ko'proq me'morchilik, naqqoshlik san'ati va Sharq qadimgi yozuvlarini o'rganishda ishlatildi». XVI asrda temuriylar saltanati inqirozga yuz tutgandan keyin, siyosiy hukmronlik Shayboniylar qo'liga o'tishi bilan madaniy hayot ma'lum darajada Buxoroda taraqqiy etdi. Bir qism hirotlik xattot, rassom va madaniyat arboblari Buxoroda to'plandi. U yerda Buxoroga xos bo'lgan yangicha kitobat va husnixat maktabi vujudga keldi. XVI - XVII asrlarda yashab ijod etgan Buxoro xattotlari husnixatda o'zlariga xos Buxoro xattotlik maktabini yaratdilar. Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniyat o'chog'laridan bo'lmish Xorazmda xattotlik san'ati XVIII asr boshlaridangina mustaqil maktab sifatida shakllandi. Ayniqsa, XIX asrda Muhammad Rahim I (1806 - 1825) va Muhammad Rahim II (1844 -1910) zamonida Xorazmda xattotlik san'ati keng taraqqiy etib, kitobat ishlari ham rivojlandi.Xulosa qilib shuni aytish darkolki, xattotlik san'ati xalqimizning ilm-fan va madaniy hayotida muhim o'rin tutgan. Xalqni ilm-ma'rifatdan bahramand qilishda va ma'naviy-ma'rifiy yodgorliklarning bizgacha yetib kelishiga ulkan hissa qo'shishga sababchi bo'lgan Markaziy Osiyo xattotlarining beqiyos xizmatlari har qancha hurmat va tahsinga sazovordir.
References:
1. YpTa ocue xaTTOTAHK caH^ara TapuxugaH / A. MypogoB. - Toshkent.: 2004. -B.3-5.
2. XATTOTLIK SAN'ATI VA MARKAZIY OSIYO XATTOTLAR./ Umarov Z -Toshkent : 2005 B 7-8
3. https://uz.wikipedia.org
4. https://hidoya.uz > news
5. Xattotlik san'ati tarixi./ X.Karimov . https://fayllar.org > xattotlik san'ati tarixi
6. YpTa Ocue xaTTOTfluru Ky^HH e3yBH Tapuxu./ 15 iyun 2023
7. Nojiy Zayniddin Musarrif. Ajaibu al-xotti al-arobiy. - Bag'dod, 1968. -B.11-14