Научная статья на тему 'ZAHMATKASH XATTOT HAYOTI'

ZAHMATKASH XATTOT HAYOTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
193
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xattotlik / nasx / nasta’liq / suls / mufradot / murakkabot / katalog / qo‘lyozma / fexrist.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shirinova Nargiza Nuriddin Qizi

Ushbu maqolada mohir xattot Abduqodir Murodov hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAHMATKASH XATTOT HAYOTI»

1>

■oR*

*

•.¿TALQ1N VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubiy juniali

№4 2022

ZAHMATKASH XATTOT HAYOTI

J >j:> 1

>1>

*<0> >j*

s

<: > : 1>

^ >>

! >i>

] >j>

m

j

OH*

s

! >> >>q >

Shirinova Nargiza Nuriddin qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va dabiyoti universiteti

2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7249105

Annotatsiya: Ushbu maqolada mohir xattot Abduqodir Murodov hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma'lumotlar keltirildi.

Kalit so'zlar: Xattotlik, nasx, nasta'liq, suls, mufradot, murakkabot, katalog, qo'lyozma, fexrist.

O'zbek xalqining ajoyib farzandi, buyuk inson, benihoya kamtarin, mashhur zarrinqalam xattot, zamonamizning Mir Ali kotibi va Sulton Ali Mashhadiysi, arab, fors va turkiy tillarning va qadimiy qo'lyozma asarlarning katta bilimdoni, shoirta'b, zukko olim, sharq she'riyatini va musiqasini yaxshi biluvchi, o'nlab xat turlarini o'qiy oladigan va yoza oladigan, yuksak hilm bilan o'z ilmini ziynatlay olgan Toshkent xattotlik maktabining eng so'nggi namoyondalaridan, iste'dodli xattot, sharqshunos olim va tarjimon Abduqodir Murodov (Murodiy) 1893 yili Toshkentning sobiq, 2-Arpapoya mahallasida nonvoy oilasida tug'ilgan. Ibtidoiy maktabni tugatib, amakisi toshkentlik mashhur xattot Shomurod kotibdan fors tili va adabiyotini o'rgangan hamda husnixatdan ta'lim olgan. 1907—1917 yillari Toshkentdagi Abulqosimxon madrasasida Qur'on va hadis ilmini, arab va fors tillarini o'rgandi. Keyin suriyalik olim va adib Muhammad ibn Sa'id al-Asaliydan (bu kishini Shomiy domla deb atashgan) arab tili va adabiyotidan ta'lim oldi. Xattotlik kasbi bilan ham shug'ullangan.O'zbek, arab, fors tillarini mukammal bilgan. Oktyabr to'ntarishidan keyin o'qituvchilar tayyorlov kursini tugatib maktabda o'qituvchilik qilgan11.

1926-yildan boshlab O'zbekistan davlat nashriyotida kollegrafiya ishlari bilan shug'ullandi. 1930-1940-yillarda kutubxona mudiri, 1940-yildan 1942-yil aprel oyigacha Navoiy qo'mitasida ilmiy xodim bo'lib ishladi. 1942-yil 15-mayda Ulug' Vatan urushiga jo'nab ketdi. 1944-yilda armiyadan qaytib kelib, O'zRFA Sharqshunoslik institutida umrining oxirigacha ilmiy xodim bo'lib ishladi.Yoshi ulg'ayib qolganiga qaramasdan, xattotlik qalamini sabot bilan tebratib institutning

>

m>4 >

m >

i l>> >

-J , <M >

M >

; >5*

q >3*

>

3

i :

* *

11>

♦ ! > >

Jl

I j>s*K

■1 -

O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2003. 137-bet

IIP

S > >

115

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

»

Miiiif-iwuuif juman

1 liML 'm 's

ilmiy ishlarida ham faol qatnashadi. Bu olim eski qo'lyozma asarlarning nuqsonli

joylarini tuzatib, ularni olimlarning o'rganishlari uchun mukammal holga keltiradi, qo'lyozma asarlarning nomlari bo'yicha va avtorlari bo'yicha kartochkalar tuzadi.

b J J

Ularda asarlarning yozilgan yillari, ko'chiruvchi xattotlari, ko'chirilgan yillari

аи j

ko'rsatiladi. Bu kartochkalar fanning qaysi bir tarmog'iga oid bo'lmasin, qo'lyozma asarlarni o'rganmoqchi bo'lgan har bir ilmiy xodim uchun juda katta yordam beradi. A.Murodov 25 mingta shunday kartochkalar tuzgan .

! Ш-

Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo'lyozmalar ichida zamonlar o'tishi bilan ba'zi yerlari yirtilgan, boshidan yoki oxiridagi varaqlari yo'qolib ketgan yoki biror hodisa sababli nuqsonli bo'lib qolgan nodir qo'lyozmalar ham bor. Abduqodir Murodov shunday qo'lyozmalarni boshqa nusxalariga taqqoslab, tiklash, tuzatish ishlari bilan ham shug'ullandi. Institutda saqlanayotgan qo'lyozmalardan 11 ming jild (har bir jildda bir nechtadan kitoblar bor) qo'lyozmaga mualliflar katalogini tuzgan.U kishining chiroyli va tabarruk xatlari bilan tuzilgan inventar daftarlari hozirda

Ki n nr> m o n K n t ?n niinn+ V\ 11 K virrt-nn+ m1oni T-nr-fi+ii-f/in nAMirArymn nonrlomo A vil

birinchi manba va hujjat bo'lib xizmat qiladi. Institutda qo'lyozma asarlarga 4 xil

>

*

fexristlar tuzilgan. Bular quyidagilar: Asarlar nomlari; Muallifi;

Ж

H*'

Inventar raqami;

Mavzulari bo'yicha fexristlardir.

A.Murodov bu fexristlarning hamma turlarini tuzishda qatnashgan. Ayniqsa,

mualliflar nomi bo'yicha tuzilgan, juda diqqattalab fexrist faqat Abduqodir Murodov

domla tomonidan tuzilgan va juda san'atli xatlar bilan yozilgan. Bu fexristlarni tuzish . , . . . ......... , ,

ishi asar nomini va muallifini aniqlashda turli tillarda yozilgan lug'atlarga,

ri r\mi i о 1 nrrrn f n r/l^i ro 1 nrrrn tr>ni*Ainn+ m1in1ini InlnK mlnr cxr\ л Л Л Л л irrv rl г\т т /Л Aml о опп

qomuslarga, tazkiralarga murojaat qilishni talab qilar edi. A.Murodov domla ana shunday katta ilm va mehnat talab qilinadigan ishning uddasidan chiqolgan olim edilar13.

Bu qo'lyozma asarlarga tuzilgan inventar daftarlar va turli fexristlar Abduqodir Murodov domladan xalqimizga, umuman ilm ahliga abad-ul abad qoladigan yodgorlikdir. Xattotni Qivomiddin Munirov o'z maqolasida "Zamonamizning Mir Ali kotibi" va Sulton Ali Mashhadiysi hamda zarrinqalam xattoti"- deya ta'riflaydi. J-jt

Aii-nln Til r> v 11Л n+1 i + n 1л 1 f лпмлпп /чгч 'lx jT»rr-íY\r> n n n 1411 i t г» г711л + r» ' I 1 i- rv nnl n f С1лп1л-»*/чл-1л

#

Chunki ular institutda bir qancha qo'lyozma asrlarni yozib to'ldirganlar. Shulardan

ш

birini keltirib o'tish kifoyadir.

Ma'lumki, Hirotda Sulton Husayn Boyqaro saroyida zarrinqalam xattotlar Sulton Ali Mashhadiy va Abdujamil kotiblar bo'lganlar. Ular Sulton Husayn Boyqaro

i j>:*-

va hazrat Alisher Navoiy asarlarini kitobat qilganlar. Institut xazinasida Alisher

Navoiyning asarlarining kitobat qilingan nusxalari bor. Va bu xazinada Alisher "-

A.O'rinboyev. Mohir xattot. Fan va turmush jurnali.1960,2-son.7-8-betlar 13 Q.Munirov." Mohir xattot" maqola. Fan va turmush jurnali 8-son 154-bet

SP^J ^ ' J^Sp^

•"^•IâT8'- ne

■H* ^ #,?Î

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

1 liML 'm 's

Navoiy "Xamsa" asarining eng qadimiy nusxasi saqlanadi. Bu nusxa 1484-yili

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Alisher Navoiy huzurida Hirotda Abduljamil kotib tomonidan nihoyatda nozik nasta'liq xati bilan kitobat qilingan. Shu nusxaning ba'zi tushib qolgan varaqlari Abduqodir domla tomonidan yozib to'ldirilgan. Agar biz bu domlaning xatlarini Abduljamil kotibning san'atli xatiga solishtirib qarasak, undan hech qolishmaydi, o'sha darajada yozilganini ko'ramiz. Shuning uchun domlani zamonamizning zarrinqalam xattoti deyishimiz mumkin14.

A.Murodov xattotlikni o'rganuvchilar uchun bu san'atni o'rganish va o'rgatish

о о о

bir necha bosqichdan iborat ekanligini ta'kidlaydi. Xat mashqini mohir xattot tomonidan shogirdlari uchun 5 bosqichga bo'lib o'rgatilishini o'z asarida keltirib o'tganlar. Bular quyidagilar: 1 .Mufradot (birlik harflar);

2. Murakkabot (ikkita harfni qo'shib yozish);

3.Qitaot (dubaytiy, masnaviy, ruboiylarni yirik, ya'ni jaliy qalamda yozish);

4.Munshaot (xafiy qalamda xat yozish, insho yozish);

5.Kitobat (xafiy va jaliy qalamlarda kitob ko'chirish)dan iborat edi. Har bir bosqich ustoz tomonidan shogirdlarning iste'dodiga qarab qayta-qayta takrorlangan15.

Abduqodir Murodovning eng katta xizmati uning "O'rta Osiyo xattotlik san'ati

»

m?

tarixidan" nomli kitobidir. Ushbu kitob 300 ta sharq qo'lyozmalarini o'rganish natijasida O'rta Osiya xattotlik san'ati tarixining tashkil topishi va rivojlanishi masalalarini nazariy jihatdan o'rganib chiqib 300 dan ziyod xattot haqida biografik ma'lumotlarni bayon qilgan. Mashhur xattot shu kitob bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. "O'rta Osiyo xattotlik san'ati tarixidan" asari ikki bobdan

iborat:

Birinchi bob "O'rta Osiyoda xattotlik taraqqiyoti va uning madaniy hayotda tutgan o'rni";

Ikkinchi bob "O'rta Osiyo xattotlari" deb nomlangan.

Bu bobda 37 ta xirotlik, 131 ta buxorolik, 49 ta samarqandlik, 85 ta xorazmlik, 40 ta farg'onalik va 37 ta toshkentlik, jami 379 ta xattot haqida ma'lumot berilgan.

Kitobda O'zbekistan fanlari akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanayotgan O'rta Osiyo

J-jt

xattotlarining ko'chirgan kitoblaridagi muhim tarixlar va qo'lyozmalarning ashyoviy raqamlari ko'rsatkichi ilova qilingan, arab xatining hamma turlaridan namunalar ham berilgan.

A.Murodovning ko'p yillik mehnati samarasi bo'lmish ushbu xattotlar haqidagi o'zbek tilida yozilgan birinchi ilmiy asar manbashunoslikda yagona va qimmatli durdona bo'lib qoladi. Abdulqodir domla Sharqshunoslik institutida 25 yildan ziyod

! > > > i : n-

Q.Munirov. Mohir xattot.Sharqshunoslikjurnali 8-soni 154- bet 15 A.Murodov,O'rta OsiySo xattotlik san'ati tarixidan, "Fan" nashriyoti, 1971. -bet ,152-bet

J ^ ' J^-

■H* ^ #,?Î

к*

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jurnali

№4 2022

>

ishlagan. Ajoyib bilimdon, xushfe'l, pokdomon, o'ta kamtar, hech kimdan o'z yordamini ayamaydigan, sermaxsul, fan fidoyisi bo'lganlar. U kishi 1974-yilda vafot etgan.

Institutning ilmiy faoliyatida o'z san'ati va bilimi bilan faol qatnashgan keksa ilmiy xodim g'oyat katta hurmat va e'tiborga sazovor bo'lgan. Biz bu hurmatni xattot faoliyati bo'yicha izlanish olib borishimiz davomida ham guvohi bo'ldik. Xattotning vafot etganiga yarim asr bo'lganiga qaramasdan hamkasblari uni kechagi insonday eslab xotirlashdi. Ularni qilgan ishlarini to'lib-toshib so'zlab berishdi. Ular haqida ma'lumotlar topishda sidqidildan ko'maklashishdi. Bundan xattotning ular orasida haligacha barhayot ekanligini va unga nisbatan hurmat e'tibor yo'qolmaganini bilishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Murodov A. O'rta Osiyo xattotlik san'ati tarixidan. -Toshkent: Fan,1971.

2. Munirov Q. Sharqshunoslik. -Toshkent: Fan, 1964.

3. O'rinboyev A. Fan va turmush. - Toshkent. Fan, 1960

4. Irisov A. Toshkentda arabshunoslik. -Toshkent: Fan, 1964.

5. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2003

ЩУ

-^¡fV-TiT j---^SfV-^ï f.—

118

jW^ y

q ж**

ЩУ>

!> О

J

Ыщ

* I l>

&Ц >

q H>

Ij

Щ>

j>

и*-

q

Ш > Ш >

wi > Ш >

m >

i> * q

Ц >p § > >

q q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.