ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-940-945
"O'QUVCHI-O'QUVCHIGA USTOZ" TAMOYILI ASOSIDA TABIIY FANLAR DARSLARINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK MUAMMOLAR
X. B. Alimova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi II-bosqich magistranti
B. R. Ramazonov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya kafedrasi o'qituvchisi ramazonov 74@mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada tabiiy fanlarni o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish va ulardan foydalanish, dars jarayonida "O'quvchi-o'quvchiga ustoz" tamoyiliga asoslangan holda videoroliklar yordamida dars o'tish, o'quvchilarning fanga, mavzuga qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash hamda ularda bilim darajasini oshirib borish, zamonaviy ta'limni tashkil etish va hokazolar to'g'risida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: O'quvchi-o'quvchiga ustoz, interfaol, kimyo va biologiya fanlari, ta'lim-tarbiya, internet.
ABSTRACT
The article deals with the teaching and use of innovative pedagogical technologies in the teaching of natural sciences, teaching with the help of videos based on the principle of "student-teacher", increasing students' interest in science and the subject, independent thinking and how to improve their knowledge, the organization of modern education, and so on.
Keywords: Student-teacher, interactive, chemistry and biology science, education, internet.
KIRISH
Ta'lim to'g'risidagi muammo ko'p sohalarda o'qituvchiga asosiy tushuntiruvchi o'quvchi tayyor bilimni qabul qiluvchiga aylanib qolish tajribasi muhim muammolarni vujudga keltirishi buning yechimi noan'anaviy innovatsion ta'lim texnologiyasidir.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-940-945
Tabiiy fanlarni o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, dars jarayonida "O'quvchi-o'quvchiga ustoz" tamoyili asosida va videoroliklar yordamida dars o'tish o'quvchilarning fanga, mavzuga qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash hamda ularda bilim, ko'nimalar hosil bo'lishiga xizmat qiladi. Demak, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligi o'quvchining o'quv mazmunini o'zlashtirishga yo'naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug'ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog'liq.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"O'quvchi-o'quvchiga ustoz" tamoyili asosida turli metodlardan foydalangan holda dars jarayonini olib borishda o'quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko'rsatish mumkin:
- o'quvchi o'qitilmaydi, uni mustaqil o'qish, o'rganish ishlashga o'rgatiladi. Bunda o'quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o'zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o'rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o'z pozitsiyasini himoya qila olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
- o'quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlami darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi.
-o'quvchini darsliklar bilan ishlash, o'qish, o'rganish, konspekt yozish, qo'shimcha adabiyot, ma'lumotnomalar va ensiklopediyalardan foydalanib mustaqil o'zlashtirish Ko'nikmalarini egallashga o'rgatiladi.
-guruhdagi barcha o'quvchilarning o'z qobiliyatlari darajasida albatta o'zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o'quvchining o'zlashtirganligi olgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko'nikma va malakalari bilan belgilanadi.
Barcha o'qituvchi-o'quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o'rganib, uni o'z o'quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o'quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar. Eng muhimi o'quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya'ni o'quvchining ehtiyoj, hohish, istagi qondiriladi. O'quv-biluv jarayonida o'quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o'quvchini o'quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko'taradi. O'qituvchilarni o'z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta'lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil - darslarni tahlil qilish "Bir soatlik yaxshi dars-buyuk bir asardir" Zamonaviy ta'limni tashkil etish, ayniqsa, "O'quvchi-o'quvchiga ustoz" tamoyili
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-940-945
asosida dars jarayonlarini tashkil etishga qo'yiladigan talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. "O'quvchi-o'quvchiga ustoz" tamoyili o'quv jarayonida liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikni tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so'z bilan aytganda, o'quv jarayoni markazida o'quvchi bo'lmog'i lozim va o'quv jarayoni unga qaratilgan, yo'naltirilgan bo'lishi talab etilmoqda. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim o'quvchining o'quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi. Bunday ta'lim o'qituvchi va o'quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o'z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta'limda sifat va samaradorlikning kafolatidir. Darslar jarayonida interfaol usullardan foydalanish o'z mohiyatiga ko'ra sub'yektiv xususiyatiga ega, ya'ni har bir pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini o'z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Shakl va vositalar yordamida darslarni tashkil etishni quyidagi interfaol metodlar kafolatlaydi:
-pedagogik faoliyat (ta'lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; -o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirishi; -o'quvchilar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha bilimlaming puxta egallanishini ta'minlanishi;
-o'quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarining shakllantirilishi;
-o'quvchilarning o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart -sharoitlami yaratishi;
-ta'lim-tarbiya jarayonida demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur. Ta'lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning turli vositalari va ularning ta'siri o'z-o'zidan yuzaga chiqmaydi. Interfaol usullarni to'gri, o'z vaqtida va unumli qo'llashga bog'liq. Shunday ekan, ta'lim jarayonida interfaol usullaming samarali qo'llanilishi quyidagi omillar bilan kafolatlanadi:
-mazkur usulni qo'llash uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko'rish va rejalashtirish lozim;
-ushbu usulni qo'llash uchun tegishli vaziyat yaratilishi zarur; -interfaol ta'lim jarayoni umumpedagogik talablar asosida, hissiyot ehtiroslarga berilmagan holda, do'stona, samimiyatli ravishda tashkil etilishi;
-individual yondashuv jarayoni o'quvchining erkin fikr yuritish, o'zining ichki kechinmalarini ijodiy bayon qilishlari uchun tegishli sharoitning yaratilishi;
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-940-945
-interfaol metodlar turli shakllarda amalga oshirilishi zarur. O'tgan 2020-yilning 12-avgustida Prezidentimizning qabul qilgan "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, tabiiy fanlar yagona science yoki "Tabiiy fan" degan fan doirasida umumlashtiriladi. Qarorda ko'zda tutilgan ikki asosiy jihatdan biri maktablarda tabiiy fanlarga yo'naltirilgan variativ o'quv rejalari joriy etilishi belgilanmoqda. Ya'ni maktablarda asosiy o'quv rejasidan tashqari, kimyo va biologiya fanlariga qiziqqan yigit-qizlar bitta sinfga jamlanib, ularga ushbu fanlarni ko'proq o'qitishga maktablarga imkoniyat beriladi. Ikkinchisi, maktablarda kimyo-biologiya fanlarini o'qitish dasturi ko'rib chiqiladi. Lekin birinchi bosqichdagi eng asosiy ish bu - birinchi va oltinchi sinflarda tabiiy fanlarni o'qitishning yo'lga qo'yilganidir.
XULOSA
Tabiiy fanlar yagona bir jamlanmaga olinadi, yagona "natural science" yoki "tabiiy fan" degan fan doirasida umumlashtiriladi, mantiqiy ketma-ketlik ta'minlanadi. Darslikni yozayotgan mutaxassis yoki o'qituvchi o'z metodini qo'llashi mumkin. Tabiiy fanlar 6-sinfgacha yagona, ya'ni bitta fan doirasida o'qitiladi. 7-sinfdan keyin esa biologiya, kimyo, fizika, geografiya fanlari alohida ajratilib o'qitiladi. Qarorga muvofiq, kimyo va biologiya fanlarini o'qitishning to'rt yil davomida yagona tizimini yaratish belgilanmoqda. U qanaqa bo'ladi? Maktablarning eng iqtidorli bolalari 150 ta tuman va shaharlarda tashkil etiladigan ixtisoslashgan maktablarga saralab olinadi. 150 ta tuman va shaharda ixtisoslashgan kimyo va biologiya maktablari tashkil etiladi. Bundan tashqari har bir viloyatda 14 ta tayanch maktab tashkil etiladi. Ularda viloyatning eng iqtidorli bolalari tahsil oladi. 4 yil davomida 164 ta ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi. Ularda bolalar kimyo va biologiya yo'nalishi bo'yicha maqsadli o'qitiladi. Shu va shu kabi qaror va loyihalar ta'lim jarayonida tabiiy fanlarning o'rni muhim ahamiyat kasb etishishi haqidagi fikrlarimizni tasdiqlagan holda, yuzaga kelayotgan pedagogik muammolarning bartaraf etilishiga harakat qilinayotganini ko'rsatadi.
REFERENCES
1. Jo'lboyev T, Muradova D "Fanlarni o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar". 2017.—Farg' ona.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-940-945
2. Vincentas Lamanauskas. "Natural science education importance in adolescence".-2012. University of Siauliau.
3. Эгамбердиева, Л. Н., Хуррамова, М. А., & Рамазонов, Б. Р. (2021). ПРОБУДИТЬ У МОЛОДЕЖИ ЧУВСТВО ЛЮБВИ К ПРИРОДЕ ОДНА ИЗ АКТУАЛЬНЫХ ЗАДАЧ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).
4. Alimova, X. B., Bozorova, D. S., & Ramazonov, B. R. (2021). TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO O'GITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 2(4), 881-887.
5. Алимова, Х. Б., & Рамазонов, Б. Р. (2021). ИНТЕРФАОЛ ТАЪЛИМ ЁРДАМИДА МАКТАБ УКУВЧИЛАРИНИНГ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(1).
6. Курбонов, Ш. Ш., & Рамазонов, Б. Р. (2021). КИШЛОК ХУЖАЛИК ФАНЛАРИНИ УКИТИШ МЕТОДИКАСИНИНГ ПЕДАГОГИКА ВА БОШКА ФАНЛАР БИЛАН БОГЛЩЛИГИНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 51-59.
7. Ш. Ш. Курбонов, Б. Р. Рамазонов КИШЛОК ХУЖАЛИК ФАНЛАРИНИ УКИТИШ МЕТОДИКАСИНИНГ ПЕДАГОГИКА ВА БОШКА ФАНЛАР БИЛАН БОГЛИКЛИГИНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АХДМИЯТИ // Academic research in educational sciences. 2021. №9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ishlo-h-zhalik-fanlarini-itish-metodikasining-pedagogika-va-bosh-a-fanlar-bilan-bo-li-ligining-ilmiy-amaliy-a-amiyati (дата обращения: 28.09.2021).
8. Бахтиёр Рамазонович Рамазонов, Шавкат Шодиевич Курбонов ФОРМИРОВАНИЕ КОМПЕТЕНЦИИ У СТУДЕНТОВ БИОЛОГИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ ВУЗОВ В ОБУЧЕНИИ ПРЕДМЕТА ПОЧВОВЕДЕНИЕ И БИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВО // Academic research in educational sciences. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-kompetentsii-u-studentov-biologicheskogo-napravleniya-vuzov-v-obuchenii-predmeta-pochvovedenie-i-biologicheskie-osnovy (дата обращения: 28.09.2021).
9. Закиров, Д. У., & Нурметов, Х. С. (2021). ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ШКОЛА ОСНОВНОЙ ИСТОЧНИК ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-940-945
10. Закиров, Д. У., & Гулямов, Ж. Х. (2020). ЭКСКУРСИОННАЯ МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ПО РАЗВИТИЮ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ШКОЛЬНИКОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНА ШКОЛАХ. Science and Education, 7(Special Issue).
11. Баракаевич, К,. С., Рамазонов, Б. Р., & Журакулович, X. Р. (2020). СУВ РЕСУРСЛАРИНИНГ ТАНКИСЛИГИ-ГЛОБАЛ ЭКОЛОГИК МУАММО. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).
12. Рамазонович, РБ, и Рамазон, К. (2018). Эволюция почв Приаралья под влиянием антропогенного опустынивания. Европейский научный обзор , (1-2).
13. Ramazonovich, R. В., & Ramazon, K. (2018). Evolution of soils of the Aral Sea area under the influence of anthropogenic desertification. European science review, (1-2).
14. Рамазонов, Б. Р. (2018). РАСТИТЕЛЬНЫЙ МИР ОСУЩЕННОГО ДНА АРАЛЬСКОГО МОРЯ. In Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования (pp. 716-719).
15. https://marifat.uz