ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00841
SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING
ILMIY-NAZARIY ASOSI
Doston Sherov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
d.sherov@cspi.uz
ANNOTATSIYA
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to'laqonli rivojlanishlarini ko'zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog'liq o'qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.
Kalit so'zlar: shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari, metodika, o'qitish texnologiyalari, o' quv j arayoni
SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF INDIVIDUAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES
ABSTRACT
Person-centered education, by its very nature, involves the full development of all participants in the educational process. This means that when designing education, of course, the approach should be based not on the personality of a particular learner, but primarily on the learning objectives related to future professional activities.
Keywords: person-centered learning technologies, methodology, teaching technologies, learning process
KIRISH
O'qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida o'quvchi va o'qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo'ladi. Bunday texnologiyalarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Hamkorlik pedagogikasi
2. Pedagogik jarayonda shaxsni kuzda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (Sh.A.Amonashvili texnologiyasi);
3. O'quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o'qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00841
4. O'quv jarayonini samarali boshsarish va tashkil etish asosiga, qurilgan texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi, N.P.Guzikning o'qitish tizimini rejalashtirish texnologiyasi);
5. O'qitshini individuallashtirsh texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya, V.D.Shadrikov texnologiyasi)
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hamkorlik pedagogikasi Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta'limdagi ko'pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi.
Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi. U o'zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvini, tili va matematika o'qitishning ajoyib pedagogikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. Bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda oliyjanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug'dirmos;
2. Bolaning qalbi va yuragini ulug'lomoq;
3. Boladagi bilishga bo'lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
4. Keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug'dirmoq;
5. Ideal tarbiya - bu o'z-o'zini tarbiyalamoq. Sh.A.Amonashvili o'zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi: u insonparvarlik; u shaxsiy yondashuv; u oila pedagogikasining qo'shimcha imkoniyati; u o'quv faoliyati. u muloqot maxorati; Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o'ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko'ra sifatli baholashga urg'u beriladi, ya'ni tavsif, natijalar paketi, o'z-o'zini baholash.
3. O'quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o'qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi) - o'qitishning an'anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko'rsatib berdi.
V.F. Shatalovning maqsad-mo'ljali: u bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllaitirish; u har qanday individual xususiyatlarga ega bo'lgan barcha bolalarni o'qitish; u o'qitshni tezlashtirish. Tamoyillar: u ko'p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda o'rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, muljaldagi asosini qo'llash; u shaxsni ko'zda tutish asosida yondashuv; u insonparvarlik; u zo'rlab o'qitmaslik; u o'quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o'quvchining
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00841
muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yulga solish), o'qsish, yutuqlarga istiqbolni ochish; u O'qitish va tarbiyani bog'lash. V.F. Shatalov metodining uziga xosligi: u materiallar katta hajmda kiritiladi; u materiallar bloklar bo'yicha joylashtiriladi; u o'quv materiail tayanch sxema — konspekt ko'rinshida rasmishashtiriladi. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, tayanch konspekt ko'rgazmali sxemani tashkil etmoqda. V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o'zaro uzviy bog'lovchi ramzlar (ishora, so'z, sxema, rasm va h.o) bo'lib, qandaydir ma'noli mohiyatni almashtiradi. Tayanch konspekt - o'quv materiallari o'zaro bog'langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g'oyalar tizimi o'rnida qullana oladigan qurgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko'rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg'ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta'minlovchi o'quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi.
V.F.Shatalov metodikasi 5 bosqichdan iborat bo'lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni oz ichiga oladi: 1. Nazariyani sinfda o'rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo'r, kurgazmali qurol, TV bilan); buyalgan plakat - tayanch konspekt bo'yicha qayta tushuntirish; plakat bo'yicha qisqacha bayon qilish; o'quvchilarning o'z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo'yicha keng mustahkamlash. 2. Uydagi mustakil ishlar: tayanch konspektk darslik ota-onalar yordami. o'quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o'qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o'qi; o'qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so'zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so'zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla. 3. Birinchi takrorlash -konspektni uzlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o'quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o'qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi; bir vaqtning o'zida "asta" va magnitafon orqali so'rab boradi; yozma ishdan so'ng og'zaki so'rash boshlanadi. 4. Tayanch konspektni og'zaki so'zlab olish -o'zlashtirishdagi tashqi nutq (og'zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi. 5. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o'zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro'yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.); o'zaro so'rash va o'zaro yordam; o'yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.). Nazorat, baholash. V.F.Shatolov o'quvchilarning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00841
bilim, malaka va ko'nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashki nazoratni o'zini-o'zi nazorat qilish va o'z-o'zini baholash bilan bog'lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo'qligi, past bahodan qo'rqishning yo'qligi. Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo'yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda surash, magnitafonda, juftlikda o'zaro nazorat, guruhdagi o'zaro nazorat, uy nazorati, o'z-o'zini baholash. O'quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan kuzguga qo'yib boriladi. U go'yo o'quvchiga xizmat qiladigan ro'yxat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo'ladi. Bunday tavsifnomani e'lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o'quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga uzgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta'kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o'quvchida ijobiy e'tiborni kuzgatadigan vosita, turtki bo'lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo'ladi, o'qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday qarama-qarshi vaziyatlarni bartaraf qiladi. Metodik usullar (pedagogik mikrounsurlar) tirkamasiga: uchirma takrorlash, releli (almashma) nazorat ishlar, desant metodi, zanjir metodi, vazifalar ichida "chumilmoq", kitobdagi xatolarni topmoq, varaqchalarda misol-masala yechish, tanlov asosida misol-masala yechish, 4 qo'lda yechish, tajriba darslari, "miyaga" niktash, quyidan yuqoriga qarab yechish, aytib berganni rag'batlantirish, ochiq fikrlar darsi, oltinchi ball, ijodiy konspekt, tezaytish, keskinlikni yumshatish usullari (musiqa, yorug'lik, tanaffus va b.) va b. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o'quv faoliyati tizimi maktab o'quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o'qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o'qitishda ham keng tarqaldi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo'llash, o'qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Endi shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda dolzarb bo'lib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar ta'limning hozirgi kuni, kelajagi bo'lib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha to'xtalamiz.
Mazkur o'qitish texnologiyasida pedagogikaning o'quvchiga munosabati avtoritar xarakterga ega, ya'ni ta'lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00841
bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda avtoritar o'qitish texnologiyasida o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo'qoladi, o'qitish majburiy yo'sinda amalga oshiriladi. Hanuzgacha jah onda eng ko'p tarqalgan o'qitishning sinf-dars tizimida mashg'ulotlari asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi.
An'anaviy o'qitish texnologiyasining qusurlari ustida to'xtalib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust) Birinchi Prezident Islom Karimov bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o'rgatiladimi? degan savollarni qo'ydilar va ularga quyidagicha 25 javob berdilar: «Aminmanki, o'rgatilmaydi. Mobodo biror o'quvchi o'qituvchiga e'tiroz bildirsa, ertaga u hyech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o'qituvchi hukmron. U boladan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening aytganim-aytgan, deganim-degan». Demak, an'anaviy ta'lim texnologiyasida o'qituvchi va o'quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya'ni zo'ravonlik pedagogikasi amal qiladi». Ko'rinib turibdiki, birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, zo'ravonlikka asoslangan bu pedagogikada pedagog yagona subyekt, o'quvchilar pedagogik jarayon obyekti, o'qitish tushuntiruv-ko'rgazmali usulda olib boriladi. O'qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o'quvchilarning tashabbusi va mustaqilligi o'zidan-o'zi so'nib boraveradi. Shu bois texnologiya asosan o'quvchilarda bilim, ko'nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko'zda tutmaydi. O'z-o'zidan ko'rinadiki, an'anaviy o'qitish texnologiyasi o'z tabiatiga ko'ra ta'lim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo'yilgan talablarga butunlay javob bermaydi. Bundan farqli o'laroq shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarda o'quvchi ta'limning milliy modeli mohiyatiga ko'ra pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. Ta'limning milliy modelini - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism - birinchi o'rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan o'qitish o'quvchi shaxsiga yo'nartirilgan bo'lishi lozim.
Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining kommunikativ asosi -pedagogik jarayonda o'quvchiga insoniy-shaxsiy yondashishdir. Buni bir-birini to'ldiradigan, shaxsiy-insoniy munosabatlarni rivojlantiradigan 1-2-3 slaydlarda ko'rish mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00841
O'rnatilayotgan yangicha munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi kunda natija bermaydigan va noinsoniy hisoblangan zo'ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir, chunki tarbiya jarayonida zo'ravonlik aslo mumkin emas, jazolash insonni kamsitadi, ezadi, uning rivojlanishini susaytiradi.
Isloh qilinayotgan ta'lim muassasalarida o'quvchi yoshlarni erkin, majburlashsiz o'qitish, ularning shaxsiga indivudual yondashishning mazmun-mohiyatini namoyon qilish juda muhimdir. Shu bois diqqatingizni 4-5 slaydlarga tortamiz.
XULOSA
Ko'rinib turibdiki, kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadini, ya'ni mamlakatimizda rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, oliy va o'rta maxsus tayyorlash tizimini, ularda o'ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o'stirishni, o'z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishni an'anaviy o'qitish texnologiyasi asosida amalga oshirish mumkin emas.
REFERENCES
1. Indiaminov N. va b. Ta'lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. Ta'lim texnologiyalari. 2014(8).
2. Ахунова Г.Н., Голиш Л.В., Файзуллаева Д.М. Педагогик технологияларни лойихалаштириш ва режалаштириш. / Б.Ю.Ходиев тахрири остида. - Т.: «Идтисодиёт», 2009.
3. Основы личностно-ориентированного образования. / И.С.Якиманская. - М.: «Бином. Лаборатория знаний», 2011.
4. Sherov, D. (2020). Succession Issues in Teaching English. Academic Research in Educational Sciences, (3).
5. Rahim, A., & Doston, S. (2020). IMPROVING THE CONVERSATIONAL PROCESS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING. International Engineering Journal For Research & Development, 5(1), 6-6.
6. Makhmudov, K. (2021). Effective methods of teaching reading in English language lessons. Academic research in educational sciences, 2(3).