'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNI NUTQINI O’STIRISH USULLARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Ruziyeva Nazira Egamberdiyevna 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi Buxoro viloyati Kogon shahar
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o ’quvchilarida O ’qish darslari orqali og’zaki nutqni rivojlantirishning ayrim jihatlariga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek nutqni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha tavfsiyalar ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar: metod, talaffuz, intonatsiya, matn, maqol, tafakkur, fikr.
WAYS FOR IMPROVING PUPILS’ SPEAKING IN READING CLASSES
ANDREQUIREMENTS
Ruziyeva Nargiza Egamberdiyevna School #10 Bukhara region Kogon city
Abstract: In this article, ways for imroving primary school pupils'speaking through reading classes are indicated. Moreover, suggestions for developing speech are given.
Key words: method, pronunciation, innovation, text, saying, thought, opinion
O’qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatishning yo’l - yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutugi asosida shakllanib boradi. Masalan, eski maktablarda quruq yod olish metodida o’rganilagan bo’lsa, hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish metodida olib boriladi.
Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga, oqilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, katta e’tibor berilgan. Shuning uchun, hozir maktablarda o’qish izohli o’qish olib borilyapti.
O’qish darslarida o’quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi, kishilar hayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati: ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar.
г<м
471
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Sinfda o’qish darslari quyidagi vazifalami bajaradi:
1. O’qish malakasinitakkomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi, to’g’ri o’qish sifatlari: to’g’ri tez, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonalarni yetishtirish.
3. O’quvchilarni tevarak - atrof, borliq haqidagi bilimlarni kengaytirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O’quvchilarni axloqiy, estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
5. O’quvchilarning nutqini va tafakkurini o’stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarishning aniq yo’li, yaxshi o’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llaridir. Yaxshi o’qish malakalarining sifatlariga to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish kiradi va ular o’qish darslarida o’zaro bog’liq holda takomillashtiriladi, bu to’rt o’qish sifati bir - biri bilan uzviy bog’liq.
Ongli o’qish yaxshi o’qish malakalarining asosiysi hisoblanadi, chunki o’quvchi tez qisqa - o’qiganini anglamasa, bunday o’qish talabga javob bermaydi, o’qiganinitushunmaslikka olib keladi.To’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi. Tez, to’g’ri, ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. Yaxshi o’qish sifatlarini egallash maktabda barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishning sharti hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari to’g’ri talaffuz bilan matn ma’nosini puxta sintez qilishda qiynaladilar. O’qish ko’nikmalarini takomillashtirish uchun asar ustida ishlashni o’qitish bilan birga amalga oshirish zarur.
O’qish jarayonida xatolar turli sabablarga ko’ra chiqadi:
1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida puxta talaffuz qilishga harakat qiladi. va ma’nosini e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So’zlar ko’p bo’ginli (murakkab bo’g’in tuzilishidagi so’zlarni o’qishda), ya’ni sozning tovush tarkibi murakkabligi uchun tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadilar.
3. To’g’ri o’qish yorug’likka, matn shriftiga, bolaning ko’ruv sezgisiga ham bog’liq.
To’g’ri o’qisni ta’minlash uchun o’qituvchi quyidagilarga rioya qilishi kerak:
1. Matnni o’qishdan oldin undagi o’qilishi qiyin, tuzilishi murakkab so’zlarni, birikma va gaplarni aniqlashi, ular ustida ishlash usullarini belgilab olishi lozim.
2. Ma’nosi tushunarsiz so’zlarni aniqlashi.
3. Matnning yaxsh, orta, yomono’qiydigan o’quchilarga o’qitiladigan qismini oldindan belgilab chiqishi.
г<м
472
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
4. O’qituvchi yoki sinf o’quvchilarining nazorati ostida o’qishni doimiy mashq qildirishi.
O’qituvchi o’qish davonida o’quvchilar xato qilishi mumkin bo’lgan o’rinni belgilab olishi lozim.Xato o'qishni bartaraf etish uchun:
1. Tuzilishi murakkab so’zlarni xat taxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib yozish, oldino’quvchilarga ularni bo’g’inlab, so’ng sidirg’a o’qishni mashq qildirishi.
2. So’z ma’nolarining sinonimi, antonimini keltirib, yoki gap ichida qo’llab tushuntirishi.
3. Xat cho’pdan foydalanish. Xat cho’p diqqati tarqoq bolaga, ko’ruv sezgisi past o’quvchida juda foydali.
4. Xato o’qishi mumkin bo’lgan o’rindan o’quvchini ham ogohlantirish.
5. Kesma harf va kesma bo’g’inlardan foydalanish.
6. To’g’ri o’qish uchun sharoit yaratish.
7. Shivirlab va ichda o’qishdan foydalanish.
O’quvchilar yo’l qo’yadigan xatolar 2 xil:
1. So’z ma’nosini noto’g’ri anglashga olib keluvchi xatolar. (urg’uni noto’g’ri qo’yib o’qish tuifayli)
2. So’zlarni o’qib olishga halal beradigan xatolar.
Ongli o’qish asar mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, timsollarini, badiiy vositalarni ro’lini tushunib o’qish ongli o’qish deyiladi.
Bola asarda tasvirlangan voqea hodisalarga munosabat bildira olsa, ongli o’zlashtirgan bo’ladi.
Ongli o’qish quyidagi metodik shartlarga bo’gliq:
1. O’quvchuning hayotiy tajribasiga.
2. So’zlarning lug’aviy ma’nosini tushunishiga.
3. Gapda so’zlarning tushunishiga.
Ongli o’qish 2 xil ma’noda qo’llaniladi: O’qish texnikasi, O’qish sifati.
Asar qurilishini tushunish ongli o’qishdir.O’quvchining ongli o’zlashtirib o’qigani, uning ifodali o’qiganidan, asar yuzasidan berilgan savollarga javobidan aniqlaniladi.Ongli o’qish bilan ifodali o’qish biri - ikkinchisini taqazo etadi. Ifodali o’qish.Asrani uning g’oyasiga, yozuvchining niyatiga mos ravishda o’qish, asar jozibasini ifodalab, ravon, aniq, to’gri o’qish ifodali o’qish deyiladi.
Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir. O’qituvchi, ifodali o’qish orqali asar mazmunini va emotsionallaigini o’quvchialarga ko’rgazmali ravishda yetkazadi.
Intonatsiya - urg’u, temp, ritm, to’xtam, ovozning baland - pastligining yig’indisi.Bular og’zaki nutq elementlaridir.Bu orqali qahramonlarning turli kayfiyatlari, ichki kechinmalri ifoda etiladi.
Ifodali o’qishni egallashning asosiy shartlari:
473
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
1. Nafasni to’g’ri olish va to’g’ri sarflash.
2. Tovushlarni aniq talaffuz qilish, burro gapirish.
3. Adabiy talaffuz normalarini egallash. Bular ifodali nutqqa ham taaluqli.
Ifodali o’qish shartlaridan yana biri ovozning baland - pastligi, yoqimliligi,
tinish o’rnini asar mazmuniga mos holda o’zgartira olishlik.
Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda 3 bosqichga bo’linadi:
1. Qahramonlarning xatti -harakatini tahlil qilish, g’oyasini belgilash, badiiy vositalarning vazifasini tushunish. Demak, asar tahliliifodali o’qishni ta’minlaydi.
2. Pauzaning, urg’uning o’rnini, nutq tempini belgilab olish.
3. O’qishni mashq qilish.
Avvalo, o’qituvchiifodali o’qish namunasini ko’rsatishi zarur.Ifodalilik ko’rgazmalilik demakdir. O’qish darslari o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish, hamda o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlar bilan boshqa o’quv predmetlari orasida alohida o’rin tutadi. O’qish darslari jarayonida o’quvchilarning o’qish malakalari nakomillashib, to’g’ri, ongli vaifodali o’qish, badiiy asar g’oyasini tushunish qobiliyatlari o’sib boradi.
“O’qish kitobi”dagi turli janrlarga xos bo’lgan badiiy asarlarni o’qish va ular ustida ishlash orqali o’quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur -tushunchalari kengayadi.
1- sinfda o’quvchilar ongli, turli va bir me’yorda bo’g’inlab o’qish malakasini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi.
O’quvchilar o’qigan matnlarning mazmunini o’qituvchining yordamchi savollari asosida hamda kichik hajmdagi matn mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib, so’zlab berishga o’rganib boradilar.
2- sinfda o’quvchilarda so’zni butunicha o’qish malakalari shakllanadi va ongli, to’g’ri, ifodali o’qishga intilish yaqqol seziladi. O’qish tezligi ortadi.Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay mustaqil o’qiy boshlaydilar.O’qituvchi rahbarligida o’qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea - hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar.
O’qish va matnni savollar asosida hikoyalashda o’quvchilar nutqining to’g’ri va aniq bo’lishiga, nutqda so’zlardan o’rinli foydalanishlarga e’tibor beriladi.
3- sinfda o’quvchilar so’zlarni butunicha o’qish malakalarini to’la egallab, ongli va ifodali o’qishga ko’proq e’tibor beradilar. O’qilgan matn mazmunini mulohaza qilish, voqealar yo’nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo’ladilar.Bu sinfda o’qilgan asarning badiiy - tasviriy xususiyatlari ustida ishlash davom ettiriladi.
3 - sinf o’quvchilariga o’zaro fikr olishuv jarayonida xalq maqollari va obrazli ifodalardan o’rinli foydalanish, adabiy talaffuz normalariga rioya qilishga o’rgatiladi.
474
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
4 -sinfda o’quvchilar matndagi so’zlarni butunicha ma’nosiga tushunib to’g’ri o’qish malakalarini to’la egallaydilar. O’qiganlari mazmunini qayta hikoyalsh, matnni qismlarga bo’lish va soda reja tuzish vazifalarini bajara oladilar.
O’qish va gapirish jarayonida o’quvchilarning abadiy normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yuqorida belgilangan talablar asosida o’z ishlarini natijasini nazorat qilib borishi kerak.O’qish darslarida darsning asosiy qismini o’quvchilarning o’qishiga ajratish lozim. O’quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir necha marta o’qitiladi va o’qish mas’uliyatlari orttiriladi.
Boshlang’ich o’qish malakalarini (to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qishni takomillashtirish) bolalarni o’qigan asarlarining adabiy - estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularni tasvirklangan voqea - hodisalar mag’zini chaqish, muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;
Bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg’usini tarbiyalash;
O’quvchilarni matn ustida ishlash o’rgatish;
O’quvchilarning atrof - muhit haqidagi bilimlarini boyitish.
Bu vazifalar dasturda berilagan badiiy, ilmiy - ommabop asarlar, jumladan, xalq og’zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi. Har bir sinf o’qish dasturi quyidagi bilimlarni o’z ichiga oladi;
DTS talabiga ko’ra 1 - sinf o’quvchilari matn ustida ishlash jarayonida quyidagicha ishlarni amalga oshiradilar:
1. O’qilgan matnda nima haqida fikr yuritilayotganligi to’g’risida suhbat o’tkaziladi.
2. O’qilgan adabiy asar namunasining umumiy mazmuni aniqlanadi.
3. O’qilganda ishtirok etuvchi shaxslarning xatti - harakatlariga elementlar ravishda baho berishga o’rgatilib boriladi.
4. O’qilgan badiiy asar namunasining tili o’rganiladi. O’qilganda ishtirok etuvchi qahramonlarning xatti - harakatini, ularni bir - biriga taqqoslash yuzasidan mashq qildiriladi.
Matn ustida ishlashning eng ko’p qo’llaniladigan usullaridan biri o’quvchilarning ichida o’qishidir.
U yoki bu adabiy asar namunasi yoki ilmiy - ommabop maqolalar o’quvchilarga ichida o’qish uchun topshirishda o’qituvchi matnni o’qitishdan ko’zlangan maqsadga qarab quyidagi topshiriqlarni berishi mumkinIfodali o’qishni;
1. O’qituvchi tomonidan topshirilgan badiiy asar namunasi yoki ilmiy -ommabop maqolalarni ichda o’qib, matn oxirida berilgan yoki oldindan tayyorlab doskada yozib qo’yilgan savollarga javob berish.
2. Matnni ichda o’qib, tushunilmaydigan o’rinlarni, so’z v aiboralarni aniqlab chiqish va shular yuzasidan savollar berish.
г<м
475
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
3. O’qilganning mazmuni yuzasidan, qanday rasmlar chizish mumkinligini aniqlash maqsadida ichda o’qish.
4. O’qituvchining topshirig’i yoki savoliga javob toppish maqsadida ichda o’qish.
Matn ustida ishlashga o’rgatishda: so’z ma’nolarini tushuntira olish, o’qilganda ishtirok etuvchilarni tasvirlashi uchun matndan obrazli so’zlarni topa bilish, o’qilgan asar namunasida qatnashuvchi shaxs haqida hikoya qilish uchun material tanlash kabi ishlar bajartiriladi.
O’qilgan matnni muhokama qilishda suhbat uchun ko’p vaqt sarf qilib, o’qilganining g’oyasidan bola fikrini uzoqlashtirib, chalg’itmaslik zarur.
Badiiy asar namunalarini o’qish orqaligina uni har tomonlama o’rganiladi. Shunga ko’ra, o’qish va nutq o’stirish darsining asosiy qismini berilgan matnni bolaga o’qitishni tashkil etishi lozim.
O’qish, berilgan matn mazmuni bilan tanishish va o’quvchining fikri, nutqi har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Matn ustida ishlaganda uning hajmi va xarakteriga qaraladi. Hajmi kichik, tushunilishi oson matnlarni o’qishdan so’ng tahlil qilishga kirishiladi. Lekin hajmi katta bo’lsa, avval o’qilganining mazmunini’o’zlashtirishga oid reja tuzish, qayta hikoya qilish lozim bo’ladi.
O’qilgan matn mazmunini tahlil qilishda o’qilganining mazmuni asosida savol tarzida reja tuzish va shu tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish ham o’qish va nutq o’stirish mashg’ulotlarining eng muhim etaplardan biri sanaladi.
Matn ustida ishlashda ko’zda tutilgan asosiy maqsad o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalash, ularning axloqiy va estetik tuyg’ularini takomillashtirishdir.
Matn ustida ishlashda suhbat asosiy rol o’ynaydi.Suhbat o’qituvchi belgilab, kelgan savollar asosida o’tkaziladi.
Tabiiyki, to’g’ri o’qish malakasini hosil qilish uchun quyidagi ish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1. Ko’p bo’g’inli va talaffuzi qiyin so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib, so’ng o’qish.
2. Tanish matnlarni qayta o’qitish, o’qish sur’atini asta - sekin oshirib borishi orqali notanish matnalrni ham tutilmay o’qish iqtidoriga ega qilinadi.
3. T’g’ri o’qishni ta’minlashda tovush, bo’g’in va so’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi. Aytishda “p” yozilishda “b” yoziladigan so’zlarni to’g’ri o’qishga o’rgatish (kitob, serob) r tovushini o’rniga ya, y deb (bayroq -bayloq, o’rtoq - o’ytoq) talaffuz etishlariga yo’l qo’ymasligi lozim.
4. Tez aytish usulidan foydalanish o’qish malakasini takomillashtirishning eng qulay vositalaridan biri hisoblanadi. Tez aytishda avval soz va jumlalar sekin, aniq aytiladi, yod olinadi so’ng, asta - sekin talaffuz qilish sur’ati tezlashtiriladi, dastlab
г<м
476
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
o’qituvchi tez aytishni bolalar bilan birgalikda bir - ikki marta aytadi. So’ng o’zlariga takrorlatadi.
5. To’g’ri o’qish malakasini hosil qilishda o’quvchilarning o’qishlariga aslo yo’l qo’ymaslik lozim. Aks holda, o’quvchi o’rtog’ining o’qiganlarini yodaki takrorlashga odatlanib, o’qilayotgan asar mazmunini tushunmay qoladi.
O’qish darslarida o’quvchilarni to’g’ri o’qish malakalarini rivojlantirishda guruhlarda ishlash katta samara beradi. Bunda biror matnni tanlab u yuzasidan har bir guruhga turli topshiriqlarni turli fanlar bilan bog’lagan holda berish, ya’ni integratsiyalash orqali o’quvchilarda to’g’ri ongli o’qish bilan birga, shu matn orqali boshqa fanlardan olgan bilimlari mustahkamlanib, o’quvchida fanlarni integratsiyalashga va ayniqsa, ona tili mavzulari bilan o’qish fanini bo’g’kash katta qiziqish va ishtiyoq uyg’otadi.
Masalan; biror mavzu yuzasidan ijodiy mehnat usulini qo’llash, bunga ijodiy “
1- aprel kulgi kuni” mavzusini olamiz. Bu mavzu yuzasidan turli guruhchalarga turli topshiriqlar beramiz.
Bunday ijodiy mehnat usuli asosida bir mavzu bo’yicha 1-guruhchaning kichik hikoya yozishi bilan ona tilidagi, 2-guruhchaning rasm chzishi - tasviriy san’at, tabianshunoslik darsiga, 3- guruh applikatsiya yasashi - mehnat darsiga, 4-guruhchaning qo’shiq kuylashi - musiqaga, 5- guruhchaning maqol, hadis, hikmatli so’zlar aytishi - odobnomaga, 6 - guruhcha sahna ko’rinishi namoyish etishi uni ijodkorlikka undashi asosida fanlar aro bog’liqlikni yuzaga keltiradi. Ona tili darslarida “Son” mavzusi bilan bog’liq klaster usulini qlo’llash asosida bola o’zi integratsiyani ko’rsatib o’tishi ham mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oripov B. T. Darslarning samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent: 1983-
yil-
2. Rahmonova Ye.R., Razzoqov D.N. “Pedagogik texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanma. -T.: 2007.
3. Roziqov О., Og‘ayev S., Mahmudov M., Adizov B. Ta’lim texnologiyasi. -T.: O‘qituvchi, 2002.
4. Dehqonova M.U., Djanaliyeva G.A. Ta’lim metodlarini tanlash mezonlari va muammolari. Ta’lim texnologiyalari, 2006-yil 2-soni.
5. www.ziyonet.uz
6. www.kitobxon.com
477
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ